Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plazmada ammiakning ko'tarilgan miqdorini, xususan jigar kasalliklarida, pasaytiradi. Preparatning ta'siri, uning mochevina hosil bo'lishining (ammiakdan mochevina hosil bo'lishi) ornitin siklida ishtirok etishi bilan bog'liq. Parenteral oziqlantirish talab qilinadigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi.
Ornitin aspartati uni hosil qiluvchi komponentlariga – ornitin va aspartat aminokislotalariga dissotsiyalanadi. Ular ingichka ichakda faol transport yo'li bilan ichak epiteliysi orqali so'riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Allergik reaktsiyalar, ko'ngil aynishi, qusish, me'dada og'riq, meteorizm, diareya bo'lishi mumkin.
Juda kam hollarda– qo'l va oyoqlarda og'riq.
Ko'rsatilgan nojo'ya samaralari odatda o'tkinchi bo'lib, preparatni bekor qilishni talab etmaydi.
Diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Granulali bir paketcha 1,13 g fruktoza (0,11 NB) saqlaydi, buni qandli diabeti bo'lgan patsiyentlar va fruktozani nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan shaxslar hisobga olishlari kerak. Preparatni uzoq vaqt davomida qo'llash kariyes chaqirishi mumkin.
Preparatni bolalarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Buyraklar funktsiyasining og'ir buzilishlarida shifokor bilan maslahatlashing.
L-ornitin-L-aspartati yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Kreatininning ko'rsatkichi 3 mg/100 ml dan ko'proq bo'lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
200 ml suyuqlikda eritilgan 1–2 paketchadagi granula, sutkada 2–3 marta ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.
Suyuqlik sifatida suv yoki sharbat ishlatish mumkin.
Preparatning homilaga ta'sirining yetarli ma'lumotlari mavjud bo'lmaganligi sababli, Gepa-Merts ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalarini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas. Emizish davrida qo'llashdan saqlanish kerak, chunki ta'sir etuvchi modda ona sutiga o'tadimi, yo'qmi, ma'lum emas. Agar preparat bilan davolashning zarurati bo'lsa, uni shifokorning qat'iy kuzatuvi ostida qo'llash mumkin.