×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
цитизин
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
ATX kodi:
- N07BA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 70 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
20 000 s`om dan
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5 Ever Neuro Pharma GmbH Avstriya
252 000 s`om dan
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya Respublikasi
10 000 s`om dan
SITIOKS P tabletkalari 500mg/800mg N20 Synokem Pharmaсeuticals Ltd Hindiston
142 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIKOTINABS®

NISOTINABSUM®

 

Preparatning savdo nomi: Nikotinabs®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sitizin

Dori shakli: Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Faol modda: Sitizin – 1,5 mg.

Yordamchi moddalar: suvsiz kalsiy digidroksifosfati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, aerosil, magniy stearati.

Ta‘rifi: Ochdan to‘q qizil rangligacha, oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan xidsiz va ta‘msiz tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Nikotinga qaramlikni davolash uchun preparat (N-xolinomimetik).

 

Farmakologik xususiyatlari

N-xolinoreseptorlar rag‘batlantiruvchisi; vegetativ nerv tizimi gangliyalarini qo‘zg‘atadi, buyrak usti bezi xromafin hujayralari tomonidan epinefrin ishlab chiqarilishini oshiradi, analeptik va gipertenziv ta‘sir ko‘rsatadi. Nikotinga qaramlikni pasaytiradi (organizmdagi “ganglionar” modda bo‘lgan nikotin bilan biokimyoviy substratlar va reseptorlarning o‘zaro ta‘sir qiladigan joydagi raqobatli o‘zaro ta‘siri bilan bog‘liq).

Chekish ”ta‘mini” yoqimsizga o‘zgartiradi, chekishga intilishni kamaytiradi va chekishni to‘xtatish bilan bog‘liq abstinent sindromini ko‘rinishlarini yengillashtiradi. Analeptik ta‘siri nafas markazini karotid kalavalardan keladigan kuchaygan impulslar bilan rag‘batlantirilishi bilan bog‘liq. Simpatik gangliyalar va buyrak usti bezlarini bir vaqtda qo‘zg‘atilishi arterial bosimini (AD) oshishiga olib keladi.

 

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganida sitizin me‘da-ichak yo‘llari (MIY) da yengil so‘riladi. Qon plazmasidagi Cmax ga 0,92 soat ichida erishiladi va taxminan 15,55 ng/ml tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish preparatning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Sitizin sezilarli darajada metabolik transformasiyaga uchramaydi.

Qabul qilingan dozaning 64% o‘zgarmagan xolda buyrak orqali 24 soat davomida chiqariladi. T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Nikotinga qaramlik (nikotinizm), chekishdan voz kechishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Nikotinabs® tabletkalari yordamida nikotinga qaramlikni davolash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi, kirish bosqichi 3 kunga mo‘ljallangan. Uch kun davomida Nikotinabs® bitta tabletkadan har 2 soatda, sutkada 6 marta qabul qilinadi, tungi uyqu bundan mustasno. Nikotinga qarshi davolashni boshlash bilan bir vaqtda chekilayotgan sigaretlar sonini kamaytirish lozim.

Agar uch kun qabul qilish davomida chekishga intilishni pasayishi ko‘rinishidagi samarasi paydo bo‘lmasa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va keyingi kursni kamida 2-3 oydan keyin o‘tkazish kerak.

Agar kirish bosqichi 3 kun davomida o‘zining samarasini ko‘rsatsa, qabul qilish asosiy kurs tartibi bo‘yicha davom ettiriladi:

Davolash davri Qabul qilishlar soni Sutkalik doza
4 dan 12 kungacha 1 tabletkadan har 2.5 soatda 5 tabletka
13 dan 16 kungacha 1 tabletkadan har 3 soat 4 tabletka
17 dan 20 kungacha 1 tabletkadan har 5 soat 3 tabletka
21 dan 25 kungacha 1 tabletkadan har 6-8 soat 1-2 tabletka

Chekishni to‘liq to‘xtash davolashni boshlanganidan keyin 5 kunidan kechikmasdan boshlanishi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ta‘m sezishni va ishtahani o‘zgarishi, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qabziyat, diareya.

Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, uyquchanlik, yuqori ta‘sirchanlik.

Yurak-qon tomir tizimi va qon (qon yaratish va gemostaz) tomonidan: yurak urishni his qilish, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, ko‘krak qafasida og‘riq.

Boshqalar: allergik reaksiyalar (qichish, toshma, eozinofiliya), mialgiya, hansirash, tana vaznini kamayishi, ko‘p terlash.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– o‘tkir miokard infarkti;

– nostabil stenokardiya;

– aritmiyalar;

– yaqinda o‘tkazilgan bosh miyada qon aylanishini buzilishi;

– yaqqol ateroskleroz;

– bronxial astma;

– o‘pka shishi;

– homiladorlik;

– laktasiya (emizish davri)

– preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Nisbiy:

– shizofreniyaning ba‘zi shakllari;

– buyrak usti bezining xromafin o‘smalari;

– gastroezofageal reflyuks kasalligi.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda va 65 yoshdan oshgan pasientlar preparatni kutilayotgan foyda va potensial xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholangandan keyingina qo‘llash mumkin.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayish xavfi tufayli tuberkulyozga qarshi bakteriostatik preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Preparatni xolinomimetiklar va antixolinesteraz preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda xolinomimetik nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin.

Antigiperlipidemik preparatlar (statinlar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda mialgiya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

Antigipertenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ularning samarasini pasaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni agar pasientda chekishdan voz kechish xoxishi jiddiy va shunga tushunib yetgan bo‘lsagina qo‘llash mumkin.

Pasient preparatni chekishni davom etish fonida qo‘llash nikotin intoksikasiyasiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.

Preparatni quyidagi kasalliklar va holatlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi: shizofreniya, yurak ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, bosh miya tomirlari kasalliklari, gipertireoz, me‘daning peptik yarasi, qandli diabet, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, yoshi 18 gacha yoki 65 yoshdan oshgan pasientlar.

Preparatni qabul qilish pasientning psixofizik holatini o‘zgarishini chaqirmaydi, avtotrasportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.

 

Chiqarilish shakli

«Nikotinabs®», plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 1,5 mg dan №100.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100 dori vositasi Nobel Pharmsanoat, ИП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TABEKS tabletkalari 1,5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: цитизин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sopharma PLC
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LORATAL tabletkalari 10mg N30
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
ANZIBEL tabletkalari N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N24
Narh: 37 100 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
RELAKSA 8 tabletkalari 8mg N10
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
LEFLOKS tabletkalari 750mg N7
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
LEFLOKS tabletkalari 500mg N7
Narh: 47 500 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 375mg N15
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 1000mg N10
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 625mg N15
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 27 400 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
Narh: 23 100 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 150mg N1
Narh: 12 300 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 150mg N2
Narh: 16 500 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
PALORA tabletkalari 100mg N30
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 900 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 10mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 5mg N30
Narh: 16 800 so'mdan Batafsil
KO IRBESAN tabletkalari 150mg N28
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
Narh: 34 600 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
Narh: 39 600 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 29 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9