Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Kategoriya: | - Oftolmologik vositalar |
Ishlab chiqarilish joyi: | - Belgiya |
Faol modda: | timolol v kombinasii |
Ishlab chiqaruvchi: | - Novartis Pharma AG, Швейцария произведено: s.a. Alcon-Couvreur n.v. |
ATX kodi: | - S01ED51 |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DUOTRAV
DUOTRAV
Preparatning savdo nomi: DUOTRAV*
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): travoprost + timolol
Dori shakli: ko‘z tomchilari, eritma.
Tarkibi:
Har 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 40 mikrogramm travoprost va 5 mg timolol (timolol maleati ko‘rinishida).
Konservant: 10 mikrogramm polikvaternium – 1 (POLIKVAD*)
yordamchi moddalar: mannitol (Ye421), propilenglikol (Ye1520), 1 mg polioksietilen gidrogenlangan kanakunjut moyi 40 (GKM-40), borat kislotasi, natriy xloridi, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi (rN ni muvofiqlashtirish uchun), tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologik vosita. Glaukomaga qarshi preparatlar va miotiklar.
ATX kodi: S01ED51.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
DUOTRAV ko‘z tomchilari ikkita faol modda: travoprost va timolol maleati saqlaydi. Bu ikki komponent ta‘sirini o‘zaro to‘ldirish mexanizmi tufayli ko‘z ichki bosimini pasaytiradilar, va majmuaviy ta‘sir faqat buning natijasida preparatni alohida qo‘llash bilan solishtirganda ko‘z ichki bosimini (KIB) qo‘shimcha pasayishiga olib keladi.
Travoprost prostaglandin F2a ning analogi bo‘lib, yuqori selektiv agonist hisoblanadi, prostaglandin FR-reseptori bilan kuchli yaqinlikka ega va trabekulyar to‘r va uveosklear yo‘llar orqali ko‘z suyuqligini oqib chiqishini oshirib, ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Odamda ko‘z ichki bosimini pasayishi yuborilganidan keyin taxminan 2 soat o‘tgach boshlanadi, maksimal samaraga esa 12 soatdan keyin erishiladi. Ko‘z ichki bosimini ahamiyatli pasayishi preparat bir marta yuborilganidan keyin 24 soat davomida saqlanishi mumkin.
Timolol – noselektiv adrenergik blokator, u simpatomimetik faollikka ega emas, bevosita miokardga depressiv ta‘sir ko‘rsatmaydi, membranani barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas. Odamlarda o‘tkazilgan tonografik va flyurofotometrik tekshirishlar, uning faol ta‘siri ko‘z suyuqligini hosil bo‘lishini kamayishi va uni oqib chiqishini biroz oshishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Ikkilamchi farmakologiya
Travoprost quyonlarda 7 kun davomida mahalliy (1,4 mikrogramm, har kuni bir marta) qo‘llanganidan so‘ng ko‘ruv nervi diskining tomirlarida qon oqimini ahamiyatli oshiradi.
Polikvaternium-1 konservanti qo‘shilgan DUOTRAV ko‘z tomchilari, benzalkoniy xloridi konservanti qo‘shilgan ko‘z tomchilari bilan solishtirganda kultivasiya qilingan odam shox pardasi xujayralarida kulturasida va keyin quyonlarda mahalliy qo‘llanganida ko‘zga minimal toksiklik chaqirgan.
Farmakodinamik ta‘siri
Klinik samaralari
O‘n Ikki oylik nazoratli klinik tekshirishlarda, ochiq burchakli glaukomasi yoki boshlang‘ich o‘rtacha KIB 25-27 mm sm. ust. ga teng ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda, DUOTRAV ko‘z tomchilarining ta‘sirida bosimni pasayishini o‘rtacha samarasi, Har kungi ertalabki bir martalik dozada 8 dan 10 mm sm. ust. gacha bo‘lgan.. KIB ni pasayishiga nisbatan DUOTRAV ko‘z tomchilarining 50 mkg/ml latanoprost + 5 mg/ml timolol bilan solishtirganda kam bo‘lmagan samaradorligi har safar kelganda namoyish etilgan.
Uch oylik nazoratli klinik tekshirishlar ochiq burchakli glaukomasi yoki boshlang‘ich o‘rtacha KIB 27-30 mm sm. ust. ga teng ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda, DUOTRAV ko‘z tomchilari ta‘sirida bosimni o‘rtacha pasayishi, har kuni ertalab bir martalik dozada 9-12 mm sm. ust. gacha va faqat travoprost 40 mikrogramm/ml dozada xar kuni kechqurun qo‘llashga qaraganda 2 mm sm. ust. gacha yuqori, va timolol 5 mg/ml dozada kuniga ikki marta qo‘llashga qaraganda 2 dan 3 mm sm. ust. gacha yuqori bo‘lgan. KIB ni o‘rtacha pasayishi ertalab (8,00 – DUOTRAV ko‘z tomchilarining oxirgi dozasidan keyin 24 soat o‘tgach) travoprost bilan solishtirganda barcha tekshirish davomidagi hamma tashriflarda statistik jixatdan kuchliroq pasayishi kuzatilgan.
Ikki uch oylik nazoratli klinik tekshirishda ochiq burchakli glaukomasi yoki boshlang‘ich o‘rtacha KIB 23 dan 26 mm sm. ust. ga teng ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda, DUOTRAV ko‘z tomchilari ta‘sirida bosimni o‘rtacha pasayishi, har kuni ertalab bir martalik dozada 7 dan 9 mm sm. ust. gacha bo‘lgan.. KIB ni o‘rtacha pasayishi yomon bo‘lmagan, garchi travoprost 40 mikrogramm/ml dozada har kuni kechqurun bir marta va timolol
5 mg/ml dozada xar kuni ertalab bir marta majmuada qo‘llangandagiga qaraganda samarasi pastroq bo‘lgan.
Olti haftalik nazoratli klinik tekshirishda ochiq burchakli glaukomasi yoki boshlang‘ich o‘rtacha KIB 24 dan 26 mm sm. ust. ga teng ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda DUOTRAV (polikvaternium-1 saqlovchi) ko‘z tomchilari ta‘sirida bosimni o‘rtacha pasayishi, har kuni ertalab bir martalik dozada 8 mm. sm .ust. ni bo‘lgan, bu DUOTRAV (benzalkoniy xloridi saqlovchi) ko‘z tomchilari samarasiga teng.
Kiritish mezonlari KIB ni boshlang‘ich qiymatlari va KIB ni ilgarigi davolash samarasidan tashqari, barcha tekshirishlarda umumiy bo‘lgan. DUOTRAV ko‘z tomchilarini yaratish jarayoni oldin davolangan pasientlarni ham, davolanmagan pasientlarni ham o‘z ichiga olgan. Monoterapiyaga yetarli bo‘lmagan sezuvchanlik kiritishga mezon hisoblanmaydi.
Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar preparatni kechqurun qo‘llash KIB ni o‘rtacha pasayishida ma‘lum bir afzalliklarga egaligidan dalolat beradi. Ertalabki dozani buyurishda kechqurungi qabul bilan solishtirganda pasient uchun qulayligini va ular tomonidan qabul qilish tartibiga rioya qilish omillarini ko‘rish kerak.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Travoprost va timolol shox parda orqali so‘riladi. Travoprost shox pardada faol erkin kislotagacha efirli gidroliz o‘tuvchi old dori hisoblanadi. Sog‘lom sub‘ektlarda (N=22) DUOTRAV ko‘z tomchilari (polikvaternium-1 saqlovchi) har kuni bir marta qabul qilinganidan keyin 5 kun davomida ko‘pchilik sub‘ektlarning (94,4%) plazmasi namunalarida travoprostning erkin kislotasi konsentrasiyasi, qo‘llagandan keyin bir soat o‘tgach aniqlanmagan. O‘lchab bo‘ladigan qiymatlarda (miqdoriy aniqlashning chegarasi > 0,01 ng/ml), konsentrasiya 0,01 dan 0,03 ng/ml gacha diapozonda bo‘lgan. DUOTRAV ko‘z tomchilari bir marta qabul qilinganidan keyin timololning o‘rtacha stasionar konsentrasiyasi Smax 1,34 ng/ml ni, Tmax esa taxminan 0,69 soatni tashkil qilgan.
Taqsimlanishi
Travoprostning erkin kislotasini birinchi bir necha soat davomida xayvonlarning ko‘z suyuqligida, odamlarda esa DUOTRAV ko‘z tomchilari tomizilgandan so‘ng faqat birinchi soatda aniqlash mumkin. DUOTRAV ko‘z tomchilari maxalliy qo‘llangandan keyin timololni odamning ko‘z suyuqligida va qon plazmasida 12 soatgacha vaqt davomida aniqlash mumkin.
Biotransformasiyasi
Metabolizm travoprost uchun ham faol erkin kislota uchun ham asosiy chiqarish yo‘li hisoblanadi. Tizimli metabolik yo‘llari endogen prostaglandin F2a ning metabolik yo‘llariga parallel, ular 13-14 ikkilangan bog‘ni qisqarishi, 15-gidroksilni oksidlanishi va zanjirning yuqori tomonini b-oksidlanishi parchalanishi bilan xarakterlanadi.
Timolol ikki yo‘l bilan metabolizmga uchraydi. Birinchi usulda tiadiazol xalqada etanolaminli yon zanjir hosil qiladi, boshqasida – morfolin azotida etanolaminli yon zanjir va azotga yondosh karbonil guruhi bilan ikkinchi yon zanjir hosil qiladi. DUOTRAV ko‘z tomchilari maxalliy qo‘llanganidan keyin timololning T1/2 4 soatni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Travoprostning erkin kislotasi va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Siydikda erkin kislota ko‘rinishidagi travoprostning oftalmologik dozasini 2% dan kamrog‘i aniqlanadi. Timolol va xosilbo‘layotgan metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Timolol dozasining taxminan 20% o‘zgarmagan holda siydik bilan, qolgan qismi metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Xavfsizligi bo‘yicha klinikagacha bo‘lgan ma‘lumotlari
Maymunlarda DUOTRAV ko‘z tomchilarini xar kuni ikki marta qabul qilish, prostanoidlar mahalliy qo‘llanganda kuzatilgandek, ko‘z yoriqlarini kengayishini chaqirgan va rangdor pardaning pigmentasiyasini kuchaytirgan.
Travoprost
Travoprostni maymunlarda 0,012% gacha konsentrasiyada o‘ng ko‘ziga kuniga ikki marta bir yil davomida mahalliy qo‘llash, umumiy toksiklikka olib kelmagan.
Travoprost bilan reproduktiv toksiklikning tekshirishlari tizimli usulda kalamushlar, sichqonlar va quyonlarda o‘tkazilgan. Natijalar bachadonning FP-reseptorlarga nisbatan embrionni erta nobud bo‘lishi, homilani implantasiyadan keyingi o‘limi, fetotoksiklik bilan namoyon bo‘luvchi agonist faolligi bilan bog‘liq. Organogenez davrida homilador kalamushlarga travoprostning klinikdan 200 marta yuqori dozada tizimli buyurish tug‘ma nuqsonlar xollarini oshishiga olib kelgan. 3N- travoprost qabul qilgan homilador kalamushlarning amniotik suyuqligi va to‘qimalarida radiofaollikning past darajasi aniqlangan. Reprodkusiya va rivojlanishning tekshirishlari, kalamushlar va sichqonlarda yuqori dozalar qabul qilinganda homila tashlashga 1,2-6 marta yuqori dozalar (25 pg/ml gacha) kuchli ta‘sirini ko‘rsatadi (plazmasida mos ravishda 180 pg/ml va 30 pg/ml).
Timolol
Klinik bo‘lmagan ma‘lumotlar farmakologik xavfsizligi, ko‘p martalik dozalarning toksikligi, gepatotoksikligi va kanserogen potensialini odatdagi tekshirishlari asosida timololning odamlar uchun alohida xavf aniqlanmaganligini ko‘rsatdi. Timololni reproduksion toksikligi bo‘yicha tekshirishlar kalamushlarning homilasida keyingi postnatal rivojlanishda nojo‘ya samaralar kuzatilmaganida suyak moddasini hosil bo‘lishini kechikishini (klinik dozadan 7000 marta ortiq dozalarda) va quyonlarning homilasida resorbsiya tez-tezligining oshishini (klinik dozalaridan 14000 marta yuqori dozalarda qo‘llanganida) ko‘rsatdi.
Qo‘llanilishi
Terapevtik ko‘rsatmalar
Ochiq burchakli glaukoma yoki ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan, mahalliy beta-blokatorlar yoki prostaglandinning analoglari yetarli darajada samara bermagan katta yoshli odamlarda ko‘zning ichki bosimini (KIB) kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda, shu jumladan keksalarda qo‘llanishi
DUOTRAV ko‘z tomchilarining dozasi kasallangan ko‘zning kon‘yunktiva qopchasiga bir tomchidan sutkada bir marta ertalab yoki kechqurunni tashkil qiladi. Tomchilarni aynan bir vaqtda qo‘llash kerak.
Agarda doza o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda davolashni navbatdagi dozada davom ettirish kerak. Preparatning sutkalik dozasi kasallangan ko‘zning kon‘yunktiva qopchasiga sutkada bir marta 1 tomchidan oshmasligi kerak.
Alohida pasientlari
Jigar va buyrak yetishmovchiligi
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda DUOTRAV ko‘z tomchilari yoki timolol 5 mg/ml ko‘z tomchilarini qo‘llash bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilgan.
Travoprostni qo‘llash yengildan og‘ir darajagacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ham, yengildan og‘ir darajagacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 14 ml/min dan yuqori) bo‘lgan pasientlarda ham tekshirilgan. Bunday pasientlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda DUOTRAV ko‘z tomchilarining dozasini to‘g‘rilash talab qilinishini ehtimoli kam.
Pediatrik pasientlar
Bolalarda va 18 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlarda DUOTRAV ko‘z tomchilarining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llash usuli
Ko‘zga qo‘llash uchun.
Pasient tashqi himoya qobig‘ini bevosita birinchi marta ishlatishdan oldin yechish kerak.
Flakon-tomizgich va uning ichidagisini ifloslanishidan saqlanish uchun, flakon-tomizgichning uchi bilan qovoqlar, atrof sohalarga yoki boshqa qanday-bo‘lmasin yuzalarga tegib ketmaslik kerak.
Qo‘llashdan keyin ko‘z yosh kanalini berkitish yoki yumilgan qovoqlarni yengil bosish tavsiya qilinadi. Bu ko‘zlarga mahalliy qo‘llanganida preparatning tizimli so‘rilishini pasaytirish va tizimli nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishini kamaytirishi mumkin.
Agarda bittadan ortiq mahalliy oftalmologik tibbiy preparat ishlatiladigan bo‘lsa, tibbiy preparatlarni minimum 5 minutlik interval bilan qo‘llash kerak.
Boshqa oftalmologik glaukomaga qarshi tibbiy preparat DUOGLAV ko‘z tomchilariga o‘zgartirilganida, boshqa tibbiy preparatni qo‘llashni to‘xtatish, DUOTRAV ko‘z tomchilarini esa keyingi kundan buyurish kerak.
DUOTRAV ko‘z tomchilarini tomizishdan oldin yumshoq kontakt linzalarni yechish va tomizgandan so‘ng ularni 15 minut davomida qo‘ymaslik kerakligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
DUOTRAV ko‘z tomchilarining klinik sinovlari vaqtida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan. Ular quyidagi tartibda tasniflangan: juda tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (<1/10000). Har bir tez-tezlik guruhida nojo‘ya reaksiyalar jiddiyligi bo‘yicha kamayishi tartibida keltirilgan.
Tizimli-a‘zoli sinf | MedDRA (Normativ-xuquqiy faoliyatning tibbiy lug‘ati) shartlar (versiya 15.1) |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Tez-tez emas: yuqori sezuvchanlik |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i |
Ko‘rishni buzilishi | Juda tez-tez: qovoqni qizarishi Tez-tez: nuqtali keratit, ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarni quruqligi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘zlarni qizarishi Tez-tez emas: keratit, irit, kon‘yunktivit, ko‘zning oldingi kamerasini yallig‘lanishi, blefarit, fotofobiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, astenopiya, ko‘zlarni shishi, yuqori ko‘zyosh oqishi, qovoqni qizarishi, kipriklarni o‘sishi Kam: shox parda eroziyasi, meybomianit, kon‘yunktival qon ketishi, qovoq chetida qasmoq xosil bo‘lishi, trixiaz, distixiaz |
Yurak tomonidan buzilishlar | Tez-tez emas: bradikardiya |
Tomirlar tomonidan buzilishlar | Tez-tez emas: Gipertenziya, gipotenziya |
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar | Tez-tez emas: xansirash Kam: disfoniya, bronxospazm, yo‘tal, tomoqning ta‘sirlanganligi |
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | Tez-tez emas: kontakt dermatit, gipertrixoz, terining yuqori pigmentasiyasi Kam: urtikariya, terining rangini o‘zgarishi |
Sotuvga chiqarilganidan keyingi tekshirishda identifikasiyalangan qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalari quydagilarni o‘z ichiga oladi. Bor bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha ularning tez-tezligini hisoblash mumkin emas.
Tizimli-a‘zoli sinf | MedDRA (Normativ-xuquqiy faoliyatning tibbiy lug‘ati) shartlar (versiya 15.1) |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Depressiya |
Ko‘rishni buzilishlari | Makulyar shishi, qovoqlarning ptozi |
Yurak tomonidan buzilishlar | Ko‘krakda og‘riq, yurak urishini tezlashishi |
Tomirlar tomonidan buzilishlar | Periferik shishi |
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | Disgveziya |
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar | Astma |
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | Allopesiya |
Faol moddalarning biri bilan aniqlanadigan qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalar, potensial DUOTRAV ko‘z tomchilari qo‘llanganda xam paydo bo‘lishi mumkin:
Travopost
Ko‘rishni buzilishlari – uveit, kon‘yunktivani buzilishi, follikulez kon‘yunktivit, rangdor pardaning giperpigmentasiyasi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: terini qipiqlanishi.
Timolol
Moddalar almashinuvini va ovqatlanish tomonidan buzilishlar: gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: serebral ishemiya, gravis miasteniyasi.
Ko‘rishni buzilishlari: diplopiya.
Yurak tomonidan buzilishlar: yurakni to‘xtashi, atrioventikulyar blokada, yurak urishini tezlashishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: nafas faoliyatini buzilishi, burunni bitishi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: diareya, ko‘ngil aynishi.
Umumiy buzilishlar va qo‘llash joydagi buzilishlar: asteniya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddalarga yoki yordamchi moddalarning har qandayiga yuqori sezuvchanlik.
Nafas yo‘llarining reaktiv kasalliklari, shu jumladan bronxial astma yoki anamnezdagi bronxial astma, o‘pkaning og‘ir surunkali obstruktiv kasalligi.
Sinusli bradikardiya, sinus tugunining kuchsizligi sindromi, shu jumladan sinoartrial blokada, II yoki III darajali atrioventikulyar blokada, dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi yoki kardiogen shok.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Umumiy
Yurak buzilishlari
Anafilaktik reaksiyalar
Yondosh davolash
Oftalmologik ta‘siri
Tomirlar tomonidan buzilishlar
Nafas tizimi tomonidan buzilishlar
Gipoglikemiya/diabet
Gipertireoz
Mushak kuchsizligi
Xirurgik anesteziya
Yordamchi moddalar
Fertillik, homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik
Homilador ayollarda ayollarda DUOTRAV ko‘z tomchilari yoki ularning alohida komponentlarini qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q yoki cheklangan miqdorda mavjud.
Travoprostni xayvonlardagi tekshirishlar reproduktiv toksiklikni ko‘rsatgan. Epidemiologik tekshirishlarda tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishiga ta‘siri aniqlanmagan, lekin beta-adrenoblokatorlar peroral yuborilganda, xomilaning ona qornidagi rivojlanishini kechikishi xavfini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda beta-blokadaning belgilari va simptomlari (masalan, bradikardiya, gipotenziya, respirator distress-sindrom va gipoglikemiya), tizimli beta-blokatorlar ona tomonidan tug‘ruqqacha qabul qilganda kuzatilgan.
DUOTRAV ko‘z tomchilarini homiladorlik davrida, faqat agarda bu o‘ta zarur bo‘lmasa qo‘llash kerak emas.
Lekin, agarda DUOTRAV ko‘z tomchilarini homiladorlik vaqtida tug‘ruqqacha buyurilsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqni hayotining birinchi kunlarida sinchiklab nazorat qilish kerak.
Emizish
Ko‘z tomchilaridan travoprostni odam ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma‘lum. Hayvonlardagi tekshirishlar travoprost va uning metabolitlari ko‘krak suti bilan chiqarilishi ko‘rsatilgan. Timolol ko‘krak sutiga chiqariladi. Biroq, ko‘z tomchilarini timololning terapevtik dozasini hisobga olib, yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun timololning hisoblangan dozasi shunchalik kam bo‘ladiki, u klinik jixatdan ahamiyatli beta-blokada chaqirmaydi. Emizikli ayollarga DUOTRAV ko‘z tomchilarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Fertillik
Odamda DUOTRAV ko‘z tomchilarini fertillikka ta‘sir qilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlardagi tekshirishlar odamlar uchun tavsiya qilingan maksimal dozadan 250 marta yuqori dozalarda travoprost va timololni fertillikka xech qanday ta‘sir qilmasligini ko‘rsatdi.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta‘siri
Boshqa har qanday ko‘z tomchilaridagi kabi, noaniq ko‘rish yoki boshqa ko‘rishni buzilishlari, avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.
Agarda preparat qo‘llangandan keyin ko‘rish aniqligi vaqtincha pasaysa, unday holda avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlarni ishlatish oldidan, pasient ko‘rishni yaxshilanishini kutishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi maxalliy oshirib yuborilganda aloxida reaksiyalar kuzatilmaydi.
Tasodifan yutib yuborilgan holda tizimli beta-blokada bo‘yicha dozani oshirib yuborilishining simptomlari bradikardiya, gipotoniya, bronxospazm va yurak yetishmovchiligini o‘z ichiga olishi mumkin.
Tasodifan yutib yuborilgan xolda davolash simptomatik va bir maromda saqlab turuvchi bo‘lishi kerak. Timolol dializga kam duchor bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
2,5 ml dan oq, tiniq bo‘lmagan polipropilen qopqoqchali va buraladigan qopqoqli flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lgan haroratda saqlanmasin.
Birinchi ochilganidan keyin 4 hafta o‘tgach yo‘q qilinsin.
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Faqat shifokor resepti bo‘yicha.