×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Амлодипин, Лизиноприл
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер, ОАО
Vakil:
- Gedeon Richter
ATX kodi:
- C09BB03
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 196 ta dorixonasida topildi

ico 63 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 75 800 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa: iste‘molchi uchun ma‘lumot

Ekvator tabletkalari 10 mg/5 mg

Ekvator tabletkalari 20 mg/10 mg

Ekvator tabletkalari 20 mg/5 mg

Lizinopril/Amlodipin

Mazkur dori vositasini qabul qilishdan oldin, ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotni saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U sizga u yana kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Hatto ulardagi simptomlar Sizniki bilan o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar qandaydir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga habar bering. Bu ushbu ilova-varaqada keltirilmagan har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir (4-bo‘limga qarang).

Ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Ekvator preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
  2. Ekvator preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak.
  3. Ekvator preparatini qanday qabul qilish kerak.
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalari.
  5. Ekvator preparatining yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti.
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot.

  1. Ekvator preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.

Ekvator tabletkalari majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kalsiy kanallarining blokatorlari guruhiga mansub amlodipin va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari guruhiga mansub lizinopril kiradi. Ekvator preparati kattalarda arterial gipertenziyani (yuqori arterial bosimni) davolash uchun qo‘llanadi.

Ekvator® tabletkalari preparati 10 mg/5 mg, arterial bosimni 10 mg dozadagi lizinopril va 5 mg dozadagi amlodipin majmuasi yordamida optimal tutib turish mumkin bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarga mo‘ljallangan.

Ekvator® tabletkalari preparati 20 mg/10 mg, arterial bosimni 20 mg dozadagi lizinopril va 10 mg dozadagi amlodipin majmuasi yordamida optimal tutib turish mumkin bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarga mo‘ljallangan.

Ekvator® tabletkalari preparati 20 mg/5 mg, arterial bosimni 20 mg dozadagi lizinopril va 5 mg dozadagi amlodipin majmuasi yordamida optimal tutib turish mumkin bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarga mo‘ljallangan.

Yuqori arterial bosimi bo‘lgan pasientlarda amlodipin qon tomirlar devorini bo‘shashtirishi orqali ta‘sir ko‘rsatadi, shu sababli, ulardan qon aylanishi sezilarli darajada osonlashadi. Shuningdek amlodipin yurak mushaklarini qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi. Lizinopril qon tomirlarni torayishiga to‘sqinlik qiladi va ichidagi bosimni pasaytiradi.

Sizda juda yuqori arterial bosim simtomlari namoyon bo‘lmasligi mumkin, biroq agar Siz gipotenziv preparatlarni muntazam qabul qilmasangiz, bu ayrim bir asoratlar (insult yoki yurak xuruji kabi) xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

  1. Ekvator preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak.

Ekvator preparatini qabul qilmang

Siz bu preparatni qabul qilmasligingiz kerak, agar:

  • agar Sizda ta‘sir etuvchi moddalarga yoki yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limga qarang);
  • agar Sizda boshqa AAF ingibitorlari (enalapril, kaptopril va ramipril) ga yoki boshqa kalsiy kanallari blokatorlari (nifedipin, felodipin yoki nimodipin) ga allergiya bo‘lsa;
  • agar Sizda ilgari AAF ingibitori bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan yoki bog‘liq bo‘lmagan angionevrotik shish (og‘ir allergik reaksiya yoki uning simptomlari: teri qichishishi, eshakemi, nafasni qiyinlashishi va qo‘llar shishi, tomoq, tilni yoki ko‘zlar atrofini shishi) bo‘lsa;
  • agar Sizning oila a‘zolaringizdan birontasida qachonlardir jiddiy allergik reaksiya (nasliy angionevrotik shish) yoki agar Sizda ilgari noma‘lum etiologiyali jiddiy allergik reaksiya (idiopatik angtonevrotik shish) kuzatilgan bo‘lsa;
  • agar Sizda arterial bosim haddan tashqari past (og‘ir arterial gipotenziya) bo‘lsa;
  • agar Sizda aortada torayish (aortal stenoz), yurak klapanlarida torayish (mitral stenoz), yurak mushaklarini qalinlashishi (gipertrofik kardiomiopatiya) bo‘lsa;
  • agar Sizda qon aylanishini buzilishi (shu jumladan kardiogen shok deb ataluvchi yurak sababli kelib chiqqan shok) bo‘lsa;
  • agar Sizda yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi yurak xuruji (miokard infarkti) kuzatilgan yoki kuzatilayotgan bo‘lsa;
  • agar Siz 3 oylikdan katta muddatli homilador bo‘lsangiz (homiladorlikning ilk muddatlarida ham Ekvator prepatini qabul qilmagan afzal – “Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi” bo‘limiga qarang).
  • agar Sizda qandli diabet bo‘lsa yoki Sizda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa va Siz arterial bosimni pasaytiruvchi aliskiren saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz.

Ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari

Agar Siz homiladorman deb taxmin qilsangiz (yoki homilador bo‘lishingiz ehtimoli bo‘lsa) davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz kerak. Ekvator preparatini homiladorlikning ilk muddatlarida qo‘llash tavsiya etilmaydi va agar homiladorlikning muddati 3 oydan katta bo‘lsa, uni qabul qilish mumkin emas, chunki homiladorlikning bunday muddatlarida uni qo‘llash Sizning farzandingizga jiddiy shikastlovchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin (“Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi” bo‘limiga qarang).

Ekvator preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing:

  • agar Sizda yurak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
  • agar Sizda qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar (qon tomir kollagenozi) bo‘lsa;
  • agar Sizda buyrak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
  • agar Sizda jigar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
  • agar Sizga jarrohlik operasiyasi (shu jumladan stomatologik operasiya) yoki anesteziya o‘tkazish rejalashtirilayotgan bo‘lsa;
  • agar Siz dializda bo‘lsangiz;
  • agar Sizga organizmdan xolesterinni LNP-aferez yordamida chiqarilish boshlanayotgan bo‘lsa;
  • agar Siz 65 yoshdan katta bo‘lsangiz;
  • agar Siz tuzning miqdori kam bo‘lgan parhezga amal qilayotgan bo‘lsangiz va kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi yoki qo‘shimchalar ishlatayotgan bo‘lsangiz, yoki agar Sizda qondagi kaliy miqdori yuqori (giperkaliemiya) bo‘lsa;
  • agar Sizda qandli diabet bo‘lsa;
  • agar Sizda diareya yoki qusish hollari kuzatilsa;
  • agar Sizga ari yoki asalarini chaqishiga allergik reaksiyani kamaytirish uchun desensibilizasiyalovchi davolash o‘tkazilayotgan bo‘lsa;
  • agar Siz negroid irqiga mansub bo‘lsangiz, chunki Sizda AAF ingibitorlarning samaradorligi pasayishi va angionevrotik shish xavfi oshishi mumkin;
  • agar Siz arterial bosimni pasaytirish uchun quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
  • angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari (ARB II) (sartanlar deb ma‘lum bo‘lgan, masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan), ayniqsa agar Sizda qandli diabet bilan bog‘liq buyrakda muammolar bo‘lsa.
  • aliskiren.
  • agar Siz quyida sanab o‘tilgan har qanday preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz davolovchi shifokoringiz bilan maslaxatlashing.

Agar Sizda Ekvator preparatini qabul qilganingizdan so‘ng uzoq vaqt davomida saqlanayotgan quruq yo‘tal kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Davolovchi shifokoringiz Sizga buyrak faoliyatini, arterial bosimni, shuningdek qon zardobida elektrolitlar (masalan, kaliy) miqdorini muntazam nazorat qilishni buyuradi.

Batafsil ma‘lumot “Ekvator preparatini qabul qilmang” bo‘limida keltirilgan.

Bolalar va o‘smirlar

Ekvator preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilmasliklari kerak.

Ekvator preparatini bir vaqtda boshqa preparatlar bilan qabul qilinishi

Shifokoringizga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari xaqida xabar bering.

Kaliy saqlovchi diuretiklar (spironolakton, amilorid, triamteren kabi suyuqlikni organizmda tutilishini kamaytirish uchun qo‘llanadigan vositalar) va kaliy saqlovchi qo‘shimchalar yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni Ekvator preparati bilan birga faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.

Ekvator preparatini va quyidagi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda, alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

  • diuretiklar deb ataluvchi organizmdan suyuqlikni chiqarilishini kuchaytiruvchi tabletkalar (suyuqlikni organizmda tutilishini kamaytirish uchun qo‘llanadi);
  • arterial bosimni pasaytirish uchun qo‘llaniladigan boshqa preparatlar (gipotenziv preparatlar);
  • yurak kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar (masalan, verapamil, diltiazem);
  • asetilsalisil kislotasi kabi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi (artrit, mushakda og‘riq, bosh og‘rig‘i, yallig‘lanish, isitmani davolash uchun qo‘llaniladigan) preparatlar (NYAQP);
  • ruxiy buzilishlarni davolash uchun qo‘llaniladigan litiy preparatlari, trisiklik antidepressantlar, neyroleptiklar;
  • insulin va ichga qabul qilish uchun diabetga qarshi preparatlar;
  • burun bitishi, yo‘tal, shamollash va bronxial astmani davolash uchun qo‘llaniluvchi, efedrin, fenilefrin, ksilometazolin va salbutamol kabi avtonom nerv tizimining stimulyatorlari (simpatomimetiklar);
  • immunodepressantlar (transplantatni ko‘chib ketishini oldini olish uchun qo‘llaniladigan, masalan, kortikosteroidlar, sitotoksik vositalar va antimetabolitlar);
  • podagrani davolash uchun qo‘llaniladigan allopurinol;
  • prokainamid (aritmiyalarni davolash uchun qo‘llanadi);
  • geparin (trombozni davolash uchun qo‘llanadi);
  • simvastatin (qonda ba‘zi bir yog‘lar va xolesterin miqdorini pasaytirish uchun qo‘llanadi);
  • narkotik vositalar, morfin va kuchli og‘riqni davolash uchun qo‘llaniladigan tegishli preparatlar;
  • rakka qarshi preparatlar;
  • jarrohlik operasiyalari va ba‘zi bir stomatologik muolajalari vaqtida qo‘llaniladigan anestetiklar. Mahalliy yoki umumiy anesteziya o‘tkazilishi oldidan, arterial bosimni vaqtinchalik keskin pasayshi xavfini nazarda tutib, o‘z shifokoringiz yoki stomatologga, Siz Ekvator preparatini qabul qilayotganingiz to‘g‘risida xabar bering;
  • tutqanoqni davolash uchun qo‘llaniladigan (karbamazepin, fenobarbital va fenitoin kabi) tirishishga qarshi preparatlar;
  • bakterial infeksiyalarni davolash uchun (antibiotiklar, masalan, rifampisin, eritromisin va klaritromisin), OITVni davolash uchun (proteaza ingibitorlari deb nomlanuvchi, masalan ritonavir, indinavir, nelfinavir) yoki zamburug‘lar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun preparatlar (ketokonazol, itrakonazol);
  • teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi dorivor o‘tlar asosida tayyorlangan dori preparatlari;
  • oltin tuzlari, ayniqsa vena ichiga yuboriladigan vositalar (revmatoid artrit simptomlarini davolash uchun qo‘llanadi);
  • dantrolen (xavfli gipertermiyani davolash uchun qo‘llaniladigan skelet mushaklarni bo‘shashishini chaqiruvchi vositalar).

Zarurat tug‘ilganida:

  • agar Siz angiotenzin II reseptorlarining blokatorlarini (ARB II) yoki aliskirenni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Sizning davolovchi shifokoringiz preparatning dozasini o‘zgartirishi va/yoki boshqa preparatni buyurishi mumkin (batafsilroq ma‘lumot “Ekvator preparatini qabul qilmang” va “Ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limlarida keltirilgan).

Ekvator preparatini ovqat va ichimliklar (shu jumladan spirtli ichimliklar) bilan birga qabul qilish

Ekvator preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin, biroq davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Ekvator preparatini qabul qilayotgan pasietlar greypfrut sharbatini iste‘mol qilmasliklari kerak. Greypfrut yoki greypfrut sharbatini iste‘mol qilish qonda ta‘sir etuvchi moddaamlodipin darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida Ekvator preparatining gipotenziv samarasi haddan tashqari oshadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik

Agar Siz homiladorman deb taxmin qilsangiz (yoki homilador bo‘lishingiz ehtimoli bo‘lsa) yoki agar Siz homiladorligingizni bilsangiz, darhol davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz kerak. Agar Siz xomilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz Ekvator preparati bilan davolashni bekor qiladi va Ekvator preparatini o‘rniga boshqa preparatni tavsiya etadi. Ekvator preparatini homiladorlikning ilk muddatlarida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ekvator preparatini homiladorlikning muddati 3 oydan katta bo‘lsa, uni qabul qilish mumkin emas, chunki homiladorlikning bunday muddatlarida uni qo‘llash Sizning bolangizga jiddiy shikastlovchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Emizish davri

Agar Siz emizikli ona bo‘lsangiz yoki emizishni boshlamoqchi bo‘lsangiz davolovchi shifokoringizga xabar bering. Ekvator preparati emiziklik onalarga tavsiya etilmaydi va agar Siz emizmoqchi bo‘lsangiz, ayniqsa Sizning farzandingiz yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsa yoki chala tug‘ilgan bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz Sizga boshqa preparatni buyuradi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash

Transport vositasini boshqarish, asboblar yoki mexanizmlarni ishlatish oldidan, shuningdek yuqori diqqatni talab etuvchi ishni bajarishdan oldin, Sizga Ekvator preparati qanday ta‘sir qilayotganini tekshiring. Ekvator preparati Sizga transport vositasini xavfsiz boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatingizga (ayniqsa davolashni boshida) ta‘sir qilishi mumkin. Agar Siz Ekvator preparati Sizga transport vositasini xavfsiz boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatingizga nojo‘ya ta‘sir qilayotgan bo‘lsa (masalan, Sizda kayfiyatni yomonlashishi, bosh aylanishi, charchoq va bosh og‘rig‘ini chaqirsa) transport vositasini boshqarmang va mexanizmlar bilan ishlamang.

  1. Ekvatorni qanday qabul qilish kerak.

Ushbu preparatni doimo shifokoringizning ko‘rsatmalariga qat‘iy amal qilgan qabul qiling. Sizda qandaydir shubha paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Tavsiya etiladigan doza: Ekvator preparatining 1 tabletkasi kuniga bir marta buyuriladi.

Ekvator preparatini, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Har bir tabletka butunligicha suyuqlik bilan qabul qilinadi. Siz tabletkani har kuni bir vaqtda qabul qilishingiz kerak.

Agar Siz Ekvator preparatining samarasi haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz ekanligini sezsangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi

Ekvator preparatini samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yetarli emasligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas.

Keksa yoshli pasientlar

65 yoshdan oshgan pasientlarda odatda dozaga maxsus o‘zgartirish kiritish talab qilinmaydi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Jigar kasalligi qondagi amlodipin konsentrasiyasiga ta‘sir qilishi mumkin. Bunday hollarda shifokoringiz Sizga tekshiruvga tez-tez kelib turishni maslahat beradi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Ekvator preparati bilan davolanish vaqtida Sizning muntazam tibbiy ko‘riklaringiz, buyrak faoliyatini, qon zardobida kaliy va natriy miqdori o‘zgarishini tez-tez monitoring nazoratini o‘z ichiga oladi. Buyrak faoliyati yomonlashgan hollarda Ekvator preparati bekor qilinadi va Sizga boshqa davolash chorasi buyuriladi.

Agar Siz Ekvator tabletkalari preparatini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz

Darhol shifokoringizga yoki farmasevtga yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.

Dozani oshirib yuborilishi, ko‘proq arterial bosimni yaqqol pasayishiga olib keladi, bu sinchkov nazorat qilishni talab etadi. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: elektrolit muvozanatini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, nafas olishni tezlashishi, (giperventilyasiya), yurak urishini tezlashishi, yurakni urishini his qilish, yurak urishini sekinlashishi, bosh aylanishi, bezovtalik, yo‘tal. Siz bosh aylanishini yoki xolsizlikni his qilishingiz mumkin. Arterial bosimni keskin tushishi shok holatiga olib kelishi mumkin, Sizni teringiz, ushlab ko‘rganda sovuq va yopishqoq bo‘lishi mumkin va Siz xushdan ketishingiz mumkin. Xarakterli simptomlar (bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i) yuz berganida Sizni oyoqlaringizni yuqoriga ko‘tarib chalqancha “yotgan” holatga keltirish kerak. Keyingi zarur choralarni Sizning shifokoringiz ko‘radi.

Agar Siz Ekvator preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Keyingi dozani odatdagi tartibda qabul qiling.

Agar Siz Ekvator preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Sizning davolovchi shifokoringiz Sizga tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatishni buyurmagunicha, qabul qilishingizni davom ettiring. Agar Siz o‘ztingizni yaxshi his qilsangiz, tabletkalarni qabul qilishni mustaqil ravishda to‘xtatmang, chunki Sizning holatingiz yana yomonlashishi mumkin.

Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizdan yoki farmasevtdan so‘rang.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar.

Barcha dori preparatlari kabi, ushbu preparat ham, garchi ular barcha pasientlarda kuzatilmasa-da, noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Tez-tez uchragan  nojo‘ya reaksiyalar (10 nafar insondan 1 da uchraydi)

Amlodipin va lizinopril saqlovchi majmuaviy preparatning klinik tadqiqotlarida, quyidagi nojo‘ya reaksiyalar: bosh og‘rig‘i, yo‘tal, bosh aylanishi, yurakni tez urishi yoki yurakni muntazam bo‘lmagan urishi, shuningdek qichishish kuzatilgan.

Ekvator preparati qo‘llanganda allergik reaksiyalar (yuqori sezuvchanlik reaksiyalari) yuz berishi mumkin. Agar angionevrotik shishning quyida keltirilgan simptomlaridan birontasi:

  • yuz, lab, til va/yoki tomoq shishi bilan yoki shishisiz kechuvchi nafas olishni qiyinlashishi;
  • yutunishni qiyinlashishiga olib keluchi yuz, lab, til va/yoki tomoq shishi;
  • terini kuchli qichishishi (shish bilan) yuz bersa, Siz Ekvator preparatini qabul qilishni to‘xtatishingiz va darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak

Faqat amlodipin yoki faqat lizinopril (ikkita ta‘sir etuvchi modda) qo‘llanilishida qayd qilingan va shuningdek Ekvator preparatini qo‘llanilishidan so‘ng yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar sirasiga quyidagilar kiradi:

Amlodipin

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (10  nafar insondan 1 da uchraydi)

Bosh og‘rig‘i, shish (masalan, to‘piq sohasida), charchoq hissi, uyquchanlik, o‘zini yomon his qilish, bosh aylanishi, qorinda og‘riq, yurak urishini his qilish (tez-tez yoki muntazam bo‘lmagan yurak urishi), ko‘ngil aynashi, terini qizarishi.

Agar ushbu reaksiyalar Sizga noqulaylik tug‘dirayotgan yoki bir haftadan ortiq saqlanayotgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya reaksiyalar (100  nafar insondan 1 da uchraydi)

Teri toshmasi, terini qichishishi, soch to‘kilishi, terida qizil dog‘larni paydo bo‘lishi, teri rangini o‘zgarishi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, qusish, mushaklarni tirishishi, diareya yoki qabziyat, bo‘g‘imlarda yoki mushaklarda og‘riq, belda og‘riq, ko‘krakda og‘riq, kayfiyatni o‘zgarishi (shu jumladan, bezovtalik), depressiya, uyqusizlik, tanada titroq, ko‘rishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi (quloqlarni jaranglashi), arterial gipotenziya (arterial bosimni pasayishi), nafas olishni qiyinlashishi, ta‘mni buzilishi, paresteziya (uvushish yoki achishishni his qilish), rinoreya, kechqurun siyishga tez-tez qistovlar, siyishni buzilishi, og‘izni qurishi, og‘riq hissini yo‘qolishi, ko‘p terlash, xushdan ketish, og‘riq, lohaslik (o‘zini yomon his qilish), xolsizlik, erkaklarda ko‘krak bezini kattalashishi, impotensiya, tana vaznini oshishi, tana vaznini kamayishi.

Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (1000 nafar insondan 1 da uchraydi)

Ongni chalkashishi.

Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (10000 nafar insondan 1 da  uchraydi)

Allergik reaksiyalar, “jigar” funksional testlari tomonidan patologiya, jigarni yallig‘lanishi (gepatit), teri qoplamini sarg‘ayishi (sariqlik), qonda oq qon tanachalari va trombositlar sonini kamayishi, qonda glyukoza darajasini oshishi, yurak xuruji (miokard infarkti), muntazam bo‘lmagan yurak urishi (aritmiya), yo‘tal, yaqqol teri reaksiyasi (eshakemi, terini qipiqlanishi yoki tangasimon plastinka bilan qoplanishi), isitma, qizil dog‘lar, bo‘g‘imlarda og‘riq va/yoki ko‘rishni buzilishlari bilan kechuvchi yaqqol allergik reaksiyalar (Stivens-Djonson sindromi), lab, qovoq va genital sohani shishi (Kvinke shishi), milklarni og‘rishi va shishi, me‘da osti bezini yallig‘lanishi (pankreatit), me‘da shilliq qavatini yallig‘lanishi (gastrit), allergik toshma, yorug‘likka qaray olmaslik, gipertonus (mushak tarangligini oshishi), periferik neyropatiya (holsizlik va sanchiq hissini chaqiruvchi nerv shikastlanishi), qon tomirlarini yallig‘lanishi.

Lizinopril

Tez-tez uchraydigan  nojo‘ya reaksiyalar (10  nafar insondan 1 da uchraydi)

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi yoki bosh aylanishini his qilish (ayniqsa, o‘rnidan keskin turganda), diareya, yo‘tal, qusish, siydik xajmini kamayishi.

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya reaksiyalar (100  nafar insondan 1 da uchraydi)

Kayfiyatni o‘zgarishi, qo‘l yoki oyoq barmoqlarini rangini o‘zgarishi (och-ko‘k, so‘ngra qizil) va/yoki uvushib qolishi yoki sanchishi (Reyno kasalligi), ta‘mni buzilishi, toliqish, uyquchanlik yoki uxlashni qiyinlashishi, g‘ayrioddiy tush ko‘rish, o‘rab turgan buyumlarni aylanishini his qilish (vertigo), sezishni buzilishi (sanchish, yoki qitiqlash, yoki qichishish, yoki achishish), tez va muntazam bo‘lmagan yurak urishini his qilish, yurak xuruji (miokard infarkti), insult, rinoreya, ko‘ngil aynishi, o‘zini yomon his qilish, qorinda og‘riq yoki ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, impotensiya, charchoq, ayrim laborator testlar natijalarini o‘zgarishi (buyrak va jigar tomonidan), toshma, qichishish, yurakni tez urishi (taxikardiya).

Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (1000 nafar insondan 1 da uchraydi)

Angionevrotik shish (to‘satdan lab, yuz va bo‘yin, ba‘zan oyoq va qo‘l shishi bilan kechuvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, boshqa irq vakillariga nisbatan negroid irqiga mansub pasientlarda angionevrotik shish ko‘proq kuzatiladi). Ongni chalkashishi, siydik chiqarilishini nazorat qiluvchi antidiuretik gormonning noadekvat sekresiyasi, buyrak faoliyatini o‘tkir buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, og‘iz qurishi, soch to‘kilishi, psoriaz, allergik toshma, erkaklarda ko‘krak bezini kattalashishi.

Qon formula ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi: gematokrit va gemoglobin darajasini pasayishi. Qonda natriy miqdorini kamayishi, bilirubin (safro pigmenti) konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi.

Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (10000 nafar insondan 1 da  uchraydi)

Qonda glyukoza miqdorini kamayishi (gipoglikemiya), burunni yondosh bo‘shliqlarida og‘riq, o‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya), sklera va/yoki teri rangini sarg‘ayishi (sariqlik), me‘da osti bezi yoki jigarni yallig‘lanishi, jigar yetishmovchiligi, og‘ir teri reaksiyalari (qizarish, qavariq hosil bo‘lishi va qipiqlanish simptomlarini o‘z ichiga oladi), ko‘p terlash, siydik xajmini kamayishi yoki siydikni chiqmasligi, ichakni yallig‘lanishi.

Umumiy qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi: qizil qon tanachalar miqdorini kamayishi (anemiya), qonda trombositlar miqdorini kamayishi (trombositopeniya), oq qon tanachalar miqdorini kamayishi (neytropeniya, leykopeniya, agranulositoz). Bu o‘zgarishlar qon ketish vaqtini oshishi, toliqish, holsizlik, limfa tugunlari kasalligi, autoimmun buzilishlarni (immun tizimi o‘z to‘qimalariga qarshi antitelalar ishlab chiqarsa) chaqirishi mumkin. Siz infeksiyalarga ko‘proq moyil bo‘lishingiz mumkin.

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)

Hushdan ketish, depressiya.

 

Nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish 

Agar Sizda qandaydir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling. Bular, ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya samaralar xam bo‘lishi mumkin. Preparatning nojo‘ya samaralari haqida xabar beib, Siz bu dori vositasining xavfsizligi xaqida ko‘proq ma‘lumot olishga yordam berasiz.

  1. Ekvator preparatini yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik ta‘siridan ximoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

  1. O‘ram ichidagi modda va boshqa ma‘lumotlar

Ekvator preparatining tarkibi

  • Ta‘sir etuvchi moddalar:

Ekvator tabletkalari 10 mg/5 mg: har bir tabletka 10,00 mg lizinopril (10,88 mg lizinopril digidrati shaklida) va 5,00 mg amlodipin (6,94 mg amlodipin bezilati shaklida) saqlaydi.

Ekvator tabletkalari 20 mg/10 mg: har bir tabletka 20,00 mg lizinopril (21,76 mg lizinopril digidrati shaklida) va 10,00 mg amlodipin (13,88 mg amlodipin bezilati shaklida) saqlaydi.

Ekvator tabletkalar 20 mg/5 mg: har bir tabletka 20,00 mg lizinopril (21,76 mg lizinopril digidrati shaklida) va 5,00 mg amlodipin (6,94 mg amlodipin bezilati shaklida) saqlaydi.

  • Yordamchi moddalar: magniy stearati, natriy kraxmalglikolyati (A turi), mikrokristall sellyuloza, 12 turi; mikrokristall sellyuloza, 101 turi.

Ekvator preparatining ta‘rifi va o‘ram ichidagi modda

Ekvator tabletkalari 10 mg/5 mg:

Oq yoki deyarli oq, dumaloq, yassi, bir tomonida faska va riskali va boshqa tomonida – “A+L” grafirovkali tabletkalar. Diametri: 8 mm ± 0,1 mm.

Riska tabletkani teng dozalarga bo‘lish uchun emas, balki faqat tabletkani sindirish va yutilishini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan.

Ekvator tabletkalari 20 mg/10 mg:

Oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq (R: 13 mm), bir tomonida “CF3” gravirovkali, boshqa tomoni gravirovkasiz tabletkalar. Diametri: 11 mm ± 0,1 mm.

Ekvator tabletkalari 20 mg/5 mg:

Oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida “CF2” gravirovkali, boshqa tomoni gravirovkasiz tabletkalar.

O‘rami:

10 tabletka blisterda (PVX/PE/PVDX – alyumin folga).

1, 3 yoki 6 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi Гедеон Рихтер, ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EKVATOR tabletkalari 20mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин, Лизиноприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ОАО «Гедеон Рихтер»
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30
EKVATOR tabletkalari 20mg/5mg N30
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
AMLIPIN tabletkalari 5mg+10mg N30
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg
EKVAMER 0,01+0,02+0,02 kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин, Лизиноприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TERBIZIL krem 15g 1%
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25
Narh: 980 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 24 800 so'mdan Batafsil
KLION D 100 tabletkalari N10
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
GINOFORT krem 5g 2%
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N30
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
REKSETIN tabletkalari 20mg N30
Narh: 109 400 so'mdan Batafsil
VEROSHPIRON tabletkalari 25mg N20
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
AUROBIN maz 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 73 000 so'mdan Batafsil
AERTAL krem 60g 1,5%
Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
KAVINTON FORTE tabletkalari 10mg N90
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
GALOPERIDOL DEKANOAT eritma 1ml 50mg/ml N5
TERBIZIL tabletkalari 250mg N14
ARDUAN poroshok 4mg N25
Narh: 884 800 so'mdan Batafsil
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N5
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9