×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

REKOL tabletkalari 10mg N14

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Мемантин
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Vakil:
- Kusum
ATX kodi:
- N06DX01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 91 ta dorixonasida topildi

ico 33 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

NIVALIN eritma 1 ml 2,5 mg/ml N10 Софарма АО Bolgariya
88 000 s`om dan
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5 АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП Rossiya
75 000 s`om dan
ADAPTOL tabletkalari 500mg N20 Олайнфарм, АО Latviya
92 000 s`om dan
ELFUNAT inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10 Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S. Turkiya
95 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
REKOL tabletkalari 10mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

REKOL

REKOL®

 

Preparatning savdo nomi: Rekol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): memantin gidroxloridi

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: memantin gidroxloridi – 5 mg yoki 10 mg;

yordamchi moddalar: mannitol 25S, mannitol SD200, mikrokristall sellyuloza PH 102, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon K 30, magniy stearati, pushti Opadry 03F84827 va tozalangan suv.

Ta‘rifi: pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, har ikki tomoni tekis bo‘lgan oval tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Psixoanaleptiklar. Demensiyani davolash uchun boshqa preparatlar. Memantin.

ATX kodi: N06DX01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Glutamat yordamida, ayniqsa NMDA reseptorlari bilan neyrouzatishda buzilishlarning tasdiqlanishi soni ko‘paymoqda, bu simptomlarning kuchayishiga ham, neyrodegenerativ demensiya rivojlanishiga olib keladi.

Memantin – bu NMDA-reseptorlarining potensial-bog‘liq, o‘rtacha affinlikdagi raqobatsiz antagonisti. U glutamat miqdorining neyron disfunksiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan patologik oshishini bloklaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Memantinning mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni, qon plazmasida cho‘qqi konsentrasiyasiga erishishi vaqti (tmax) – 3 soatdan 8 soatgachani tashkil etadi. Ovqatlanishni preparat so‘rilishiga ta‘siri belgilari yo‘q.

Taqsimlanishi

Sutkada 20 mg li dozasi qon plazmasida sezilarli individual o‘zgarishlar bilan memantinning 70 dan 150 ng/ml gacha (0,5-1 mkmol) chegarasida barqaror konsentrasiyasini keltirib chiqaradi. 5 dan 30 mg gacha sutkalik dozalari qo‘llanilganida serebrospinal suyuqlikda va qon zardobida preparat miqdorining nisbati 0,52 ga teng. Taqsimlanish hajmi taxminan 10 l/kg ni tashkil etadi. Memantinning taxminan 45% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi.

Biotransformasiyasi

Odam organizmida memantinning taxminan 80% dastlabki modda ko‘rinishida aylanadi, 4- va 6-gidroksimemantinga izomer bo‘lgan aralashma N-3,5 dimetil-gludantan va 1-nitrozo-3,5 dimetiladamantan asosiy metabolit bo‘lib hisoblanadi. Ushbu metabolitlarning hech biri NMDA-antagonistik faollikni namoyon qilmaydi. P450 sitoxromini in vitro sharoitda metabolizmda ishtiroki aniqlanmagan.

Peroral qabul qilingan 14C-memantinni tadqiq etish davomida dozaning o‘rtacha 84% 20 sutka davomida chiqarilgan, bunda uning 99% dan ortig‘i buyraklar orqali chiqarilgan.

Chiqarilishi

Memantin yarim chiqarilishining yakuniy davri 60 soatdan 100 soatgacha bo‘lgan monoeksponensial bog‘liqlikning egri chizig‘i bo‘yicha chiqariladi. Buyrak funksiyasi normal bo‘lgan ko‘ngillilarda umumiy klirens (Cltot) 170 ml/min/1,73m2 ga teng, umumiy buyrak klirensining bir qismi esa kanalchalar sekresiya bilan erishiladi.

Memantin farmakokinetikasining buyrak bosqichi esa shuningdek ehtimol transport oqsillaridan kelib chiquvchi kanalchalar reabsorbsiyani ham o‘z ichiga oladi. Memantinning buyrak orqali chiqarilishi tezligi siydikning ishqoriy reaksiyasi sharoitlarida 7-9 marta pasayishi mumkin. Siydikni ishqorlanishi ovqatlanishni keskin o‘zgarishi natijasida, masalan, go‘shtli ovqatlarga boy rasiondan vegetariancha rasionga o‘tilganida yoki antasid me‘da vositalari jadal qo‘llanilishi oqibatida yuz berishi mumkin.

Proporsionallik

Ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotlar 10-40 mg dozalar diapazonida farmakokinetikaning proporsional tabiatini namoyon qilgan.

Farmakodinamik/farmakokinetik bog‘liqligi

Memantinning sutkada 20 mg li dozasida serebrospinal suyuqlikdagi miqdori darajasi memantinning ki (tormozlanish konstantasi) ko‘rsatkichiga mos keladi, bu odam bosh miyasining frontal po‘stlog‘i sohasida 0,5 mkmol ni tashkil etadi.

 

Qo‘llanilishi

Katta yoshdagi pasientlarda o‘rtacha va og‘ir darajadagi Alsgeymer kasalligida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash

Davolashni faqat vasiy mavjud bo‘lishi sharti bilan boshlanadi, vasiy pasient tomonidan preparat qabul qilinishini nazorat qiladi.

Tashhis amaldagi tavsiyalarga ko‘ra aniqlanadi. Memantinni o‘zlashtiraolish va dozalarini muntazam ravishda, eng yaxshisi davolash boshlanishidan 3 oy davomida baholash lozim. Keyinchalik memantinning klinik samarasini va pasient tomonidan uni o‘zlashtiraolinishini amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq muntazam ravishda baholash lozim. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni davolash samarasi ijobiy, memantinni pasient tomonidan o‘zlashtiraolinishi esa yaxshi bo‘lib qolishigacha davom ettirish mumkin. Agar terapevtik samarasi belgilari yo‘qolsa yoki pasient tomonidan davolashni o‘zlashtiraolinishi yomonlashsa, memantin bilan davolashni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim.

Kattalar:

Dozani tanlash

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza bir kunda 5 mg ni tashkil etadi, mazkur dozani davolashning dastlabki 4 haftasi davomida quyidagi sxema bo‘yicha tavsiya etiladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga erishgan holda asta-sekin oshirib boriladi:

1-hafta (1–7-kun): 5 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak;

2-hafta (8–14-kun): 10 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak;

3-hafta (15–21-kun): 15 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak;

3-hafta (22–28-kun): 20 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak.

Maksimal sutkalik doza 20 mg ni tashkil etadi.

Tavsiya etiladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza bir kunda 20 mg ni tashkil etadi.

Keksa yoshdagi pasientlar:

Klinik tadqiqotlar natijalariga asosan 65 yoshdan katta bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya etiladigan doza yuqorida ko‘rsatilganidek sutkada 20 mg ni tashkil etadi.

Buyrak funksiyasini pasayishi:

Buyrak funksiyasini yengil darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 50–80 ml) bo‘lgan pasientlar uchun preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Buyrak funksiyasini o‘rtacha darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30–49 ml) bo‘lgan pasientlar uchun sutkalik dozani 10 mg gacha pasaytirish lozim. Agar davolashning eng kamida 7 kuni davomida preparat yaxshi o‘zlashtiraolinsa, dozani standart sxema bo‘yicha sutkada 20 mg gacha oshirish mumkin. Buyrak funksiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 5–29 ml) bo‘lgan pasientlar uchun dozani sutkada 10 mg gacha pasaytirish lozim.

Jigar funksiyasini pasayishi:

Jigar funksiyasini yengil yoki o‘rtacha darajada buzilishi (Chayld-Pyu A, B) bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish talab qilinmaydi. Jigar funksiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda memantinni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Rekol preparatini jigar funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalar:

Ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llash usuli

Rekol tabletkalarini har kuni bir vaqtda sutkada 1 marta ichga qabul qilish zarur. Tabletkalarni ovqatlanish bilan birga yoki unga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘llash mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jadvalda keltirilgan quyidagi noxush reaksiyalar Rekol preparatining klinik tadqiqotlari davomida va ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi davrda kuzatilgan.

Nojo‘ya samaralar a‘zolar tizimi bo‘yicha quyidagi sxema bo‘yicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1,000 dan < 1/100gacha), kam hollarda (1/10,000 dan < 1/1,000 gacha), juda kam hollarda (<1/10,000), noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmagan).

Har bir guruh doirasida tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya ta‘sirlar ularning og‘irligi darajasi kamayib borishi tartibida taqdim etilgan.

A‘ZOLAR TIZIMI SINFI TEZ-TEZLIGI NOJO‘YA REAKSIYASI
Infeksion va parazitar kasalliklar Tez-tez emas Zamburug‘li infeksiyalar
Immun tizimi tomonidan Tez-tez Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik
Ruhiyat tomonidan Tez-tez Uyquchanlik
Tez-tez emas Ongni chalkashishi
Tez-tez emas Gallyusinasiyalar1
Noma‘lum Ruhiy reaksiyalar2
Nerv tizimi tomonidan Tez-tez Bosh aylanishi
Tez-tez Muvozanatning buzilishi
Tez-tez emas Qadam tashlashning buzilishi
Juda kam holarda Tirishishlar
Yurak tomonidan Tez-tez emas Yurak yetishmovchiligi
Qon tomirlar tomonidan Tez-tez Arterial bosimni oshishi
Tez-tez emas Venoz tromboz/tromboemboliya
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan Tez-tez Hansirash
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan Tez-tez Qabziyat
Tez-tez Qusish
Noma‘lum Pankreatit2
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan Tez-tez Jigar sinamalarining ko‘rsatkichlarini oshishi
Noma‘lum Gepatit
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Tez-tez Bosh og‘rig‘i
Tez-tez emas Toliqish

1 Gallyusinasiyalar asosan og‘ir bosqichdagi Alsgeymer kasalligi bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan.

2 Ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi qo‘llash tajribasi davrida olingan alohida xabarlar.

Alsgeymer kasalligi depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikri, o‘z joniga qasd qilishlar bilan bog‘liq. Memantinning ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanilishi davrida bunday noxush reaksiyalar yuzaga kelishi haqida xabar berilgan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning faol moddasiga yoki har qanday yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Memantinning farmakologik samaralarini va ta‘sir mexanizmini inobatga olgan holda quyidagi o‘zaro ta‘sirlar bo‘lishi mumkin:

  • Ta‘sir mexanizmi memantin kabi NMDA-antagonistlar bir vaqtda qo‘llanilganida L-dopa, dopaminergik agonistlar va antixolinergik vositalar samaralarining kuchayishi mumkinligini nazarda tutadi. Barbituratlar va neyroleptik vositalar samaralari pasayishi mumkin. Memantin va spazmolitik vositalarni, dantrolen yoki baklofenni bir vaqtda buyurilishi ularning samaralarini modifikasiya qilishi, dozalarga tuzatish kiritish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
  • Farmakotoksik psixoz xavfi tufayli, memantinni amantadin bilan bir vaqtda qo‘llanilishidan saqlanish lozim. Ko‘rsatilgan komponentlar NMDA-reseptorlari antagonistlari guruhiga mansub. Bu ketamin va dekstrometorfanga ham taalluqlidir. Memantin va fenitoin birgalikda qo‘llanilganida kutilishi mumkin bo‘lgan xavf hollari haqida e‘lon qilingan ma‘lumotlar mavjud.
  • Amantadin kabi buyraklarning aynan shu transport tizimidan foydalanadigan simetidin, ranitidin, prokainamid, xinidin, xinin va nikotin bilan bir vaqtda qabul qilinganida plazmadagi miqdor darajalari oshishining potensial xavfini keltirib chiqargan holda memantin bilan ham o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin.
  • Memantinni gidroxlortiazid yoki gidroxlorotiazid saqlaydigan majmuaviy har qanday preparat bilan birgalikda buyurilganida qon zardobida gidroxlorotiazid miqdori darajasi pasayishi mumkin.
  • Postmarketing qo‘llash davrida varfarinni qabul qiluvchi pasientlarda memantin qo‘llanilganida xalqaro normallashtirilgan nisbatning (XNN) oshishiga doir ayrim hollar qayd etilgan. Garchi sabab bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qiluvchi pasientlarda protrombin vaqti yoki XNN yuzasidan sinchkov monitoringni olib borish zarur.

Bir martalik dozalarni farmakokinetik tadqiqotlari davomida sog‘lom ko‘ngillilar orasida memantinni gliburid/metformin yoki donepezil bilan o‘zaro ta‘sirlashishida sezilarli samaralar aniqlanmagan.

O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarida memantinni yosh sog‘lom ko‘ngillilarda galantamin farmakokinetikasiga ta‘siri ham aniqlanmagan.

Memantin in vitro sharoitda CYP 1A2, 2A6, 2C9, 2D6, 2E1, 3A, flavin saqlovchi monooksigenaza, epoksidgidrolaza yoki sulfationning ingibitori bo‘lib hisoblanmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni tutqanoq bilan kasallangan bemorlarga, anamnezda tirishish epizodlari bo‘lgan pasientlarga, shuningdek tutqanoq rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan pasientlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Amantadin, ketamin yoki dekstrometorfan kabi N-metil-D-aspartat (NMDA)-antagonistlarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. Ushbu birikmalar memantin ta‘sir qiladigan aynan o‘sha reseptorlar tizimiga ta‘sir qiladi, shuning uchun nojo‘ya reaksiyalar (asosan MNT tomonidan) tez-tez yuzaga kelishi va yanada yaqqol ifodalangan bo‘lishi mumkin.

Siydik pH darajasi oshishini chaqiruvchi ayrim omillar pasientni sinchkov kuzatish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘rsatilgan omillar ovqatlanish tartibida keskin o‘zgarishlarni, masalan go‘shtli taomlarga boy rasionni vegeterian taomlarga almashtirishni yoki antasid me‘da vositalarini jadal qo‘llanilishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tubulyar buyrak asidozi yoki Proteus bacteria keltirib chiqaradigan siydik yo‘llarining og‘ir infeksiyalari oqibatida siydik rN darajasi oshishi mumkin.

Klinik tadqiqotlarining ko‘pchiligida yaqin orada miokard infarktini o‘tkazgan pasientlar va dekompensasiyalangan turg‘un yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifiga ko‘ra III–IV darajada) bo‘lgan pasientlar, shuningdek arterial bosimi nazorat qilinmaydigan darajada yuqori bo‘lgan pasientlar ishtirokchilar safidan chiqarilgan. Buning oqibatida cheklangan tegishli ma‘lumotlar mavjud, bunday kasalliklari bo‘lgan pasientlar ustidan esa sinchkov kuzatuv zarur.

Yordamchi moddalar: preparat sorbit saqlaydi, shu sababli kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarga uni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik davri

Memantinni homiladorlikning kechishiga ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar yo‘q yoki cheklangan miqdorda mavjud. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar odamlardagiga nisbatan bir xil yoki bir muncha yuqori konsentrasiyalar ta‘sirida ona qornida o‘sishning sekinlashishi mumkinligini ko‘rsatadi. Odam uchun potensial xavf noma‘lum. Memantinni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, aniq va yaqqol zaruratdan kelib chiqadigan hollar bundan mustasno.

Laktasiya davri

Memantinni ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum, biroq substansiyaning lipofilligini inobatga olgan holda buning ehtimoli bor. Memantinni qo‘llayotgan ayollar emizishdan saqlanishlari kerak.

Fertillik

Memantinni erkaklar yoki ayollarda reproduktiv faoliyatga salbiy ta‘siri aniqlanmagan.

Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

O‘rtachadan to og‘ir shakllarigacha bo‘lgan Alsgeymer kasalligi odatda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari Rekol avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga sezilarli bo‘lmagan yoki o‘rtacha ta‘sir ko‘rsatadi, shu sababli ambulatoriya sharoitidagi pasientlarni alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurati to‘g‘risida ogohlantirish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha cheklangan ma‘lumotlar mavjud bo‘lib, ular klinik tadqiqotlar davomida va memantinni ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanilishi tajribasida olingan.

Simptomlari

Nisbatan yuqori dozalarda (3 kun davomida sutkada 200 mg va 105 mg) qo‘llanilganida toliqish, xolsizlik va/yoki diareya qayd etilgan yoki simptomlar mavjud bo‘lmagan. 140 mg dan kam dozada qabul qilinganida yoki noma‘lum doza qabul qilingan taqdirda, pasientlarda MNT tomonidan nojo‘ya reaksiyalar (ongni chalkashishi, gipersonmiya, uyquchanlik, vertigo, qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, gallyusinasiyalar, qadam tashlashning buzilishi) va/yoki ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qusish, diareya kuzatilgan.

Dozani oshirib yuborilishining eng og‘ir holatida pasient memantinni 2000 mg dozada ichga qabul qilganidan keyin tirik qolgan, unda 10 kun davomida koma, so‘ngra diplopiya va ajitasiya) kuzatilgan. Pasient simptomatik davolash va plazmafarezni olgan. Pasient keyingi asoratlarsiz sog‘aygan.

Dozani oshirib yuborilishining boshqa og‘ir holatida pasient memantinni 400 mg dozada ichga qabul qilganidan keyin tirik qolgan va sog‘aygan. Pasientda MNT tomonidan nojo‘ya reaksiyalar (bezovtalik, psixoz, ko‘rish bilan bog‘liq gallyusinasiyalar, tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasayishi, uyquchanlik, stupor va hushdan ketish) kuzatilgan.

Davolash

Dozani oshirib yuborilganida simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Intoksikasiyada yoki dozani oshirib yuborilganida maxsus antidot yo‘q. Moddani me‘dadan chiqarilishiga qaratilgan standart davolash tadbirlarini, masalan, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (potensial ichak-jigar resirkulyasiyasini oldini olish), siydikda kislotali reaksiyani hosil qilishni o‘tkazish zarur, jadallashtirilgan diurez o‘tkazilishi mumkin.

MNT ni o‘ta rag‘batlantirish belgilari va simptomlarida simptomatik davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish lozim.

 

Chiqarilish shakli

14 tabletkadan blisterda; 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoitlari

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoya qilingan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

REKOL tabletkalari 10mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
REKOL tabletkalari 10mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
REKOL tabletkalari 10mg N14 dori vositasi Kusum Healthcare Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
REKOL tabletkalari 10mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
REKOL tabletkalari 10mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TINGREKS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
MEMANTIN Best tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alliance Czehcfarm S.R.O., Чешская Республика произведено: Whan In Pharm. Co., Ltd
  • Vakil: Pharmline Plus MChJ
Narh: 197 142 so'mdan Batafsil
MARUKSA tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
MARUKSA tabletkalari 10mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
KARRIER tabletkalari 10mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
KARRIER tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
Narh: 517 500 so'mdan Batafsil
ALCHEBA tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
  • Vakil: WELFAR VST
POLMATIN tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 100 900 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 194 900 so'mdan Batafsil
NERMONT tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Laboratories LESVI S.L.
MARUKSA tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
MEMANTAL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
Narh: 119 999 so'mdan Batafsil
KARRIER tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
Narh: 205 000 so'mdan Batafsil
ALCHEBA tabletkalari 10mg N30
Narh: 173 000 so'mdan Batafsil
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
Narh: 330 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DERMAZOL shampun 100ml 2%
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
DERMAZOL shampun 50ml 2%
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 26 200 so'mdan Batafsil
NIMID FORTE tabletkalari 100mg/2mg N100
Narh: 123 200 so'mdan Batafsil
UKRLIV tabletkalari 250mg N30
Narh: 167 300 so'mdan Batafsil
DOMRID tabletkalari 10mg N30
Narh: 32 500 so'mdan Batafsil
DOMRID suspenziya 60ml 1mg/ml
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
ESZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
REMOV LOSON 50ml 4% N1
Narh: 32 900 so'mdan Batafsil
OKSAPIN tabletkalari 300mg N30
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
MEZAKAR SR tabletkalari 400mg N50
Narh: 59 400 so'mdan Batafsil
LOFLATIL tabletkalari 2mg/125mg N100
Narh: 85 100 so'mdan Batafsil
ZARDEKS kapsulalar 300mg N100
DIKLOSEYF suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF MAKS gel 30g 5%
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30
VERTINEKS tabletkalari 5mg N10
ASKOSIN tabletkalari N100
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
ARTRIKYUR tabletkalari N60
ALFAFORKAL kapsulalar 0,25mkg N30
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS tabletkalari 30mg N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9