Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

2BakonilTM TTS

Retseptli preparat
Kategoriya: - Asab tizimi
Faol modda: Nikotin
Qadoqda soni: - 72
Ishlab chiqaruvchi: - Rusan Pharma Ltd
Vakil: - New Pharmacare MChJ
ATX kodi: - N07BA01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan 25.05.2018 da DV/X 04409/05/18 registratsion raqami bilan ro'yxatdan o'tgan

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir 2Bakoniltm TTS10 plastir quyidagini saqlaydi:
faol modda: 17,5 mg nikotin. Teri orqali so'riladigan faol moddaning o'rtacha miqdori
24 soat davomida 7 mg ni tashkil etadi.
Har bir 2Bakoniltm TTS20 plastir quyidagini saqlaydi:
faol modda: 35,0 mg nikotin. Teri orqali so'riladigan faol moddaning o'rtacha miqdori
24 soat davomida 14 mg ni tashkil etadi.
Har bir 2Bakoniltm TTS30 plastir quyidagini saqlaydi:
faol modda: 52,5 mg nikotin. Teri orqali so'riladigan faol moddaning o'rtacha miqdori
24 soat davomida 21 mg ni tashkil etadi.
Nikotinning asosiy terapevtik ta'siri simpatik va parasimpatik nerv tizimining funktsiyasini rag'batlantirishdan iborat. Nerv tizimini rag'batlanishi arterial bosimni oshishi va yurak qisqarishlari sonini ko'payishi kabi yurak-qon tomir samaralariga, va markaziy nerv tizimini rag'batlantirish uchun mas'ul bo'lgan xolinergik samaraga, skelet mushaklarini bo'shashishiga va me'da-ichak yo'llarining motorikasi va sekretsiyasini oshishiga olib keladi. So'rilishi
Nikotin teri va shilliq qavatlar orqali tez so'riladi, shuningdek ingalyatsiya yo'li orqali tana to'qimalarida keng tarqaladi. Nikotinni transdermal yo'l orqali so'rilishi 2Bakoniltm bir marta qo'llanganidan keyin uning kontsentratsiyasini keskin oshib ketishi yoki kamayib ketishini saqlanish imkonini beradi. Nikotin plazmada maksimal kontsentratsiyasiga 6-8 soatdan keyin erishadi, shundan so'ng nikotinning plazmadagi kontsentratsiyasi asta-sekin kamayadi, garchi uning darajasi dozasiga qarab 24 soatdan keyin xam yetarlicha yuqori qiymatlarda qolishi mumkin. 2Bakoniltm takroran qo'llanganidan so'ng, nikotinning plazmadagi o'rtacha kontsentratsiyasi qo'llanganidan so'ng 24 soatdan keyin minimal taxminan 7 ng/ml va 5-8 soatdan keyin maksimal taxminan 11 ng/ml qiymatlar o'rtasida tebranadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Nikotin asosan jigarda metabolizmga uchraydi (asosiy metebolitlari: kotin, nikotin-1-N-oksidi) va buyrak orqali chiqariladi. Metabolitlari farmakologik jihatdan faollikka ega emas. Nikotinning yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil etadi.
2Bakoniltm TTS sigaretalar chekish bilan bog'liq bo'lganga o'xshash ayrim nojo'ya samaralarni chaqirishi mumkin. Lekin sigaretlarga nisbatan preparatlarda nikotinning miqdori juda kam bo'lganligi sababli, 2Bakoniltm TTS qo'llashdan kutiladigan nojo'ya samaralarning yaqqolligi kamroq bo'lishini kutish mumkin. Siz quyidagi nojo'ya samaralarning ba'zilariga duch kelishingiz mumkin :
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uykusizlik.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi va qusish, jig'ildon qaynashi, me'daning funktsiyasini buzilishi. Istalgan jiddiy nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelganida, shifokor bilan maslahatlashing.
Nikotinga bo'lgan extiyojni kamaytirish orqali tamakiga qaramlikni davolash, tamaki chekishni to'xtatishga qaror qilgan patsiyentlarda tamaki chekishni to'xtatganda vujudga kelishi mumkin bo'lgan “bekor qilish” sindromini oldini olish uchun qo'llanadi.
Plastirni qo'llash chekishga bo'lgan hohishni kamaytiradi va chekishni tashlashda yordam beradi.
Chekishni to'xtatilganida odatda yuzaga keladigan ko'ngil aynishi, ta'sirlanish va bosh og'rig'i kabi turli noxush samaralarni oldini oladi.
2Bakoniltm TTS plastirlarini terining shikastlangan yoki og'riqli sohalariga, nikotinga yuqori sezuvchanligi bo'lgan shaxslarga qo'llash mumkin emas. Yurak kasalliklari, ayniqsa nostabil stenokardiya bilan xastalangan patsiyentlarga, miokard infarkti va yurak aritmiyasidan keyin qo'llash mumkin emas.
2Bakoniltm TTS plastirining bir donasini xar kuni yopishtirish kerak va terida 24 soat davomida qoldirish kerak. Agar shifokor tavsiya etmagan bo'lsa, bir vaqtning o'zida bir nechta plastirlarni qo'llash mumkin emas.
Ximoya plenkasi olib tashlanganidan so'ng 2Bakoniltm TTS plastirini terining toza, quruq, tuksiz va shikastlanmagan sohasiga (etil spirti yoki surtma surtilmagan sohalariga) yopishtirish kerak.

Plastir yopishtiriladigan soha:
2Bakoniltm TTS belning yuqori o'ng yoki chap tomoniga, ko'krak qismiga, qo'llarga va belning pastki qismiga yopishtirish afzalroq. Plastir kaft bilan 10 sekund davomida bosib turiladi.
Terining maxalliy ta'sirlanishidan saqlanish uchun, xar kuni plastir yopishtirish uchun boshqa joyni tanlash kerak.



Plastir-terapiya dasturi:
2Bakoniltm TTS plastir terapiyasi 3 qadamdan iborat. Siz uchun to'g'ri dozani tanlash kuniga chekadigan sigaretlarning soniga bog'liq.
1 qadam: 2Bakoniltm TTS30 kuniga 20 dan ortiq sigaret iste'mol qiladigan chekuvchilar uchun mo'ljallangan.
2 qadam: 2Bakoniltm TTS20 kuniga 20 tagacha sigaret iste'mol qiladigan chekuvchilar uchun mo'ljallangan.
3 qadam: 2Bakoniltm TTS10 terapiyani oxirida, nikotinni o'rnini bosishni kamaytirish uchun mo'ljallangan.


Agar siz kuniga 20 yoki undan ortiq sigaret cheksangiz, quyidagilardan boshlang:
1 qadam. 2Bakoniltm TTS30 Transdermal plastirlar 4 xafta davomida, so'ngra
2 qadam. 2Bakoniltm TTS20 Transdermal plastirlar 4 xafta davomida, so'ngra
3 qadam. 2Bakoniltm TTS10 Transdermal plastirlar 4 xafta davomida qo'llanadi.
Agar siz kuniga 20 dan kam sigaret cheksangiz, quyidagilardan boshlang:
2 qadam. 2Bakoniltm TTS20 Transdermal plastirlar 4 xafta davomida, so'ngra
3 qadam. 2Bakoniltm TTS10 Transdermal plastirlar 8 xafta davomida qo'llanadi.
Agar siz ushbu 8 xaftalik muddat davomida cheksangiz yoki chekishga hohishingiz bo'lsa, shifokor bilan maslaxatlashing. 2Bakoniltm TTS bilan davolanish kursi 3 oy davom etadi.
Dasturni 3-qadamdan boshlamang
Agar plastir qo'yishni unutgan bo'lsangiz, keyingi kun ikkita plastir yopishtirmang, tavsiya etilgan davolashga muvofiq davom ettiring.
Toksik samaralari
Nikotinning toksikligini bevosita chekish bilan tenglashtirib bo'lmaydi, chunki tamaki tutuni tarkibida qo'shimcha zaxarli moddalar (masalan, uglerod monooksidi, qitiqlovchi gazlar va qatronlar) saqlaydi.
O'tkir samaralari
Kattalarda nikotinning o'tkir o'limga olib keluvchi dozasi ichga qabul qilinganidan keyin 500-1000 mg ni tashkil etadi. Bolalarda tabaka mahsulotlarini qabul qilgandan keyin quyidagi belgilar: qusish, bezovtalik, ko'ngil aynishi, diareya, holsizlik, reaktsiyalarni va qo'l-oyoqlarda tortishish reaktsiyalarni yo'qligi kuzatilgan. Kattalarda nikotin bilan og'ir zaxarlanish bilan bog'liq bo'lgan quyidagi simptomlar: mushaklarni kuchsizligi va gipotermiya xaqida ta'riflangan. O'limga olib keladigan dozalar tezda tirishishlarni chaqiradi, o'lim yurak yetishmovchiligi, periferik yoki markaziy respirator falaj (ko'pincha) sababli sodir bo'ladi.
Surunkali samaralari
Taxifilaksiyani rivojlanishi surunkali chekishni belgisi hisoblanadi, surunkali chekuvchilar nikotinning o'tkir, yuqori toksik dozasini o'zlashtirisha olishi mumkinligini anglatadi. Surunkali doza nikotin bilan o'tkir zaxarlanish simptomlariga o'xshash simptomlarga olib kelishi mumkin.
Zaxarlanishni davolash:
Agar patsiyentda dozani oshirib yuborilish belgilari aniklansa, 2Bakonil™ TTS plastiri darhol olib tashlanishi kerak. Plazmada nikotinning kontsentratsiyasi pasayganida simptomlar bir yoki bir necha soat ichida yo'qoladi. Og'ir zaxarlanish xolatlarida quyidagi choralar: tanani normal haroratgacha isitish, respirator yetishmovchilikda sun'iy nafas o'tkazish va arterial bosimni keskin pasayishida yoki yurak-qon tomir kollapsida standart muolajalarni o'tkazish tavsiya etiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Analoglar
2BakonilTM TTS
2BakonilTM TTS
Ishlab chiqaruvchining dorilari
FENOTEK kapsulalar N20
Narx: 22 700 so'mdan Batafsil
BIORAN tabletkalari 50mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma LTD
  • Vakil: New Pharmacare MChJ
Narx: 21 700 so'mdan Batafsil
GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Galoperidol
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
Narx: 26 800 so'mdan Batafsil
GALOPERIDOL tabletkalari 1,5mg N50
Narx: 23 000 so'mdan Batafsil
2BakonilTM TTS
2BakonilTM TTS
Ruparin ineksii 0,6ml N1
Rubufin eritma 10mg/1ml 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma LTD
  • Vakil: New Pharmacare MChJ
Bisokar tabletkalari 2,5mg N10
Bioran ineksii 75 mg/3 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma LTD
  • Vakil: New Pharmacare MChJ
BIORAN GEL gel 15g
FORTE ENZIM tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Pankreatin
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
ISPAXASK granuli so vkusom apelsina 3,5g N30
STOPGRIPAN eritma so vkusom limona 21,5g N10
EFFEKT FLU sirop 60ml
BIORAN inyeksiya uchun eritma 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma LTD
Narx: 20 000 so'mdan Batafsil
BIORAN gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
Narx: 26 900 so'mdan Batafsil
NALTREKSON GIDROXLORID tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Naltrekson
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma LTD
NALOKSON GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 0,4mg/ml 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Nalokson
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
FENOTEK kapsulalar N200
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
TRADOL inyeksiya uchun eritma 50mg/ml 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
TRADOL inyeksiya uchun eritma 50mg/ml 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd