Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Na’matak ekstrakti S, R, K vitaminlar, katexin, karatinoidlari, flavanoidlar, efir moylari, qand, makro- va mikroelementlarga boy.
Vitamin S bilan kompleksda organizm uchun kerak bo‘lgan keng spektrli fiziologik funktsiyalar, nospesifik immunitetning shakllanishi va hujayralarning antioksidant himoyasi va organizmning ko‘nikma hosil qilishida ishtirok etadi. Muhim oksidlanish-qaytarilish jarayonida ishtirok etadi, garmonlar sintezida, regenerasiyani stimullaydi, kollagen sintezi va boshqa hujayralararo organik kompanentlarni tish moddalarini, suyak va endoteliy kapilyarlarini, temir moddasi so‘rilishini nazorat qiladi.
Temir organizm uchun eng muhim moddalardan bo‘lib to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlaydi, gemoglabinning, mioglobinning va bir qancha fermentlarning tarkibiga kiradi.
Vitaminlar manbasi sifatida, mikroelementlar (ayniqsa temir), qon aylanish tizimini va qonning shaklli elementlarini normal shakllanishida ishtirok etadi. Organizmning ko‘nikish qobiliyatini kuchaytiradi va organizmga nospesifik umumiy stimullovchi ta’sir ko‘rsatadi va organizmning shamollash jarayoniga (ayniqsa bahor-kuz oralig‘ida) qarshilik ko‘rsatishini kuchaytiradi. Ayniqsa o‘sish vaqtida foydali bo‘lib, maktab yoshigacha va maktab yoshida bo‘lgan bolalarning temirga bo‘lgan kuchli ehtiyojini qondiradi, kamqonlik rivojlanishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Ovqat vaqti yoki ovqatdan keyin qo‘llaniladi. Mevali yoki sabzavotli sharbatlar yoki bolalar ozuqasi bilan aralashtirib iste‘mol qilish mumkin. 1 ml (20 tomchi) 40,0 g elementar temir saqlaydi, 1 tomchida – 2,0 mg elementar temir mavjud.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 5 tomchidan sutkada 1 maxal; 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar va kattalar: 6 tomchidan sutkada 1 maxal.
Qabul qilish davomiyligi 3-5 oyni tashkil etadi. Zarur bo‘lganida kurs qaytarilishi mumkin.
Homiladorlar uchun dozalash rejimi va kurs davomiyligi mutaxassis tomonidan belgilanadi