×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INDOVAZIN gel 45g

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Faol modda:
Индометацин, Троксерутин
Ishlab chiqaruvchi:
- Balkanpharma-Troyan AD
ATX kodi:
- M01AB51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 146 ta dorixonasida topildi

ico 36 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 36 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

REKLIN tabletkalari 7,5mg N20 Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje Makedoniya
NAYZILAT tabletkalari 600mg N10 Dr.Reddy's Laboratories Limited Hindiston
72 000 s`om dan
FLAMIDEZ tabletkalari N10 Organosyn Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Evertogen Life Sciences Limited Hindiston
30 000 s`om dan
SUARON poroshok 100mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
24 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INDOVAZIN gel 45g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INDOVAZIN®

INDOVASIN

Preparatning savdo nomi: Indovazin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): indometasin. trokserutin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel.

Tarkibi:

1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 30 mg indometasin va 20 mg trokserutin;

yordamchi moddalar: karbomer, dinatriy edetati, natriy benzoati, makrogol 400, izopropanol, dimetilsulfoksid, Fresco BM & GD R.08.0932.1 xushbo‘yi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: sariqdan sariq-jigarrang rangligacha bo‘lgan, biroz tovlanvchi gel.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va antirevmatik vositalar. Sirka kislotasi hosilalari. Indometasin majmuada.

ATX kodi: M01AV51.

Farmakologik xususiyatlari

Indovazin gel majmuaviy dori vositasi bo‘lib, uning tarkibiga indometasin va trokserutin kiradi.

Indometasin yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va shishga qarshi ta‘sirga ega.

Trokserutin kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va venalarning tonusini oshiruvchi ta‘sir namoyon etadi.

Teriga ishqalab surtilgandan keyin gel teriga va teri osti to‘qimalariga oson kirib, yallig‘lanishni kamaytiradi va og‘riqni yengillashtiradi.

 

Qo‘llanilishi

  • Surunkali venoz yetishmovchilikni (venalarni kengayishi) – shish, oyoqlardagi og‘irlik va og‘riq hissini simptomatik davolashda;
  • yuzaki tromboflebit, flebit; flebitdan keyingi holatlarda;
  • gemoroidal kasallikni majmuviy davolashda;
  • yumshoq to‘qimalarning revmatizmi: tendovaginit, bursit, fibrozit, periartritda;
  • jarrohlik aralashuvlaridan keyingi shishlarda, kontuziyalarda, bo‘g‘imlarni chiqishlari, paylarni cho‘zilishida qo‘llanadi.

 

TO‘G‘RI QO‘LLASH BO‘YICHA MA‘LUMOT

Qo‘llash usuli va dozalari

Indovazinni mazkur ilova-varaqaning yo‘riqnomalariga muvofiq qo‘llang. Agar biron-bir narsaga ishonch xosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Preparat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

4-5 sm gel shikastlangan sohaga kuniga 3-4 marta yupqa qilib yengil ishqalovchi harakatlar bilan surtiladi. Umumiy sutkalik miqdori 20 sm dan oshmasligi lozim. Davolash davomiyligi 10 kundan oshmasligi lozim.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Barcha dori preparatlari kabi Indovazin gel, garchi hammada bo‘lmasa-da, nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Mahalliy reaksiyalar: Teri tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari – kontakt dermatit, qichishish, qizarish, toshma, surtilgan joyda issiqlik va achishish hissi bo‘lishi mumkin.

Tizimli reaksiyalar: Juda kam hollarda tananing katta sohalarida davomli qo‘llanganida nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin;

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar – ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riqlar, jigar fermentlarining darajasini oshishi;

Immun tizimi tomonidan buzilishlar – o‘ta yuqori sezuvchanlik simptomlari (anafilaksiya, astmatik xuruj, angioedema).

Agar Sizda biron-bir nojo‘ya reaksiyalar aniqlansa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering. Ushbu ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan reaksiyalarga taalluqli.

 

DORI VOSITASINI QO‘LLASHNI BOSHLASHDAN OLDINGI ZARUR MA‘LUMOTLAR

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning tarkibiga kiruvchi ta‘sir etuvchi moddaga yoki biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
  • NYAQV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga) yuqori sezuvchanlik;
  • Indovazinni ochiq jarohatlarga, shilliq qavatlarga, og‘iz bo‘shlig‘iga, ko‘z kon‘yunktivasiga surtish mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kortikosteroid vositalari bilan, ularning ulserogen ta‘sirini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Maxsus ogohlantirishlar

14 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ularda qo‘llanilishi mumkinligi haqida yetarli to‘plangan klinik tajriba yo‘q.

Preparatni asetilsalisil kislotasiga yoki boshqa NYAQV ga anamnezida yoki isbotlangan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarga, bronxial astma, allergik rinit yoki boshqa atopik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Qonda faol moddalarning konsentrasiyasini oshib ketishi xavfi tufayli, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak faol yarasi va jigar va buyrakning og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda preparatni uzoq vaqt, ayniqsa terining katta sohalarida qo‘llashni cheklash lozim.

Gelni 10 kundan ortiq qo‘llangan xollarda leykositlar va trombositlar darajasini laborator nazoratini o‘tkazish lozim.

Pasientlarning ayrim guruhlari uchun ogohlantirishlar

Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi

Nazoratlangan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlarini yo‘qligi tufayli homilador va emizikli ayollarda Indovazin gelni qo‘llash mumkin emas. Uni faqat foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan baholanganidan keyingina qo‘llash mumkin.

Bolalar: 14 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ularda preparatning xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan.

Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Mashinani boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Yordamchi moddalar to‘g‘risida ma‘lumot

Indovazin geli yordamchi moddalar sifatida natriy benzoati va dimetilsulfoksid saqlaydi. Natriy benzoati teri, ko‘zlar va shilliq qavatlarga ta‘sirlovchi samara ko‘rsatishi mumkin. Dimetilsulfoksid teriga ta‘sirlovchi samara ko‘rsatishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Uzoq muddatli (10 kundan ortiq) qo‘llanilganida pasientni kuzatish tavsiya etiladi, chunki gepatotoksiklik va qon quyilish belgilari rivojlanishi mumkin, leykositlar va trombositlar darajasini laborator nazoratini amalga oshirish lozim.

Behosdan yutib yuborilganida og‘izda achshish hissi, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar – og‘iz bo‘shlig‘i va me‘dani yuvish, zarurati bo‘lganida – simptomatik davolash.

Ko‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yarali yuzalarga tushganida mahalliy ta‘sirlanish – ko‘z yoshini oqishi, qizarish, achishish, og‘riq kuzatiladi.

Zarur chora-tadbirlar – shikastlangan sohani suv va fiziologik eritmaning katta miqdori bilan shikoyatlar yo‘qolguncha yoki kamayguncha yuvish.

Chiqarilish shakli

45 g dan membranali alyumin tubalarda. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 (ikki) yil.

Tuba birinchi marta ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 6 oy.

Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INDOVAZIN gel 45g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INDOVAZIN gel 45g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INDOVAZIN gel 45g dori vositasi Balkanpharma-Troyan AD tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INDOVAZIN gel 45g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INDOVAZIN gel 45g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TROKSEVAZIN gel 40g 2%
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20
ALMAGEL suspenziya 170ml
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9