Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Tarkibi :
- qovoq urug'i – 50 mg
- kashnich urug'i – 25 mg
- shivit urug'i – 50 mg
- tog'terak po'stlog'i – 25 mg
- oddiy chinnigul ekstrakti – 25 mg
- turkiston ayugasi ekstrakti - 25 mg
Yordamchi moddalar:
qand upasi, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, kraxmal,kalьtsiy stearati, magniy stearati.
Ishlab chiqarish shakli:
Tabletka yoki kapsulalarda.
Xususiyatlari: o'simliklar shunday birikishda tanlanganki, ularning tarkibidagi flavonoidlar, terpenoidlar va fitontsidlarning murakkab jamlanmasi organizmning himoya kuchlarini kuchaytiradi va inson organizmida parazitlarning keng spektri mavjud bo'lishi uchun noqulay sharoitlarni yaratadi. Ayuga ekstrakti jinsiy mayl shakllanishi uchun javob beruvchi sensor nervlarni mustahkamlaydi.
Qo'llashga ko'rsatmalar:
Immunitetni mustahkamlash va ichakni gijjalardan tozalash hamda gelьmintlar bilan zararlanish xavfini pasaytirish uchun biofaol moddalar manbai sifatida. Erkak va ayollarning ruhiy va jismoniy va normal jinsiy faolligini saqlab turish uchun.
Qo'llash usuli va dozalari:
Faqat og'iz orqali qabul qilinadi. Kattalar 2 hafta mobaynida ovqatlanish vaqtida kuniga 3-4 mahal 1 ta kapsula yoki tabletkadan qabul qiladi. Mutaxassisning tavsiyasiga ko'ra 2 haftalik tanaffusdan so'ng kursni takrorlash tavsiya etiladi.
Qo'llashga qarshi ko'rsatmalar:
Komponentlarga bo'lgan individual ta'sirchanlik, homiladorlik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Alohida ko'rsatmalar:
Dori vositasi emas!
Qo'llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Nojo'ya ta'siri:
Nojo'ya ta'sir yuzaga kelgan taqdirda qo'llashni to'xtatib, shifokorga murojaat qilish lozim.
Saqlash shartlari:
Xona haroratida quruq joyda saqlansin.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.