×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Сульбактам, Цефтриаксон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Karbon Pharma Pvt. Ltd.
Vakil:
- KOHINOOR FARMA MChJ
ATX kodi:
- J01DA63
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 17 ta dorixonasida topildi

ico 29 344 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

LIFEPIM poroshok 1g N1 Brawn Laboratories Ltd. Hindiston
SISPRES tabletkalari 500mg N14 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
30 000 s`om dan
RODINIR poroshok 60ml 250mg/5ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
67 200 s`om dan
LEVODEKS 250 tabletkalari 250mg N6 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GULSEF-SB

GULCEF-SB

Preparatning savdo nomi: Gulsef-SB

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN) : seftriakson (natriyli tuzi ko‘rinishida) + sulbaktam (natriyli tuzi ko‘rinishida).

Dori shakli: eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: seftriakson (natriyli tuzi ko‘rinishida) – 1,0 g, sulbaktam (natriyli tuzi ko‘rinishida) – 0,5 g;

yordamchi moddalar: saqlamaydi.

Ta‘rifi: oq yoki och sariq rangli kristall kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DA63

Farmakologik xususiyatlari

Gulsef-SB culbaktam natriy va seftriakson natriyni quruq kukun ko‘rinishidagi majmuasi bo‘lib, eritilganidan keyin qo‘llanadi.

Seftriakson natriy vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan steril, yarimsintetik sefalosporin antibiotikdir.

Sulbaktam natriy asosiy penisillin qatori hosilasidir.

Sulbaktam klinik ahamiyatli antibakterial faollikka ega emas. Tekshirishlarda uni, β-laktam antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik asosiy β-laktamazalarning qaytmas ingibitori ekanligi ko‘rsatilgan.

Sulbaktam ayrim penisillinlarni bog‘lovchi oqsillar bilan birikadi, shuning uchun seftriakson/sulbaktam majmuasi sezgir shtammlarga ko‘pincha bir seftriaksonga nisbatan, kuchliroq ta‘sir ko‘rsatadi.

Seftriakson va sulbaktam majmuasi

Sulbaktam va seftriaksonni majmuasi seftriaksonga sezuvchan barcha mikroorganizmlarga nisbatan faoldir. Bundan tashqari, komponentlarning majmuasi turli mikroorganizmlarga nisbatan preparatning alohida komponentlari bilan solishtirganda sinergizm (minimal ingibirlovchi konsentrasiyalarni pasayishi) namoyon qiladi.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter calcoaceticus, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan ampisillinga chidamli va beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Morganella morganii Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Neisseria meningitides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

Seftriakson Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan ham faol.

Yuqorida ko‘rsatilgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari odatda boshqa antibiotiklarga, masalan, penisillinlar, sefalosporinlar va aminoglikozidlarga nisbatan chidamli, seftriaksonga nisbatan esa sezuvchandir.

Grammusbat aeroblar: Staphylococcus aureus (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, Viridans group streptococci.

Metisillinga chidamli stafilokokklar sefalosporinlarga, shu jumladan seftriaksonga ham chidamlidir.

Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Clostridium species, Peptostreptococcus species.

Clostridium difficile ni ko‘pchilik shtammlari seftriaksonga chidamli.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Providencia species (shu jumladan Providencia rettgeri), Salmonella species (shu jumladan, Salmonella typhi), Shigella species.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Streptococcus agalactiae, Prevotella (Bacteroides) bivius, Porphyromonas (Bacteroides) melaninogenicus.

Listeria monocytogenes va meningitni chaqiradigan penisillinga chidamli S. pneumoniae ga nisbatan kam faol.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng seftriakson va sulbaktamning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 15 minut va 2 soatlar orasida aniqlanadi. Seftriaksonning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi mushak ichiga bir martalik dozasi 1,0 g yuborilganidan so‘ng taxminan 81 mg/l ni tashkil etadi va 2-3 soat davomida aniqlanadi, ayni paytda sulbaktam natriyning konsentrasiyasi esa 6-24 mg/ml ni tashkil etadi va doza yuborilganidan keyin 1 soat davomida aniqlanadi.

Tavsiya etilgan dozalarda vena ichiga qo‘llanganida seftriakson natriy organizmning a‘zolari va to‘qimalariga yaxshi taqsimlanadi. Bakterisid konsentrasiyalari 24 soat davomida tutib turiladi. Seftriakson albumin bilan qaytar bog‘lanadi, va konsentrasiyasi oshishi bilan bog‘lanishi kamayadi, masalan, plazmadagi konsentrasiyasi <100 mg/l bo‘lganida bog‘lanishi 95% dan 300 mg/l bo‘lganida bog‘lanishi 85% gacha kamayadi. Albuminning miqdori kamligi tufayli, erkin seftriaksonning to‘qima suyuqligidagi proporsiyasi plazmadagiga nisbatan muvofiq ravishda yuqori bo‘ladi.

Seftriakson natriyni taqsimlanish xajmi 7-12 l ni tashkil etadi va sulbaktamniki 18-27,6 l ni tashkil etadi. Ikkalasi xam amniotik suyuqlikga keng taqsimlanadi. U shuningdek sutda ham aniqlanadi. Yosh va katta yoshdagi sog‘lom ko‘ngillilarda plazmaning tozalanish koeffisienti 10-22 ml/min ni tashkil etadi. Jigarni tozalanishi
5-12 ml/min tashkil etadi. Taxminan 75-85% sulbaktam va 50-80% seftriakson o‘zgarmagan holda buyraklar orqali, qolgan doza esa, o‘t-safro bilan chiqariladi.

Seftriaksonni plazmadagi o‘rtacha yarim parchalanish davri sog‘lom yosh, katta yoshdagi ko‘ngillilarda 8 soatni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda siydik bilan chiqarilishi dozasining taxminan 70% ni tashkil etadi. Sakkiz kunlikdan kichik bolalarda va 75 yoshdan oshgan keksa odamlarda yarim parchalanish vaqti odatda sog‘lom, yosh odamlar guruhiga nisbatan 2-3 marta yuqori bo‘ladi. Sulbaktamni plazmadagi o‘rtacha yarim parchalanish vaqti taxminan 1 soat.

Gemodializ sulbaktamning yarim parchalanish vaqtini, organizmdan umumiy chiqarilishini, taqsimlash hajmini o‘zgartiradi.

Pediatriyada o‘tkazilgan tekshirishlar, majmuaviy shaklda yuborilganida seftriaksonning komponentlarini farmakokinetikasi ahamiyatli o‘zgarishlarga ega emasligini ko‘rsatdi.

Qo‘llanilishi

Gulsef-SB, unga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan, quyidagi infeksiyalarni davolash uchun buyuriladi:

  • yuqori va quyi nafas yo‘llarining va LOR-a‘zolarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o‘pka abssessi, plevra empiemasi, o‘rta quloqni o‘tkir bakterial otiti);
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari;
  • siydik jinsiy a‘zolarning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (pielit, o‘tkir va surunkali pielonefrit, sistit, prostatit, epididimit va boshq.);
  • suyak va bo‘g‘imlar, yuz-jag‘ sohasining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari;
  • qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (peritonit, xolesistit, pankreatit va boshq.);
  • asoratlanmagan gonoreya, shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar chaqirgan gonoreya;
  • sepsis va bakterial septisemiya;
  • bakterial meningit va endokardit;
  • yumshoq shankr va sifilis;
  • Laym kasalligi (spiroxetoz);
  • salmonellez va salmonella tashuvchilar;
  • immuniteti kuchsizlangan pasientlardagi infeksiyalar;
  • operasiyadan keyingi infeksion asoratlarni oldini olish.

Operasiyadan keyingi infeksion asoratlarni oldini olish: operasiyadan oldin preparatni yuborish operasiyadan keyingi infeksiyalar havfini kamaytirishi mumkin. Operasiya o‘tkaziladigan pasientlar (masalan, vaginal abdominal gisterektomiya, havf guruhidagi pasientlarda surunkali kalkulez xolesistit bo‘lganda xolesistektomiya, antimikrob preparatlar yuborishni talab qilmaydigan o‘tkir xolesistit, obstruktiv sariqlik yoki o‘t yo‘llariga toshlarni tiqilib qolishi va boshq.) infeksiyani rivojlanishiga nisbatan potensial xavfli hisoblanadilar. Shuningdek, operasiya maydoni jiddiy xavf solishi mumkin bo‘lgan pasientlar (masalan, aorta-koronar shuntlash vaqtida) ham infeksiyani rivojlanishiga nisbatan potensial xavfli hisoblanadilar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar

Kattalar uchun seftriaksonning odatdagi sutkalik dozasi 1-2 grammni tashkil etadi, u infeksiyaning turi va jiddiyligiga qarab, kuniga 1 marta (yoki teng bo‘lingan dozalarda kuniga ikki marta) yuboriladi. Maksimal sutkalik dozasi 4 gramm dan oshmasligi kerak.

Buyraklarni yaqqol buzilishlari (KK minutiga 15-30 ml) bo‘lgan bemorlarda preparatning maksimal dozasi har 12 soatda 1 g ni tashkil etadi (sulbaktamni maksimal sutkalik dozasi – 2 g), KK minutiga 15 ml dan kam bo‘lgan bemorlarda esa, sulbaktamning maksimal dozasi har 12 soatda 500 mg ni tashkil etadi (sulbaktamni maksimal sutkalik dozasi – 1 g).

Pediatrik pasientlar

Teri va yumshoq to‘qimalarining infeksiyalarini davolash uchun tavsiya etilgan umumiy sutkalik dozasi (seftriaksonga hisoblaganda) 50-75 mg/kg ni tashkil etadi, kuniga 1 marta (yoki teng bo‘lingan dozalarda kuniga ikki marta) yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1 grammdan oshmasligi kerak. O‘tkir bakterial otitni davolash uchun: mushak ichiga yuboriladigan bir martalik dozasi 25 mg/kg (seftriaksonga hisoblaganda) tavsiya etiladi (1 grammdan oshmasligi kerak).

Meningitdan tashqari, jiddiy aralash infeksiyalarni davolash uchun, seftriaksonni tavsiya etilgan sutkalik dozasi 50-75 mg/kg ni tashkil etadi, har 12 soatda bo‘lingan dozalarda yuboriladi. Maksimal sutkalik dozasi 2 gramm dan oshmasligi kerak.

Meningitni davolashda seftriaksonni boshlang‘ich terapevtik dozasi 100 mg/kg ni tashkil etadi (4 gramm dan oshirmaslik kerak). Seftriaksonni sutkalik dozasi 1 kunda bir marta (yoki bir xil bo‘lingan dozalarda har 12 soatda) yuborilishi mumkin. Odatda davolash davomiyligi 7-14 kunni tashkil etadi. Odatda seftriakson bilan davolashni infeksiyaning belgilari yo‘qolganidan keyin, kamida yana 2 kun davomida davom ettirish kerak. Odatda davolash 4-14 kun davom etadi. Asoratlangan infeksiyalarda uzoq vaqt davolash talab qilinishi mumkin.

Streptokokk chaqirgan infeksiyalarni davolashda antipiogen davolash eng kamida 10 kun davom etishi kerak.

Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar

Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparat in‘eksiya uchun steril suvda, natriy xlorid eritmasida yoki dekstroza eritmasida 1:10 nisbatda, mushak ichiga yuborish uchun 1% li lidokain eritmasida eritiladi. Seftriakson preparatini tegishli erituvchida (in‘eksiya uchun suv, natriy xlorid eritmasi, dekstroza eritmasi) suyultirish quyidagi jadvalda keltirilgan:

Dozasi (seftriaksonga hisoblaganda) 250 mg 500 mg 1000 mg
Vena ichiga yuborish uchun erituvchini miqdori (ml) 2,4 4,8 9,6
Mushak ichiga yuborish uchun erituvchini miqdori (ml) (1% lidokain gidroxlorid eritmasi) 0,5-0,9 1,0-1,8 3,6

Vena ichiga in‘eksiyani kamida 2-4 minut davomida yuborish kerak.

Vena ichiga infuziyani kamida 30 minut davomida yuborish kerak.

Preparat 1% li lidokain eritmasida eritilganidan so‘ng, tayyor eritmani mushak ichiga chuqur yuborish kerak. 1 g dan ortiq dozalarni (seftriaksonga hisoblaganda) 2 ga bo‘lish va 12 soat interval bilan yuborish kerak.

Tayyor eritmani zudlik bilan yuborish kerak.

Seftriaksonni eritish yoki tayyor eritmani vena ichiga yuborish uchun suyultirish uchun kalsiya saqlovchi eritmalarni (masalan, Ringer eritmasi yoki Gartman eritmasi) ishlatish mumkin emas. Bu cho‘kma hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qabul qilinganida allergik reaksiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaksiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok) paydo bo‘lishi mumkin; stomatit, glossit, ovqat xazm qilish tizimi tomonidan esa ko‘ngil aynishi, qusish, ta‘m sezishni yo‘qolishi, qorin og‘rig‘i, disbakterioz, superinfeksiya soxta membranoz kolit. Periferik qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari: neytropeniya, limfopeniya, trombositopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya bo‘lishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobidagi plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda: kreatininni darajasi oshadi, silindrlar paydo bo‘ladi; oliguriya, anuriya, bioximik o‘zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va qon plazmasida bilirubinni oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborilgan joyda og‘riq va infiltrat, ayrim hollarda vena ichiga yuborilganida – flebit yoki tromboflebit kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yoki penisillinga, shuningdek lidokainga (mushak ichiga yuborishda) ma‘lum allergiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Jigar va buyrak yetishmovchiligi, anamnezdagi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari, ayniqsa nospesifik yarali kolit yoki enteritda, homiladorlik, laktasiya vaqtida qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sefalosporinlar va siklosporin bir vaqtda qo‘llanganida, siklosporinning qon plazmasidagi darajasi va toksikligi oshishi mumkin.

Aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samaradorligi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, antiagregantlar qon ketish ehtimolini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishini chaqiradi.

Diklofenak bilan birga qo‘llanganida seftriaksonni safroga ajralishini rag‘batlantiradi va siydikdagi umumiy klirensini pasaytiradi.

Asetalozamid me‘da shirasidagi seftriaksonning konsentrasiyasini oshiradi.

Seftriaksonning eritmalarini boshqa mikroblarga qarshi preparatlar bilan aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas.

Seftriaksonni kalsiy saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jiddiy anafilaktik reaksiyalarda epinefrinni (adrenalinni) shoshilinch holatda yuborish kerak. Vena ichiga glyukokortikosteroidlar yuboriladi va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi ta‘minlanadi, shu jumladan intubasiya qilinadi.

Safro yo‘llarining og‘ir obstruksiyasida, og‘ir darajadagi jigar kasalliklarida, shuningdek buyraklar faoliyatini buzilishlarida, preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi.

Jigar faoliyatini buzilishlari va buyraklar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lgan bemorlarda seftriaksonning zardobdagi konsentrasiyasini monitor o‘tkazish va zarurati bo‘lganida uning dozasini to‘g‘rilash kerak. Agar bunday hollarda seftriaksonning zardobdagi konsentrasiyasini muntazam monitori o‘tkazilmasa, u holda uning dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.

Preparat bilan uzoq muddat davolashda (boshqa antibiotiklar kabi) sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan ziyod o‘sishi kuzatilishi mumkin. Davolash vaqtida bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Preparat bilan uzoq muddat davolashda ichki a‘zolar faoliyatini, shu jumladan buyraklar, jigar va qon yaratish tizimi ko‘rsatkichlarini, vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi. Bu ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, eng avvalo chala tug‘ilgan chaqaloqlar va kichik yoshli bolalar uchun muximdir.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va laktasiya davrida faqat ona uchun kutilgan foyda, homila va bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llanishi mumkin.

Pediatriyada qo‘llanilishi

Giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, ayniqsa muddatidan oldin tug‘ilganlarga preparatni yuborish mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayishi.

Davolash: simptomatik, gemodializ yoki peritoneal dializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

Eritma tayyorlash uchun kukun, rezina tiqinli va plastmassa qopqoqli rangsiz shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va qorong‘u joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Sertifikarlar

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 dori vositasi Karbon Pharma Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DUALSEFT poroshok 1000+500 N1
SEFTRIAKSON SULBAKTAM poroshok 1,5g N1
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
EKSTUM poroshok 1,5g
EKSTUM poroshok 0,75g
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
EKSTUM poroshok 0,375g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences PVT. LTD.
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
KUASEF poroshok 1000mg+500mg N1
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml
SILDAP tabletkalari 60mg 100mg/60mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karbon Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karbon Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: Florence Healthcаre
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
SILDAP tabletkalari 30mg 50 mg+30 mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karbon Pharma Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9