Семинары и конференции 2017
Предельные фиксированные цены на лек. средс.
Спортивная медицина
Мед.товары на экспорт
Новости
Полезные статьи
Будь здоров!
Объявления
Отзывы и пожелания
Медицинские печатные издания
Вход в личный кабинет
Логин:
Пароль:
15.12.2014

Kalsidox - Antidiatezin™- organizmda (suyaklarda, tishlarda, tirnoqlarda, soch va mushaklarda) kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi preparat.

"Anfa Pharmaceuticals" ООО

Общая информация | Прайс-лист | Новости компании | Схема проезда | Фотогалерея

Публикации  »  Публикации  »  Новости  »  Новости Фармацевтических и Медицинских компаний
Информация на русском языке: Русский:  

"Anfa Pharmaceuticals" ООО


Kalsidox - Antidiatezin™- organizmda (suyaklarda, tishlarda, tirnoqlarda, soch va mushaklarda) kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi preparat.  

Formulaning o’zgacha xususiyati:

Bir-birini ta’sirini to’ldiruvchi va kuchaytiruvchi tabiiy ingredientlarning eksklyuziv formulasi organizmdagi kalsiy va fosforning almashishini tartibga soladi. Mahsulot barcha foydali hususiyatlarni o’zida saqlab qolishiga yordam beruvchi GMP va TÜVning  normalariga javob bergan holda  ekologik toza ashyolardan tayyorlangan.

Preparatning ta’rifi:

Kalsiy mushaklar qisqarishini, nerv sistemasini tartibga solish  va qon quyulishi sistemasida muhim ckomponent bo’lib ishtirok etadi. Kalsiyning muqobil iste’mol qilinishi bo’y o’sishi jarayonida, homiladorlik va emizishda juda muhimdir.

Kalsiy, fosfor va minerallar kompleksi ichaklarda kalsiyning singdirilishini oshiradi.

KALSIDOX - ANTIDIATEZIN ™

Qo’shimcha kalsiy, fosfor va minerallar manbai sifatida kattalar va bolalar ratsionida shu bilan birga allergiya reaksiyalarida profilaktika uchun va bolalar bo’y o’sishining susayishida qo’llaniladi.

ANFA PHARMACEUTICALS® kompaniyasining –KALSIDOX - ANTIDIATEZIN™ effectiv preparati tarkibiga quyidagi tabiiy ingredientlar kiritilgan:

Kalsiy:

  • Organizmning to’liq rivojlanishi va ishlashida o’ta muhimdir.
  • Yosh bolalar uchun ham juda foydali. Zero, bolalarda uch yoshgacha skeletning shakllanishi uchun suyak tashkil topishi sodir bo’ladi.      
  • Kariesga qarshi kurashishda yordam beradi, tishlarning soglomligini ta’minlaydi, emallarni, sochlarni va tirnoqlarni mustahkamlaydi, osteoporoz kasalligiga qarshi kurashishda, umurtqadagi muammolarda, milklarning qonashida , allergiya va yomon kayfiyatda ham yordam beradi.

Xalq tabobati ham oshqozon yazvasi, on ikki barmoqli ichak kassaligida kalsiy iste’mol qilishni maslahat beradi. Yaqin orada farzandlik bo’lmoqchi ayollar uchun ham organizmdagi kalsiy miqdorini ko’paytirish juda foydalidir, chunki kalsiy yetishmovchiligida tugiriq jarayoni juda og’ir o’tishi mumkin. Bundan tashqari, kalsiy yetishmovchiligi bachadon muskullarining zaiflashishiga sabab bo’ladi.

Magniy -  organizmda sodir bo’ladigan 350ta jarayonda ishtirok etadi. Magniy, kalsiy bilan birga o’zaro ta’sir qilganda qon tomirlari tonusini tartibga solishda, va muskullarning qisqarishida ishtirok etadi. Kalsiy almashinishi va o’zlashtirilishini boshqaruvchi garmonlarga ta’sir etadi shu bilan birga kalsiyni organizmda to’gri tarqalishini ta’minlovchi hujayralarga ham ta’sir ko’rsatadi. Optimal ovqatlanish jarayoni kalsiy va magniyning taqsimini 2:1 bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi.  Membranalarning orasidan o’tuvchi kalsiy ionlari, natriy, kaliy, elektrik potensialini qo’llab quvvatlashda yordam beradi. Bundan tashqari, magniy nerv impulslarini o’tkazishda ishtirok etadi.

Foydali tomonlari:

  • Suyaklarning o’sishida samarali ta’sir etadi
  • Yurak ritmini muvofiqlashtirish, oshgan arterial bosimni tushirishda
  • Qondagi qand darajasini tartibga solishda
  • Menstrual sindrom holatini normallashtirishda
  • Kimyoterapiya va radioterapiyaning salbiy ta’sirlarini kamaytirishda

 

Vitamin D: Fosfor va kalsiy almashinuvini tartiblovchi jarayonda qatnashadi; ovqatdagi kalsiy va fosforning ichaklarga yaxshiroq singdirlishiga va suyak qavatlarini shakllanishida yordam beradi. Bundan tashqari Vitamin D inson skeletiga quvvat beradi.

Vitamin D kalsiy o’zlashtirilishida va uning tuzlarini tish va suyaklar shakllanishi jarayonida ishtirok etishida mas’ul hisoblanadi. U terining hujayralarida quyosh nurlari ta’siri ostida provitaminlardan paydo bo’ladi. Kechki kuz, qish va bahorda tugilgan bolalar uchun o’zlarining ratsionlariga shu vitaminni qo’shilishi zarur.

Bolalar va o’smirlar uchun Vitamin Dning bir sutkalik dozasi 300-400 МЕ tashkil etadi. 25 – 50 yoshli kattalar uchun 200 МЕ. 50 yoshdan oshgalar uchun – 300 МЕ. Homilador va emizuvchi ayollar uchun 400 МЕ dan koproq.

Temir: Kalsidoks –Antidiatezin preparati tarkibiga temirni singdirilishiga zarur bo’lgan mis va marganets minerallari oz miqdorda  kiritilgan. Temir bo’y o’sishiga, kasalliklarga kurashuvchanlikni oshirishga va charchoqni chiqarishga yordam beradi.

Insonning temirga bo’lgan muhtojligi, bir kg og’irlikka bir sutkaga quyidagicha belgilangan: Bolalarga  -6mg; kattalarga – 0.2mg; homilador ayollarga -0,3mg. Ayollardagi temirga bo’lgan talab erkaklarga qaraganda bir muncha ko’proqdir. Ba’zi mahsus hollarda (anemiya, qon donorligi) tarkibiga temir kirgan preparatlarni va oziq ovqatlarni iste’mol qilish muhimdir.

  • Temir eritrotsitlar tarkibiga kiruvchi gemoglobin ishlab chiqarilishida ishtirok etadi va organizmdagi hujayralarga qon orqali kislorod kelishini, karbonat angidrid gazini haydashni ta’minlaydi.
  • Temir lefotsitlar shakllanishida, immunitet paydo bo’lishi va ishga tushishida muhim hisoblanadi
  • Organizmdagi jarayonlarga javob beruvchi har xil fermentlar vujudga kelishida ishtirok etadi
  • Nerv tolalaridan o’tuvchi nerv impulslarini to’gri o’tishida temir katta rol o’ynaydi
  • Qalqonsimon bezning mukammal ishlashini ta’minlaydi
  • Homilador va emizuvchi ayollar uchun temir chaqaloqning bosh va suyak miyasi shakllanishi va rivojlanishida muhimdir.

Rux – kalsiy va boshqa minerallar bilan birgalikda osteoporoz kasalligini davolash va oldini olishda yordam beradi. Koplab ferment reaksiyalarida, jinsiy shakllanish va bo’y o’sishida ishtirok etadi. Organizmni virus va infeksiyalardan himoyalovchi immunitet sistemasiga yordam beradi. Nuklein kislotasi metobolizmini ta’minlaydi va oqsillar paydo bo’lishiga yordam beradi. Erkaklar sogligi uchun rux o’ta muhim elemenet hisoblanadi, zero u prostata bezi va boshqa jinsiy organlar holatini normaga keltiradi. Spermatozoidlar faolligini ragbatlantiradi va erkaklar jinsiy garmonlarini tartibga soladi. Organizmdan tarkibiga alkogol-degidroginaz kiruvchi alkogolni chiqib ketishida zarurdir.

Fosfor – modda almasinuvida muhim rol o’ynaydi va uglevod, oqsillar almashinuvini normallashtiradi. Muskullar va hujayralar ostidagi almashinuv jarayonlarida ham fosfor zarurdir.

Fosforning organizmga singdirilishida Vitamin D temir, magniy, va kalsiy ishtirok etadi.

Kalsidoks-antidiatezin preparatidagi ushbu komponentning foydasi:

  • Baquvvat tishlar va suyaklarni shakllantiradi.
  • Energetik metobolizmni ta’minlaydi.
  • O’sishga, organizm hujayralarini saqlash va qayta uygotishga yordam beradi.
  • Organizmdagi kislota va ishqorlarning muvozanatini  saqlovchi suyuq himoyalovchi zonani tashkil qiladi.
  • Siydikni nordonlashtiradi va buyrak toshi paydo bo’lish ehtimolligini kamaytiradi.

Qo’llashga doir ko’rsatmalar:

Kalsiyga yuqori muhtojlik (intensive o’sish, sport bilan shug’ullanish davrida va shu kabi holatlarda), taomda kalsiy yetishmasligi, balanslanmagan va vitaminlarga to’yinmagan oziq ovqat mahsulotlarini (sut yoki sut mahsulotlarni) iste’mol qilish, kalsiy almashinuvining buzilishi, suyak to’qimalari tuzilmasini mustahkamlash va tiklash, tishlarning o’z vaqtida o’smasligi, tishlar kariesi, tirnoqlar va sochlarning sinuvchanligi, yosh bolalarda uchraydigan allergiya va diatez, suyaklar sinish holatlarida uning bitish jarayoning me’yorlashuvi, yoshi kattalarda suyaklarning mo’rtligi, osteoporoz rivojini oldini olish.

Qo’llash usuli va dozalari:

Go’daklar va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar 1ta tabletkadan kuniga 2 mahal yoki shifokor tavsiyanomasiga ko’ra. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga -  1ta tabletkadan kuniga 3 mahal. 12 yoshdan katta o’smirlar va katta yoshlilarga 2 tabletkadan kuniga 2 mahal.

Taom iste’mol qilishdan avval suv, mevali sharbat yoki sut bilan qabul qilinadi. Tabletkani maydalab (tvorog, yogurt, bo’tqa, pyure, desert va sh.o’) taomlarga qo’shish mumkin.

Preparatni qaynoq taomlar, choy yoki kofe bilan qo’shib iste’mol qilish mumkin emas.

Davolash kursi 1oy.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

Nojo’ya ta’siri: Nojo’ya ta’siri kuzatilmagan, aksincha uzoq vaqt qabul qilish holatlarida yaxshi natijaga erishiladi.

Mahsus ko’rsatmalar

Kalsidoks – Antidatezin preparatini qabul qilish paytida dozasining me’yordan ortib ketmasligi maqsadida boshqa makro va mikro elementli preparatlarni qabul qilishga zarurat yo’q. Qonda va siydikda kalsiy tuzlarining yuqori miqdorida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim. Homilador va ko’krak bilan boquvchi ayollar preparatni shifokor tavsiyanomasiga ko’ra qabul qilishlari mumkin.

 


 

"Anfa Pharmaceuticals" ООО


Товар сертифицирован. Услуги лицензированы




Все новости компании:
ГЕЛМОТОКСИН - избавьте организм от паразитов... 

NATUROSED - эффективный препарат на основе уникального комплекса лекарственных трав, предназначенный для снятия стресса ... 

СОЛТОСТЕН – при заболеваниях почек и мочевыводящих путей, способствует растворению мочевых камней... 

FORTALIV® - натуральный хранитель вашей печени!... 

NOMAGISSAN - сама природа на страже женского здоровья!... 

ЛИПОВИТИЛИН. Что такое витилиго? ... 

Компания “ANFA PHARMACEUTICALS” поздравляет с Наврузом!... 

БАДы по стандартам GMP от ANFA PHARMACEUTICALS™... 

ПРОКУРИН® - натуральное решение деликатной проблемы.... 

SPORTS FORTE. Минералы для спортсменов – дефицит не допустим.... 

Нехватка кальция в организме... 

ПАРАЗИТЫ В ОРГАНИЗМЕ ЧЕЛОВЕКА... 

KALSIDOX - ANTIDIATEZIN - способствует регуляции обмена кальция и фосфора в организме (в костях, зубах, ногтях, волосах, мышцах).... 

GELMOTOKSIN – organizmingizni parazitlardan tozalang... 

Kalsidox - Antidiatezin™- organizmda (suyaklarda, tishlarda, tirnoqlarda, soch va mushaklarda) kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi preparat.... 

"ANFA Pharmaceuticals" — один из лидеров отечественного фармацевтического рынка по производству Биологически Активные Добавки (БАДы). ... 

Просмотров: 11770
В этой теме действует премодерация комментариев.
Вы можете оставить свой комментарий.
Гость_
Антибот: Антибот
- Сайт модерируется. Из комментариев удаляются бессмысленные, оскорбительные или не относящиеся к теме обсуждения.
- При написании комментария вы можете использовать теги BB-кода (BBCode).
Список поддерживаемых тегов.

Яндекс.Метрика Рейтинг@Mail.ru Gorodskidok.uz
Сайт разработан ООО "Norma". Все имущественные права на сайт принадлежат ООО "Norma".
Адрес: 100105, Узбекистан, г. Ташкент, ул. Таллимарджон, 1/1
Тел.: (998 71) 283-39-26; факс: (998 71) 283-39-23
E-mail: info@apteka.uz , admin@apteka.uz
Любое копирование материалов сайта возможно только с активной гиперссылкой на www.apteka.uz
Все товары, подлежащие обязательной сертификации, сертифицированы; лицензируемые услуги – лицензированы.
© ООО «Norma»; 2018. Все права защищены.