×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BENZILBENZOAT maz 25g 20%

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Бензилбензоат
Ishlab chiqaruvchi:
- Алтайвитамины, ЗАО
ATX kodi:
- P03AX01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 176 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

DEKARIS tabletkalari 150mg N1 Gedeon Richter PLC Vengriya
10 000 s`om dan
SEKNIDOKS tabletkalari 1g N2 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
23 000 s`om dan
FURASILIN tabletkalari 20mg N10 Татхимфармпрепараты, ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
INTETRIKS kapsulalar N20 Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BENZILBENZOAT maz 25g 20% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

BENZILBENZOAT

 

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

 

YO‘RIQNOMA

 

 

Preparatning savdo nomi Benzilbenzoat.

 

Xalqaro patentlanmagan nomi Benzilbenzoat.

 

Dori shakli sirtga qo‘llash uchun surtma.

 

Tarkibi

1 g surtma saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: benzilbenzoat – 200,0 mg;

yordamchi moddalar: trolamin – 50,0 mg, stearin kislotasi 95 – 200,0 mg, makrogol-400 – 50,0 mg, suv – 1,0 g gacha.

 

Ta‘rifi

Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos hidli surtma. Havo pufakchalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi

Qo‘tirga qarshi vosita.

 

ATX kodi: R03AX01

 

Farmakologik xususiyatlari

Sirtga qo‘llash uchun qo‘tirga qarshi vosita. Qo‘tir kanalariga nisbatan zaharli ta‘sir ko‘rsatadi. Lichinkalarni va yetuk qo‘tir kanalarning o‘limini chaqiradi; tuxumlariga ta‘sir qilmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Epidermisning yuqori qatlamlariga kiradi, tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Qo‘tir.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Surtma kechasiga yuvingandan keyin barcha teri qoplamasiga, yuz va boshning sochli qismidan tashqari, qo‘l bilan ishqalab surtiladi, qo‘llar ertalabgacha yuvilmaydi, bir surkashga 30-40 g surtma sarflanadi. To‘rtinchi kuni ishlov berish takrorlanadi, beshinchi kuni ichki kiyim va ko‘rpa-to‘shak jildlarini almashtirish bilan yuvinish buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Mahalliy reaksiyalar: achishish hissi, terini ta‘sirlanishi, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llanganida benzilbenzoat tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmasligi tufayli, preparatning dozasini oshirib yuborish hollari aniqlanmagan.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Benzilbenzoat surtmasini boshqa preparatlar bilan farmakologik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan, lekin barcha parazitlarga qarshi vositalar kabi uni boshqa sirtga ishlatiladigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Takroriy zararlanishni oldini olish uchun, zararlanish o‘chog‘idagi bemorlarni, shu jumladan bemorlar bilan muloqatda bo‘lganlarni ham bir vaqtda davolash lozim. Davolanishdan keyin qichishishni saqlanib qolishi spesifik davolashning qo‘shimcha kursini buyurish uchun sabab bo‘laolmaydi. Qichishish nobud bo‘lgan kanaga va uning hayot faoliyatining mahsulotlarga nisbatan organizmning reaksiyasi bo‘lib, antigistamin preparatlar yoki glyukokortikosteroidli surtmalar buyurilganida o‘tib ketadi. Davolanishdan so‘ng 2 hafta davomida, asoratlar kuzatilganida esa undan ham uzoqroq vaqt shifokor nazorati talab etiladi,

Shikastlangan teriga tekkan barcha predmetlarga, zararsizlantirish maqsadida yaxshilab ishlov berish lozim. O‘rin-ko‘rpa jihozlari, ichki kiyim, sochiqni kir yuvish kukuni eritmasida 5-10 minut qaynatish lozim. Ustki kiyimlar ikki tomoni issiq dazmol bilan dazmollanadi. Termik ishlov berib bo‘lmaydigan buyumlar ochiq havoda 3 kun yoyib qo‘yiladi. Poyafzal, o‘yinchoqlar va boshqa predmetlarni 5 kun ishlatish man etiladi va sellofan paketlarga joylashtiriladi. Matraslar, yostiqlar va ko‘rpalarni ham 5 kun ishlatish man etiladi va kamerada dezinfeksiyasiyalanadi. Yumshoq mebelga dezinseksiyalovchi preparatlar bilan ishlov berish mumkin. Kvartira tozalanadi, pollar dezinfeksiyalovchi moddalar qo‘shilgan yuvish vositalari bilan yuviladi.

Preparatni ko‘z, burun, og‘izga tushishidan saqlanish kerak.

Preparat tushganda quyidagi choralar ko‘riladi:

  • og‘izga tushganida: og‘izni ko‘p miqdordagi suv bilan yoki 2% iliq natriy gidrokarbonati eritmasi («ichimlik sodasi») bilan chayiladi;
  • me‘daga tushganida: me‘da 1%-2% natriy gidrokarbonati eritmasi (ichimlik sodasi), ko‘ydirilgan magneziyaning suvli aralashmasi yoki faollashtirilgan ko‘mir bilan yuviladi;
    • burunga tushganida: suv bilan yaxshilab yuviladi;
  • ko‘zga tushganida: suv va natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yaxshilab yuviladi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 20% surtma. 25 g dan alyumin yoki polietilen laminat tubalarda.

Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BENZILBENZOAT maz 25g 20% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BENZILBENZOAT maz 25g 20% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BENZILBENZOAT maz 25g 20% dori vositasi Алтайвитамины, ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BENZILBENZOAT maz 25g 20% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BENZILBENZOAT maz 25g 20% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бензилбензоат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Нижфарм, АО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 20g 20%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Бензилбензоат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PARASETAMOL suppozitorii 100mg N10
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
OBLEPIXOVOE maslo 100ml
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
GEPARINOVAYA maz 25g
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
VALIDOL tabletkalari 60mg N6
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N50
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
OKSOLIN maz 10g 0,25%
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON maz 10 g 5 mg/g
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 10g 0,025%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
PENTOVIT tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
AEVIT kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
GOPANTAM 0,25 tabletkalari N50
VISHNEVSKOGO 30,0 liniment
XOLOSAS sirop 95ml
XOLOSAS sirop 215ml
OLAZOL aerozol 80g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
REVIT draje N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 6 499 so'mdan Batafsil
ASKORBINOVAYA KISLOTA draje 50mg N200
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
AEVIT kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9