02 июля, 2019 г. 14:50

GELMINTOKS dori vositasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

GELMINTOKS dori vositasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma Savdo nomi Gelmintoks Xalqaro patentlanmagan nomi Pirantel Dori shakli Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 125 va 250 mg Tarkibi Bir tabletka saqlaydi faol modda - 125,00 (250,00) mg pirantelga hisoblanganda 360,50 (721,00) pirantel embonati yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, qobiq tarkibi: Sepifilm™ 002 (gipromelloza, mikrokristallik sellyuloza, Makrogol 400 stearati), Sepispers™ AR3065 sarig‘i (propilenglikol, titan dioksidi (Е171), quyosh shafag‘i sarig‘i (Е110) bo‘yovchisi), talk Ta’rifi Sarg‘ish-zarg‘aldoq rangli qobiq bilan qoplangan, uzunchoq shaklli, bir tomonida riskali tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi Gijjalarga qarshi vosita. Tetragidropirimidli hosilalar. ATX kodi R02СС01. Farmakologik xususiyatlari Farmakokinetikasi Me’da-ichak yo‘llaridan amalda so‘rilmaydi. Bir martalik 12,5mg/kg tana vazniga doza qabul qilinganidan so‘ng 1-3 soat davomida pirantelning plazmadagi konsentratsiyasi 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigarda qisman N-metil-1,3-propanediamingacha metabolizmga uchraydi. Ichak orqali (taxminan 93%) o‘zarmagan holda, buyraklar orqali (7%) o‘zgarmagan holda yoki metabolit ko‘rinishida chiqariladi. Farmakodinamikasi Gijjalarga qarshi preparat, unga sezgir bo‘lgan gelmintlarda nerv-mushak blokadasini chaqiradi, shikastlangan gijjalarni qo‘zg‘alishisiz va migratsiyani rag‘batlantirishisiz, ularni ichakdan haydab chiqarilishini ta’minlaydi. Ichakda preparatga sezgir bo‘lgan yetilgan va yetilmagan ikkala jinsga mansub gelmentlarga qarshi faol. Ostritsalar (Enterobius vermicularis), askaridalar (Ascaris lubricoides), ankilostomalar (Ankylostoma duodenale ва Necator americanus) chaqirgan invaziyalarga qarshi yuqori samaralidir. Qo‘llanilishi - askaridoz - enterobioz (ostritsalarni yuqishi) - ankilostomoz Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar - pirantelga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. - miasteniya (davolanish davri) - jigar etishmovchiligi - 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar - laktatsiya davri Homiladorlik Homiladorlikda faqat o‘ta zarur qollardagina qo‘llanadi. Agarda davolanish vaqtida Siz homiladorligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqatgina u davolanishni davom ettirish kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qila oladi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichish uchun. Tabletkalar kattalar uchun mo‘ljallangan. Bolalarga boshqa shakli - Gelmintoks suspenziyasi tavsiya qilinadi. Gelmintoksni sutkaning har qanday vaqtida, oldindan surgilarni qabul qilmasdan qo‘llash mumkin, naxorga shart emas. Ostritsalar va askaridalar: Enterobioz va askaridozlarni davolashda preparat tavsiya qilingan dozada bir marta buyuriladi. Odatdagi dozalari - 12.5 mg/kg vaznga bir marta: - 75 mg dan kam vaznli kattalarga: 6 tabletka 125 mg dan yoki 3 tabletka 250 mg dan bir marta; - 75 mg dan yuqori vaznli kattalarga: 8 tabletka 125 mg dan yoki 4 tabletka 250 mg dan bir marta; Qayta yuqishini oldini olish uchun preparat qabul qilishni 3 haftadan keyin takrorlash tavsiya qilinadi. Ankilostomalar:Endemiya hududida, Necator americanus ni yuqishi hollarida yoki Ankylostoma duodenale ni og‘ir yuqishi hollarida doza kuniga 20 mg/kg ni (bir yoki ikki qabulga) ikki-uch kun davomidani tashkil qiladi, ya’ni: - 75 kg dan kam vazinli kattalarda: kuniga 1,5 g - 75 kg dan yuqori vazinli kattalarda: kuniga 2 g Endemiya hududidan tashqari Ankylostoma duodenale ni yuqishi hollarida (yengilroq kechadi) 12.5 mg/kg dozada bir qabulga buyuriladi. Nojo‘ya ta’sirlari Ba’zida - ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riqlar, diareya va ishtahani yo‘olishi (ko‘pincha bu belgilar gelmintlarni halokati bilan tushuntiriladi). - teri toshmasi, tana haroratini qisqa muddatli ko‘tarilishi. Kam - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, holsizlik, charchoqlik hissi. - “jigar” transaminazlari faolligini biroz qisqa muddatli oshishi. Agarda qo’llanmada ko’rsatilgan yoki korsatilmagan nojo’ya tasirlar sizda kuzatilsa darhol vrachga habar qiling. Dozani oshirib yuborilishi Xatto yaqqol dozani oshirib yuborilishi jiddiy intoksikatsiya belgilarini chaqirmaydi. Davolash: simptomatik Dorilarning o‘zaro ta’siri Levamizol, piperazin bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Plazmada teofillinning konsentratsiyasini oshiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Jigar kasalliklari bo‘lgan hollarda shifokorni ogohlatirish kerak. qayta yuqishidan saqlanish uchun gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak: qo‘llarni yuvish, tirnoqlarni kesish va tozalash, chot sohasi qichishga yo‘l qo ‘ymaslik, har kuni choyshablarni va ichki kiyimlarni almashtirish. Bir vaqtda oilaning hamma a’zolarini davolash tavsiya qilinadi. Yuqishi ko‘pincha hech qanday belgilar bilan namoyon bo‘lmaydi. Davolash tugaganidan keyin axlatni gelmint tuxumlarini borligiga nazorat tekshirishlarini o‘tkazishi kerak. Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Ta’sir qilmaydi Chiqarilish shakli va o‘rami 6 tabletkadan (125 mg doza uchun) yoki 3 tabletkadan (250 mg doza uchun) polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folga kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan qozoq, rus, o‘zbek va qirg‘iz tillardagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylanadi. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! Yaroqlilik muddati 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatilmasin. Dorixonalardan berishi tartibi Retsept bo‘yicha. Ishlab chiqaruvchi: Laboratoriya Innotek Internasional, Innotera Shuzi tomonidan ishlab chiqarilgan, Fransiya, Rue Rene Chantereau “L¢ Isle Vert”, 41150 CHOUZY-SUR-CISSE, France (Ryu Rene Shantero “L´Isl Ver”, 41150, Shuzi-Syur-Sis, Fransiya)


Оставить отзыв
Оценка:
              
Текст отзыва

Ваше имя
Ваш комментарий будет опубликован после проверки модератором