×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INTETRIKS kapsulalar N20

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie
ATX kodi:
- P01AA05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FENASAL tabletkalari 250mg N12 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
6 000 s`om dan
PLAKVENIL tabletkalari 200mg N60 Санофи-Авентис С.А. Ispaniya
115 000 s`om dan
VERMOKS tabletkalari 100mg N6 Gedeon Richter PLC Vengriya
22 000 s`om dan
DEKARIS tabletkalari 150mg N1 Gedeon Richter PLC Vengriya
15 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INTETRIKS kapsulalar N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INTETRIKS®

INTETRIKS

 

Preparatning savdo nomi: Intetriks®

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: tilbroxinol – 200 mg, tilixinol – 50 mg, tilixinol N-dodesilsulfat* – 50 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali;

jelatin kapsulaning tarkibi:

korpusi: titan dioksidi (Ye 171), jelatin;

kapsula qopqoqchasi: azorubin (Ye 122), indigotin (Ye 132), titan dioksidi (Ye 171), jelatin;

* N-dodesilsulfat = laurilsulfat

Ta‘rifi: Oq rangli tiniq bo‘lmagan korpusli va to‘q-qizil rangli tiniq bo‘lmagan qopqoqchali №1 qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – kulrang-sariq rangli zichlashgan mikrokristall kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Protozoylarga qarshi preparatlar. Gidroksixinolin hosilalari.

ATX kodi: R01AA05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Intetriks® kontakt amyobalarga qarshi preparat bo‘lib hisoblanadi. Intetriks® Entamaeba histolitica under minuta trofozoitlari va sistalarga qarshi samarali.

Farmakokinetikasi

Preparat peroral qo‘llanilganda ichak shilliq qavati tomonidan ahamiyatsiz darajada so‘riladi, bu ichak bo‘shlig‘ida samarali konsentrasiyani tutib turish imkonini beradi.

Qo‘llanilishi

Kattalardagi ichak amyobiazi:

  • to‘qima amyobisidlari bilan majmuaviy davolash tarkibida;
  • diagnostika qilingan amyobiazning simptomsiz holatlarini monoterapiyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. 2 kapsuladan ertalab va kechqurun (ya‘ni kuniga 4 kapsula) buyuriladi. Kapsulani butunligicha, ovqatlanishni boshida, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Davolash kursi – 10 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez:

  • qon zardobida transaminazalar darajasini oshishi (ularning ko‘pchiligi simptomsiz va preparat bekor qilingandan keyin pasayadi).

Kam hollarda:

  • allergik reaksiyalar: eshakemi, Kvinke shishi;
  • teri reaksiyalari: permanent pigmentasiyalanuvchi eritema.

Uzoq vaqt qabul qilganda ayrim hollarda ko‘ruv nervining periferik neyropatiyasi haqida xabar berilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik;
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Intetriks® ni gidroksixinolinlar saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

So‘nggi tadqiqotlar sog‘lom ko‘ngillilarda Intetriks® transaminazalar darajasini oshishining sababchisi ekanligini tasdiqladi, ular o‘rtacha, simptomsiz va qaytuvchan hisoblanadi. Shunday qilib, transaminazalar darajasi oshgan hollarda, ayniqsa sariqlik holatida preparat bilan davolash to‘xtatilishi kerak.

Periferik neyropatiya yuzaga kelishi xavfi tufayli, Intetriks® ni uzoq vaqt qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Intetriks® azorubin bo‘yovchisi (Ye 122) saqlaydi, u allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin.

Intetriks® laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki galaktoza malabsorbsiyasi yoki glyukoza malabsorbsiyasi (kam uchraydigan nasliy kasallik) bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davri

Hozirgi vaqtda tug‘ma nuqsonlar yoki fetotoksiklik rivojlanishi potensial xavfini baholash uchun yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Shunday qilib, homiladorlik va laktasiya davrida Intetriks® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi zardobdagi transaminazalar faolligini oshishi, shuningdek qon ivishi ko‘rsatkichlarini (protrombin darajasini) o‘zgarishi bilan kechadi. Bu ko‘rsatkichlarni nazorat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INTETRIKS kapsulalar N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INTETRIKS kapsulalar N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INTETRIKS kapsulalar N20 dori vositasi Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INTETRIKS kapsulalar N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INTETRIKS kapsulalar N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FORTRANS poroshok 64g N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Makrogol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie
Narh: 113 900 so'mdan Batafsil
SMEKTA poroshok 3g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: diosmektit ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
SMEKTA poroshok 3g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: diosmektit ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9