×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEROPENEM AVANTIKA poroshok 1000mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Tizimli qo'llash uchun infektsiyaga qarshi preparatlar. Tizimli qo'llash uchun antibakterial preparatlar. Boshqa beta-laktam antibakterial preparatlar. Karbapenemlar. Meropenem.
Faol modda:
Меропенема тригидрат
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt. Ltd.
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- J01DH02
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

ZEFASIN poroshok 1000mg/500mg N1 Zefer Pharma Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd Xitoy
LEVORIL tabletkalari 500mg N10 Alchemy Medicine Private Limited Hindiston
76 200 s`om dan
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
28 000 s`om dan
ORSIPOL tabletkalari 500mg/500mg N10 World Medicine Ilac San.Ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
78 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

meropenem trigidrati, 1000 mg meropenemga ekvivalent, natriy karbonati, 90,20 mg elementar natriyga ekvivalent.

Сhiqarilish shakli

Shisha flakonlarga kukun joylangan.

Har bir flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalari bilan birga karton qutiga joylangan.


In'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun
Meropenem penitsillin bog'lovchi oqsillarga (PBO) bog'lanish orqali grammusbat va grammusbat bakteriyalarining hujayra devorlari sinteziga ta'sir qilib, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi.

Boshqa beta-laktam antibakterial vositalar singari, meropenem kontsentratsiyasining minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyadan (MIK) oshib ketgan vaqtlari (T>MIK) samaradorlik bilan yuqori darajadagi korrelyatsiya namoyish qilgan.

Meropenemaga bakterial rezistentlik quyidagilar oqibatida kelib chiqishi mumkin.

1. grammanfiy bakteriyalar tashqi membranasi o'tkazuvchanligining pasayishi (porinlar ishlab chiqarilining pasayishi tufayli)

2. maqsadli PBP-larga yaqinlik kamayishi

3. efflyuks nasosi komponentlari ekspressiyasining oshishi

4. karbapenemalarni gidrolizga uchratishi mumkin bo'lgan beta-laktamazalarning ishlab chiqarilishi.

Meropenem va xinolonlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetrattsiklinlar sinflariga mansub dori vositalari o'rtasida, maqsadli mikroorganizmlarni hisobga olgan holda, o'zaro kesishgan rezistentlik mavjud emas. Ammo, bu mexanizm hujayra membranasining o'tkazuvchanligi va/yoki efflyuks nasos (lar) ni o'z ichiga oladigan bo'lsa, bakteriyalar bir nechta mikroblarga qarshi dori vositalarga qarshilik ko'rsatishi mumkin.

Jadvalda klinik sharoitda turli bakterial patogenlarga qarshi meropenem uchun MIK chegaralari ko'rsatilgan:

Patogenlar

Sezgirlik (mg/l)

Rezistentlik

Enterobacteriaceae

≤2

>8

Pseudomonas spp.

≤2

>8

Acinetobacter spp.

≤2

>8

Streptococcus A, B, C, G
guruhi 

6 ga qarang

6 ga qarang

Streptococcus pneumoniae1

≤2

>2

Boshqa streptokokklar

≤2

>2

Enterococcus5spp.

-

-

Staphylococcus2 spp.

3 ga qarang

3 ga qarang

Haemophilus      influenzae1,2

Moraxella catarrhalis2

≤2

>2

Neisserea meningitidis2,4

≤0,25

>0,25

Clostridium difficile dan boshqa
grammusbat anaeroblar

≤2

>8

Grammusbat anaeroblar

≤2

>8

Listeria monocytogenes

≤ 0,25

> 0,25

Nospetsifik bo'sag'a
qiymatlari 4

≤2

>8


1. Meningitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae uchun meropenemning
chegara qiymatlari 0,25 mg/l (sezgir) va 1 mg/l (rezistent).

2. Sezgirlik chegarasidan yuqori bo'lgan MIK ko'rsatkichlariga ega mikroorganizm shtammlari kam xollarda uchraydi yoki hozirda aniqlanmaydi. Identifikatsiya va antimikrobial sezuvchanlik bo'yicha har qanday izolyatga oid tahlillar takrorlanishi kerak va agar natijalar tasdiqlansa, izolyat ma'lumotlar laboratoriyasiga yuboriladi. Tasdiqlangan izolyatlar uchun MIK qiymatlari bilan qarshilikning joriy chegara qiymatlaridan yuqori bo'lganligi uchun klinik javobning dalillari mavjud ekan, izolyatlar chidamli deb qayd etilishi lozim.

3.Meropenemga stafilokokklarning sezuvchanligi metitsillinga sezuvchanlik ma'lumotlari asosida prognoz qilinadi.

4.Сhegara qiymatlari faqat meningit uchun ko'rsatilgan.

5.Mikroorganizm turlari bilan bog'liq bo'lmagan chegara qiymatlari asosan farmakokinetik / farmakodinamik ma'lumotlar asosida aniqlangan va ayrim turlarning MIK tarqalishiga bog'liq emas. Ular jadvalda va izohlarda ko'rsatilmagan shtammlarga nisbatan qo'llash uchun mo'ljallangan.

6.A, B, C, G guruhi Streptococcus larning meropenemga sezuvchanligi penitsillinga sezgirlik ma'lumotlari asosida taxmin qilinadi.

"–" Ta'sirchanlik testini o'tkazish tavsiya etilmaydi, chunki bu tur meropenem uchun optimal nishon bo'lib hisoblanmaydi.

Kasalliklarni davolash bo'yicha klinik tajriba va terapevtik protokollarga asoslanib, patogen mikroorganizmlar quyida keltirilgan.

Meropenemga sezgir patogenlar Grammusbat aeroblar

Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir)2, Staphylococcus turlari (metitsillinga sezgir), shu jumladan, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus agalactiae V guruhi, Streptococcus milleri guruhi (S. anginosus, S. constellatus, S. intermedius), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes A guruhi

Grammanfiy aeroblar

Citrobacter freudii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Neisseria menigitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens

Grammusbat anaeroblar

Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharoliticus, Peptostreptococcus turlari (shu jumladan, P. micros, P. anaerobicus, P. magnus)

Grammanfiy anaeroblar

Bacteroides caccae, gruppa Bacteroides fragilis, Prevotella bivia, Prevotella disiens
Orttirilgan rezistentlik muammosi dolzarb bo'lgan patogenlar Grammusbat aeroblar
Enterococcus faecium1,3

Grammanfiy aeroblar

Acinetobacter turlari, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa.
 
Tabiiy rezistentlikka ega patogenlar Grammanfiy aeroblar
Stenotrophomonas maltophilia, Legionella spp.

Boshqa qo'zg'atuvchilar

Chlamidophila pneumoniae, Chlamidophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniae.

1Oraliq sezuvchanlik namoyon qiluvchi qo'zg'atuvchilar.

2Barcha metitsillinga rezistent stafilokokklar meropenemga ham rezistent hisoblanadi.

3Evropa ittifoqining bir yoki bir necha mamlakatlarida rezistentlik ko'rsatkichi
≥50%.
Sog'lom odamlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Dozani 0,25 g dan 2 g gacha oshirganda klirens minutiga 287 dan 205 ml gacha kamayadi. Vena ichiga 500, 1000 va 2000 mg dozada 30 minut davomida yuborilganda Cmax taxminan 23, 49 va 115 mkg/ml ni tashkil qiladi, bu 39,3, 62,3 va 153 mkg / soat AUC qiymatlariga to'g'ri keladi. Vena ichiga 5 minut davomida 500 mg meropenem oqim bilan yuborilganda Cmax - 52 mg / ml, 1000 mg - 112 mg / ml ni tashkil etadi. Buyraklar funktsiyasi normal bo'lgan odamlarda dori vositasi 8 soat davomida yuborilganda meropenemni to'planishi kuzatilmaydi.

Qon plazmasidagi oqsillar bilan bog'lanishi taxminan 2% ni tashkil qiladi va kontsentratsiyaga bog'liq emas. Tez yuborilganidan so'ng (5 minut yoki undan kamroq) farmakokinetikasi bioeksponentsial hisoblanadi, ammo bu 30 minutdan kam vaqt davomida vena ichiga yuborilganidan keyin aniqlanadi. Meropenem organizmning ko'plab to'qimalari va suyuqliklariga yaxshi kiradi, shu jumladan. o'pkaga, bronxial sekretsiyalarga, safroga, orqa miya suyuqligiga, ginekologik to'qimalarga, teriga, fastsiyalarga, mushaklarga va qorin parda ekssudatiga kiradi.

Meropenem mikrobiologik faol bo'lmagan metabolit hosil qilib beta-laktam halqasining gidrolizi bilan metabolizmga uchraydi. Meropenem imipenem bilan taqqoslaganda odam degidropeptidaza-I tomonidan gidrolizga sezgirligini pasaytiradi.

Meropenem organizmdan buyraklar orqali o'zgarmagan holda ajralib chiqadi; dozaning taxminan 70% (50-75%) 12 soat ichida o'zgarmagan holda chiqariladi, yana 28% mikrobiologik faol bo'lmagan metabolit ko'rinishida chiqariladi. Axlat bilan ajralishi dozaning taxminan 2% ni tashkil qiladi. O'zgargan buyrak klirensi va probenitsidning ta'siri meropenemning fil'tratsiya va sekretsiya jarayonidan o'tishini namoyish qiladi.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi natijasida patsientlarda meropenemning organizmdan chiqarilishi muddati uzayadi. Sog'lom odamlarga nisbatan (KK> 80 ml/min)Buyrak yetishmovchiligi o'rtacha darajada bo'lgan patsientlarda AUC 2,4 marta (kreatinin klirensi (KK) 33-74 ml / minut), og'ir darajadagi buzilishlarda 5 marta (KK 4-23 ml / minut) va gemodializda (KK <2 ml/min) bo'lgan patsientlarda 10 marta ortadi. O'ratcha va og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Meropenem gemodializda, anuriya bo'lgan patsientlarda meropenemikidan taxminan 4 marta yuqori klirens bilan ajralib chiqadi.

Jigar yetishmovchiligi

Alkogolli jigar tsirrozi bo'lgan patsientlarda o'tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ushbu patologik o'zgarishlar meropenemning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.

Bolalar
 
Preparatning infektsiyasi bo'lgan chaqaloqlar va bolalarda 10, 20 va 40 mg/kg dozalarda farmakokinetikasi kattalarnikiga mos ravishda 500, 1000 va 2000 mg dozalarda bir xil Cmax qiymatlarini ko'rsatgan. Taqqoslashda <6 oylik bolalardan tashqari kattalar uchun T1/2 - 1,6 soat bo'lgan o'xshash farmakokinetika namoyish qilingan. Meropenemning o'rtacha klirens qiymatlari 5,8 ml/minut/kg (6-12 yoshdagi bolalar uchun), 6,2 ml/minut/kg (2-5 yosh), 5,3 ml/minut/kg (6-23 oy) va 4,3 ml/minut/kg (2-5 oy). Dozaning taxminan 60% Meropenem, 12% metabolit sifatida 12 soat ichida siydik bilan chiqariladi. Meningit bilan og'rigan bolalarda meropenemning orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi taxminan 20% ni tashkil qiladi, ammo bu yerda individual farq mavjud. Antibiotik bilan davolanishga muhtoj bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda klirensning oshishi qayd etilgan, T1/2 - 2,9 soat.

Keksa yoshdagi bemorlar

Keksa patsientlar uchun, o'rtacha va og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi holatlaridan tashqari, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Meropenem qo'llanilishi bilan bog'liq bo'lgan eng keng tarqalgan nojo'ya reaktsiyalar diareya (2,3%), toshma (1,4%), ko'ngil aynish / qusish (1,4%) va in'ektsiya joyida yallig'lanish (1,1%) bo'lgan.

Laboratoriya ko'rsatkichlarida eng keng tarqalgan nojo'ya ta'sirlar trombotsitoz (1,6%) va jigar fermentlarini oshishi (1,5-4,3%).

Tez-tez (≥ 1/100, <1/10)

- bosh og'rig'i

- qorin og'riqlari, ko'ngil aynishi, qusish, diareya

- «jigar» transaminazalari, ishqoriy fosfatazalar, laktatdegidrogenaza faolligining oshishi

- teri toshmalari, qichishish

- yuborish joyida yallig'lanish va og'riq

- trombotsitopeniya

Tez-tez emas (≥ 1/1,000, <1/100)

- og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi, vaginal kandidoz

- trombotsitopeniya, eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya

- qonda kreatinin va mochevina miqdorining oshishi

- giperbilirubinemiya

- paresteziyalar

- eshakemi, ko'p shaklli (ekssudativ) eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz

- angionevrotik shish, anafilaktik shok

- soxtamembranoz kolit

- tromboflebit, in'ektsiya joyida og'riq

Kam xollarda (≥ 1/10 000, <1/1,000)

- tirishishlar, yuqori qo'zg'alish, xavotirlik
 
Noma'lum

- DRESS-sindromi (eozinofiliya bilan kechuvchi dori vositasi induktsiya qilgan o'ta yuqori sezuvchanlik sindromi)
Retsept bo'yicha.

Har bir alohida patsientni davolash uchun Meropenem Avantika preparati buyurilganda infektsiyaning og'irlik darajasiga, boshqa antibakterial preparatlarga chidamliligiga qarab karbapenemlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini hisobga olish kerak.

Enterobacteriaceae, Pseudomonas aeruginosa i Acinetobacter spp. rezistentligi Enterobacteriaceae, Pseudomonas aeruginosa va Acinetobacter spp., ning meropenemga rezistentligi geografik o'zgarishi mumkin. Antibakterial davolashni buyurganda mahalliy rasmiy ko'rsatmalarni inobatga olish kerak.

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Meropenem Avantika preparatini qo'llaganda ham, boshqa beta-laktam antibiotiklarini qo'llaganda ham o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan, o'limga olib keladigan) haqida kam xabarlar mavjud.

Anamnezida karbapenemlar, penitsillinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklariga o'ta yuqori sezuvchanlik bo'lgan patsientlar meropenemga ham o'ta yuqori sezguvchanlik namoyon qilishlari mumkin. Meropenem Avantika preparati bilan davolashni boshlashdan oldin patsient anamnezida diqqat bilan beta-laktam antibiotiklariga o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalariga alohida e'tibor berib, aniqlik kiritilishi kerak. Agar Meropenem Avantika preparatiga allergik reaktsiya yuzaga kelsa, preparatni yuborishni to'xtatish va tegishli choralarni qo'llash kerak.

Soxtamembranoz kolit

Deyarli barcha antibiotiklarni qo'llagandagi kabi Meropenem Avantika preparati qo'llanilganda soxtamembranoz kolit rivojlanishi kuzatilishi mumkin, uning og'irlik darajasi yengildan hayotga xavf soladigan shakllargacha o'zgarishi to'g'risida ma'lumot berilgan. Meropenem Avantika preparatini qo'llash fonida diareya paydo bo'lganda, soxtamembranoz kolit rivojlanish ehtimoli haqida eslash kerak. Meropenem Avantika preparati bilan davolashni to'xtatishni ko'rib chiqish kerak. Peristal'tikani ingibitsiya qiluvchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.

Tirishishlar

Karbapenemlar, shu jumladan meropenem bilan davolash vaqtida tirishishlar rivojlanishi to'g'risida ma'lumotlar kam.

Jigar funktsiyasi monitoringi

Meropenem Avantika preparati bilan davolash vaqtida jigar toksikligi xavfi tufayli jigar funktsiyasini diqqat bilan kuzatib borish kerak.

Jigar kasalligi bo'lgan bemorlarni davolaganda “jigar” transaminazalari faolligi va bilirubin kontsentratsiyasini diqqat bilan kuzatib borilishi kerak. Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Kumbs sinamasi

Meropenem Avantika preparati bilan davolash vaqtida bevosita yoki bilvosita Kumbs testi ijobiy natija berishi mumkin.

Val'proat kislotasi/val'proat natriy bilan birga qo'llash

Meropenem Avantika preparati bilan val'proat kislotasi/val'proat natriyni birga qo'llash tavsiya etilmaydi.

Natriy

Meropenem Avantika 0,5 g preparati 500 mg da 47,63 mg natriy saqlaydi, bu JSST tomonidan tavsiya etilgan kattalar uchun 2 g ga teng maksimal sutkalik natriy miqdorining 2,38% ga ekvivalent. Meropenem Avantika 1,0 g preparati 1000 mg da 92,26 mg natriy saqlaydi, bu JSST tomonidan kattalar uchun maksimal sutkalik iste'mol qilish uchun tavsiya etilgan 2 g natriy miqdorining 4,61% ga teng. Natriy iste'moli nazoratlangan odamlarda (natriy miqdori past parhezda bo'lgan) bu ko'rsatkichlar hisobga olinishi kerak.

Pediatriyada qo'llanilishi

3 oylikkacha bo'lgan bolalarda preparatning samaradorligi va o'zlashtiraolinishi baholanmagan, shuning uchun ushbu yoshdan kichik bo'lgan bolalarda Meropenem Avantika preparatini qo'llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Homiladorlik davrida ayollarda meropenemning xavfsizligi va samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida Meropenem Avantika preparatini qo'llash mumkin emas.

Meropenem ko'krak sutida juda past kontsentratsiyalarda aniqlanadi.

Meropenem Avantika preparati, agar uni qo'llashning potentsial afzalligi bola uchun kuzatilishi mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan holatlardan tashqari holatlarda laktatsiya davrida buyurilmasligi zarur.

Preparatning transport vositasini yoki potenttsal xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xususiyatlari

Maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Ammo, Meropenem Avantika preparati qo'llanilganda bosh og'rig'i, tirishishlar va paresteziya rivojlanish ehtimolini hisobga olish lozim.

Meropenem Avantika preparati kattalar va 3 oylikdan oshgan bolalarda quyidagi infektsiyalarni davolashda qo'llaniladi:

- og'ir darajadagi pnevmoniyalar (kasalxonadan tashqari va kasalxona ichki)

- mukovistsidozda o'pka-bronx infektsiyalari

- siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari

- qorin bo'shlig'ining asoratlangan infektsiyalari

- tug'ruq va tug'ruqdan keyingi infektsiyalar

- teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari

- o'tkir bakterial meningitda qo'llaniladi.

Meropenem Avantika preparati isitma bilan kechuvchi bakteriyal infektsiya chaqirgan neytropeniyasi bo'lgan patsientlarni davolash uchun qo'llanilishi mumkin.

- ta'sir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlarga o'ta yuqori sezuvchanlik

- karbapenemlar sinfiga mansub boshqa antibiotiklariga o'ta yuqori sezuvchanlik

- boshqa har qanday beta-laktam antibiotiklarga (masalan, penitsillinlar, tsefalosporinlar) o'ta yuqori sezuvchanlik (masalan, anafilaktik reaktsiyalar, terining og'ir darajadagi reaktsiyalar).

- homiladorlik va laktatsiya davri

- 3 oygacha bo'lgan bolalar (ushbu guruhdagi patsientlar uchun samaradorlik va xavfsizlik o'rganilmagan).

Meropenemning boshqa preparatlar (probenetsiddan tashqari) bilan o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Probenetsid buyrak ekskretsiyasini ingibitsiya qilib va yarim chiqarilish davrini oshirib va plazmada meropenemning kontsentratsiyasini oshirib meropenem bilan faol naychalar sekretsiyasi uchun raqobatlashadi. Meropenem Avantika preparatini probenetsid bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Meropenemning boshqa preparatlarning oqsil bilan bog'lanishiga yoki metabolizmga ta'sir qilishi o'rganilmagan. Meropenemning oqsillar bilan bog'lanishi past, shuning uchun qon zardobidagi oqsillar bilan bog'lanishdan siqib chiqarishga asoslangan boshqa dorilar bilan o'zaro ta'sir bo'lmasa kerak, deb taxmin qilinadi.

Karbapenemlar va val'proat kislotasi preparatlarini birgalikda qo'llash 2 kun davolagandan so'ng qon zardobidagi val'proat kislotasi kontsentratsiyasining 60-100% gacha pasayishiga olib keladi. Val'proat kislotasi kontsentratsiyasining tez va sezilarli darajada pasayishi tufayli Meropenem Avantika preparati va val'proat kislotasi preparatlarini birga qo'llash tavsiya etilmaydi.

Bilvosita antikoagulyantlar (masalan, varfarin) va antibakterial preparatlarni birga qabul qilganda antikoagulyant samaraning kuchayish hollari haqida bir necha marta xabar berilgan. Antikoagulyant samaraning kuchayish xavfi infektsiyaning xarakteriga, patsientning yoshiga va umumiy holatiga bog'liq bo'lishi mumkin; shuning uchun antibakterial preparatning xalqaro normallashtirilgan nisbati (HNN) oshishiga ta'sirini baholash qiyin. Antibakterial preparat va bilvosita antikoagulyantlarni birga qo'llash vaqtida va uni to'xtatgandan keyin bir muncha vaqt davomida HNN ni tez-tez kuzatib borish tavsiya etiladi.
Yorug'likdan ximoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanilmasin.
Oq rangli kukun
Dozasi va davolash davomiyligi infektsiyaning tipi va og'irlik darajasi hamda patsientning holatiga qarab belgilanishi kerak.

Enterobacteriaceae, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp., chaqirgan infektsiyalarni yoki juda og'ir darajadagi infektsiyalarni davolaganda kattalar va o'smirlarda kuniga uch marta 2 g gacha bo'lgan dozalar va bolalar uchun kuniga uch marta 40 mg / kg gacha bo'lgan dozalar maqsadga muvofiq o'lishi mumkin.

Quyidagi sutkalik dozalar tavsiya etiladi:

Kattalar va o'smirlar:

Infektsiya

Har 8 soatda yuboriladigan doza

Og'ir darajadagi pnevmoniyalar (kasalxonadan
tashqari va kasalxona ichki)

500 mg yoki 1 g

Mukovistsidozda o'pka-bronx infektsiyalari

2 g

Siydik chiqarish tizimining asoratlangan
infektsiyalari

500 mg yoki 1 g

Qorin bo'shlig'i a'zolarining asoratlangan
infektsiyalari

500 mg yoki 1 g

Tug'ruq va tug'ruqdan keyingi infektsiyalar

500 mg yoki 1 g

Teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan
infektsiyalari

500 mg yoki 1 g

O'tkir bakterial meningit

2 g

Febril neytropeniya

1 g


Meropenem Avantika preparati odatda 15-30 minut davomida venaga infuziya yo'li bilan yuboriladi.
Muqobil ravishda 1 g gacha bo'lgan dozalar 5 minut davomida vena ichiga oqim bilan in'ektsiya ko'rinishida yuborilishi mumkin. Meropenem Avantika preparatini 2 g gacha bo'lgan dozada kattalarga vena ichiga oqim bilan in'ektsiya yo'li orqali yuborish xavfsizligi to'g'risida cheklangan ma'lumotlar mavjud.

Buyrak yetishmovchiligi

Kreatinin klirensi minutiga 51 ml dan kam bo'lgan kattalar va o'smirlarda Meropen- SANTO preparatining dozasi quyidagicha kamaytirilishi kerak:
  

Kreatinin klirensi (ml/minut)

Doza
(500 mg, 1 g doza birligi asosida)

Yuborishlar tez-tezligi

26 – 50

Bir doza birligi

Har 12 soatda

10 – 25

0,5 doza birligi

Har 12 soatda

< 10

0,5 doza birligi

Har 12 soatda


Meropenem gemodializ va gemofil'tratsiya bilan chiqariladi. Meropenemning zarur dozasi gemodializ muolajasidan keyin qo'llanilishi kerak.

Peritoneal dializga muolajasi oladigan bemorlarda meropenemning qo'llanilishi bilan bog'liq tajriba mavjud emas.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish zaruriyati yo'q
(«Maxsus ko'rsatmalar» bo'limiga qarang).

Keksa patsientlar

Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan yoki kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori bo'lgan keksa bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

3 oylikkacha bo'lgan bolalar

3 oylikdan kichik bo'lgan bolalarda qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek, optimal dozalash tartibi o'rganilmagan. Ammo cheklangan farmakokinetik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, har 8 soatda 20 mg / kg doza eng maqbul dozalash tartibi bo'lib hisoblanadi.

Tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan 3 oylikdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar:

Infektsiya

Har 8 soatda yuborish uchun doza

Og'ir darajadagi pnevmoniyalar (kasalxonadan
tashqari va kasalxona ichki)

10 yoki 20 mg/kg

Mukovistsidozda o'pka-bronx infektsiyalari

40 mg/kg

Siydik chiqarish tizimining asoratlangan
infektsiyalari

10 yoki 20 mg/kg

Qorin bo'shlig'i a'zolarining asoratlangan
infektsiyalari

10 yoki 20 mg/kg

Teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan
infektsiyalari

10 yoki 20 mg/kg

O'tkir bakterial meningit 

40 mg/kg

Febril neytropeniya

20 mg/kg


Tana vazni 50 kg dan yuqori bo'lgan bolalarda kattalar uchun tavsiya etilgan dozalar qo'llaniladi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bolalarda preparatni qo'llash tajribasi yo'q. Meropenem Avantika preparati odatda 15-30 minut davomida vena ichiga yuboriladi. Muqobil ravishda Meropenem Avantika preparatining 20 mg/kg gacha bo'lgan dozalari vena ichiga oqim bilan in'ektsiya ko'rinishida 5 minut davomida yuborilishi mumkin. Bolalarga vena ichiga oqim bilan in'ektsiya bilan 40 mg/kg dozada Meropenem Avantika prepaaratini yuborish xavfsizligi to'g'risida cheklangan ma'lumotlar mavjud.
 
Yuborish usuli

Vena ichiga yuborish uchun Meropenem Avantika preparati kamida 5 minut davomida vena ichiga oqim bilan in'ektsiya ko'rinishida yoki 15-30 minut davomida vena ichiga infuziya shaklida, suyultirish uchun infuzion eritmalar yordamida (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi, 50 dan 200 ml gacha) yuborilishi mumkin.

Meropenem Avantika preparati quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosib: 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi.

Vena ichiga oqim bilan in'ektsiyalar uchun Meropenem Avantika preparatini in'ektsiya uchun steril suvda suyultirilish kerak (har 250 mg Meropenem Avantika preparati uchun 5 ml), bunda preparatning kontsentratsiyasi taxminan 50 mg / ml ni tashkil qiladi. Hosil bo'lgan eritma tiniq, rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikdir.

Yuborishdan oldin flakonning shikastlanmaganligini, eritmadagi zarrachalarni, preparat rangini o'zgarganligini tekshirish zarur (normada eritma rangsizdan och sariq ranggacha bo'lishi mumkin). Agar ushbu nuqsonlar aniqlansa, preparatni utilizatsiya qilish kerak.

Meropenem Avantika preparatini boshqa preparatlar bilan aralashtirilmasligi yoki qo'shilmasligi kerak.

Meropenem Avantika preparatini suyultirganda antiseptikaning standart tartibiga rioya qilish kerak.

Qo'llashdan oldin suyultirilgan eritmani yaxshilab chayqatish zarur. Barcha flakonlar faqat bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan.

Vena ichiga in'ektsiya va infuziyalar uchun yangi tayyorlangan Meropenem Avantika eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda nisbiy dozani oshirib yuborilishi, agar dozaga yuqorida ta'riflanganidek tuzatish kiritilmagan bo'lsa, kuzatilishi mumkin.

Simptomlar: doza oshirib yuborilgandan keyingi noxush reaktsiyalar “Nojo'ya ta'sirlar” bo'limida ko'rsatilgan ma'lumotlarga mos keladi, odatda yengil bo'lib, preparat bekor qilinganda yoki dozani pasaytirgandan keyin bartaraf etiladi.

Davolash: simptomatik.

Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan patsientlarda preparat buyraklar orqali tez chiqarib yuborilishi kuzatiladi.

Meropenem va uning metabolitlarini organizmdan gemodializ yordamida chiqarish mumkin.

Homiladorlik davrida ayollarda meropenemning xavfsizligi va samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida Meropenem Avantika preparatini qo'llash mumkin emas.

Meropenem ko'krak sutida juda past kontsentratsiyalarda aniqlanadi.

Meropenem Avantika preparati, agar uni qo'llashning potentsial afzalligi bola uchun kuzatilishi mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan holatlardan tashqari holatlarda laktatsiya davrida buyurilmasligi zarur.

MEROPENEM AVANTIKA poroshok 1000mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEROPENEM

MEROPENEM

 

Preparatning savdo nomi: Meropenem

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meropenem

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg va 1000 mg

Tarkibi:

Har bir flakon/butilka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meropenem (meropenem va natriy karbonati ko‘rinishida) – 500 mg yoki
1000 mg

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Beta-laktam antibiotigi. Karbapenemlar.

ATX kodi: J01DH02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meropenem penisillinlarni bog‘lovchi oqsillar (RVR) bilan bog‘lanish yo‘li orqali grammusbat va grammanfiy bakteriya xujayralarining devori sintezini ingibisiya qilish yo‘li orqali bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Boshqa beta-laktam antibakterial vositalari kabi meropenemning konsentrasiyasi minimal ingibisiya qiluvchi konsentrasiyalar (MIK) dan yuqori bo‘lgandagi vaqt ko‘rsatkichi (T>MIK), samaradorlik bilan yuqori korrelyasiyani namoyish qilgan. Klinika oldi modellarida meropenem qon plazmasidagi infeksion mikroorganizmlar uchun MIK dan taxminan 40% yuqori dozalar intervalidagi konsentrasiyalarda faollikni namoyish qilgan. Bu maqsadli ko‘rsatkich klinik jihatdan aniqlanmagan.

Meropenemga bakterial rezistentlik quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi mumkin:

  1. grammanfiy bakteriyaning tashqi membranasining o‘tkazuvchanligi pasayishi (porinlarni ishlab chiqarishni pasayishi oqibatida);
  2. maqsadli RVR bilan yaqinligi tufayli;
  3. efflyuks nasos komponentlarining ekspressiyasini oshishi;
  4. karbapenemlarni gidrolizga uchratuvchi beta-laktamazalarni ishlab chiqarilishi.

Yevropa Ittifoqida karbapenemlarga chidamli bakteriyalar chaqirgan infeksion kasalliklar qayd etilgan.

Meropenem va xinolonlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetrasiklinlar sinfiga mansub dori vositalari bilan maqsadli mikroorganizmlarni hisobi bilan kesishgan rezistentlik mavjud emas. Shunga qaramasdan, agar rezistentlik mexanizmi xujayra membranasini o‘tkazmasligi va/yoki efflyuks nasos(lar) ni o‘zi ichiga oladigan bo‘lsa, bakteriyalar antibakterial vositalarning bittadan ortiq sinfiga rezistentlik namoyish qilishi mumkin.

Mikroblarga qarshi sezgirlikni aniqlash yuzasidan Yevropa qo‘mitasi (EUCAST) tomonidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda aniqlangan MIK ning chegaraviy ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Mikroorganizm Sezgir (S), (mg/l) Rezistent (R), (mg/l)
Enterobacteriaceae ≤ 2 > 8
Pseudomonas  ≤ 2 > 8
Acinetobacter  ≤ 2 > 8
Streptococcus A, B, C, G guruhi ≤ 2 > 2
Streptococcus pneumoniae1 ≤ 2 > 2
Boshqa streptokokklar 2 2
Enterococcus
Staphylococcus2 3 ga qarang 3 ga qarang
Haemophilus influenzae1, Moraxella catarrhalis ≤ 2 > 2
Neisseria meningitidis2,4 ≤ 0,25 > 0,25
Grammusbat anaeroblar ≤ 2 > 8
Grammanfiy anaeroblar ≤ 2 > 8
Mikroorganizmlarning turi bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar5 ≤ 2 > 8

1 meningitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichlari 0,25/l mg/l ni tashkil etadi.

2 MIK ko‘rsatkichi sezgirlik bo‘sag‘asidan yuqori bo‘lgan mikroorganizmlar shtammlari kam hollarda kuzatiladi va hozirgi vaqtda aniqlanmaydi. Har qanday shunday izolyatni identifikasiya qilish va unga nisbatan mikroblarga qarshi sezgirlik yuzasidan tahlillarni takrorlash kerak va agar natija tasdiqlansa, izolyat tekshiruv laboratoriyasiga yuboriladi. MIK ko‘rsatkichlari rezistentlikning tegishli chegaraviy ko‘rsatkichlaridan (kursiv bilan ajratilgan) yuqori bo‘lgan verifikasiya qilingan izolyatlar uchun klinik javob haqidagi ma‘lumotlar bo‘lganda, izolyatlar chidamli sifatida qayd etilishi kerak.

3 Stafilokokklarning meropenemga sezgirligi metisillinga sezgirgik yuzasidan ma‘lumotlar asosida prognoz qilinadi.

4 Neisseria meningitidis uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichi faqat meningitga tegishli.

5 mikroorganizmlarning turlari bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar FK/FD ma‘lumotlari asosida aniqlangan va alohida turlarning MIK taqsimlanishiga bog‘liq emas. Ular jadvalda va ilovalarda ko‘rsatilmagan turlar yuzasidan qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

“–” sezgirlikni aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazish tavsiya etilmaydi, chunki ushbu tur meropenem uchun optimal nishon bo‘lib hisoblanmaydi.

Orttirilgan rezistentlikni tarqalishi ayrim turlar uchun geografik va vaqt jig‘atidan o‘zgarishi mumkin, shuning uchun ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolaganda mikroorganizmlarning rezistentligi haqidagi mahalliy ma‘lumotga tayanish kerak. Mahalliy darajada mikroorganizmlarning rezistentligini tarqalganlik darajasi dori vositasini qo‘llashdan foyda kamida infeksiyalarning ayrim turlariga nisbatan shubhali darajada bo‘lgan hollarda, mutaxassisga murojaat etish kerak.

Navbatdagi jadvalda patogen mikroorganizmlar klinik tajriba va kasalliklarni davolashning klinik protokollaridan kelib chiqqan holda sanab o‘tilgan.

Odatdagi sezgir turlari:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis6, Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir)7, Staphylococcus species (metisillinga sezgir), shu jumladan Staphylococcus epidermidis, Streptococcus agalactiae (B guruhi), Streptococcus milleri (S. anginosus, S. constellatus, S. intermedius), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi).

Grammanfiy aeroblar: Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharolyticus, Peptostreptococcus species (shu jumladan P. micros, P. anaerobius, P. magnus).

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis guruhi, Prevotella bivia, Prevotella disiens.

 

Orttirilgan rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium6,8.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter species, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa.

Tabiiy rezistent mikroorganizmlar:

Grammanfiy aeroblar: Stenotrophomonas maltophilia, Legionella species.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniae, Chlamydophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniae.

6 tabiiy oralik sezgirlik aniqlangan turlar.

7 Barcha metisillinga rezistent stafilokokklar meropenemga chidamli.

8 YeI ning bir yoki bir necha mamlakatlarida rezistentlik ko‘rsatkichi >50%.

Farmakokinetikasi

Sog‘lom odamlarda T1/2 taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Maksimal konsentrasiyasi (Cmax) va “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) yuzasidan yuborilgan dozaga mutloq farmakokinetik proporsional bog‘liqlik mavjud emas. Doza 0,25 g dan 2 g gacha oshirilganda klirensi minutiga 287 ml dan 205 ml gacha kamayadi. 500, 1000 va
2000 mg doza vena ichiga yuborilgandan keyin 30 minut davomida Cmax taxminan 23, 49 va 115 mkg/ml ni tashkil qiladi, bu AUC 39,3 62,3 va 153 mg.soat/ml ga mos keladi. Vena ichiga 500 mg 5 minut davomida oqim bilan yuborilganda Cmax – 52 mkg/ml, 1000 mg –
112 mkg/ml ni tashkil qiladi. Doza buyrak funksiyasi normal bo‘lgan odamlarga 8 soat davomida yuborilganda meropenemni to‘planishi kuzatilmaydi.

Tadqiqotda 12 nafar pasientlarga intraabdominal infeksiyada jarrohlik aralashuvidan keyin 1000 mg meropenem har 8 soatda yuborilgan, bunda Cmax va T1/2 bilan bir xil ko‘rsatkich namoyish etilgan, lekin taqsimlanish hajmi katta – 27 l bo‘lgan.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 2% ni tashkil qiladi va konsentrasiyaga bog‘liq emas. Tez (5 minut yoki undan kam) yuborilganda farmakokinetikasi bioeksponensial hisoblanadi. Meropenem organizmning ko‘pgina to‘qimalari va suyuqliklari, shu jumladan o‘pka, bronxial sekresiya, safro, orqa miya suyuqligi, ginekologik to‘qimalar, teri, fassiyalar, mushaklar va peritoneal ekssudatga yaxshi kiradi.

Metabolizmi

Meropenem mikrobiologik jihatdan faol bo‘lmagan metabolit hosil qilib beta-laktam halqani gidrolizi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Meropenem in vitro sharoitda imipenemga nisbatan odamning degidropeptida-I gidroliziga nisbatan past sezgirlikni namoyish qilgan.

Organizmdan chiqarilishi

Meropenem organizmdan o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi; dozaning taxminan 70% (50-75%) o‘zgarmagan ko‘rinishda 12 soat davomida chiqariladi. Yana 28% mikrobiologik faol bo‘lmagan metaboliti ko‘rinishida qaytariladi. Axlat bilan chiqarilishi dozaning taxminan 2% ni tashkil qiladi. O‘zgargan buyrak klirensi va probenesid samarasi meropenem filtrasiya va sekresiyaga uchrashini ko‘rsatadi.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarda organizmdan yarim chiqarilish davrini uzayishi aniqlangan. Sog‘lom odamlarga (CrCL > 80 ml/min) nisbatan o‘rtacha darajada buzilishlari (CrCL 33-74 ml/min) bo‘lgan pasientlarda AUC 2,4 marta, jiddiy buzilishlari (CrCL < 2 ml/min) bo‘lgan pasientlarda 5 marta va gemodializda (CrCL < 2 ml/min) bo‘lgan bemorlarda 10 marta oshadi. O‘rtacha va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Meropenem gemodializ yordamida chiqariladi, gemodializ vaqti anuriyasi bo‘lgan pasientlarga nisbatan taxminan 4 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

 

Jigar yetishmovchiligi

Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar, ushbu patologik o‘zgarishlar meropenemning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmasligini namoyish qilgan.

Katta pasientlar

Katta pasientlarda o‘tkazilgan 32 tadqiqotlar buyrak funksiyasi ekvivalent bo‘lgan sog‘lom odamlarga nisbatan ahamiyatli farmakokinetik farqlarni namoyish qilmagan. Intraabdominal infeksiya yoki pnevmoniyasi bo‘lgan 79 nafar pasientlar asosida ishlab chiqilgan populyasion model markaziy xajmni pasientning tana vazniga va kreatinin klirensi va yoshiga bog‘liqligini namoyish qilgan.

Bolalar

Infeksiyasi bo‘lgan chaqaloqlar va bolalarda 10, 20 va 40 mg/kg doza qabul qilingandagi farmakokinetika kattalarda muvofiq ravishda 500, 1000 va 2000 mg doza qabul qilgandagiga o‘xshash Cmax ni namoyish etgan. Taqqoslash kattalardagiga o‘xshash farmakokinetikani namoyish qilgan, <6 oylik bolalardan tashqari – T1/2-1,6 soat. Meropenem klirensining o‘rtacha ko‘rsatkichi – minutiga 5,8 ml/kg (6-12 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 6,2 ml/kg (2-5 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 5,3 ml/kg (6-23 oylik bolalar uchun) va minutiga 4,3 ml/kg (2-5 oylik bolalar uchun) tashkil qiladi. Dozaning taxminan 60% siydik bilan 12 soat davomida meropenem ko‘rinishida, 12% – metaboliti ko‘rinishida chiqariladi. Meningiti bo‘lgan bolalarda meropenemning orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi taxminan 20% ni tashkil qiladi, ammo ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlik mavjud. Antibiotiklar bilan davolash zarur bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda klirensi oshishi kuzatilgan, T1/2 – 2,9 soat.

Keksa pasientlar

Keksa (65-80 yosh) pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar plazma klirensini pasayishini namoyish qilgan, bu kreatinin klirensini yoshga doir pasayishi va buyrakdan tashqari klrensini pasayishi bilan korrelyasiya qilgan.

Og‘ir va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi holatlaridan tashqari, keksa pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda va bolalarda (3 oylikdan oshgan) meropenemga sezgir bir yoki bir nechta qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun ko‘rsatilgan:

  • pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • mukovissedozda bronx-o‘pka infeksiyalari;
  • siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari;
  • qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari;
  • tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari;
  • o‘tkir bakterial meningit.

Meropenem neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarda bakterial infeksiya chaqirgan isitmani davolash uchun ishlatilishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi kasallikning kechishini og‘irlik darajasi, qo‘zg‘atuvchining turi va klinik ko‘rinishlariga qarab individual ravishda belgilanadi.

Kattalar uchun kuniga 3 marta 2 g gacha va o‘smirlar uchun kuniga 3 marta 40 mg/kg gacha dozalari bolalar uchun Pseudomonas aeruginosa yoki Acinetobacter species chaqirgan kasalxona ichki infeksiyalarini davolash uchun maqsadga muvofiq ravishda qo‘llanishi mumkin.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish kerak.

Kattalar va o‘smirlar:

Infeksiya Har 8 soatda yuborish uchun dozalar
Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya 500 mg yoki 1 g
Mukovissidozda bronx-o‘pka infeksilari 2 g
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
Qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
Tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar 500 mg yoki 1 g
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
O‘tkir bakterial meningit 2 g
Febril neytropeniya 1 g

Jigar yetishmovchiligi:

Jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa pasientlarda dozalash:

Buyrak funksiyasi normal yoki kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori bo‘lgan keksa bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

3 oylikdan kichik bolalar:

3 oylikdan kichik bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek optimal dozalash tartibi tekshirilmagan. Lekin farmakokinetika yuzasidan cheklangan ma‘lumotlar har 8 soatda 20 mg/kg doza optimal dozalash tartibi ekanligini taxmin qilish imkonini beradi.

3 oylikdan – tana vazni 50 kg dan past bo‘lgan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun:

Infeksiya Har 8 soatda yuborish uchun dozalar
Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya 10 – 20 mg/kg
Mukovissidozda bronx-o‘pka infeksilari 40 mg/kg
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
Qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
O‘tkir bakterial meningit 40 mg/kg
Febril neytropeniya 20 mg/kg

Meropenem kattalar va bolalarga odatda 15-30 minut davomida tomchili infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Flakon (butilka) ichidagisi 1 dan 20 mg/ml yakuniy konsentrasiyagacha 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasida eritiladi. Qo‘llashdan oldin eritmani chayqatish kerak.

Meropenemni 5 minut davomida oqim bilan vena ichiga yuborishga yo‘l qo‘yiladi: kattalarga – 1 g gacha, bolalarga (3 oylikdan tana vazni 50 kg dan past bo‘lgan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar) – tana vazniga 20 mg/kg gacha dozada. Kattalarga 2 gacha, bolalarga – tana vazniga 40 mg/kg gacha dozada vena ichiga oqim bilan yuborish mumkinligi haqida cheklangan ma‘lumotlar bor. Vena ichiga oqim bilan yuborilganda dori vositasining dozasi 50 mg/ml yakuniy konsentrasiyagacha in‘eksiya uchun steril suvda eritiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi quyidagi gradasiya bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez: epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfotaza, LDG faolligini oshishi; tez-tez emas: qabziyat, xolestatik gepatit; juda kam hollarda: soxtamembranoz enterokolit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligini rivojolanishi yoki chuqurlashishi, yurakni to‘xtashi, taxi- yoki bradikardiya, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, hushdan ketish holatlari, miokard infarkti, o‘pka arteriyalari tarmoqlari tromboemboliyasi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas: dizuriya, shishlar, buyrak funksiyasini buzilishi (giperkreatininemiya, plazmada mochevina konsentrasiyasini oshishi), gematuriya.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik, ongni buzilishi, gallyusinasiyalar; kam hollarda: tirishishlar.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda: Kvinke shishi, anafilaktik shok.

Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishlari: eozinofiliya, trombositopeniya, neytropeniya, leykopeniya; kam hollarda: agranulositoz, gipokaliemiya, leykositoz, giperkreatininemiya, gemolitik anemiya, qaytuvchan trombositopeniya, qisman chastichnogo tromboplastin vaqtini kamayishi, qonda transaminazalar darajasini oshishi, laktatdegidrogenaza darajasini oshishi, bilirubin darajasini oshishi.

Infeksiyalar va invaziyalar: tez-tez emas: oral va vaginal kandidoz.

Mahalliy reaksiyalar: yallig‘lanish, flebit, tromboflebit, yuborish joyida og‘riq; KFK darajasini oshishi bilan kechuvchi to‘qimalarni shikastlanishi.

Boshqalar: musbat bevosita yoki bilvosita Kumbs sinamasi, anemiya, gipervolemiya, dispnoe, vaginal kandidoz va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezida meropenemga yoki karbapenemlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktasiya davri, 3 oylikdan kichik bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Probenesid buyrak ekskresiyasini ingibisiya qilib va meropenemning yarim chiqarilish davrini va konsentrasiyasini oshishini chaqirib faol kanalchalar sekresiyasi uchun raqobatlashadi. Meropenemni probenesid bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Karbapenemlar bilan birga qo‘llanilganda bir necha kundan keyin valproat kislotasining darajasini 60-100% ga pasayishi kuzatiladi. Shunday qilib, valproat kislotasi va karbapenemlarni birga qo‘llashdan saqlanish kerak.

Peroral antikoagulyantlar: antibiotiklarni varfarin bilan qo‘llanilganda antikoagulyant samaralar kuchayadi. Antikoagulyant preparatlarni antibakterial preparatlar bilan peroral qabul qilingan vaqtda antikoagulyant samaralarni oshishi haqida xabar berilgan. Xavf infeksiya qo‘zg‘atuvchisi, pasientning yoshi va umumiy holatiga qarab o‘zgarishi mumkin, shuning uchun antibiotiklarni xalqaro normallashgan nisbat (XNN) ga ta‘sirini baholash qiyin. Davolash jarayonida va antibiotiklar va peroral antikoagulyantlar bilan birga davolagandan keyin ayrim vaqt davomida XNN ni tez-tez aniqlash tavsiya etiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Har bir konkret pasientni davolash uchun meropenem buyurilganda infeksiyaning og‘irlik darajasi, boshqa antibakterial preparatlarga rezistentlikni mavjudligiga qarab karbapenemlarni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini e‘tiborga olish kerak.

Deyarli barcha antibiotiklarni qo‘llagandagi kabi meropenemni qo‘llaganda soxtamembranoz kolit rivojlanishi kuzatiladi, u og‘irlik darajasi yengildan to hayotga xavf soluvchi shaklgacha o‘zgarishi mumkin. Meropenemni qo‘llash fonida diareya yuzaga kelganda soxtamembranoz kolit rivojlanganligi ehtimolini yodda tutish kerak. Meropenem bilan davolashni to‘xtatishni ko‘rib chiqish kerak. Ichak peristaltikasini ingibisiya qiluvchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.

Karbapenemlar, shu jumladan meropenem bilan davolash vaqtida tirishishlar rivojlanishi haqida tez-tez xabar berilmagan.

Boshqa karbapenemlar va beta-laktam antibiotiklari, penisillinlar va sefalosporinlar orasida kesishgan allergik reaksiyalarning klinik va laborator belgilari mavjud. Meropenemni qo‘llaganda ham, boshqa beta-antibiotiklarni qo‘llaganda ham o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi) kam holatlari haqida xabarlar mavjud. Peropenem bilan davolashni boshlashdan oldin anamnezida beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga alohida e‘tibor berib, pasientni sinchkovlik bilan so‘roq qilish kerak. Anamnezida shunga o‘xshash ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarda meropenem ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Agar meropenemga allergik reaksiya yuzaga kelsa, preparatni yuborishni to‘xtatish va tegishli choralarni ko‘rish kerak.

Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash “jigar” transaminazalarining faolligi va bilirubinning konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorati ostida olib borilishi kerak. Davolash jarayonida chidamli qo‘zg‘atuvchilar rivojlanishi mumkin, shuning uchun uzoq muddatli davolash rezistent shtammlarni tarqalganligini doimiy nazorati ostida olib boriladi.

Metisillinga rezistent stafilokklar chaqirgan infeksiyalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Meropenem bilan davolash vaqtida bevosita va bilvosita Kumbs sinamasi musbat bo‘lishi mumkin.

500 mg li meropenemning bir flakoni 2,0 mmol natriy saqlaydi. 1000 mg li meropenemning bir flakoni 4,0 mmol natriy saqlaydi. Buni natriyni iste‘mol qilinishini nazorat qiluvchi (natriyning miqdori past parhezga rioya qiluvchi) odamlarda e‘tiborga olish kerak.

Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak. Agar dori vositalari darhol ishlatilmasa, saqlash muddati va sharoitiga shifokor javob beradi. Meropenemning 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan tayyorlangan eritmasini darhol, ya‘ni tayyorlangandan keyin 1 soat davomida qo‘llash kerak.

Meropenemning eritmasini muzlatish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi: homiladorlik vaqtida meropenemning klinik xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar rivojlanayotgan homilaga biron-bir nozush samaralarni namoyish etmagan. Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida homila, chaqaloq va ona uchun preparatni qo‘llashdan potensial foydasi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholash kerak. Har bir holatda preparatni bevosita shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak. Meropenem hayvonlarning ko‘krak sutida juda past konsentrasiyalarda aniqlanadi. Davolash davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: meropenemni avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqida ishonchli ma‘lumotlar yo‘q. Shunga qaramasdan, meropenemni qabul qilganda bosh og‘rig‘i, paresteziya va tirishishlar kuzatilishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash vaqtida, ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda to‘satdan dozani oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Simptomlari: spesifik simptomlari yo‘q.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Normada preparatni buyrak orqali chiqarilishi tez amalga oshadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemodializ meropenem va uning metabolitlarini samarali chiqaradi.

Chiqarilish shakli

500 mg dan flakonlarda, 1000 mg dan flakonlarda va butilkalarda.

Flakon yoki butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Stasionarlar uchun o‘rami: 500 mg yoki 1000 mg dozali 40 flakonlar yoki 12 butilkalar yoki 1000 mg dozali flakonlar tegishli miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan guruh qutisida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEROPENEM AVANTIKA poroshok 1000mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEROPENEM AVANTIKA poroshok 1000mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEROPENEM AVANTIKA poroshok 1000mg N1 dori vositasi Avantika Medex Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEROPENEM AVANTIKA poroshok 1000mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEROPENEM AVANTIKA poroshok 1000mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MEROBAK poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Индия
  • Faol modda: Меропенема тригидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
  • Vakil: Farmalife
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ORLOKS tabletkalari 500mg N10
AVIKLUD tabletkalari 0,5mg N30
Narh: 277 000 so'mdan Batafsil
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
Narh: 255 900 so'mdan Batafsil
PENTAZA tabletkalari 40mg N30
Narh: 49 300 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9