×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Аскорбиновая кислота, ацетаминофен, хлорфенирамина малеат
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Bayer
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 paketcha quyidagilami saqlaydi: faol moddalar: xlorfeniramin maleati 1 mg, atsetaminofen 160 mg, askorbin kislotasi 50 mg, yordamchi moddalar: qand, qand (saxaroza), malina aromatizatori, limon kislotasi, kremniy dioksidi (siloid), suvsiz kremniy dioksidi, natriy sitrati uch asosli, titaa dioksidi, uch hal'siy fosfati, qizil №40 bo'yovchisi, kraxmal (makkajo'xori).

Chiqarilish shakli

5 paketchadan tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Ichish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Atsetaminofen (paratsetamol) termoregulyatsiy a markaziga ta'siri va markazty nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilishi hisobiga og'riq qoldiruvchi, isitma tushuruvchi va engil yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Xorfeniramin maleati F11-gistamin retseptorlari blokatori, yallig'lanishning asosiy mediatorlaridan biri - gistamin ta'siriga to'sqinlik qiladi. Allergiyaga qarshi ta'sirga ega, kapillyar devorlarining o'tkazr.rvchanligini pasaytiradi, mahalliy ekssudativ ko'rinishlaming yaqolligini, burun, xalqum, yuqori naf'as yo'llarining shilliq qavatining shishishini va ko'z yoshlanishini kamaytiradi. terapevtik samara ichga qabul qilinganidan keyin 1 soat ichida rivojlanadi va 24 soat davomida saqlanadi. 

Askorbin kislotasi (C vitamini) antioksidant xususiyatlarga ega, himoya nrexanizmlarini faollashtiradi, organizmning infektsiyaga qarshililigini oshiradi. 

Oksidlanish-qavtarilish jarayohlarini faollashtiradi, regeneratsiya jarayonlarini, glyukokortikoidlar va katekolaminlanring sintezini rag'batlantiradi; kapillyar devorni mustahkamlaydi (hujayralararo moddaning hosil bo'lishini oshishi va gialuronidaza faolligini kamaytirishi orqali).

Atsetaminofen tez va to'liq so'riladi. Plazmada maksimal konsentratsiyaga 30-60 mimrtdan keyin etishiladi. Glyukuron va oltingugurt kislotasi bilan bog'liq bo'lgan jigarda kon'yugatlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. ular buyraklar orqali 24 soatda davomida chiqariladi. tlskorbin kislotasi ingichka ichakda keng taqsimlanadi va qisman to'qimaga to'planadi (ayniqsa buyrak usti bezlarida). Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 25 %o. Agar uning miqdori organizmga kirishi oshib ketsa, ortiqchasi siydik bilan chiqariladi. Xoraryfeniramin maleatining biotransformasiyasi jigarda amalga oshiriladi.

Bolalarda yarim chiqarilish davri 9,6-13,1 soatni tashkil etadi. Metabolizm maxsulotlari va preparatning metabolizmga uchramagan qismi siydik bilan chiqarildi.
Tavsiya etilgan d ozalarda preparat yaxshi o'zlashtiriladi. 

Dori vositasini qabul qilishda bo'lishi mumkin bo'lgan quyidagi noxush reaksiyalar ushbu adabiyotlarga asoslangan, shuning uchun CIOMS III tashkilotiga ko'ra kategoriya tez-tezligi mumkin emas. 

Quyidagi nojo'ya ta'sirlari bo'lishi murnkin: nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uy buzilishi (uyquchanlik), bosh og'rigi, qo'zg'aluvchanlik, psixomotor reaksiyalar tezligini pasayishi, charchoqlik hissi, dezorientasi)'a, havotirlik, tirishishlar', xarakat buzilishlari, ongni chalkashishi, koma. me'da-ichctk yo'llari tomonidan: ko'ngll aynishi, qusish, og'izni qurishi, me'dada diskamfort, epigastral soxada og'riq, ishtaxani pasayishi, dispepsiya, diareya, qabziyat; yurak-qon tomiri tizimi tomonidan: Taxikardiya, arterial qon bosimini oshishi, aritmiya, stenokardiya. endokrin tizimi tomonidatx: gipoglikemiya (koma rivojlanishiga qadar); qon yaratish u'zolari tomonidan: anemiy4 gemolitik anemiya (ayniqsa glyukozo-6- fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan pasientlar uchun), trombositopenik purpura, leykopeniya, pansitopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, metgemoglobinemiya; nafas a'zolari tomonidan: atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa NYQV sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda bronxospazm, yoki bronxial astmani zo'rayishi; jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan: jigami shikasllanishi (igar fermentlarining faolligini oshishi).), gepatit, shuningdek dozaga bog'liq jigar yetishmovchiligini, jigar nekrozi (dozaga bog'liq samar). 

Asossiz uzoq qo'llash jigar fibroziga, jigar sinoziga olib kelishi mumkin; teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: qichishish, teri toshmasi, eshakemi, allergik shish, Kvinke slishi, o'tkir tarqalgan ekzarltemaloz pustr ez, turg'un dorili toshma, ko'p shaklli eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi); imtntm tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik (masalan, allergik reaksiyalar, anafilaktik reaksiyalar. anafi laktik shok)r ko'rish o'zolari tomonidcrn: ko'rishni buzilishi, akkomodasiyani buzilishi, ko'zning quruqligi, ko'z qorachig'ining kengayishi; ko'z ichiki bosimini oshishi; buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydikni tutilishi, Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilganda nefrototoksik ta'siri. Noxush rbaksivalar to'e'risida ma'lumotlar taqdim qilish 

Agar Sizda xar qanday noxush reaksiyalar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslaxatlashing. Ushbu tavsiyalar xar qanday noxush reaksiyalariga, shu jumladan quyidagi tibbiyotda qo'llanilishiga dor yo'riqnomada sanab o'tilmaganlarga ham taaluqlidir. 

Siz shuningdek noxush reaksiyalar (ta'siri) to'g'risida axborot bazasiga, shu jumladan dori preparatini samarasizligi to'g'risida ma'lumot 

Shuningdek, siz noxush reaksiyalar haqida dori preparatini noxush reaksiyalari (ta'siri) haqida axborot bazasiga, shu jumladan dori preparatini samaradorsizligi to'g'risida xabar berishingiz mumkin. Noxush reaksiyalar haqida xabar berish orqali siz preparatning xavfsizligi haqida ko'proq ma'lumot olishga yordam berasiz.

Retseptsiz.
Tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishdan saqlanish uchun uni boshqa antigistamin vositalari
yoki atsetaminofen, shuningdek shamollashni davolash uchun preparatlar tarkibiga kiruvchi,
preparatlami bir vaqtda qo'ilash mumkin emas.
superinfeksiya belgiiari paydo bo'lgan hollarda yoki doimiy simptomlarda, yuqori harorat 3
kundan ko'proq saqlanib tursa, davolashni qayta ko'rib chiqish lozim.
Tutqanoqda, og'ir yurak qon-tomir kasalliklarida, o, rtacha buyrak yoki jigar funksiyasini
buzilishlarida, tug'ma giperbilirubinemiya (Jil'ber sindromida), glaukoma, siydikni tutilishi,
prostata bezining kattalashishi, piloroduodenal obstruksiya, astma, bronxit, tireotoksikoz, og'ir
gipertenziya, nasliy glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, alkogolizm, glutation tanqisligi,
giperoksalaturiya, qon ivishini buzilishi, xavfli o'smalarda, gemoxromatozda extiyotkorlik bilan
qo'llashi lozim.

Askorbin kislotasi laboratoriya tekshiruvlarining natijalariga ta'sir qilishi mumkin.
Xar bir paketcha 1r,59 g saliaroza saqlaydi, xar kuni qabul qilishda buni kam qand saqlovchi
parxez yoki diabetda hisobga olish lozim.

Homiladorlik va laktasiya
Ushbu dori vositasi bolalar uchun mo'ljallangan. Homiladorlik va emizish davrida qo'.llash
tavsiya etilmaydi.

Dori vosilasining transport vositalaiini yoki potentsial xaufli mexanizmlarni boshqarish
qobiliyatiga ta'siri
Preparatni uyquchanlik chaqiruvchi xususiyatini inobatga olib, bolalami preparatni qabul
qilgandan keyin 4 soat davomida diqqatni jamlashni talab qiluvchi mashg'ulotlardan saqlab
turish lozim.

Antiflu Kids 2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash uchun ko'rsatilgan. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda, yuqori tana harorati, etni uvishishi, tana zirqirashi, bosh va mushak og'rig'i, tomoq og'rig'i, tumov, burun bitishi, ko'z yoshlanishi, aksirish bilan kechadigan O'tkir respirator virusli infektsiyalarni, shu jumladan gripp va "shamollash kasalliklarini" simptomatik davolashda qo'llaniladi.

2 yoshgacha bo'lgan bolalar; preparatning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik; jigar funksiyasini buzilishi xatto og'ir jigar yetishmovchiligigacha (Chayld-P'yu shkalasi bo'yicha >9); f'ruktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukozo/g alaklozani kam so'rilishi yoki saxalozaizomahoza yetishmoVchiligi (tarkibida qand miqdorini mavjudligi tufayli), monoanrinoksidaza (MAO) ingibitorlari bilan birga qabul qilish va ular bekor qilgandan keyin 2 hafla davomida.

Dori vositalarini Antiflu Kids preparati bilan o'zaro ta'siri to'g'risida xabarlar yo'q. 

Alohida ta'sir etuvchi moddalaming turli o'zaro ta'sirlari to'g'risida quyidagi ma'lumotlar mavjud. 

Paratsetamol Quyidagi ko'rsatib o'tilgan preparatlar va paratsetamol birga qo'llanganda quyidagi o'zaro ta'sirlar kuzatilishi mumkin: tirishishga qarshi vositalar (fenitoin, barbitwatlar, karbamazepin), rifampisin va alkogol paratsetamolning gepatotoksikligini kuchaytirishi mumkin; paratsetamolning yuqori dozalarini izoniazid yoki rifampisin bilan birga qabul qilish gepatotoksik sindromi rivojlanishi xavfni oshirishi mumkin; metoklopramid va domperidon qabul qilganda paratsetamolning so'rilish tezligi oshishi va xolestiramin bilan qabul qilganda pasayishi mumkin; knmarin hosilalarini (masalan varfarin) paratsetamol bilan birga uzoq vaqt qo'llash ulami ta'sirini kuchaytirishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin; peroral antikoagulyantlami qabul qilayotgan pasientlar shifokor bilan maslaxatlashishlari lozim. Qon ivishini monitorinigi tavsiya etiladi. Tropisetron va granisetron, 5-gidroksittiptamining 3-nchi tur retseptorlarining antagonistlari farmakodinamik o'zaro ta'siri orqali paratsetamolning og'riq qoldiruvchi ta'sirini butunlay bostirishi mumkin. 

Paratsetamol va AZT (zidor,udin) bir vaqtda qo'llanilganda leykositlar (neytropeniya) miqdorini pasaytirish tendensiyasini kuchaytiradi. Shuning uchun paratsetamolni AZT bilan birga shifokor tavsiyasisiz qabul qilish mumkin emas. 

Askorbin kislotasi Deferoksamin: C vitamini temiming to'qima toksikligini, ayniqsa miokardda oshiradi va yurak faoliyatining dekompensasiyasini chaqirishi mumkin. Xlorfeniramin maleati Monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarini antigistaminlar bilan majmuada, markaziy nerv tizimini susaytirishi ko'rinishidagi potensial nojo'ya samaralari sababli qabul qilish mumkin emas. Ular shuningdek antigistaminlarning antixolinergik ta'sirini uzaytirishi va kuchaytirishi mumkin. 

Xlorfeniramin maleati ko'pchilik dorilar va moddalaming markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini reaksiya tezligi va diqqatni jamlaslrni pasaytirib kuchaytirishi mumkin. Bu morfin hosilalari (anal'getiklar, yo'talga clarshi vositalar), neyroleptiklar, trankvilizatorlar, barbituratlar, benzodiazepinlar, uyqu chaqiruvchi vositalar, sedativ antidepressantlar (amitriptilin, mianserin, mirtazapin, timipramin), sedativ ta'sirini Hl-blokatorlar, markaziy ta'sir etuvchi gipotenziv vositalar, baklofen, talidomid. Etanol xlorfeniramin maleatinins sedativ ta'sirini kuchavtiradi.

25 ºС yuqori bo’lmagam haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati 

3 yil. O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

Oq yoki deyarli oq rangli, o'zida kristall zanachalami saqlovchi, kuchsiz malina hidli sochiluvchan kukun.
2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun birmartalik doza 1 paketchaning tarkibi, 6-12 yoshdagi bolalar uchun - 2 paketchaning tarkibini tashkil etadi. Ovqatlanishdan qat'i nazar, avval 100-200 ml iliq suvda (qaynoq emas) eritilgan iliq ichimlik ko'rinishida ichga qabul qilinadi. Zarurat bo'lganida, qabr"rl qilish har 4-6 soatda takrorlanadi, ammo sutka davomida 4 paketchadan ko'p bo'lmasligi kerak. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshidagi guruhda qo'llanganda, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Agar harorat pasaynasa, og'riq, etni uvishishi, burun oqishi to'xtamasa - davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan preparat 3 kundan ortiq qabul qilmaslik kerak. Davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan keyin keyinchalik davolash nurnkin.
Dozalash rejimiga muvofiq 2 yosh va undan katta bolalarda qo'llaniladi.
Antiflu Kids preparati bilan dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd qilinmagan. Antiflu Kids dozasini oshirib yuborilishi simptomlari har bir alohida ta'sir etuvchi moddaning simptomlarini o'z ichiga oladi. 

Atsetaminofenni kattalar uchun 10 g dozada va kattalar uchun undan ko'p va bolaning kg tana vazniga 150 mg bir marta qabul qilish sitoliz rivojlanishiga olib keladi, u jigaming qaytmas nekroziga, jigar yetishmovchiligiga, ensefalopatiyaga xatto o'lim bilan yakunlanuvchi komagacha olib kelishi mumkin. 

Dozani oshirib yuborilish xavfi quyidagi xavf omillari bo'lgan pasientlarda yuqori bo'lishi mumkin, bular: 

- karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampisin, dalachoy yoki jigar fermentlarini indulisiyalaydigan boshqa preparatlar bilan uzoq vaqt davolanish; 

- alkogolni suiste'mol qilish; 

- glyutation tanqisligini extimoli (ovqatxazm qilishni buzilishi, mukovostsidoz, OITSinfeksiyasi, ochlik, kaxeksiyada kuzatilishi mumkin). 

Atsetaminofen bilan dozani oshirib yuborislt simptomldri: birinchi sutkada - terini oqarishi, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya va qorinda og'riq. Preparatni qabul qilgandan keyin jrgamrng shikatslanishi 12-48 soatdan keyin kuzatilishi mumkin. Glyukoza metabolizmini o'zgarishi va metabolik asidoz bo'lishi mumkin. 

Og'ir zaxarlanishda jigar yetishmovchiligi ensefalopatiyagacha, qon ketishi, gipoglikenriya, rniyani shishi, o'limgacha rivojlanishi mumkin. Pasientlar belda og'riq paydo bo'lganiga shikoyat qilsa, gematuriya va proteinuriyani o'tkir tubulyar nekroz bilan kechuvchi o'tkir buyrak yetishmovchiligiga shubxaga qilish kerak, u jigaming shikastlanishi yo'qligida ham kuzatilishi mumkin. 

Davolash. Dozani oshirib yuborilishida tez tibbiy yordamga murojaat etish lozim. Agar dozani oshirib yuborilish ilk simptomlari bo‘lmasa ham, pasientni darxol kasalxonaga yetkazish lozim. Simptomlar ko‘ngil aynishi va qusish bilan cheklanishi va dozani oshirib yuborilishini og‘irligi yoki a'zolarning shikastlanishi xavfini aks ettirmasligi mumkin. Agar dozani ortiqcha qabul qilgandan 1 soatdan ko‘p o‘tmagan bo‘lsa faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish maqsadga muvofiq. 

Qon plazmasidagi atsetaminofenning konsentratsiyasini 4 soatdan keyin yoki qabul qilgandan so‘ng kechroq o‘lchash lozim (ertaroq muddatda o‘lchangan konsentratsiya ishonchsiz hisoblanadi). Doza oshirib yuborilgandan keyin 24 soat davomida N-atsetilsistein bilan davolash mumkin, samarsi 8 soat davomida kuzatiladi, so‘ngra samarasi keskin pasayadi. 

Zarurati bo‘lganda pasientga N-atsetilsistein vena ichiga tavsiya etilgan dozada yuboriladi. Qusish bo‘lmaganda yordamning ambulatoriya bosqichida al'ternativ sifatida metioninni peroral qo‘llash mumkin. Xlorfeniraminning dozasini oshirib yuborilishi simptomlari: sedasiya, MNT paradoksal qo‘zg‘alishi, tirishishlar, xansirash, antixolenergik samaralar, distonik reaksiyalar va aritmiya. 

Davolash. Simptomatik va samarani bir maromda tutib turuvchi davolash. Asosan yurakka, nafas olish tizimiga, buyrak va jigar funksiyasiga, suv-elektrolit muvozanatiga e'tibor qaratish zarur. 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘lmaganda va yaqinda doza oshirib yuborilgan bo‘lsa, faollashtirilgan ko‘mirni peroral qo‘llash mumkin (agar preparatni ichga qabul qilgandan keyin ko’pi bilan 1 soat o‘tgan bo‘lsa eng samarali). 

Gipertoniya va aritmiyani davolashni darxol boshlash zarur. Tirishishlar paydo bo‘lganda diazepam samaralidir. Og‘ir hollarda gemoperfuziya o‘tkazish mumkin. 

Askorbin kislotasi: tavsiyalarga muvofiq qo‘llanganda, bu maxsulotning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishiga dalolat beruvchi ma'lumotlar yo‘q. Askorbin kislotasi yuqori dozalarda (3 g dan ortiq) vaqtinchalik osmotik diareyaga va me'da-ichak yo‘llari ishini buzilishini chaqirishi mumkin (ko‘ngil aynishi, me'da soxasida diskamfort).

Ushbu dori bolalar uchun mo'ljallangan. Homiladorlik va emizish davrida foydalanish tavsiya etilmaydi

Jigarning og'ir disfunktsiyasi holatlarida foydalanish tavsiya etilmiydi.
ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
ANTIFLU (ANTIFLU)

eruvchan kukun

Ilovavaraqa

(pasientlar uchun)

 

Savdo nomi

Antiflu

 

Dori shakli

Eruvchan kukun.

Ta‘rifi

Biroz tusli oq rangli, yengil limon hidli kristall zarrachalari bo‘lgan sochiluvchan kukun.

Tarkibi

Faol ingredientlari (1 paketda): 650 mg asetaminofen, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 4 mg xlorfeniramin maleati.

Faol bo‘lmagan ingredientlari: askorbin kislotasi, qand (qand upasi), qand (saxaroza), limon kislotasi, kremniy dioksidi, kolloid kremniy dioksidi, limon xushbo‘yi, uchasosli natriy sitrat, kraxmal (makkajo‘xori kraxmali), saxaroza, titan dioksidi, uch kalsiy fosfati, D&C sariq №10 (Ye104), FD&C sariq №6 (Ye110).

 

Farmakoterapevtik guruhi

Shamollash kasalliklarida qo‘llanuvchi preparat.

 

Farmakologik xususuiyatlari

Asetaminofen (parasetamol) og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bosh og‘rig‘i, mushak-bo‘g‘im og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘ini kamaytiradi.

Fenilefrin gidroxloridi qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, burundan nafas olishni yengillashtirib, burun, burun halqum shilliq qavatining giperemiyasi va shishini kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati antigistamin ta‘sir ko‘rsatadi: burun, burun halqum, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarini shishini bartaraf qiladi, ko‘zlarning qichishishini kamaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

Yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir reseptor kasalliklarining (gipertermiya, bosh og‘rig‘i, mushak-bo‘g‘im og‘rig‘i, burunni bitishi, tumov, ko‘z yoshini oqishi) va gripp simptomlarini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketcha bir stakan issiq suvda eritiladi va issiq holida iste‘mol qilinadi. Zarurati bo‘lganida har 4 soatda takrorlanadi, lekin sutka davomida 4 martadan ko‘p emas, hoxishga qarab qand yoki asal qo‘shish mumkin.

 

 

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: epigastriy sohasida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish. Preparat uzoq muddat alkogol bilan birga yuqori dozalarda qo‘llanganida gepatotoksik ta‘siri rivojlanishi mumkin.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, uyquni buzilishi, yuqori ko‘zg‘aluvchanlik (ayniqsa bolalarda).

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishishi, Kvinke shishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, trombositopeniya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Jigar va/yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza fermentining tanqisligi, qon kasalliklari, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziya, tomirlarining spazmlarga moyillik, glaukomani yopiq burchaklik shakli, prostata bezining adenomasida siyishni qiyinlashishi, o‘pka emfizemasi yoki surunkali bronxit, qandli diabet 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Odatda parasetamolni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, uni 10-15 g dan ortiq qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi: bo‘lishi mumkin: teri qoplamalarining oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohasida og‘riqlar, jigar transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi, gepatotoksik va nefrotoksik ta‘siri, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.

Davolash: me‘dani yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach SH-guruhi donatorlarini va glutation-metionin sintezini o‘tmishdoshlarini, va 12 soat o‘tgach – N-asetilsisteinni qabul qilish.

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Davolash davomiyligi – 3 kundan ko‘p emas. Yetarli davolash samarasi bo‘lmaganida, davolash fonida 3 kundan ortiq yuqori harorat saqlanganida, shuningdek yangi simptomlar paydo bo‘lganida, jiddiyroq kasallik bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash davrida alkogol, uxlatuvchi va tinchlantiruvchi (trankvilizatorlar) dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. Asetaminofen (parasetamol) saqlovchi boshqa dori vositalari bilan qabul qilish mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va emizish davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolash davrida transport vositalarini boshqarishdan, mexanizmlar bilan ishlashdan va boshqa potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Barbituratlar va alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida asetaminofenning gepato- va nefrotoksikligi kuchayadi.

Uxlatuvchi va sedativ vositalar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar, alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida, xlorfeniramin maleatining markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘siri ahamiyatli kuchayadi.

Asetaminofen antibiotiklarni organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi.

Tetrasiklinlar asetaminofen qo‘llanganida anemiya va metgemolabinemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi rezerpin va oktadinning gipotenziv ta‘sirini susaytiradi.

Monoaminoksidaza ingibitorlari va fenilefrin gidroxloridini birga qo‘llash gipertenziv xurujining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Saqlash sharoiti

+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

5 paket ilova-varaqasi bilan karton qutiga joylangan.

 

Berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5 dori vositasi Bayer tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9