Dr. Tea
Формы выпуска Dr. Tea
Инструкция Dr. Tea
Противопоказания
Tarkibida ko‘rsatilgan moddalarga allergiya va BFQ ga individual o‘zlashtiraolmaslik bo‘lganda, homiladorlik va emizikli ayollarda, 12 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Фармакологическое действие
Xitoy choyi oshlovchi moddalar, qatron, nukleoproteidlar, kofein alkaloidlari va teofillin, vitaminlar va mikroelementlarni saqlaydi.
Choyning ingrediyentlari moddalar almashinuviga, yurak-tomir, nerv sistemasiga va diurezga pozitiv ta’sir ko‘rsatadi, tomirlarning funksiyasi va strukturasi yaxshilanadi, kapillyarlar va venalarni yaliig‘lanishi va shishishini oldini oladi, ularni devorlarini mustahkamlaydi va trombotsitlarni ortiqcha agregatsiyasiga to‘sqinlik ko‘rsatadi.
Qizilmiya uglevodlar, organik kislotalar, efir moylari, triterpenoidlar, qatronlar, steroidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar va aosoiy faol komponent – glitsirrizinni saqlaydi.
Traxeya va bronxlarda kiprikli epiteliylarni faolligini rag‘batlantirish hususiyatiga ega, shuningdek yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatini sekretor funksiyasini kuchaytiradi. Patogen faktorlar chaqirgan yallig‘lanishga qarshi va spazmogen agentlarni paydo bo‘lishini va yallig‘lanish reaksiyalarini intensivligini zaiflashtiradi.
Adiantum venerin sochlari uglevodlar va unga yaqin bog‘lamlar, organik kislotalar va ularning hosilalari, triterpenoidlar, fenolkarbon kislotalar va ularning hosilalari, flavonoidlar, proantotsianidinlar, lipidlarni saqlaydi.
Fitokomponentlar yumshatuvchi hususiyatga ega, nafas yo‘llarida sekretsiyani yaxshilaydi, respirator yo‘llarni silliq mushaklarini bo‘shashtiradi.
Qon tomirli Adatoda - barglari katta miqdorda efir moylari va alkaloidlarni, xinazolin hosilalarini (vazitsin, vazitsinol, vazitsinon, peganin va boshq.) saqlaydi. Gullari kapferol, glikozidlar va kveritinni saqlaydi. Bronxial bezlarga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, sekretni ajralishini yengillashtiradi, silliq mushaklarni bo‘shashtiradi.
Особые указания
BFQ dori vositasi emas.
Bioqo‘shimcha sog‘lom tarzda xayot kechirish doirasida qo‘llanishi va turli xil va balanslangan ovqatlanishni o‘rnini bosmasligi kerak.
Tavsiya etilgan sutkalik normani oshirib yubormang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Условия хранения
Quruq hona haroratida, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Способ применения и дозировка
1 sashe ichidagini 0,5 stakan iliq qaynatilgan suvda eritilsin va ovqatdan 30-40 minut keyin kichik ho‘plam bilan qabul qilinsin.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar tomonidan kuniga 1-2 marta qabul qilinsin.
- 1. Государственный Реестр лекарственных средств и медицинских изделий (Республика Узбекистан)
- 2. Официальная инструкция от производителя
- 3. Анатомо-терапевтическо-химическая классификация (ATX)













