299 900 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AROMAZIN®
Preparatning savdo nomi: Aromazin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): eksemestan
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 25 mg eksemestan;
yordamchi moddalar: 26,0 mg mannitol, 1,50 mg gipromelloza, 0,125 mg polisorbit-
80; 2,125 mg krospovidon, 0,125 mg kolloid kremniy dioksidi, 4,625 mg mikrokristall sellyuloza, 2,375 mg natriy karboksimetilkraxmali, 0,625 mg magniy stearati.
Qandli qobiq tarkibi: 1,81 mg gipromelloza, 0,009 mg simetikon emulsiyasi, 0,181 mg makrogol-6000, 1,157 mg magniy karbonati, 3,453 mg titan dioksidi, 0,003 mg metilparagidroksibenzoat, 0,697 mg polivinil spirti, 30,19 mg saxaroza; (yaltiroqlik berish uchun komponentlar: 0,0175 mg setilefir mumi, 0,01 mg talk, 0,0225 mg karnaub mumi).
Siyoh tarkibi: shellak, etanol, izobutanol, temir oksidi bo‘yovchisi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171).
Ta‘rifi: dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, oq yoki kulrang tusli oq rangli, qandli qobiq bilan qoplangan, bir tomonida qora bo‘yoq bilan tushirilgan «7663» markirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: o‘smaga qarshi vosita. estrogenlarning sintezini ingibitori.
ATX kodi: L02BG06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Eksemestan – tabiiy androstendion moddasining strukturasiga o‘xshash aromatazani qaytmas steroid ingibitoridir.
Ayollarda postmenopauzada estrogenlar asosan periferik to‘qimalarda aromataza fermenti ta‘sirida androgenlarni estrogenlarga aylanishi yo‘li orqali ishlab chiqariladi. Aromatazani ingibisiya qilish yo‘li orqali estrogenlarning hosil bo‘lishini bloklanishi ayollarda post menopauzada sut bezlarining gormonga bog‘liq rakini davolashning samarali va tanlov usuli hisoblanadi. Aromazin® preparatining ta‘sir mexanizmi, uni fermentning faol fragmenti bilan faolsizlanishini chaqirib qaytmas bog‘lanishi bilan bog‘liq. Ayollarda postmenopauzada Aromazin® estrogenlarning qon zardobidagi konsentrasiyasini 5 mg dozadan boshlab ishonchli kamaytiradi, bunda maksimal pasayishga (>90%) 10-25 mg dozalarda qo‘llanganida erishiladi. Sut bezining raki bo‘lgan, har kuni 25 mg preparat qabul qiluvchi postmenapauzadagi pasientkalarda, organizmdagi fermentining umumiy darajasi 98% ga kamaygan.
Eksemestan progestogen va estrogen faolligiga ega emas. Yuqori dozalarda qo‘llanganida asosan faqat biroz androgen faolligi aniqlanadi. Aromazin® buyrak usti bezlarida kortizol va aldosteronning biosinteziga ta‘sir qilmaydi, bu preparatni tanlab ta‘sir qilishini tasdiqlaydi. Shuning uchun glyukokortikoidlar va mineralokortikoidlar bilan o‘rinbosar davolashga zarurat yo‘q.
Preparat hatto kichik dozalarda qo‘llanganida ham qon zardobida lyuteinlovchi gormon (LG) va folikulostimullovchi gormonning (FSG) darajasini bir oshishi kuzatiladi, bu ushbu farmakologik guruh preparatlari uchun xarakterli hisoblanadi va ehtimol gipofiz darajasida teskari bog‘lanish mohiyati bo‘yicha rivojlanadi: estrogenlar konsentrasiyasini pasayishi gipofizda, shuningdek postmenopauzadagi ayollarda ham gonadotropinlar sekresiyasini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Eksemestan ichga qabul qilingandan keyin asosan me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparatning mutloq biokiraolishligi aniqlanmagan. U jigar orqali birinchi o‘tishni ekstensiv samarasi bilan cheklangan deb taxmin qilinadi. 25 mg dozada bir marta qabul qilinganida plazmadagi 17 ng/ml ga teng maksimal konsentrasiyaga, 2 soatdan keyin erishiladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish preparatning biokiraolishligini 40% ga oshiradi.
Farmakokinetik parametrlari to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega. Yarim chiqarilishining yakuniy davri taxminan 24 soatni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90%. Eksemestan va uning metabolitlari eritrositlar bilan bog‘lanmaydi.
Qayta qabul qilinganida eksemestanning oldindan aytib bo‘lmaydigan kumulyasiyasi kuzatilmaydi. Eksemestanning biotransformasiya jarayoni metilen guruhini CYP3A4 izofermenti ta‘siri ostida 6 pozisiyada va/yoki 17-ketoguruhini aldoketoreduktaza ta‘siri ostida tiklanishi keyingi kon‘yugasiyalanishi bilan, oksidlanish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Eksemestan metabolizmining mahsulotlari aromatazani ingibisiya qilishiga nisbatan dastlabki birikmaga qaraganda yoki nofaol yoki kam faol.
Eksemestanning (taxminan 40%) taxminan teng miqdori siydik va ahlat bilan bir hafta davomida chiqariladi. 0,1 dan 1% gachasi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Preparatning tizimli ta‘siri va yosh orasida yaqqol bog‘lanish aniqlanmagan.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi (KK) <30 ml/min) eksemestanning tizimli ta‘siri 2 marta yuqori, ammo dozani tuzatish talab qilinmaydi.
O‘rta va og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda eksemestanning tizimli ta‘siri 2-3 marta yuqori, ammo dozani tuzatish talab qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Tabiiy yoki indusiyalangan postmenopauzadagi sut bezining tarqalgan raki bo‘lgan ayollarda antiestrogen davolash fonida kasallikni rivojlanib borishida, shuningdek gormonal davolashning turli turlarini bir necha marta qo‘llangandan keyin ham kasallikni rivojlanib borishida qo‘llanadi.
Estrogen–musbat reseptorlari yoki reseptor statusi noma‘lum bo‘lgan post menopauzadagi ayollarda sut bezining rakini ad‘yuvant davolash, qaytalanishlar xavfini kamaytirish maqsadida (uzoq muddatli keyingi yoki regional) tamoksifen bilan 2-3 yil birlamchi ad‘yuvant davolash yakunlanganidan keyin, shuningdek sut bezining kontralateral rakida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Kattalar va keksa yoshli pasientlar
Tavsiya qilinadigan doza sutkada 25 mg 1 martani tashkil qiladi, yaxshisi ovqatdan keyin.
Sut bezining boshlang‘ich raki bo‘lgan bemorlarda preparat bilan davolashni ketma-ket ad‘yuvant gormonal davolashning umumiy davomiyligi 5 yilgacha yetmagunicha davom ettirish tavsiya qilinadi.
Sut bezining tarqalgan raki bo‘lgan bemorlarni uzoq muddatli davolash.
O‘sma kasalligini rivojlanib borishining belgilari paydo bo‘lganida yoki sut bezining kontralateral raki paydo bo‘lganida Aromazin® preparati bilan davolashni to‘xtatish lozim.
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi
Dozani tuzatish talab qilinmaydi.
Bolalar
Bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Umuman Aromazin® preparatini o‘zlashtirilishi yaxshi; preparat sutkada 25 mg dozada qo‘llanganida noxush samaralari asosan ahamiyatsiz yoki o‘rtacha darajada ifodalangan.
Quyida organizmning tizim-a‘zolar sinfi bo‘yicha va tez-tezligi bo‘yicha taqsimlangan noxush reaksiyalar sanab o‘tilgan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (≥1/100, lekin <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, lekin<1/100), kam hollarda (≥1/10 000, lekin <1/1000).
Moddalar almashinuvini va oziqlanish buzilishlari: tez-tez – anoreksiya.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi; tez-tez – qusish, diareya, qabziyat, dispepsiya, diareya, ishtahani oshishi; tez-tez emas – me‘da yarasi*.
Ruhiy buzilishlar: juda tez-tez – depressiya, uyqusizlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; tez-tez – xavotirlik, ongni chalkashishi, bilak kanali sindromi, paresteziya, gipesteziya, asteniya; tez-tez emas – neyropatiya.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez – yurak yetishmovchiligi; tez–tez emas – miokard infarkti.
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – ko‘p terlash; tez-tez – alopesiya, toshma, teri qichishish, dermatit.
Skelet-mushak tizimi va suyak to‘qimasi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – bo‘g‘im va skelet-mushak og‘riqlari (shu artralgiya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, belda og‘riq, artrit, mialgiya); tez-tez – osteoporoz.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez – ko‘rishni buzilishi.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – arterial bosimni oshishi, “qizib ketish hissi”.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – jigar fermentlarini faolligini oshishi, qonda bilirubinni konsentrasiyasini oshishi, qonda ishqor fosfatazani faolligini oshishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez – hansirash, yo‘tal, bronxit, sinusit, faringit, rinit, ko‘krak qafasida og‘riq, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – siydik yo‘llarining infeksiyalari.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – limfedema.
Umumiy va yuborilgan joyida buzilishlar: juda tez-tez – og‘riq, yuqori charchoqlik; tez-tez – periferik shishlar, grippsimon sindrom, isitma, umumiy holsizlik, infeksiyalar.
Taxminan 20% bemorlarda (ayniqsa dastlabki limfopeniyasi bo‘lgan pasientlarda) limfositlar sonini davriy kamayishi kuzatilgan. Ammo bu bemorlarda limfositlarning o‘rtacha soni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmagan va virusli infeksiyalar bilan kasallanishni yondosh oshishi kuzatilmagan.
* ko‘pchilik pasientlar yarali anamnezga ega bo‘lganlar yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolanganlar.
Postmarketing tekshirishlar:
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – gepatit, xolestatik gepatit.
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez – eshakemi; kam hollarda – o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulez.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Eksemestanga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Premenopauzali endokrin statusi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Jigar yoki buyrak funksiyasini buzilishida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Estrogenlarni saqlovchi preparatlar eksemestanning farmakologik ta‘sirini butunlay yo‘qotadi.
Preparat sitoxrom – R450 (CYP)3A4 va aldoketoreduktaza ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi va CYP ning asosiy izofermentlaridan birortasini ingibisiya qilmaydi. CYP3A4 izofermentini ketokonazol tomonidan spesifik ingibisiya qilinishi eksemestanning farmakokinetikasiga ishonchli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Eksemestanni CYP3A4 ning kuchli induktori bo‘lgan rifampisin bilan aniqlangan farmakokinetik o‘zaro ta‘siriga qaramasdan, Aromazin® preparatining farmakologik faolligi (esterogenlarni susayishi) o‘zgarishsiz qoladi, shuning uchun dozani tuzatish talab qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Aromazin® ni premenopauzal endokrin statusi bo‘lgan ayollarga buyurish kerak emas, shuning uchun bu klinik asoslangan hollarda, postmenopauzal statusini LG, FSG va estradiol darajasini aniqlash bilan tasdiqlash lozim.
Aromazin® ni estrogen saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Eksemestanning kuchli estrogen pasaytiruvchi ta‘siri tufayli, suyak to‘qimasining mineral zichligini kamaytirishi mumkin. Eksemestan bilan ad‘yuvant davolashni boshlashdan oldin, osteoporozi yoki osteoporozning yuqori xavfi bo‘lgan ayollarda suyak to‘qimasining mineral zichligini baholash uchun densitometriyani o‘tkazish tavsiya qilinadi. Eksemestan bilan davolash vaqtida osteoporozi bo‘lgan ayollarni muvofiq davolashni buyurish bilan alohida kuzatish kerak.
Sut bezining erta raki bo‘lgan bemorlarda aromataza ingibitori bilan davolashni boshlashdan oldin D vitaminining og‘ir yetishmovchiligi yuqori tarqalganligi sababli qon plazmasida D vitaminining konsentrasiyasini aniqlash lozim. Yetishmovchiligi aniqlanganda ushbu vitaminni saqlovchi preparatlarni buyurish lozim.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homila uchun potensial xavfi tufayli homiladorlik vaqtida Eksemestanni qo‘llash man qilingan. Preparatni shuningdek emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Pasientlarni Aromazin® preparati bilan davolash vaqtida uyquchanlik, asteniya va bosh aylanishini paydo bo‘lish to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Bu belgilar paydo bo‘lganida pasientlarga avtomobilni boshqarish va boshqa diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning bir martalik dozasini hayot uchun xavfli simptomlarni chaqirishi mumkinligi aniqlanmagan. Eksemestanni sog‘lom ayollarda bir marta 800 mg gacha dozada va postmenopauzada sut bezining tarqalgan raki bo‘lgan ayollarda 600 mg gacha bo‘lgan sutkalik dozada qo‘llanishi yaxshi o‘zlashtirilgan. Maxsus antidotlari yo‘q.
Davolash – hayotiy muhim funksiyalarni muntazam nazorati va sinchkov kuzatuv ostida simptomatik.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 25 mg.
15 tabletkadan PVDX/PVX-PVDX alyumin folgali blisterda; 1, 2 yoki 6 blisterlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.