×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Тимолол
Ishlab chiqaruvchi:
- Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH
ATX kodi:
- S01ED01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 28600.00 ta dorixonasida topildi

ico 28 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
33 800 s`om dan
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1% World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
32 000 s`om dan
TAUMED NEO inyeksiya uchun eritma 1ml 4% N10 Remedy Group, СП ООО Узбекистан для Aseptica, ООО O'zbekiston
30 000 s`om dan
OFTALMOFERON ko'z tomchilari 10ml N1 "ФИРН М" Rossiya
80 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ARUTIMOL

ARUTIMOL

Preparatning savdo nomi: Arutimol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): timolol

Dori shakli: ko‘z tomchilari.

Tarkibi:

25% li1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: timolol maleati – 3,42 mg, bu 2,5 mg timololga mos keladi;

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi – 0,03 mg (konservant sifatida), povidon, dinatriy edetati, dinatriy fosfat dodekagidrati, natriy digidrofosfat digidrati, in‘eksiya uchun suv.

0,5% li 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: timolol maleati – 6,83 mg, bu 5,0 mg timololga mos keladi.

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi – 0,03 mg (konservant sifatida), povidon, dinatriy edetati, dinatriy fosfat dodekagidrati, natriy digidrofosfat digidrati, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, ko‘rinarli zarrachalardan deyarli xoli, rangsiz yoki sarg‘ish tusli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: glaukomaga qarshi vosita.

ATX kodi: S01ED01

Farmakologik xususiyatlari

Timolol β1 va β2-adrenoreseptorlarning noselektiv blokatoridir. Timolol ichki simpatomimetik va memebrani barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas. Ko‘z tomchilari ko‘rinishida mahalliy qo‘llanilganida ko‘z ichki suyuqligini hosil bo‘lishini kamaytirish hisobiga ham, oshgan ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Ko‘z qorachig‘ining o‘lchami va akkomodasiyasiga  ta‘sir qilmaydi.

Preparatning ta‘siri kon‘yuktiva bo‘shlig‘iga tomizilgandan keyin 20 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi. Ko‘z ichki bosimini maksimal pasayishi 1-2 soatdan keyin boshlanadi va 24 soat davomida saqlanadi.

Qo‘llanilishi

  • oshgan ko‘z ichki bosimi (ko‘z gipertenziyasi);
  • glaukoma (surunkali ochiq burchakli glaukoma);
  • afakiyali glaukoma va ikkilamchi glaukomaning boshqa turlari;
  • yopiq burchakli glaukomada ko‘z ichi bosimini tushirish uchun qo‘shimcha vosita sifatida (miotiklar bilan majmuada);
  • tug‘ma glaukomada (boshqa terapevtik choralar yetarli bo‘lmaganda) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshida 0,25% va 0,5% li Arutimol preparatini shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan kuniga 2 marta tomiziladi.

Agar muntazam qo‘llanganida ko‘z ichki bosimi normallashsa, preparatni 1 tomchidan kuniga 1 martagacha bo‘lgan doza bilan cheklanish kerak. Arutimol bilan davolash, odatda, uzoq muddat davomida olib boriladi. Tanaffus yoki miqdorini o‘zgartirish faqat davolovchi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Tomchilagichli flakonlarni ishlatilishi bo‘yicha tavsiyalar: Arutimol ko‘zning kon‘yuktiva bo‘shlig‘iga tomiziladi. Buning uchun boshingizni bir oz orqaga qilib, yuqoriga qarang va ko‘zning pastki qovog‘ini biroz pastga torting. Flakonni teshigini pastga qilib ushlash kerak.

Flakonni ezib, ko‘z tomchilarini pastki qovoq kon‘yunktivasiga tomizing. Flakonning teshikli uchi ko‘zga tegmasligi kerak. Eritmani ko‘z kanalchalariga tushmasligini oldini olish va bu yo‘l bilan preparatning bo‘lishi mumkin bo‘lgan tizimli nojo‘ya ta‘sirlarini kamaytirish uchun, tomizilgandan keyin tezda ko‘zning ichki burchagini (burun yonidagi) biroz bosing.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar: kon‘yunktivani, qovoq terisini ta‘sirlanishi va giperemiyasi, ko‘zda qizish va qichishish, ko‘z yoshini oqishi, yorug‘likdan qo‘rqish, shox pardaning epiteliysini shishishi, nuqtali yuza keratopatiya, shox parda giposteziyasi, diplopiya, ptoz, ko‘z qurishi. Fistulani o‘rnatish bilan olib borilgan antiglaukomatoz operasiya o‘tkazilganda, operasiyadan keyingi davrda ko‘zning qon tomir qavatini ko‘chishi rivojlanishi mumkin.

Tizimli reaksiyalar:

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligi, bradikardiya, bradiaritmiya, arterial bosimni pasayishi, kollaps, atrioventrikulyar blokada, yurakni to‘xtab qolishi, bosh miyada qon aylanishini o‘tuvchi buzilishi.

Nafas tizimli tomonidan: hansirash, bronxospazm, o‘pka yetishmovchiligi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, depressiya, paresteziya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, ekzema.

Rinit, jinsiy faoliyatni buzilishi, alopesiya kuzatilishi mumkin.

Chaqaloqlarda mahalliy qo‘llanishi apnoega olib kelishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va imkoni boricha tezroq davolovchi shifokorga (oftalmologga) murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Agar ilgari timololga shaxsiy yuqori sezuvchanlik aniqlangan bo‘lsa, Arutimolni qo‘llash mumkin emas. Preparatni shuningdek anamnezida quyidagi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas:

  • bronxial astma yoki nafas yo‘llarining boshqa og‘ir surunkali obstruktiv kasalliklari;
  • sinusli bradikardiya (yurak urishini sekinlashishi);
  • II va III darajali atrioventrikulyar blokada;
  • yaqqol yurak yetishmovchiligi;
  • kardiogen shok;
  • tarqalgan teri toshmasi bilan kechuvchi allergik reaksiya;
  • og‘ir atrofik rinit;
  • ko‘zning shox pardasini distrofiyasi;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • laktasiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Arutimolni adrenalin saqlovchi ko‘z tomchilari bilan birga qo‘llanganda ko‘z qorachig‘ini kengaytirishi mumkin.

Preparatning spesifik ta‘siri – ko‘z ichki bosimini pasayishi adrenalin va pilokarpin saqlovchi ko‘z tomchilari bir vaqtda qo‘llanilganda kuchayishi mumkin, ko‘zlarga ikki xil beta-adrenoblokatorlarni tomizish mumkin emas.

Arterial bosimni tushishi va yurak urishini sekinlashishi, preparatni kalsiy antagonistlari, rezerpin va beta-adrenoreseptorlar bilan birga qo‘llanganda potensiyalanishi mumkin.

Insulin yoki oral diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin.

Timolol miorelaksantlar ta‘sirini kuchaytiradi, shuning uchun umumiy narkoz bilan rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvidan 48 soat oldin preparatni bekor qilinishi kerak. Bu ma‘lumotlar bundan biroz avval qabul qilingan dori vositalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Kardiodepressiv ta‘siri xinidinsimon ta‘sirga ega bo‘lgan antiaritmik preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda oshishi mumkin.

Manfiy xronotrop va dromotrop samaralar yurak glikozidlarini bir vaqtda qo‘llaganda oshishi mumkin. Beta-adrenoreseptorlar va β2-simpatomimetiklarning blokatorlari bir vaqtda qo‘llanganida oxirgilarning samaralari pasayishi mumkin, va bronxospazm rivojlanishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Arutimolni o‘pka yetishmovchiligi, og‘ir serebrovaskulyar yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabeti, gipoglikemiya, tireotoksikoz, miasteniyasi bo‘lgan bemorlarda va shuningdek boshqa beta-blokatorlar bilan bir vaqtda buyurilgan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Timolol va “kalsiy antagonistlari” preparatlarini bir vaqtda qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar yuz berishi mumkin. Bosh miyada qon aylanishini buzilishi bo‘lgan odamlarda Arutimolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Agar tunda ko‘z ichki bosimi oshishi kuzatilayotgan bo‘lsa, Arutimol ko‘z tomchilarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Og‘irlashgan allergik anamnezi bo‘lgan bemorlarga, tarkibida timolol bo‘lgan preparatlarni ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.

Shuni e‘tiborga olish kerakki, ko‘z ichki bosimini barqarorlashtirish vaqtida boshlang‘ich pasayishi 50% gacha ni tashkil qilish mumkin, keyin esa preparatning samaradorligi pasayishi mumkin. (taxifilaksiya). 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan davr mobaynida bosimni pasayishi barqarorlashadi. Shuning uchun Arutimol ko‘z tomchilari buyurilgan vaqtdan boshlab, ko‘z ichki bosimini nazoratini va shox parda tekshiruvini muntazam amalga oshirish kerak.

Ahamiyatli darajada pigmentli kamalak pardasi bo‘lgan pasientlarda ko‘z ichki bosimi pasayishi kech va kam darajada kuzatilishi mumkin.

Agar Siz shuningdek beta-adrenoreseptorlari blokatorlarini ichga qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor tekshiruvidan muntazam o‘tishingiz kerak.

Agar pasient yumshoq kontakt linzalarini taqsa, unda 0,25% va 0,5% li Arutimol ko‘z tomchilarini qo‘llash mumkin emas, chunki konservant yumshoq kontakt linzalarida yig‘ilishi va ko‘z to‘qimalariga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Preparatni tomizishdan oldin qattiq kontakt linzalarini olib qo‘yish va faqat 15 minut o‘tgachgina taqish kerak.

Umumiy og‘riqsizlantirish bilan o‘tkaziladigan operativ aralashuvi bo‘lsa, preparatni 48 soat oldin bekor qilish kerak. Bu ma‘lumotlar bundan oldin qo‘llangan boshqa dori preparatlarga tegishli bo‘lishi mumkin.

Davolash to‘xtatilganidan keyin Arutimol ko‘z tomchilarining samarasi bir necha kun davom etishi mumkin. Agar davolash uzoq vaqt qo‘llanganidan keyin to‘xtatilsa, Arutimol ko‘z tomchilari ta‘siri chaqirgan ko‘z ichki bosimini pasayishi 2-4 hafta davom etishi mumkin. Faqat bir ko‘zga tomizilganda beta-adrenoreseptorlar blokatorlarining ko‘z tomchilari tomizilmagan ikkinchi ko‘zda ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin.

Arutimol preparatini qabul qilayotgan va doping-nazoratidan o‘tayotgan sportchilarda ijobiy reaksiya kuzatilishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

0,25% va 0,5% li Arutimol ko‘z tomchilarini, agar ularni qo‘llashga aniq ko‘rsatmalar bo‘lmasa, homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Ko‘zga tomizilgandan keyin timolol ko‘krak sutiga o‘tadi, bunda u ona qorniga qaraganda ancha yuqori konsentrasiyalarda to‘planishi mumkin. Timolol emizikli bolalarda jiddiy nohush reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Timololni ona uchun buyurilishini muhim ekanligini e‘tiborga olib preparatni bekor qilish yoki emizishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinishi lozim.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati

Dori vositasini qabul qilishda ko‘rish aniqligi pasayishi va ruhiy reaksiya sekinlashishi mumkin, va bu yo‘l xarakatiga faol qatnashishda, mashinalarga xizmat ko‘rsatishda yoki ishonchli tayanchsiz ishlarda qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Ushbu samara yanada yuqori darajada preparatni alkogol bilan o‘zaro ta‘sirida o‘rin tutishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llanganda tizimli toksik ta‘sirlar bo‘lishi deyarli istisno etiladi. Dozani oshirib yuborilishining belgilari bo‘lib, arterial bosimni sezilarli pasayishi, yurak yetishmovchiligini rivojlanishi, kardiogen shok, yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir bradikardiya hisoblanadi. Bundan tashqari, nafas buzilishlari, bronxospazm, me‘da-ichak buzilishlari, ongni chalkashishi va tirishishlar rivojlanishi mumkin.

Davolash: Tezda shifokorga murojaat qiling! Ko‘zni darhol suv yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan yuvish, simptomatik davolash o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

0,25% va 0,5% li ko‘z tomchilari 5 ml dan polietilen flakon tomchilagichda, 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati 6 hafta.

Saqlash sharoiti

25oS yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dorixonala

rdan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TIMALOL ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
TIMALOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH
Narh: 17 000 so'mdan Batafsil
OFTIMOL tomchilar 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
INTRAMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
TIMOPRESS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
OFTAN TIMOLOL ko'z tomchilari 5ml 5,0mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Finlyandiya
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Santen OY
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH
Narh: 17 000 so'mdan Batafsil
KORNERE gel 5g 50mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Dekspantenol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9