Anestezol

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

Anestezol

Kategoriya: - Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi: - O'zbekiston
Faol modda: - Benzokain + Vismuta subgallat + Rasementol + Sinka oksid
Ishlab chiqaruvchi: - TORIMED PHARM OOO
ATX kodi: - C05AD03
O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan 14.06.2019 da DV/M 02614/06/19 registratsion raqami bilan ro'yxatdan o'tgan
Noaniqliq haqida habar berish


Saqlash shartlari В сухом, защищенном от света месте, при температуре не выше 20 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar


Umumiy ma'lumot

Anestezol qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ANESTEZOL®

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi: Anestezol®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlash nomi: Benzokain+Vismut subgallat+Rux oksidi+[Levomentol]&

Dori shakli: rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

Bir suppozitoriy saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: benzokain – 100,0 mg, vismut subgallati – 40,0 mg, levomentol – 4,0 mg, rux oksidi – 20,0 mg;

yordamchi moddalar: polietilenoksid asosi: (makrogol 1500 – 95%), makrogol 400 – 5%) – 2,60 g gacha vaznli suppozitoriy olinguncha.

Ta‘rifi:

Sariq yoki yashilroq-sariq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriy.

Farmakoterapevtik guruhi: Gemorroyni davolash vositasi.

ATX kodi: C05AD03.

 

Farmakologik ta‘siri

Majmuaviy preparat, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, antiseptik, burushtiruvchi va qurituvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Gemorroy, orqa yo‘lining yoriqlari.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar (12 yoshgacha).

 

Homiladorlik va laktasiya

Anestezol® preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin, agar ona uchun potensial foyda, bola yoki homila uchun xavfdan yuqori bo‘lganida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal, ichak tozalovchi xo‘qna yoki o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 1-2 marta.

 

Nojo‘ya samaralari

To‘g‘ri ichakni achishishi, surgi samarasi, allergik reaksiyalar.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Anestezol® preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.

 

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish: