Ташкент
logo
SavatKirish

ANEYRIUM 0,5 kapsulalar N 20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:OOO «HVARA»
Barcha ANEYRIUM dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

ANEYRIUM 0,5 kapsulalar N 20 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 kapsula tarkibi:

faol moddalar: Valeriana ekstrakti - 20,00 mg; Magniy bisglitsinat - 111,00; Do‘lana ekstrakti - 65,00; Glitsin - 50,00; Melissa ekstrakti – 69,00

yordamchi moddalar: magniy stearati, makkajo‘xori kraxmal.

Faol moddalarning xususiyatlari

Do‘lana ekstrakti suv muvozanatini tartibga soladi, tonik ta'sirga ega, shishishni kamaytiradi, metabolik jarayonlarni yaxshilaydi va rag‘batlantiradi. Do‘lana mevalarida karotin, vitamin C, sorbitol, xolin, efir moylari, muhim miqdorda flavonol glikozidlari, mineral tuzlar, makro va mikroelementlar, giperosid, kvertsetin mavjud.

Do‘lana kardiotonik, antispazmolik va o‘rtacha sedativ ta'sirga ega. Yurak-qon tomir faoliyatining funktsional buzilishlarini (neyrotsirkulyator distoniya, kardialgiya) kompleks davolashda qo‘llaniladi.

Do‘lananing kardiotonik ta'siri yurak faoliyatini yaxshilash, qon aylanishini yaxshilash va qon bosimini normallashtirish orqali namoyon bo‘ladi. Do‘lana tarkibida flavonoidlar va boshqa faol komponentlar mavjud bo‘lib, ular yurak mushaklarini mustahkamlaydi, uning qisqarish qobiliyatini va chidamliligini oshiradi. Do‘lana qondagi "yomon" xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi, bu ateroskleroz va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi va kapillyarlarning elastikligini saqlaydi. Do‘lanani muntazam iste'mol qilish yuqori qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Do‘lana shuningdek, erkin radikallar bilan kurashish va hujayralarni shikastlanishdan himoya qiluvchi antioksidantlarni o‘z ichiga saklayli. 

Do‘lananing tinchlantiruvchi ta'siri stress va tashvishlarni kamaytirish va uyqu sifatini yaxshilashdir. Bu o‘simlikning mevalari oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, ichak devori va o‘t yo‘llarida spazmlarni kamaytiradi, ovqat hazm qilish shirasini ishlab chiqarishini raxbatlantiradi.

Valeriana ekstrakti – dorivor o‘simlik. O‘rtacha sedativ ta'sirga ega. Ta'sir efir moylarning tarkibiga bog‘liq bo‘lib, ularning aksariyati borneol va izovalerik kislotaning esteridir. Valeriana tabiiy uyquga ketishni osonlashtiradi. Sedativ ta'sir asta-sekin o‘zini namoyon qiladi, lekin juda barqaror. Valerian kislota va valepotriatlar urtacha antispazmolitik ta'sirga ega. Bundan tashqari, valeriananing biologik faol moddalari majmuasi xoleretik ta'sirga ega va oshqozon-ichak shilliq qavatining sekretor faolligini oshiradi. O‘simlikning sedativ xususiyatlari ko‘plab klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Masalan, ikki tomonlama, platsebo nazoratli, tasodifiy tanlangan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ikki oy davomida kuniga ikki marta 500 mg valeriana qabul qilish stressga chidamlilikni oshiradi, tashvish va depressiv simptomlarni kamaytiradi. Tinchlantiruvchi vosita sifatida valeriana yuqori darajadagi stress, nevrozlar, nevraseniya, asabiy tushkunlik va hayajon, tashvish, menopauza davridagi psixovegetativ buzilishlar holatlarida qo‘llaniladi. Shuningdek, valeriana yurak-qon tomir tizimining faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, yurak urish tezligini sekinlashtiradi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Magniy- modda  almashuv jarayonlarini normallashtirish va faollashtirishga yordam beradi. Energiya uzatish, saqlash va utilizatsiya qilish jarayonlarini, oqsil va nuklein kislotalarini sintez qilishni, mushaklardagi, shu jumladan, miokarddagi ion muvozanatini tartibga soladi. Magniy ionlari yog‘lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan ko‘plab fermentlarning kofaktorlaridir. U spazmolitik va antiaritmik ta'sirga ega.

Glitsin – eng oddiy aminokislota bo‘lib, u moddalar almashinuvi regulyatori hisoblanadi, markaziy nerv tizimidagi himoyaviy tormozlash jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemotsional taranglikni kamaytiradi, aqliy ishlash qobiliyatini oshiradi. Tinchlantiruvchi va antidepressiv ta'sir ko‘rsatadi. Agressivlikni kamaytiradi, ijtimoiy moslashishni tezlashtiradi, uyquni normallashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, glitsin bosh miya ishemik shikastlanishini tiklash jarayonida qon tomirlarining holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu ta'sir aminokislotaning sitoprotektiv xususiyatlari bilan bog‘liq — uning ishtirokida, tomir devorlarini tiklash va tonusini nazorat qiladigan hujayralar faollashadi, masalan, insultdan keyin.

Glitsin ishtirokida toksinlar, shu jumladan, etanol parchalanish mahsulotlari tezroq chiqariladi. Bu aminokislota sarxushlik simptomlarini yengillashtirish va alkogolga bo‘lgan moillikni kamaytirishga yordam beradi.

Melissa ekstrakti 2000 yildan ortiq vaqt davomida an'anaviy tibbiyotda turli maqsadlar uchun keng qo‘llanilgan . Melissa ofitsinalisning shifobaxsh xususiyatlari ko‘plab tibbiyot kitoblarida eslatilgan.

Melissa qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. U mikrotsirkulyatsiyani rag‘batlantiradi. Melissa –vitamini S va ko‘plab mikroelementlarga boy: kvertsetin, kaliy, magniy, sink, molibden, selen, marganets . Melissa yengil sedativ va anksiolitik ta'sirga ega. Doimiy foydalanish uning kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, ortiqcha tashvish, yig‘lash va apatiyani yengishga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni isbotlaganki, melissaning muntazam iste'moli uyqu sifatini yaxshilaydi.

Bu xususiyatlari tufayli, melissani ayol organizmida gormonal o‘zgarishlar yuz berayotgan davrlarda – menopauza, premenstrual sindrom kabi davrlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Shuningdek, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, melissaning kunlik iste'moli lipidlarning qon plazmasidagi mikdorini va lipidlarning peroksidlanishini kamaytirish orqali metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi.

An'anaviy ravishda, melissaning nevrologik bemorlarni davolashda qo‘llanilishi asabiylashish, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i va yurak kasalliklarida sezilarli yaxshilanishga olib keladi. Bularning barchasi o‘simlikda ko‘p miqdorda rozmarin kislota, oleanolik kislota va triterpenoidlar mavjudligi bilan izohlanadi, bu moddalar GABA (gamma-aminobutir kislotasi) transport faoliyatini susaytiradi , ushbu neyromediatorning miqdorini markaziy nerv sistemada oshirishi mumkin.

Melissani muntazam ravishda iste'mol qilish yurak urish tezligini va takikardiyani kamaytiradi. Shuningdek, melissaning qo‘llanilishi lipidlarni nisbatini, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar , triglitseridlar  va boshqalarni me'yorlashtiradi.

Chiqarilish shakli:
Kapsulalar 0,5 g № 20

Nojo'ya samaralari
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dozirovkasi
Sotuvi

ANEYRIUM 0,5 kapsulalar N 20 savollari

ANEYRIUM 0,5 kapsulalar N 20 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

SLIPOMELL kapsulalar  0,5 N 20
SLIPOMELL kapsulalar 0,5 N 20
O'zbekiston
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «HVARA»
•2 ta dorixonada bor
Narxi
85 800 so'm dan
ANEYRIUM 0,5 kapsulalar  N 20
ANEYRIUM 0,5 kapsulalar N 20
O'zbekiston
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «HVARA»

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil