KETONAL 2,5% 100,0 GEL

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

KETONAL 2,5% 100,0 GEL

Kategoriya: - Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi: - Germaniya
Faol modda: - Ketoprofen
Ishlab chiqaruvchi: - Салютас Фарма ГмбХ
Noaniqliq haqida habar berish
Ushbu dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestriga kiritilmagan.
O'xshash dorilar


Mahsulot haqida tafsilotlar

KETONAL 2,5% 100,0 GEL qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KETONAL®DUO

KETONAL DUO

 

Preparatning savdo nomi: Ketonal® Duo

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketoprofen/ketoprofenum

Dori shakli: ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 150 mg ajralib chiqishi modifikasiyalangan granulalar shaklidagi ketoprofen.

Yordamchi moddalar:

Kapsula ichidagisi: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, povidon, natriy kroskarmelloza, polisorbat 80, Eudragit RS 30D (aminometakrilat (B tip) sopolimerining dispersiyasi), Eudragit RS 30D (aminometakrilat (A tip) sopolimerining dispersiyasi), tietilsitrat, talk, temir II oksidi Ye172, suvsiz kolloid kremniy dioksidi; kapsula qobig‘i: jelatin, indigotin Ye132, titan dioksidi Ye171.

Ta‘rifi: qopqog‘i moviy rangli, tanasi tiniq, oq va sariq granulalar bilan to‘ldirilgan kapsulalar.

Kapsulalar ajralib chiqishi modifikasiyalangan granulalar shaklidagi ketoprofen saqlaydi.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar.

ATX kodi: M01AE03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ketoprofen – preparatning ta‘sir etuvchi moddasi – araxidon kislotasining metabolizmida prostaglandinlar sintezini kataliz qiluvchi siklooksigenaza (siklooksigenaza-1 (SOG-1) va siklooksigenaza-2 (SOG-2)) fermentini bloklab, prostaglandinlar va leykotrienlar sintezini susaytiradi.

Ketoprofen in vitro va in vivo sharoitlarda liposomal membranalarni barqarorlashtiradi, yuqori konsentrasiyalarda in vitro sharoitda leykotrienlar sinteziga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va in vivo sharoitlarda antibradikinin faollikka ega.

Ketoprofenning isitmani tushiruvchi ta‘sir mexanizmi noma‘lum. Ehtimol, ketoprofen markaziy nerv tizimida (aniqrog‘i – gipotalamusda) prostaglandinlar sintezini susaytirsa kerak.

Ayrim ayollarda birlamchi dismenoreya simptomlarini, ketoprofen, ehtimol prostaglandinlarning sintezini va/yoki samaradorligini susaytirishi hisobiga kamaytirsa kerak.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin Ketonal DUO 150 mg kapsulalaridagi ketoprofen yaxshi so‘riladi.

Ketonal DUO 150 mg kapsulalari oddiy kapsulalardan faol moddani o‘ziga xos ajralib chiqishi bilan farq qiluvchi yangi farmasevtik shaklda taqdim etilgan. Kapsula ikki turdagi granulalar saqlaydi: standart (oq) va qobiq bilan qoplangan (sariq). Ketoprofen oq granulalardan (kapsula ichidagisining 60%) tez ajralib chiqadi va qobiq bilan qoplangan sariq granulalardan (kapsula ichidagisining 40%) sekin ajralib chiqadi, shuning uchun kapsula sekin ham, tez ham ta‘sir ko‘rsatadi.

Ajralib chiqishi oddiy bo‘lgan kapsulalardagi ketoprofenning biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi; bu ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalarga ham taalluqlidir.

Ketoprofenni ovqat bilan qabul qilinganida uning umumiy biokiraolishligi (AUC) o‘zgarmaydi, lekin so‘rilish tezligi sekinlashadi. Yog‘li ovqat biokiraolishlikka (AUC) yoki plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, biroq plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga kechroq erishiladi.

Antasidlar yoki me‘da rN ni oshishini chaqiruvchi boshqa preparatlar bilan vaqtda qo‘llash ketoprofenning so‘rilish tezligi va darajasiga ta‘sir qilmaydi.

Ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsula shaklidagi 150 mg ketroprofen ichga buyurilganidan keyin 9036,64 ng/ml ga teng plazmadagi cho‘qqi darajasi Smax 1,76 soatdan keyin aniqlanadi.

Ketoprofenning 99% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. To‘qimalardagi taqsimlanish xajmi 0,1 l/kg ni tashkil etadi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka o‘tadi, u yerda plazmadagi konsentrasiyasining 30% ni tashkil etadi.

Ketoprofen jigarda metabolizmga uchraydi. U glyukuron kislotasi bilan bog‘lanib, birlamchi faol moddaning zahirasi bo‘lib xizmat qiluvchi ketoprofen glyukuronidi – turg‘un bo‘lmagan metabolitini hosil qiladi. Bu jigar yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda muhim bo‘lishi mumkin, chunki kon‘yugat zardobda to‘planishi va qayta dekon‘yugasiyaga uchrab, dastlabki faol modda hosil bo‘lishi mumkin. Sog‘lom odamlar plazmasida kon‘yugat faqat kam miqdordagina paydo bo‘lishi, lekin uning konsentrasiyasi keksa yoshdagi shaxslarda yuqori bo‘lishi aniqlangan (ehtimol buyrak klirensini pasayishi sababli).

Ketoprofenning taxminan 60-75% siydik bilan, asosan ketoprofen glyukuronidi ko‘rinishida chiqariladi. Buyurilgan dozaning 10% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda axlat bilan chiqariladi. Ketoprofenning plazmadagi klirensi taxminan soatiga
0,08 l/kg ni tashkil etadi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, ehtimol, gipoalbuminemiya oqibatida (erkin biologik faol ketoprofen) ketoprofenning konsentrasiyasi deyarli ikki marta oshadi, bu yetarli darajadagi terapevtik samarani ta‘minlovchi minimal sutkalik dozani buyurishni talab etadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ketoprofenning klirensi pasayadi. Shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab etiladi.

Qo‘llanilishi

Ketonal DUO yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega nosteroid revmatizmga qarshi preparat hisoblanadi. U bir qator og‘riq sindromlarida og‘riqni yengillashtirish uchun va yallig‘lanish, degenerativ va metabolik revmatik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi.

Og‘riq:

  • posttravmatik;
  • operasiyadan keyingi;
  • og‘riqli hayz ko‘rishlar;
  • o‘smalari bo‘lgan pasientlarda suyak metastazlari oqibatidagi og‘riq.

Revmatik kasalliklar:

  • revmatoid artrit;
  • spondiloartrit (ankilozlovchi spondilit, psoriatik artrit, reaktiv artrit);
  • podagra, soxta podagra;
  • osteoartrit;
  • bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka bo‘g‘imi kapsuliti).

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kamida 100 ml suv yoki sut bilan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulani tishlab ezish yoki chaynash mumkin emas.

Simptomlarni bartaraf etish uchun zarur eng past samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilib, noxush samaralarni minimumga yetkazish mumkin.

Tavsiya etiladigan doza

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar

Odatdagi doza kuniga bir marta Ketonal DUO 1 kapsulasi (150 mg ketoprofen) hisoblanadi.

Ketoprofenning maksimal sutkalik dozasi – 200 mg ni tashkil etadi. Kuniga 150 mg dozada (Ketonal DUO bir kapsulasi) ketoprofen bilan davolashni boshida foyda va xavfni sinchkovlik bilan baholash kerak. Maksimal sutkalik dozadan yuqori dozalar tavsiya etilmaydi.

Ketoprofenning ovqat hazm qilish tizimiga noxush samaralari ehtimolini pasaytiruvchi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin.

Keksa pasientlar

Keksa odamlarda noxush samaralar ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar NYAQP larni qabul qilish zarur bo‘lsa, eng past doza buyuriladi va NYAQP lar bilan davolash boshlangandan keyin 4 hafta davomida pasientni me‘da-ichakdan qon ketishiga nisbatan kuzatiladi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga ketoprofenning eng past sutkalik dozasini buyurish lozim, chunki hattoki o‘sha ham kutilayotgan terapevtik samarani beradi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarga ketoprofenning dozasini tegishli ravishda kamaytirish lozim.

Bolalar

Ketonal DUO ni 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Noselektiv NYAQP lar bilan davolash oqibatidagi shish, yuqori arterial bosim va yurak yetishmovchiligi haqida xabar berilgan.

Og‘ir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida davolash to‘xtatilishi kerak.

Noxush samaralar a‘zolar tizimlari sinflari, uchrash tez-tezligi va og‘irligini kamayishi bo‘yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda ( <1/10000), shu jumladan alohida xabarlar; tez-tezligi aniqlanmagan (mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: postgemorragik anemiya;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: agranulositoz, trombositopeniya, suyak ko‘migi yetishmovchiligi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi noma‘lum: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan, shok).

Ruhiyatni buzilishi

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: kayfiyatni o‘zgaruvchanligi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

  • Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik;
  • Kam hollarda: paresteziya;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: tirishishlar, disgevziya.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: ko‘rishni noaniqligi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari

  • Kam hollarda: quloqlarni jaranglashi.

Yurak tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: yurak yetishmovchiligi.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: arterial gipertenziya, vazodilatasiya (qon tomirlarni kengayishi).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: bronxial astma;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: bronxospazm (ayniqsa asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP larga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma‘lum pasientlarda), rinit.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

  • Tez-tez: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qusish;
  • Tez-tez emas: qabziyat, diareya, meteorizm, gastrit;
  • Kam hollarda: stomatit, peptik yara;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforasiya, melena, qon aralash qusish.

Ko‘p uchraydigan noxush samaralarga me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan reaksiyalar kiradi. Me‘da-ichak yo‘llarida peptik yaralar, perforasiya va qon ketishlari rivojlanishi mumkin, ular ba‘zida, ayniqsa keksa pasientlarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: gepatit, transaminazalar darajasini oshishi, jigar tomonidan buzilishlar tufayli zardobda bilirubin darajasini oshishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

  • Tez-tez emas: toshma, qichishish
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: fotosensibilizasiya reaksiyalari, alopesiya, eshakemi, angionevrotik shish, bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tubulointerstisial nefrit, nefritik sindrom, buyrak funksional holatini buzilishi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

  • Tez-tez emas: shish;
  • Tez-tezligi noma‘lum: toliqish.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

  • Kam hollarda: tana vaznini oshishi.

Ma‘lumotlar bir qator NYAQP larni qo‘llaganda (ayniqsa yuqori dozada va uzoq vaqt davomida) arterial tromboz (masalan, miokard infarkti yoki insult) ning yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Ketoprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida ketoprofen yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) yoki salisilatlar (masalan, asetilsalisil kislotasi) kabi shunga o‘xshash ta‘sir etuvchi moddalar qo‘llanilganidan keyin bronxial astma, eshakemi, bronxospazm, rinit yoki allergik turdagi reaksiyalar; bunday pasientlarda og‘ir (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi) anafilaktik reaksiyalar ta‘riflangan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” ga qarang);
  • og‘ir yurak yetishmovchiligi;
  • aortokoronar shuntlash (AKSH) operasiyasi bajarilgandan keyin operasiyadan keyingi davrda og‘riqni davolash;
  • anamnezida surunkali dispepsiya;
  • o‘tkir peptik yara, shuningdek anamnezida me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya;
  • qon ketishiga moyillik;
  • buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi;
  • jigar faoliyatini og‘ir buzilishi;
  • homiladorlikning so‘ngi uch oyligi (“Homiladorlik va emizish”ga qarang);
  • 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatlarning tavsiya etilmaydigan majmualari

Yuqori dozalarda boshqa NYAQP lar (shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari) va salisilatlar: me‘da-ichak yo‘llarida yara rivojlanishi va qon ketishlari xavfi oshadi.

Antikoagulyantlar (geparin va varfarin) va trombositlar agregasiyasi ingibitorlari (masalan, tiklopidin, klopidogrel): qon ketishini yuqori xavfi oshadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Birga qo‘llash zarurati bo‘lganida diqqat bilan tibbiy kuzatuv talab etiladi.

Litiy: litiyni buyrak tomonidan chiqarilishini kamayishi tufayli, ba‘zida toksik darajaga yetishi mumkin bo‘lgan plazmada litiy darajasini oshishi xavfi. Zarurati bo‘lganida, NYAQP lar bilan davolash vaqtida va undan keyin plazmada litiy konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va litiyning dozasini muvofiqlashtirish lozim.

Haftasiga 15 mg dan yuqori dozalarda metotreksat: metotreksatning gematotoksikligi xavfi oshadi, ayniqsa agar u yuqori dozalarda (>15 mg/hafta) qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ehtimol metotreksatni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi va uning buyrak klirensini pasayishi bilan bog‘liqdir.

Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar

Diuretiklar: diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa degidratasiyasi bo‘lgan pasientlarda prostaglandinlarning sintezini susayishi oqibatida buyrakda qon aylanishini kamayini tufayli buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi mavjud. Bunday pasientlarda bunday preparatlarni birga qo‘llashni boshlashdan oldin suyuqlik tanqisligini adekvat o‘rnini to‘ldirish, davolashni boshida esa buyrak faoliyatini esa nazorat qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar» qarang).

Ketonal diuretiklarning samaradorligini pasaytiradi. Diuretiklar NYAQP larning nefrotoksiklik xavfini oshiradi. Nosteroid revmatizmga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda diuretiklar va antigipertenziv preparatlar yoki angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda buyrakni shikastlanish xavfi yuqori bo‘ladi.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlari antagonistlari. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (masalan, degidratasiyasi bo‘lgan pasientlarda yoki keksa odamlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlari antagonistlari va siklooksigenazani susaytiruvchi preparatlarni birga qo‘llash buyrak faoliyatini qo‘shimcha yomonlashishini, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.

Haftasiga 15 mg dan past dozalarda metotreksat: majmuaviy davolashning birinchi haftasida qon manzarasini bir haftada bir marta nazorat qilish lozim. Buyrak faoliyatini biron-bir buzilishida va keksa pasientlarda nazorat ko‘proq amalga oshirilishi lozim.

Kortikosteroidlar: me‘da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Pentoksifillin: qon ketishini yuqori xavfi mavjud. Tez-tez klinik tekshirish va qon ivish vaqtini nazorat qilish talab etiladi.

E‘tiborga olish lozim bo‘lgan majmualar

Antigipertenziv preparatlar (beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, diuretiklar)

Ketoprofen antigipertenziv vositalarning ta‘sirini pasaytiradi (qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlar sintezini susayishi).

Probenesid: probenesid bilan birga buyurilganda ketoprofenning plazmadagi klirensi sezilarli darajada pasayishi mumkin.

Ma‘lumot uchun qabul qilish lozim bo‘lgan majmualar

Siklosporin, takrolimus: nefrotoksiklikning additiv samarasi rivojlanish xavfi mavjud, ayniqsa keksa pasientlarda.

Trombolitiklar: qon ketishi xavfi oshadi.

Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: me‘da-ichakdan qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni NYAQP, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Keksa odamlarda NYAQP larga noxush reaksiyalar, ayniqsa o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishi va perforasiya ko‘proq yuz beradi (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi va perforasiya.

O‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya barcha NYAQP uchun ta‘riflangan va davolashning istalgan vaqtida darakchi simptomlar yoki anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining og‘ir kasalliklarini mavjudligida yoki yo‘qligida rivojlanishi mumkin.

Ketonal DUO ba‘zi boshqa NYAQP ga nisbatan, ayniqsa yuqori dozalarda qabul qilinganda, og‘ir me‘da-ichak toksikligi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga ham qarang).

Anamnezida me‘da-ichak yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang), shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda NYAQP dozasi oshirilganda me‘da-ichak qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya xavfi oshadi. Bu pasientlarni davolashni, iloji boricha mumkin bo‘lgan eng past dozadan boshlash kerak.

Bu pasientlar uchun, shuningdek asetilsalisil kislotasining past dozalarini yoki me‘da-ichakdan qon ketishi xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang) qabul qilayotgan pasientlarga himoya dori vositalari (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi blokatorlari) bilan majmuaviy davolashni buyurishni ko‘rib chiqish kerak.

Anamnezida me‘da-ichak toksikligining ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlar, ayniqsa keksa odamlar me‘da-ichak yo‘llari tomonidan har qanday o‘zgacha ko‘rinishlar (ayniqsa me‘da-ichakdan qon ketishi) haqida, ayniqsa davolashni boshida xabar berishlari kerak.

Me‘da-ichak yarasi paydo bo‘lishi yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar, masalan ichga qabul qilinadigan kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) yoki asetilsalisil kislotasi kabi antiagregantlar bilan bir vaqtda buyurilganda o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang).

Agar Ketonal DUO bilan davolash fonida pasientlarda me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lishi kuzatilsa, preparatni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.

NYAQP larni anamnezida me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ushbu kasalliklarni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang).

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar samaralar. Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki kuchsiz yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tegishli kuzatuv va maslahat berish talab etiladi, chunki NYAQP qo‘llanganda suyuqlikni tutilishi yoki shishlar to‘g‘risida xabar berilgan.

Ba‘zi NYAQP larni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida davolanishda) arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Ketoprofen uchun bunday xavfni inkor etish uchun yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemik kasalligi tashhisi bilan, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan pasientlarda Ketonal DUO bilan davolash faqat foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina o‘tkazilishi lozim. Yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo‘lgan pasientlarni uzoq muddat davolashdan oldin ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak.

Boshqa pasientlarga nisbatan surunkali rinit, surunkali sinusit va/yoki burun polipozi bilan kechuvchi bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda asetilsalisil kislotasi va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Yurak yetishmovchiligi, sirrozi va nefrotoksik sindromi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa keksa pasientlarda davolashni boshida buyrakning funksional holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bunday pasientlarga Ketonal DUO ni buyurish prostaglandinlar sintezini susayishi natijasida buyrakda qon aylanishini pasayishini chaqirishi va buyrak faoliyatini dekompensasiyasiga olib kelishi mumkin.

Jigar funksional holatining testlari ko‘rsatkichlarini normadan farq qilgan yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa uzoq muddatli davolash davomida qondagi transaminazalar darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Ketoprofen bilan bog‘liq sariqlik va gepatitning kam hollari ta‘riflangan.

Ko‘rishni noaniqligi kabi, ko‘rishni buzilishi namoyon bo‘lganida davolashni bekor qilish kerak.

Preparatni alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

NYAQP larni qo‘llash bilan bog‘liq eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir teri reaksiyalari (ularning ba‘zilari o‘lim bilan yakunlangan) juda kam ta‘riflangan (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Bu reaksiyalarning eng yuqori xavfi davolashning boshida o‘rin tutadi; ko‘pchilik xollarda reaksiyalarni yuz berishi davolashning birinchi oyida aniqlanadi. Teri toshmasi, shilliq qavatlarda o‘zgarish yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida Ketonal DUO bekor qilinishi kerak.

Ketonal DUO tana haroratini oshishi kabi infeksion kasalliklarning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin.

Katta jarrohlik aralashuvlaridan oldin preparat bekor qilinishi kerak.

Ketonal DUO ni qo‘llash fertillikni pasaytirishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘la olmayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollarda Ketonal DUO ni bekor qilishni ko‘rib chiqish kerak.

Ketonal DUO kapsulalari laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik va emizish

Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlik va/yoki embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida juda zarur holatlardan tashqari, buyurish mumkin emas. Agar Ketonal DUO ni homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligi bo‘lgan ayol qo‘llayotgan bo‘lsa, doza iloji boricha pastroq, davolash davomiyligi esa – iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak.

Homiladorlikning uchinchi uch oyligida Ketonal DUO ni qo‘llash mumkin emas.

Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Emizikli onalarga Ketonal DUO ni buyurish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparat markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik yoki tirishishlar kabi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin; bunday hollarda transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

2,5 g gacha dozada ketoprofenning dozasini oshirib yuborilishi holatlari ta‘riflangan. Ko‘pchilik hollarda kuzatilgan simptomlar xavfsiz xarakterga ega bo‘lgan va tormozlanish, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastriyda og‘riq bilan cheklangan.

Ketoprofenning dozasini oshirib yuborilganda maxsus antidoti mavjud emas. Dozani sezilarli oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganda me‘dani yuvish va simptomatik va degidratasiyani bartaraf etish maqsadida bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek diurezni nazorat qilish va asidozni muvofiqlashtirish (u rivojlangan hollarda) lozim.

Buyrak yetishmovchiligida qonda aylanib yurgan preparatni chiqarish uchun gemodializ samarali bo‘lishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Preparat 10 kapsuladan blisterda. 2 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Analoglar
KETOMED 50 kapsula 50 mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Protech Biopharma Pvt. Ltd
  • Vakil:Medicina Pharm MChJ
Narx: 20 000 so'mdan Batafsil
ANOFEN inyeksiya uchun eritma 100 mg/2 ml 2 ml N3
Narx: 19 900 so'mdan Batafsil
FEBROFID sirtga qo'llash uchun gel 2,5% 50 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Polsha
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Medana Pharma S.A.
FEBROFID sirtga qo'llash uchun gel 2,5% 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Polsha
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Medana Pharma S.A.
Narx: 19 500 so'mdan Batafsil
VALUSAL sirtga qo'llash uchun gel 25 mg/g 50 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Latviya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Гриндекс, АО
Narx: 20 000 so'mdan Batafsil
ARTROKOL rektal suppozitorialar 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Ruminiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C&C S.r.l.
  • Vakil:" WORLD MEDICINE "
Narx: 34 200 so'mdan Batafsil
ARTROKOL inyeksiya uchun eritma 100 mg/2 ml 2 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi:Turkiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Pharma Vision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:" WORLD MEDICINE "
Narx: 34 800 so'mdan Batafsil
ARTROKOL gel 2,5% 45 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Ruminiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm SRL
  • Vakil:" WORLD MEDICINE "
Narx: 26 500 so'mdan Batafsil
BISTRUMGEL sirtga qo'llash uchun gel 2,5% 100 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Rossiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Акрихин,АО
BISTRUMGEL sirtga qo'llash uchun gel 2,5% 50 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Rossiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Акрихин,АО
BISTRUMGEL sirtga qo'llash uchun gel 2,5% 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Rossiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Акрихин,АО
KETOKAPS-NGP kapsula 100 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Neogalenpharm, ООО
KETOPROFEN gel 2,5 % 50 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Radiks, НПП
Narx: 15 000 so'mdan Batafsil
Ketokaps-ngp kapsula 50 mg - 30ta
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:NeoGalenPharm OOO
FASTUM GEL Gel 50 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Italiya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:A. Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite s.r.l. (Menarini Group) Италия Производитель: A.Menarini manufacturing Logistics and Services S.r.L
FASTUM GEL Gel 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Italiya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:A. Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite s.r.l. (Menarini Group) Италия Производитель: A.Menarini manufacturing Logistics and Services S.r.L
FELARAN kapsulalar 50 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Remedy Group, СП ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd., Англия
TOPOFEN kapsulalar 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd, Великобритания
KEFENTEK plastir 10 sm x 7 sm (30 mg) N7
  • Ishlab chiqarilish joyi:Koreya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Jeil Health Science Inc.
Narx: 27 010 so'mdan Batafsil
TOPOFEN inyeksiya uchun eritma 100 mg/2 ml 2 ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Remedy Group СП OOO
Narx: 19 300 so'mdan Batafsil
KETONAL suppozitorii 100 mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi:Turkiya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Lek d.d., Словения произведено: Sandoz Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KETONAL inyeksiya uchun eritma 100 mg/2 ml 2 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Sloveniya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
Narx: 17 000 so'mdan Batafsil
VALUSAL sirtga qo'llash uchun gel 25 mg/g 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Latviya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Гриндекс, АО
Narx: 20 000 so'mdan Batafsil
KETONAL DUO kapsula 150 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi:Sloveniya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Lek d.d.
Narx: 40 110 so'mdan Batafsil
ARTROKOL rektal suppozitorialar 100 mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi:Ruminiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C&C S.r.l.
  • Vakil:" WORLD MEDICINE "
Narx: 34 200 so'mdan Batafsil
KETONAL krem 5% 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi:Germaniya
  • Faol modda: ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Lek d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH
Narx: 24 200 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN 0,05/ML 2ML N10 eritma ampulasi V/V V/M/BIOXIMIK
  • Ishlab chiqarilish joyi:Rossiya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Биохимик ПАО
Narx: 13 000 so'mdan Batafsil
KETONAL 2,5% 50,0 GEL
  • Ishlab chiqarilish joyi:Germaniya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Салютас Фарма ГмбХ
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KETONAL 2,5% 50,0 GEL
  • Ishlab chiqarilish joyi:Germaniya
  • Faol modda: Ketoprofen
  • Ishlab chiqaruvchi:Салютас Фарма ГмбХ