V kompleksining barcha vitaminlari enzim tizimlarining guruhidir. Ular metabolizm jarayonlarida faol qatnashadilar va bir-birini to'ldirib, sinergik ta'sir qiladilar. Suvda eruvchan V vitaminlari guruhining asosiy omillari aralashmasi tabiiy miqdorlar nisbatida jamlangan. Alohida faqat bitta vitamin bilan bog'liq avitaminozlar kam kuzatiladi va ular asosan majmuaviy holda uchraydilar. Ushbu vitaminlarni majmuaviy holda qo'llash umumiy moddalar almashinuvini normallashishiga yordam beradi va nospesifik umumiy terapiya hisoblanadi.
V1 vitamini – tiamin gidroxloridi – sintetik preparat bo'lib, suvda eruvchan vitaminlarga kiradi. Jigarda fosforlanish jarayonlari natijasida ko'pchilik fermentativ reaktsiyalarning kofermenti bo'lgan kokarboksilazaga aylanadi. V1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvini boshqarishda, shuningdek sinapslarda nerv qo'zg'aluvchanligini o'tkazish jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada miokardiositlarning metabolizmini va ularning qisqarish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
V2 vitamini – riboflavin metabolik ta'sir ko'rsatadi; ATF bilan o'zaro ta'sirlashib, flavinproteinlarning koenzimlarini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, N+ tashishda, to'qima nafasida, uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida, ko'zlarni normal ko'rish faoliyatini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi. Normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi va uning o'zi normal mikroflorani tutib turish uchun zarur.
V6 vitamini– piridoksin organizm tomonidan to'yinmagan yog'kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimi, jigar, qon yaratilish faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Piridoksin nerv-mushak o'tkazuvchanligi, mushaklarni qisqarishini normallashtiradigan, tirishishlarni rivojlanishiga qarshi ta'sir ko'rsatadigan, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – taurin (metionindan va tsisteindan) sinteziga yordam beradi. Triptofan, metionin, tsistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi.
Nikotinamid –nikotin kislotasining amidi (RR vitamini) – spesifik pellagraga qarshi vosita bo'lib, organizm hayot faoliyatida muhim rol o'ynaydi, oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini amalga oshiruvchi fermentlarning prostetik guruhidir. Karbonsuvlar, azot almashinuvini yaxshilaydi, yuqori dozalarda qondagi lipidlar va lipoproteidlarning aterogen fraktsiyalarini kamaytiradi. Shuningdek qisqa muddatli yaqqol tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ham ko'rsatadi.
Dekspantenolpantoten kislotasining tanqisligini to'ldiradi, yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, regenerasiya jarayonlari, ichak peristaltikasini rag'batlantiradi. Organizmda A kofermenti sintezini substrat stimulyatori hisoblangan faol metabolit – pantoten kislotasini hosil qiladi, barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, kortikosteroidlarni hosil bo'lishini, xolinni atsetillanishini ta'minlaydi, ichakning normal sekretor va kinetik faoliyatini tutib turadi