×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KOLDFRI sirop 100ml

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Фенилэфрин, Цетиризин
Ishlab chiqaruvchi:
- Medley Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:
- Hindfarm Group
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 33600.00 ta dorixonasida topildi

ico 33 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
Sumamigren tabletkalari 100mg N6 Pharmaceutical Works Polpharma S.A. Polsha
129 000 s`om dan
43 700 s`om dan
ANTIGRIPPIN tabletkalari N30 Валеант ООО, Россия произведено: Натур Продукт Фарма Сп. З о.о. Polsha
49 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: paratsetamol – 125 mg; fenilefrin gidroxloridi – 5,0 mg; setirizin digidroxloridi – 2,5 mg;
Yordamchi moddalar: natriy benzoati, saxaroza, glitserin, sorbitol (kristallanmagan 70% li eritma), natriy sitrati, limon kislotasi monogidrati, natriy saxarini, polietilenglikolь, metilparaben, propilparaben, malina ta'mi, Ponso 4R supra, tozalangan suv.
Paratsetamol: paratsetamolning ta'siri markaziy nerv tizimida siklooksigenazani ingibitsiya qilish, shuningdek prostaglandinlarning sintezini bostirish bilan bog'liq.
Fenilefrin: fenilefrin tanlov alьfa-1-agonist hisoblanadi. U boshqa dori vositalari bilan majmuada keng qo'llanadi. Fenilefrin gidroxloridi shishga qarshi vositadir. U burun va yondosh bo'shliqlarning shilliq qavatidagi alьfa-retseptorlarni rag'batlantirish orqali ta'sir ko'rsatadi. Natijada tomirlarni torayishi kuzatiladi va burunni bitishi yo'qoladi. Alьfa-retseptorlar qon-tomirlar devoridagi silliq mushaklarda ham mavjud bo'ladi. Ushbu retseptorlar fenilefrin tomonidan stimulyatsiya bo'lganida mushaklar qisqaradi, qon-tomirlar esa torayadi. Burun va yondosh bo'shliqlarning shilliq qavatlaridagi qon-tomirlarni torayishi qon-tomirlardan suyuqlikni ajralib chiqishini kamayishiga olib keladi. Bu o'z navbatida shilliqni hosil bo'lishini kamayishiga olib keladi, natijada tumov yengillashadi burunni bitishi kamayadi.
Setirizin: setirizin N1-gistamin retseptorlarining antagonisti hisoblanadi. U asosan periferik N1-retseptorlarni selektiv ingibitsiya qilishi orqali ta'sir ko'rsatadi. Setirizin etilaminning yon zanjirlari bilan bog'langan, ko'proq qutbli yoki kamroq lipofil funktsional guruhlarga ega. Shu sababli uning kam miqdorda MNT ga o'tadi, N1-retseptorlarga nisbatan yuqori tanlash hususiyatiga ega va antixolinergik nojo'ya samaralarni kamroq chaqiradi. Setirizin eozonofillarni migratsiyasini susaytirishi yoki mediatorlarni ishlab chiqarilishini kamaytirishi orqali yallig'langan hujayralarga modullovchi ta'sir ko'rsatishi ham mumkin.
Paratsetamol. Peroral qabul qilingandan so'ng yarim soat o'tgach ta'sir qilishni boshlaydi. Bu ta'siri 4 soat davomida saqlanib turadi. Qon zardobida cho'qqi kontsentratsiyasiga 30-60 minutdan keyin erishiladi. Paratsetamol me'da-ichakdan tez so'riladi, uning biokiraolishligi 60% dan 98% gacha o'zgaradi. Plazma oqsillari bilan qabul qilingan dozaning 25-50% bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 2-4 soatni tashkil etadi. Paratsetamol asosan jigarda metabolizmga uchrash orqali chiqariladi.
Fenilefrin. Preoral qabul qilinganida fenilefrinning biokiraolishligi past, taxminan 38%. Fenol kon'yugatlarigacha metabolizmga uchraydi. Fenilefrinning T1/2 taxminan 2-3 soatni tashkil etadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Peroral qabul qilingandan so'ng 48 soatdan keyin siydikda qabul qilingan dozaning taxminan 2,6% qismi aniqlanadi.
Setirizin. Setirizinning cho'qqi kontsentratsiyasi qabul qilingandan so'ng bir soat o'tgach erishiladi, ta'siri esa 20 minutdan keyin boshlanadi. Me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil etadi. Qabul qilingan dozasining taxminan 93% plazma oqsillari bilan bog'lanadi. T1/2 7,4-9 soatni tashkil etadi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda setirizinning T1/2 davomliroq bo'lishi mumkin. Qabul qilingan dozasining 60% gacha qismi siydik bilan o'zgarmagan holda 24 soat davomida chiqariladi
Paratsetamol. Paratsetamolning nojo'ya samaralari kam rivojlanadi va odatda yengil bo'ladi. Qon yaratish tizimi tomonidan trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya, neytropeniya va agranulotsitoz kabi samaralar kuzatilgan. Kam hollarda terida reaktsiyalari rivojlanadi. Paratsetamol terapevtik dozalarda qo'llanganida juda kam hollarda rabdomioliz hollari kuzatilishi mumkin.
Fenilefrin. Davolanish vaqtida havotirlik, hansirash, bezovtalik, yurakni urib ketishi, bosh aylanishi, taxikardiya, miokard infarkti, og'ir darajadagi arterial gipertenziya, yurak aritmiyalari, yurak urishini to'xtashi, o'pka shishi va subaraxnoidal qon quyilishi kabi nojo'ya samaralar kuzatiladi. Arterial gipertenziya fenilefrinning yurak qon-tomir tizimi tomonidan eng ko'p kuzatiladigan nojo'ya samaralaridan biri hisoblanadi. Ba'zi patsiyentlarda ko'ngil aynishi va qusish rivojlanishi mumkin.
Setirizin. Setirizinning eng ko'p kuzatiladigan nojo'ya samaralari uyquchanlik, toliqish, og'izni qurishi, bosh og'rig'i va ko'ngil aynishi hisoblanadi. Boshqa nojo'ya samaralariga anoreksiya, yuzni qizarishi, so'lakni ko'p ajralishi, siydikni tutilishi, yurak tez urishi, taxikardiya, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya va ongni chalkashishi kiradi. Kam hollarda MIY tomonidan qabziyat, dispepsiya, meteorizm va gastrit kabi nojo'ya samaralar rivojlanadi. Siydik jinsiy tizimi tomonidan kuzatiladigan nojo'ya samaralarga sistit va dizuriya kiradi. Kam hollarda karlik, quloqlarda og'riq, quloqlarni shang'illashi, bronxit, hansirash, giperventilyatsiya, dermatit, terini qurishi va ekzema kuzatiladi.
Paratsetamol. Paratsetamolni buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda, shuningdek alkogolizm bilan xastalangan odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Odatda paratsetamol homilador ayollar uchun tanlov preparati hisoblanadi. Shu bilan birga, shuni ta'kidlab o'tish kerakki, homilador ayollarda bu preparatni o'rganish bo'yicha nazoratli klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan, shuning uchun uni homilador ayollarga faqat juda qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha buyurish kerak.
Keksa yoshdagi odamlarda, shuningdek buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda paratsetamolning dozasini pasaytirish shart emas.
Fenilefrin. Fenilefrin davomli ta'sirga ega. Uning vazopressor samarasi arterial bosimni uzoq vaqt davomida oshishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun uni keksa yoshdagi patsiyentlarda, shuningdek gipertireoidizm, bradikardiya, qisman yurak blokadasi, miokard infarkti yoki og'ir darajadagi aterosklerozi bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar fenilefrin teratogen va embriotsid ta'sir qilishi mumkinligini ko'rsatdi. Homilador ayollarda fenilefrinni o'rganish bo'yicha nazoratli tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shu sababli, uni homilador ayollarga juda qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha buyurish mumkin.
Fenilefrinni ko'krak sutiga o'tishi aniqlangan, shuning uchun emizikli ayollarga juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Setirizin. Setirizin va alkogolь yoki MNT ning faoliyatini susaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak, chunki bunday majmualar ruhiy va jismoniy reaktsiyalar tezligini pasaytiradi.
Homilador ayollarda setirizinni o'rganish bo'yicha klinik taqiqotlar o'tkazilmagan; homilador ayollarga setirizinni juda qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha buyurish mumkin.
Setirizin ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun emizikli ayollarga bu preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda setirizinning yarim chiqarilish davri uzayadi, organizmdagi umumiy klirensi esa pasayadi, shuning uchun bunday patsiyentlarga setirizinning dozasini kamaytirish kerak.
6 oylikdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun setirizin havfsiz ekanligi yuzasidan ma'lumotlar mavjud.
Buyrak faoliyati pasaygan (kreatinin klirensi (KK) minutiga 11-31 ml) patsiyentlarga, gemodializdagi (KK minutiga 7 ml dan kam) yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarga setirizinni 5 mg dozada sutkada bir marta buyurish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Tana haroratini ko'tarilishi va og'riq bilan kechuvchi burun bitishi simptomlarini yengillatish uchun qo'llanadi
Setirizin, gidroksizin, adrenergik vositalar va paratsetamolga o'ta yuqori sezuvchanlikda, laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas
Paratsetamol. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda ishlatilganida paratsetamol qon ketish havfini oshiradi. Paratsetamolni zidovudin kabi antiretrovirus preparati bilan bir vaqtda qo'llash neytropeniya yoki jigarni toksik shikastlanishini chaqirishi mumkin. Karbamazepin paratsetamolning gepatotoksik ta'sirini kuchaytiradi. Probenetsid paratsetamolning T1/2 uzaytiradi va uning klirensini pasaytiradi.
Fenilefrin. Fenilefrin va klorgilin, furazolidon, iproniazid, nialamin, pargilin, fenelzin va traniltsipromin kabi MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash arterial bosimni jiddiy oshishiga olib kelishi mumkin, chunki fenilefrin noradrenalinning sekretsiyasini kuchaytiradi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Ichga qabul qilinadi.
2 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat 10 ml dan sutkada 1 marta yoki 5 ml dan sutkada 2 marta buyuriladi.
6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 20 ml dan sutkada 1 marta yoki 10 ml dan sutkada 2 marta buyuriladi.
12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 20 ml dan sutkada 1 marta yoki shifokorning tavsiyasi bo'yicha buyuriladi.
Paratsetamol qabul qilinganidan so'ng birinchi 24 soat davomida dozani oshirib yuborilishi simptomlari: terini oqarishi, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya va qorinda og'riq yuz berishi mumkin. Jigarni shikastlanishi paratsetamol qabul qilinganidan so'ng 12 dan 48 soatgacha vaqt davomida namoyon bo'lishi mumkin. Glyukozaning metabolizmini buzilishi va metabolik atsidoz rivojlanishi mumkin. Og'ir darajadagi zaharlanishlarda jigar yetishmovchiligini avj olib borishi entsefalopatiya, qon ketishi, gipoglikemiya, miya shishini rivojlanishiga va komaga olib kelishi mumkin. O'tkir tubulyar nekroz oqibatida rivojlangan o'tkir buyrak yetishmovchiligi belda og'riq, gematuriya, proteinuriya bilan namoyon bo'ladi va hatto jigarni jiddiy shikastlanishi bo'lmaganida ham rivojlanishi mumkin. Shuningdek yurak ritmini buzilishi va pankreatit rivojlanishi mumkin. Yaqqol erta simptomlari bo'lmasligiga qaramay, patsiyentlar shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatilishi uchun zudlik bilan shifoxonaga olib borilishi kerak. Dozani oshirib yuborilish simptomlari ko'ngil aynishi va qusish bilan cheklanishi mumkin, va ehtimol, uning og'irlik darajasini yoki a'zolarni shikastlanish xavfini aks ettirmasligi mumkin. Dozasi bexosdan oshirib yuborilganida, hatto agar bola o'zini yaxshi xis qilsa ham, zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatish kerak.
Fenilefrinning dozasini oshirib yuborilishi ta'sirchanlik, bezovtalik, bosh og'rig'i, arterial bosimni oshishi, reflektor bradikardiya, ko'ngil aynishi va qusish kabi holatlarni chaqirishi mumkin. Og'ir holatlarda gallyutsinatsiyalar, tirishishlar va aritmiyalar rivojlanishi mumkin.
Setirizinning dozasini oshirib yuborilishi nojo'ya samaralarini kuchayishi bilan namoyon bo'ladi. Dozani oshirib yuborilishi bosh og'rig'i, uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, qo'zg'aluvchanlik, migrenь, og'izni qurishi, dispepsiya, ko'ngil aynishi va qusish, kuchli so'lak ajralishi, siydikni tutilishi, yurakni tez urib ketishi, taxikardiya, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiyani chaqirishi mumkin.
Davolash: preparat qabul qilishni to'xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash simptomatik. Me'dani yuvish tavsiya etiladi. Agar preparat qabul qilingan vaqtdan boshlab, 1 soatdan kam vaqt o'tgan bo'lsa, faollashtirilgan ko'mir buyurish kerak.
Arterial bosim oshganida yoki bradikardiya rivojlanganida, davolash choralari nafasni tiklash va AB ni nazorat qilishga qaratilgan bo'lishi kerak. Yaqqol gipertenziya kuzatilganida adrenoblokatorlarni qo'llash talab etilishi mumkin. Tirishishlar rivojlanganida tirishishga qarshi preparatlar buyuriladi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KOLDFRI sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KOLDFRI sirop 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KOLDFRI sirop 100ml dori vositasi Medley Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KOLDFRI sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KOLDFRI sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FLYUAUT suspenziya 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MOTINORM tomchilar dlya priema vnutr 5ml
Narh: 76 800 so'mdan Batafsil
R.B.TON kapsulalar N30
R.B.TON sirop 200ml
ONSET eritma dlya priema vnutr 60ml 5mg/5ml
MELIFITIN sirop 100ml 2,5mg/5ml
MOTINORM 10mg N10
MOTINORM sirop 30ml 5mg/5ml
Другие формы препарата
KOLDFRI tabletkalari N9
KOLDFRI tabletkalari N90
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9