Minirinning aptekalardagi narxlari
MINIRIN MELT tabletkalari 240mkg N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
380 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
MINIRIN MELT tabletkalari 120mkg N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
360 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Minirin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MINIRIN
MINIRIN®
Preparatning savdo nomi: Minirin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): desmopressin
Dori shakli: dozalangan nazal sprey.
Tarkibi:
10 ml (10 doza) sprey quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,1 mg desmopressin asetati, bu 0,089 mg desmopressin asosiga ekvivalent;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, limon kislotasi monogidrati, natriy gidrofosfat digidrati, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun gormon preparatlari. Vazopressin va uning analoglari.
ATX kodi: N01V A02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Desmopressin – tabiiy odam gormoni L-arginin-vazopressinning sintetik analogidir, undan birinchi holatda sisteinning aminoguruhini yo‘qotilishi, L-arginin esa D-arginin stereozomeriga almashinishi bilan farq qiladi. Bu o‘zgarishlar vazopressiv molekulasining ta‘siri sezilarli darajada susayishi, ayni vaqtda antidiuretik ta‘siri ko‘p marta kuchayishiga va davomiyligini oshishiga olib keladi.
Desmopressin buyrakning egri-bugri kanalchalari va to‘g‘ri kanalchalarining distal sohalaridagi epiteliyning suv o‘tkazuvchanligini va muvofiq ravishda birlamchi xosil bo‘lgan siydikdan suvni qayta so‘rilishini oshiradi. Desmopressin intranazal yuborilganda qandsiz diabetni davolash uchun zarur bo‘lgan doza ahamiyatli darajada inter va intraindividual farq qiladi. Intranazal yuborilganda 20 mkg desmopressin ta‘sirining o‘rtacha samaradorligi 10 soatdan ko‘proq saqlanadi.
Intranazal yuborilgandan keyin desmopressinning biokiraolishligi taxminan 10% ni tashkil qiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Biokiraolishligi taxminan 3-5% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga taxminan 1 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi. Desmopressinni taqsimlanishi chiqarilish fazasida 0,3-0,5 l/kg taqsimlanish xajmi bilan ikki fazali modelda yaxshiroq ta‘riflangan.
Biotransformasiyasi. Desmopressin metabolizmining in vivo sharoitdagi tadqiqotlari o‘tkazilmagan. In vitro sharoitda o‘tkazilgan odam jigar xujayralarining mikrosomal metabolizm tadqiqotlari sitoxrom R450 tizimi tomonidan metabolizmga uchragan desmopressinning biron-bir ahamiyatli miqdori borligini aniqlamagan. Shunday qilib, in vivo sharoitda desmopressinning jigardagi metabolizmga uchrashining ehtimoli kam. Desmopressinning boshqa dori vositalarining farmakokinetikasiga ta‘siri, ehtimol sitoxrom R450 tizimiga ta‘sirini yo‘qligi tufayli minimal.
Chiqarilishi. Desmopressinning buyrak klirensi soatiga 7,6 l ni, yakuniy yarim chiqarilish davri esa – 2,8 soatni tashkil qiladi. Sog‘lom odamlarda o‘zgarmagan ko‘rinishda ajratib chiqarilgan ulushi 52% (44-60%) ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Antidiuretik vosita sifatida:
- markaziy genezli qandsiz diabetni davolash;
- gipofizektomiya, gipofiz sohasidagi operasiya yoki bosh miya jarohatidan keyin antidiuretik gormonni tranzitor yetishmovchiligi yoki yo‘qligi bo‘lganida jarohatdan keyingi poliuriya va polidipsiyada.
Diagnostik vosita sifatida:
- buyrakning konsentrasion qobiliyatini aniqlash uchun ekspress-test sifatida;
- qandsiz diabetning differensial diagnostikasi uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat intranazal qo‘llanadi.
Qo‘llashdan oldin burunni tozalash kerak. Nazal applikatorni burun teshigiga kiritish va 1 marta bosish kerak. 1 marta purkashda 10 mkg dozani chiqishi ta‘minlanadi.
Agar yuqoriroq dozani yuborish talab etilsa, preparatni burunning boshqa teshigiga yuborish kerak. Purkaganda burun orqali erkin nafas olish kerak. Qo‘llagandan keyin applikatorga himoya qalpoqchasini kiydirish kerak.
Qandsiz diabet va posttravmatik poliuriya va markaziy genezli polidipsiya
Dozani individual ravishda tanlash kerak. Bolalar uchun o‘rtacha sutkalik dozasi 10 mkg, kattalar uchun – 10-20 mkg ni tashkil qiladi. Minirin nazal spreyning 10 mkg dan past dozalarini qo‘llash mumkin emas.
Agar suyuqlikni tutilish va/yoki giponatriemiya belgilari kuzatilsa, davolashni vaqtincha to‘xtatish va dozaga tuzatish kiritish kerak.
Intranazal yuborish (sutkalik dozani 1-2 bir martalik dozaga bo‘lish kerak) | ||
Sutkalik doza (mkg) | Yordamida yuborish | |
Kattalar | 10-20 mkg | 1-2 purkash |
1 yoshdan oshgan bolalar | 10 mkg | 1 purkash |
Dovolashni boshlashdan oldin shifokor preparatning dozasini optimal darajada titrlash uchun siydik miqdori va siydikning osmolyalligini aniqlashi kerak. Davolash samarasizligida dozani oshirish kerak. Davolash ikkita parametrga: uyquni adekvat davomiyligi va adekvat suv muvozanatiga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Buyrakning konsentrasion qobiliyatini aniqlash uchun va qandsiz diabetning differensial diagnostikasi uchun ekspress-test
Intranazal yuborish | ||
Sutkalik doza (mkg) | Yordamida yuborish | |
Kattalar | 1x40 mkg | 4 purkash |
1 yoshdan oshgan bolalar | 1x20 mkg | 2 purkash |
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar | 1x10 mkg | 1 purkash |
Ekspress-test qandsiz diabet va boshqa genezli poliurik sindrom o‘rtasida differensial diagnostika uchun, shuningdek siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyasi (sistit, pielonefrit) bilan bog‘liq buyrakning konsentrasion qobiliyatini pasayishini aniqlash uchun qo‘llanadi. U shuningdek tubulointerstisial shikastlanishni, masalan litiy preparatlari, analgetiklar, ximioterapevtik preparatlar va immunosupressorlar chaqirgan shikastlanishlarni erta diagnostikasi uchun qo‘llanadi.
Testni boshlashdan oldin siydikning osmolyalligini aniqlash kerak. Desmopressin yuborilgandan keyin siydikning 2 sinamasi olinadi (2 va 4 soatdan keyin olgan afzal). Birinchi soat davomida olingan siydikni alohida to‘plash va to‘kib yuborish kerak. Siydikning ikkala sinamasida osmolyallikni aniqlash kerak. Buyrakning konsentrasion qobiliyatini aniqlash uchun osmolyallikning erishilgan eng yuqori ko‘rsatkichi tekshiruvdan oldingi ko‘rsatkich yoki pasientning yoshiga mos referent ko‘rsatkich (kattalar uchun 800-1000 mOsm/kg) bilan solishtiriladi. Siydikning osmolyalligining past ko‘rsatkichi, uni oshmasligi yoki biroz oshishi buyrakning konsentrasion qobiliyatini buzilishidan dalolat beradi. Agar siydikning osmolyalligi sezilardi darajada oshsa, siydikning xajmi esa sezilarli darajada kamaysa, bu poliuriya markaziy genezli qandsiz diabet bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Bolalar.
Bolalarda preparatning dozasini nazorat qilish maqsadida kattalar kuzatuvi ostida qo‘llanadi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda buyrakning konsentrasion qobiliyatini aniqlash uchun test faqat keyinchalik kuzatuv bilan stasionar sharoitda o‘tkaziladi.
Nojo‘ya reaksiyalari
Desmopressinni qo‘llash bilan bog‘liq eng jiddiy nojo‘ya reaksiya bo‘lib giponatriemiya hisoblanadi, bu bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, qon zardobida natriyning konsentrasiyasini pasayishi, tana vaznini oshishi, umumiy lohaslik, qorinda og‘riq, mushak tirishishlari, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, ongni pasayishi va og‘ir hollarda – tirishishlar va komaga olib kelishi mumkin.
Ko‘pgina boshqa holatlar jiddiy emas sifatida tasniflangan.
Davolash vaqtida eng ko‘p qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar bo‘lib burunni bitishi (27%), yuqori tana harorati (15%) va rinit (12%) hisoblanadi. Boshqa tarqalgan nojo‘ya reaksiyalar bo‘lib bosh og‘rig‘i (9%), yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari (7%), qorinda og‘riq (5%) hisoblanadi. Klinik tadqiqotlar jarayonida anafilaktik reaksiyalar kuzatilmagan, lekin yakka xabarlar olingan.
Minirin nazal spreyni markaziy genezli qandsiz diabet (MGQD), birlamchi tungi enurezni davolash va buyrakning konsentrasion qobiliyatini tekshirish uchun qabul qilgan bolalar va kattalar ishtirok etgan ko‘rsatilgan preparatning klinik tadqiqotlari jarayonida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelish tez-tezligi bo‘yicha ko‘rsatilgan. Shuningdek barcha ko‘rsatmalarda qayd etilgandan keyingi davrda xabar berilgan reaksiyalar ham keltirilgan. Faqat qayd etilgandan keyingi davrda yoki desmopressinning boshqa dori shaklini qo‘llaganda kuzatilgan reaksiyalar “Tez-tezligi noma‘lum” sifatida ko‘rsatilgan.
Nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), yakka hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum.
Immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma‘lum – allergik reaksiya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: tez-tez emas – giponatriemiya; tez-tezligi noma‘lum – suvsizlanish***.
Ruhiyat tomonidan: tez-tez – uyqusizlik, affektiv labillik**, tungi dahshatlar**, asabiylik**, tajavuzkoroik**; tez-tezligi noma‘lum – ongni chalkashish holatlari*.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i; yakka holatlarda – bosh miya shishi, giponatriemik tirishishlar; tez-tezligi noma‘lum – tirishishlar*, koma*, bosh aylpnishi*, uyquchanlik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tezligi noma‘lum – arterial gipertenziya.
Nafas, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: juda tez-tez – burunni bitishi, rinit; tez-tez – burundan qon ketishi, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari**; tez-tezligi noma‘lum – hansirash.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – gastroenterit, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq; tez-tezligi noma‘lum – diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda – allergik reaksiyalar, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (qichishish, ekzantema, isitma, bronxospazm, anafilaksiya); tez-tezligi noma‘lum – toshma, eshakemi.
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tezligi noma‘lum – mushak spazmlari*.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: kam hollarda – allergik reaksiyalar, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (qichishish, ekzantema, isitma, bronxospazm, anafilaksiya); tez-tezligi noma‘lum – yuqori toliqish*, periferik shish*, ko‘krak qafasida og‘riq, qaltirash.
Tekshiruv: juda tez-tez – yuqori tana harorati**; tez-tezligi noma‘lum – tana vaznini oshishi*.
*Giponatriemiya tufayli qayd etilgan
**Asosan bolalar va o‘smirlarda qayd etilgan
***MGQD ni davolash uchun qo‘llanilganda qayd etilgan.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi
Desmopressinni qo‘llaganda kuzatiladigan eng jiddiy nojo‘ya reaksiya bo‘lib giponatriemiya hisoblanadi, “tez-tez emas” tez-tezligida qayd etilgan.
Yurak-qon tomir tomonidan buzilishlar
Suyuqlikni qayta so‘rilishini oshishi tufayli arterial bosim oshishi mumkin, ayrim hollarda esa arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin. Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda stenokardiya xurujlari paydo bo‘lishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralardan allergik reaksiyalardan tashqari saqlanish yoki bartaraf etilishiga dozani kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Bolalar.
Giponatriemiya qaytuvchan holat hisoblanadi, bolalarda u ko‘pincha suvni iste‘mol qilish va/yoki terlashga ta‘sir ko‘rsatuvchi kun tartibini o‘zgarishi tufayli kuzatiladi.
Pasientlarning boshqa alohida guruhlari.
Bolalarda, keksa yoshdagi pasientlarda va zardobdagi natriyning konsentrasiyasi normaning pastki chegarasida bo‘lgan pasientlarda giponatriemiyaning yuqori xavfi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- desmopressin yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- birlamchi yoki psixogen polidipsiya (siydik ishlab chiqarilishiga olib keladi, bu 40 ml/kg/24 soatdan oshadi), alkogolizmi bo‘lgan bemorlardagi polidipsiya;
- Villebrand klassik kasalligining og‘ir shakllari (IIb tip), VIII omil faolligini 5% gacha pasayishi va VIII omilga antitelalarni mavjudligi;
- yurak yetishmovchiligi va diuretiklarni buyurishni talab etuvchi boshqa holatlar;
- giponatriemiya;
- o‘rtacha yoki og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam);
- antidiuretik gormon sekresiyasini buzilishi sindromida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antidiuretik gormonni noadekvat sekresiyasi sindromini (AGNSS) chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar, masalan trisiklik antidepressantlar, serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, xlorpromazin va karbamazepin, shuningdek sulfonilmochevina sinfiga mansub ayrim diabetga qarshi preparatlar (xususan xlorpropamid) antidiuretik samarani kuchaytirishi va suyuqlikni tutilishi yoki giponatriemiya xavfini oshirishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari suyuqlikni tutilishi yoki giponatriemiyaga olib kelishi mumkin.
Oksitosinni bir vaqtda qo‘llaganda antidiuretik samarani kuchayishi va bachadon perfuziyasini pasayishini e‘tiborga olish kerak.
Klofibrat va indometasin desmopressinning antidiuretik samarasini kuchaytirishi mumkin, ayni vaqtda glibenklamid va litiy tuzlarini uni susaytirishi mumkin.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalari bir vaqtda qo‘llanilsa, arterial bosim, qon plazmasida natriyning konsentrasiyasi va siydik chiqarilishini nazorat qilish kerak.
Desmopressinni jigarda metabolizmga ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli kam, chunki in vitro sharoitda odam jigar xujayralarining mikrosomal metabolizmini desmopressinning ahamiyatli darajada metabolizmlanishini ko‘rsatmagan. Lekin in vivo sharoitda rasmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Minirin nazal spreyni faqat desmopressinni peroral qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlardagina qo‘llash kerak. Davolashni eng past dozalardan boshlash, dozani asta-sekin oshirish, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Desmopressin bilan davolash suyuqlikni iste‘mol qilishni cheklash bilan olib borilmasa ma‘lum belgilar va simptomlar bilan yoki ularsiz (bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi/qusish, tana vaznini oshishi va shishlar) suyuqlikni tutilishi va/yoki giponatriemiyaga olib kelishi mumkin. Og‘ir holatlarda bosh miya shishi, tirishishlar va koma rivojlanishi mumkin.
Barcha pasientlarni, ota-onalarni (agar pasient bola bo‘lsa) va tibbiyot hodimlarni suyuqlik bilan yuklamalani oshirishdan (shu jumladan suvda suzganda ham) saqlanish zarurligi haqida ogohlantirish kerak. Qusish yoki diareya yuzaga kelgan hollarda, suyuqlik muvozanati tiklanmaguncha desmopressinni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Tavsiya etilgan boshlang‘ich dozani qabul qilishga rioya qilinishi va vazopressin sekresiyasini oshiruvchi preparatlarni yondosh qo‘llashni inkor etilishi orqali giponatriemik tirishishlar xavfi minimumga yetkazilishi mumkin.
Preparatni diagnostik maqsadda qo‘llanilganda preparatni yuborishdan 1 soat oldin va yuborilgandan keyin kamida 8 soat davomida suyuqlikni 1 soatda 0,5 l dan oshmaslik tartibiga rioya qilish kerak.
Markaziy genezli qandsiz diabetni davolaganda og‘ir giponatriemiya Minirin nazal spreyni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Burun shilliq qavatini shikastlanishlari (masalan chandiq, shish) bo‘lganda intranazal yuborish preparatni so‘rilishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda desmopressinni qo‘llash mumkin emas.
Tana vaznini oshishi dozani oshirib yuborilishi yoki ko‘pincha gipergidratasiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Suyuqlikni tutilishini pasientning tana vaznini monitoringi, shuningdek qon plazmasida natriyning konsentrasiyasini yoki plazmaning osmolyalligini aniqlash orqali nazorat qilish kerak.
Davolashni boshlashdan oldin qovuqning og‘ir darajadagi disfunksiyasi va qovuqning chiqish teshigini obstruksiyasi yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Bolalarda, keksa yoshdagi pasientlarda va qon zardobida natriyning konsentrasiyasi past bo‘lgan pasientlarda giponatriemiya xavfi yuqori bo‘ladi. Tizimli infeksiyalar, isitma, gastroenterit kabi suyuqlik va/yoki elektrolit disbalansiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir interkurrent kasalliklar rivojlangan hollarda desmopressin bilan davolashni to‘xtatish yoki uning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Minirin nazal spreyni quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak:
- bosh miya ichki bosimini oshishi xavfi bo‘lgan pasientlarda;
- suyuqlik va/yoki elektrolit disbalansi bilan xarakterlanadigan holatlarda;
- trombozlar rivojlanishi xavfi bo‘lgan pasientlarda.
Quyidagi holatlarda giponatriemiyani oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rish, shu jumladan suyuqlikni iste‘mol qilishni cheklash va qon zardobida natriyning konsentrasiyasini muntazam aniqlash kerak:
- Antidiuretik gormonni noadekvat sekresiyasi sindromi (AGNSS) chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar, masalan trisiklik antidepressantlar, serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, xlorpromazin, karbamazepin va sulfonilmochevina sinfiga mansub diabetga qarshi ayrim preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda;
- nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda davolaganda.
Qayd etilgan keyingi davrda markaziy genezli qandsiz diabetni davolash uchun qo‘llanilgan nazal sprey tarkibida desmopressin mavjudligi bilan bog‘liq og‘ir giponatriemiya rivojlanishi haqida bir necha xabarlar bo‘lgan.
Mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda Minirin nazal spreyni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Gipergidratasiyani oldini olish uchun suv muvozanatini tutib turish kerak.
Preparat tarkibida mavjud bo‘lgan benzalkoniy xloridi konservanti, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanilganda burun shilliq qavatining shishini chaqirishi mumkin. Agar bunday reaksiyaga (surunkali tumov) gumon bo‘lganda, pasientni preparatning konservantsiz nazal shakliga o‘tkazish kerak. Agar bunday preparatlar mavjud bo‘lmasa, preparatni boshqa dori shaklida qo‘llash imkonini ko‘rib chiqish kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Desmopressinning nazal shaklini homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishining klinik tadqiqotlari ona yoki bola uchun biron bir salbiy oqibatlarini aniqlamagan. Minirin nazal spreyni homiladorlik vaqtida antidiuretik gormon tanqisligini o‘rinbosar davolash uchun qo‘llash mumkin.
Qandsiz diabeti bo‘lgan homilador ayollar (n=53) va gemorragik asoratlari bo‘lgan homilador ayollar (n=216) ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotning chop etilgan ma‘lumotlari desmopressinning homiladorlikka va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘ligiga nojo‘ya ta‘sirini aniqlamagan. Hozirgi vaqtda boshqa tegishli epidemiologik ma‘lumotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik, homilani embrional/fetal rivojlanishi, tug‘ruq yoki tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga bevosita yoki bilvosita noxush ta‘sirini aniqlamagan.
Homilador ayollarga desmopressinni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Reproduktiv funksiya yuzasidan hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar hayvonlarga va ularning avlodiga klinik relevant ta‘sir aniqlamagan. In vitro sharoitda odam yo‘ldoshi kotiledoni modelining tahlili, desmopressinni tavsiya etilgan dozaga muvofiq terapevtik konsentrasiyalarda qo‘llanilganda desmopressinni yo‘ldosh orqali o‘tkazilishi kuzatilmasligini namoyish qilgan.
Desmopressinning yuqori dozalarini (300 mkg intranazal) qabul qilgan onalarning ko‘krak sutining tahlil natijalari chaqaloqqa o‘tishi mumkin bo‘lgan desmopressinning miqdori diurezga ta‘sir ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan miqdorda sezilarli darajada kamligidan dalolat beradi.
Faqat Minirin nazal spreyning juda kam miqdori ko‘krak sutiga o‘tadi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaksiya tezligiga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyati
Minirin nazal sprey avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki juda ahamiyatsiz darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Minirin nazal spreyining dozasini oshirib yuborilishi suyuqlikni tutilishi va giponatriemiya xavfini oshishi bilan kechuvchi ta‘sir davomiyligini oshishiga olib keladi.
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin:
- haddan tashqari yuqori doza qo‘llanilganda;
- desmopressinni qo‘llash vaqtida yoki qo‘llagandan keyin yaqin orada haddan tashqari ko‘r suyuqlik iste‘mol qilganda;
- intranazal yuborilganda so‘rilishi uchun alohida sharoitlarni mavjudligida.
Dozani oshirib yuborilishi tana vaznini oshishi (suyuqlikni tutilishi), bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, o‘rtacha gipertenziya, taxikardiya, qizib ketish hissi, og‘ir hollarda – gipergidratasiya va tirishishlar kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi.
Bolalarda dozani oshirib yuborilishi dozani yetarli darajada sinchkovlik bilan tanlamaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganda og‘irlik darajasiga qarab dozani kamaytirish, alohida qabul qilishlar orasidagi intervalni oshirish yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Bosh miyani shishini mavjudligi pasientni darhol reanimasiya bo‘limiga gospitalizasiyasini talab etadi. Bolalardagi tirishishlar ham darhol jadal davolashni talab etadi. Desmopressinga spesifik antidot yo‘q. Agar diuretik davolash uchun ko‘rsatmalar bo‘lsa, saluretiklarni, masalan furosemidni qo‘llash mumkin.
Chiqarilish shakli
5 ml dan to‘q shisha flakonda (dozalovchi moslama, nazal applikator va himoya qalpoqchali); 1 flakondan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparatni birinchi marta qo‘llagandan keyin vertikal holatda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Preparatni birinchi marta qo‘llagandan keyin 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda 2 oy davomida saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari