×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Butafen kukuni 100mg N15

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Аминофенилмасляная кислота
Qadoqda soni:
- 15
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- N06BХ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 76 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KSAVRON inyeksiya uchun eritma 20ml 1,5mg/ml N2 Юрия-Фарм, ООО Ukraina
184 000 s`om dan
SINNARIZIN tabletkalari 25mg N50 Софарма, АО Bolgariya
4 900 s`om dan
LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5 Фармак, ПАО Ukraina
78 400 s`om dan
34 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
3 g kukun laminat paketchada (sashe).

15 laminat paketcha (sashe) qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Xar bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: aminofenilmoy kislotasi gidroxloridi (γ-amino-β-fenilmoy kislotasi gidroxloridi) 100 mg.

yordamchi moddalar: mannitol, aspartam, apelsin aromatizatori. 

Butafen 100 bosh miyaning nerv xujayralaridagi metabolik jarayonlarga ijobiy ta'sir etadi. Butafen 100preparatining ta'sir etuvchi moddasini – γ-amino-moy kislotasining (GAMK) hosilasi sifatida yoki β-feniletilaminning hosilasi sifatida qarash mumkin. Butafen 100 nootrop faollikka ega, GAMKning hosilasi sifatida esa, anksiolitik (trankvilizatorlik) ta'siriga ega. Xolino - va adrenoreseptorlarga ta'sir qilmaydi. Preparat nistagmning latent davrini uzaytiradi va uning yaqqolligi va davomiyligini qisqartiradi.

Butafen 100 xavotirlik, bezovtalik, qo'rquvni kamaytiradi va uyquni yaxshilaydi, shuning uchun preparatni nevrozlarni davolash uchun va operasiyalardan oldin qo'llash uchun buyuriladi. Preparat uxlatuvchi, tirishishga qarshi, neyroleptik va parkinsonizmga qarshi vositalarning ta'sirini uzaytiradi va kuchaytiradi. Preparat asteniyaning ko'rinishlarini va vazovegentativ simptomlarini, shu jumladan bosh og'rig'i, boshda og'irlikni hissi, uyquni buzilishi, ta'sirchanlik, emosional labillikni kamaytiradi va aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Trankvilizator ta'siridan farq qilib, psixologik ko'rsatkichlar (diqqat, xotira, sensor-motor reaktsiyalarning tezligi va aniqligi) Butafen 100 preparatining ta'sirida yaxshilanadi. Asteniyasi va emosional labilligi bo'lgan pasientlarda davolashning birinchi kunlaridanoq sub'ektiv o'zini his qilish yaxshilanadi, keraksiz sedasiya yoki qo'zg'alishni chaqirmasdan qiziqish va tashabbuskorlik, faoliyat motivasiyasi oshadi.

Ma'lum bo'lishicha, miya shikastlanishidan keyin qo'llanilgan Butafen 100 preparati mitoxondriyalar sonini oshiradi, va miyaning bioenergetikasini yaxshilaydi. Butafen 100 lipid qayta oksidlanish jarayonini normallashtiradi.

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin yaxshi so'riladi va organizmning hamma to'qimalariga kiradi, gematoentsefalik to'siqdan oson o'tadi. Preparatning yuborilgan dozasining taxminan 0,1% bosh miya to'qimasiga kiradi, bunda yosh va keksa yoshdagi shaxslarda yuqoriroq darajada kiradi. Jigarda farmakologik faol bo'lmagan metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi. Birikmaydi. 3 soatdan keyin u buyraklar tomonidan chiqarila boshlaydi, shu bilan birga miya to'qimalarida kontsentrasiyasi pasaymayli va u miyada yana 6 soatgacha mavjud bo'ladi. Jigar va buyraklarda teng taqsimlanadi. Taxminan 5% o'zgarmagan ko'rinishda buyraklar orqali, qisman safro orqali chiqariladi.

Butafen 100 nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin, lekin ular barcha pasientlarda ham namoyon bo'lavermaydi. Eng ko'p kuzatiladigan holatlar:

- uyquchanlik, ko'ngil aynishi, asabiylashishning kuchayishi, qo'zg'alish, tashvishlanish, bosh og'rig'i, bosh aylanishi (birinchi dozadan keyin);

- allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish);

- gepatotoksiklik (yuqori dozalarda uzoq muddatli qo'llash bilan).

Agar siz ushbu qo'llanmada ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlarga duch kelsangiz yoki yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlardan biri namoyon bo'lsa, shifokor bilan maslaxatlashing.

Preparatning ta'sirlovchi samarasi tufayli, me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo'lgan pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Bu pasientlarga preparatning pastroq dozalari buyuriladi.Uzoq muddat qo'llanganida periferik qon manzarasi va jigar faoliyatining ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

-Astenik va xavotirlik-nevrotik holatlar: bezovtalik, qo'rquv, xavotirlik;

-Obsessiv-kompulsiv kasallik, psixopatiya;

-Keksa yoshdagi pasientlarda – uyquni buzilishi, tungi bezovtalik.

-Bolalarda – duduqlanish, enurez, tiklarni davolash; 

-Mener kasalligi;

-Jarroxlik aralashuvi yoki og'riqli diagnostik tekshiruvlar oldidan xavotirli holatlarini oldini olish;

-vestibulyar analizatorning turli genezli disfunktsiyasi bilan bog'liq bosh aylanishlari;

-Kinetozlarda chayqalishlarni (ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, vestibulyar buzilishlar bilan xarakterlanadigan va harakatlanuvchi ob'ektda bo'lishdan kelib chiqqan holat) oldini olish.

Alkogolli abstinentsiya sindromini majmuaviy davolashda yordamchi vosita sifatida.

Preparatning ta'sir etuvchi moddasi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davri. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.

O'zaro ta'sirni kuchaytirish maqsadida Butafen 100 preparati va u bilan birga qo'llanadigan dori vositalarining dozasini kamaytirib, preparatni psixotrop preparatlar bilan birga qo'llash mumkin.

Butafen 100 uxlatuvchi, neyroleptik, tirishishga qarshi va parkinsonizmga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.

Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saklansin.

Yaroqlilik muddati-2 yil.

Muddati o'tganidan so'ng qo'llash mumkin emas.

oq rangdan deyarli oq ranggacha bo'lgan sochiluvchan kukun

Paketchaning ichidagisi 0,5 stakan iliq suvda eritiladi va ichga ovqatdan oldin qabul qilinadi.

3 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarda 100 mg (1 paketcha) dan kuniga 2 marta buyuriladi;

5 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 100 mg dan kuniga 2-3 marta;

7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 100 mg dan kuniga 3-4 marta;

11 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 200 mg dan kuniga 2-3 marta;

Kattalar uchun va 14 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 250 mg dan 500 mg gacha 

(Butafen preparatining boshqa dori shakllarini qo'llash tavsiya etiladi). Kuniga 3 martadan qabul qilinadi.

Bolalar uchun eng yuqori dozalari: 3 yoshdan 6 yoshgacha – 100 mg, 7 yoshdan 10 yoshgacha – 200 mg, 11 yoshdan 14 yoshgacha – 300 mg. Kattalar uchun bir martalik dozani 750 mg dan, keksa yoshdagi pasientlar uchun esa, 500 mg dan oshirib yubormaslik kerak. 

Davolash kursi kasallik, bemorning ahvoli va doktorning ko'rsatmalariga qarab 2 haftadan 6 haftagacha bo'lishi mumkin.

Agar preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilgan bo'lsa, bu haqida eslashingiz bilanoq qabul qiling, lekin agar keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo'lsa, qabul qilishni o'tkazib yuboring. Hech qachon 2 martalik dozani qabul qilmang.

3 yoshgacha bo'lgan bollarda preparatni qo'llash o'rganilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Preparat kam zaharli. Dozani oshirib yuborilgan 7-14 g sharoitda gepatotoksik holati namoyon bo'lishi mumkin. 

Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llanganida eozinofiliya, buyrak faoliyatini buzilishi, jigarning yog'li distrofiyasi (7 g dan ortiq qabul qilganda) rivojlanishi mumkin.

Simptomlari: uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi arterial gipotenziya. 

Davolash: me'dani yuvish, simptomatik terapiya.

Asoratlar nomoyon bo'lganda (arterial gipotenziya va buyrak etishmovchiligi) yordamchi va simptomatik choralar qo'llaniladi.

Doza oshirib yuborilganda shifokorga murojaat qilish kerak.

Butafen 100 preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llash mumkin emas, chunki etarli miqdorda klinik kuzatuvlar yo'q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Butafen kukuni 100mg N15 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Butafen kukuni 100mg N15 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Butafen kukuni 100mg N15 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Аминофенилмасляная кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Аминофенилмасляная кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Усолье-Сибирский Химико-Фармацевтический Завод ОАО
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 0,25g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Аминофенилмасляная кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Аминофенилмасляная кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Аминофенилмасляная кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9