54 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash73 900 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish59 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMIZON
AMIZON®
Preparatning savdo nomi: Amizon
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): amizon (enisamum yodid)
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka saqlaydi:
Faol modda: 125 mg (0,125 g) yoki 250 mg (0,25 g) amizon (enisamium yodid).
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza, povidon, natriy kroskarmelloza, kalsiy stearati;
Qobig‘i: OPADRY II Clear 85F19250 (polietilenglikol, polisorbat 80, polivinil spirti, talk).
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, sariq yoki sariq-yashil rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida biroz dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi: J05AX.
Farmakologik xususiyatlari
Amizon – izonikotin kislotasining hosilasi. Gripp virusiga ingibirlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, interferonogen xususiyatlarga ega, organizmning virusli infeksiyalarga rezistentligini oshiradi, yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirga ega.
Amizonning viruslarga qarshi ta‘siri, uni gripp virusining gemagglyutininlariga bevosita ta‘siri bilan bog‘liq, buning oqibatida virion keyingi replikasiya uchun nishon-xujayralarga birikish qobiliyatini yo‘qotadi.
Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri xujayra lizosomal membranalarni barqarorlashishi, bazofillarning degranulyasiyasini sekinlashishi, antioksidant ta‘siri, prostaglandinlar, siklik nukleotidlar darajasini va yallig‘lanish o‘chog‘ida energiya almashinishini normallashishini natijasi hisoblanadi. Bu vositaning isitmani tushiruvchi ta‘siri miyaning termoregulyasiya markazlariga ta‘siri bilan bog‘liq. Preparatning og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri miya ustunining retikulyar formasiyasi orqali amalga oshiriladi.
Amizon persistirlovchi immunitetni qon plazmasida endogen interferon darajasini 3-4 marta oshirish, lizosimni va infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilariga antitelolar titrini oshirish, shuningdek xujayraviy – T-limfositlar va maktofaglarning funksional faolligini rag‘batlantirish hisobiga kuchaytiradi. Ushbu vosita endogen interferonning kuchli induktori hisoblanadi.
Peroral qabul qilinganidan keyin Amizon qonga tez tushadi, uning qondagi maksimal konsentrasiyasi qabul qilinganidan keyin 2-2,5 soat o‘tgach kuzatiladi. Yarim chiqarilish davri 13,5-14 soatni tashkil qiladi, jigarda metabolizmga uchraydi, lekin to‘qimalardan tez chiqariladi (yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil qiladi). Organizmda 90-95% siydik bilan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Amizon ichga, ovqatdan keyin, chaynamasdan qabul qilinadi. Maksimal bir martalik doza – 1000 mg, sutkalik – 2000 mg. Kasallikning og‘irligi va etiologiyasiga qarab, tavsiya etilgan davolash kursi – 5 kundan 30 kungachani tashkil qiladi.
Gripp va boshqa respirator infeksiyalar
Davolash. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 250-500 mg dan sutkada 2-4 marta 5-7 kun davomida buyuriladi; 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 125 mg dan sutkada 2-3 marta
5-7 kun davomida buyuriladi.
Oldini olish. Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga – sutkada 250 mg dan 3-5 kun davomida, keyinchalik – 250 mg dan 2-3 sutkada 1 marta 2-3 hafta davomida; 6-12 yoshli bolalarga – 125 mg dan kunora 2-3 hafta davomida; 12 yoshdan 16 yoshgacha bolalarga – 250 mg dan kunora 2-3 hafta davomida buyuriladi.
Meningoensefalitda kattalarga Amizon 250 mg dan sutkada 3 marta 10 kun davomida buyuriladi.
Qizamiq, qizilcha, suvchechakni davolash uchun kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga – 500 mg dan sutkada 3 marta; 6-7 yoshli bolalarga – 125 mg dan sutkada 3 marta; 8-12 yoshli bolalarga – 125 mg dan sutkada 4 marta; 13-14 yoshli bolalarga – 250 mg dan sutkada 3 marta; 14-16 yoshli bolalarga – 250 mg dan sutkada 4 marta buyuriladi.
Parotit infeksiyasini davolash uchun kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga kasallikning o‘rtacha og‘irligida 250 mg dan sutkada 4 marta va og‘ir kechishida 500 mg dan sutkada 3 marta 6-7 kun davomida buyuriladi; 12-14 yoshli bolalarga 250 mg dan sutkada
3-4 marta 6-7 kun davomida buyuriladi.
Parotit infeksiyasini nospesifik ximioprofilaktikasida kattalarga 250 mg dan sutkada 2 marta 10-14 kun davomida buyuriladi.
O‘rtacha og‘irlikdagi infeksion mononukleozda kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 250 mg Amizon sutkada 3-4 marta va 6 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga – 125 mg dan sutkada
3 marta buyuriladi. Og‘ir kechishida birinchi 2-3 kunlari kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – sutkada 1500-2000 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga – sutkada 1000 mg. Klinik samaraga erishilgandan keyin dozani ikki marta kamaytirish mumkin.
Fellinozni davolash uchun kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga o‘rtacha og‘irligida 250 mg dan sutkada 3-4 marta va kasallikni og‘ir shaklida 500 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. 6-9 yoshli bolalarga – 125 mg dan sutkada 3 marta; 10-14 yoshli bolalarga – 125 mg dan sutkada 4 marta buyuriladi.
Erizipeloidning teri-bo‘g‘imli shaklida kattalarga – 500 mg dan sutkada 3 marta 7-14 kun davomida buyuriladi.
A, Ye virusli gepatitlar. Majmuaviy davolashda kattalarga – 250 mg dan sutkada 3 marta birinchi 5 kun davomida buyuriladi. Nospesifik ximioprofilaktika uchun kattalarga – 250 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Pnevmoniyalarni majmuaviy davolashda kattalarga – 250 mg dan sutkada 3 marta 10-15 kun davomida buyuriladi.
Anginalarni majmuaviy davolashda kattalarga – 250 mg dan sutkada 3-4 marta 5 kun davomida kasallikni o‘rtacha og‘irligida; kasallikni og‘ir kechishida 500 mg dan sutkada
3-4 marta 7 kun davomida buyuriladi.
Og‘riq sindromlarida kattalarga 250-500 mg dan sutkada 3-4 marta qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan teri toshmalari, eshakemi, angionevrotik shish, qichishish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izda quruqlik va achchiq ta‘m hissi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shishi, gipersalivasiya, tilni sariq rangga bo‘yalishi, ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik, diareya, qorinni dam bo‘lishi
Nafas tizimi tomonidan: hansirash, tomoqni ta‘sirlanishi.
Postregistrasion davrda yakka hollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchsizlik, arterial bosimni o‘zgarib turishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yod preparatlari va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Allergenning tabiatidan qatiy nazar, anamnezdagi allergik reaksiyalar. Jigar va buyraklarning og‘ir organik shikastlanishlari. Homiladorlik I uchoyligi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu shakli uchun)
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Amizon antibakterial va immunomodulyator vositalarning ta‘sirini kuchaytiradi. Ushbu preparatni askorbin kislotasi va boshqa vitaminlar bilan majmuasi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek Amizonni rekombinant interferonni ishlatish bilan bir vaqtda buyurish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qalqonsimon bezi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa gipertireozda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikni, laktaza yetishmovchiligini yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromini kam uchraydigan nasliy shakllari bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikni II va III uch oyliklarida faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Emizikli ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar. Preparat bu dori shaklida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash uchun qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Amizon preparatini qabul qilish avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Amizonning dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan. Doza oshirib yuborilganida nojo‘ya reaksiyalarining ko‘rinishlarini kuchayishi mumkin: shilliq qavatlarni jigarrang rangga bo‘yalishi, qusish, qorin og‘rig‘i va diareya. Shishlar, eritema, xusnbuzarsimon va bullez toshmalar, isitma rivojlanishi mumkin.
Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 yoki 20 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.