×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
бутамирата цитрат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- ОАО «Фармстандарт-УфаВИТА»
Vakil:
- Фармстандарт ПАО
ATX kodi:
- R05DB13
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 179 ta dorixonasida topildi

ico 37 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan, ta'siri uzaytirilgan tabletkalar, 50 mg.

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o'ramlarda.

1 kontur uyali o'ram davlat va rus tillaridagi qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.



Ажралиб чиқиши модификацияланган, плёнка қобиқ билан қопланган таблеткалар, 50 мг.

10 таблеткадан поливинилхлорид плёнка ва босма лакланган алюминли контур уяли ўрамда. 30 ёки 50 таблеткадан полимер банкада.

1, 2 контур уяли ўрам ёки банка тиббиётда қўллаш бўйича йўриқномаси билан картон қутида.

Бир таблетка қуйидагиларни сақлайди:

фаол модда: бутамират цитрати – 50,00 мг;

ёрдамчи моддалар: лактоза моногидрати (сут қанди) – 241,00 мг, гипромеллоза (метоцел-К4М) – 85,00 мг, тальк – 4,00 мг, магний стеарати – 4,00 мг, коллоид кремний диоксиди (аэросил) – 6,00 мг, қуйимолекуляр повидон (қуйимолекуляр поливинилпирролидон) – 5,00 мг;

Қобиғи: оқ опадрай (оқ опадрай II 57М280000) (гипромеллоза (15 сП) – 5,58 мг, титан диоксиди – 4,86 мг, полидекстроза – 4,68 мг, тальк – 1,26 мг, мальтодекстрин/декстрин – 0,90 мг, глицерин/глицерол – 0,72 мг сақловчи кукун кўринишида) – 18,00 мг.

Kodelak® Neo preparatining ta'sir etuvchi moddasi butamirat Markaziy ta'sirga ega yo'talga qarshi vosita bo'lib hisoblanadi. Na kimyoviy, na farmakologik jihatdan opiy alkaloidlariga mansub emas. Qaramlik yoki o'rganib qolishni shakllantirmaydi.

Yo'tal markaziga bevosita ta'sirga ega bo'lib, yo'talni bostiradi. Bronxodilatasiya qiluvchi samara (bronxlarni kengaytiradi) namoyon qiladi. Spirometriya (nafas yo'llari qarshiligini pasaytiradi) va qon oksigenasiyasi (qonni kislorod bilan to'yintiradi) ko'rsatkichlarini yaxshilab, nafas olishni engillashishiga yordam beradi.


So'rilishi – yuqori. Ta'siri uzaytirilgan tabletkani qabul qilgandan keyin plazmadagi asosiy metabolitning (2-fenilmoy kislotasi) maksimal kontsentrasiyasi 9 soatdan keyin kuzatiladi va 1,4 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Butamiratni dastlab 2-fenilmoy kislotasi va dietilaminoetoksi-etanolgacha gidrolizi qonda boshlanadi. Ushbu metabolitlar shuningdek yo'talga qarshi faollikka ega va butamiratga o'xshab plazmadagi oqsillar bilan ahamiyatli darajada (taxminan 95%) bog'lanadi, bu ularning davomli yarim chiqarilish davrini belgilaydi. 2-fenilmoy kislotasi gidroksilizasiya yo'li bilan qisman metabolizmga uchraydi. Preparatni takroran qabul qilganda to'planishi kuzatilmaydi.

Butamiratning yarim chiqarilish davri – 13 soat. Metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Bunda 2-fenilmoy kislotasi asosan glyukuron kislotasi bilan bog'langan holatda chiqariladi.


Nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi tez-tezligi tasnifi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez eams (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida holatlar.

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – preparatni qabul qilish bekor qilinganda yoki doza pasaytirilganda o'tib ketuvchi uyquchanlik, bosh aylanishi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam hollarda – ko'ngil aynishi, diareya.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: kam hollarda - eshakemi, allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.


Har bir tabletka 241 mg laktoza saqlaydi. Laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiyasi bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida preparatni qo'llashning xavfsizligi va uni yo'ldosh to'sig'i orqali o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q. Homiladorlikning birinchi uch oyligida preparatni qo'llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyligida preparatni ona uchun foyda va homila uchun potentsial xavf nisbatini inobatga olib qo'llash mumkin. Preparatni ko'krak sutiga kirishi o'rganilmagan, shuning uchun emizish davrida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish tavsiya etiladi, chunki preparat uyquchanlik va bosh aylanishi chaqirishi mumkin.


Har qanday etiologiyali quruq yo'tal ("shamollash" kasalliklari, gripp, ko'kyo'tal va boshqa holatlarda). Operasiyadan oldingi va operasiyadan keyingi davrda, jarroxlik aralashuvlari va bronxoskopiyada yo'talni bostirish uchun qo'llanadi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oylik), emizish davri, laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya. 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik (II va III uch oylik).


Butamirat uchun biron-bir dorilarning o'zaro ta'siri ta'riflanmagan. Preparat bilan davolash davrida alkogolli ichimliklar, shuningdek Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalari (uxlatuvchi, neyroleptiklar, trankvilizatorlar va boshqa preparatlar)ni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Butamirat yo'tal refleksini bostirganligi tufayli, bronxospazm va nafas yo'llari infektsiyalari rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi nafas yo'llarida balg'amni to'planishidan saqlanish uchun balg'am ko'chiruvchi vositalarni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.

25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

 

Yaroqlilik muddati-2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkaning ko'ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli.

Ichga buyuriladi.

Tabletkalarni ovqatdan oldin, chaynamasdan ichga qabul qilinadi.

1 tabletkadan har 8-12 soatda buyuriladi.

Agar yo'tal davolash boshlanganidan keyin 5 kundan ortiq saqlanib qolsa, bunday holatda shifokorga murojaat etish kerak.

Simptomlari: ko'ngil aynishi qusish, uyquchanlik, diareya, qorinda og'riq, bosh aylanishi, ta'sirchanlik, arterial bosimni pasayishi, harakat koordinasiyasini buzilishi.

Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir, tuzli surgi vositalari, simptomatik davolash (ko'rsatmalar bo'yicha).


KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KODELAK® BRONXO S CHABRESOM

 

Preparatning savdo nomi: Kodelak® Bronxo s chabresom

Dori shakli: eliksir

Tarkibi:

5 ml eliksir quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ambroksol gidroxloridi – 10 mg, glisirrizin kislotasining trinatriyli tuzi (natriy glisirrizanati) – 30 mg, suyuq toshcho‘p ekstrakti – 500 mg;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 3,75 mg, propilparagidroksibenzoat (nipazol) – 1,25 mg, sorbitol (sorbit) – 3000 mg, tozalangan suv – 5 ml gacha.

Ta‘rifi: och-jigarrangdan jigarrang ranggacha suyuqlik.

Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATX kodi: R05CA10.

Farmakologik xususiyatlari

Yo‘talni davolash uchun majmuaviy preparat, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi faollikga ega. Kodelak® Bronxo s chabresom eliksirining ta‘siri uning komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq:

ambroksol sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, alveolalarda surfaktant sekresiyasini oshiradi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uni ajralishiga yordam beradi;

glisirrat (glisirrizin kislotasi va uning tuzlari) yallig‘lanishga qarshi va viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Antioksidant va membranani turg‘unlashtiruvchi faolligi tufayli sitoprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatib, endogen glyukokortikosteroidlar ta‘sirini kuchaytiradi. Yaqqol yallig‘lanishga qarshi faolligi tufayli nafas yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishiga yordam beradi;

toshcho‘p o‘ti ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega efir moylarining aralashmasini saqlaydi. Bundan tashqari toshcho‘p o‘ti kuchsiz spazmolitik va reparativ xususiyatlarga ega.

Qo‘llanilishi

Qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 10 ml dan sutkada 4 marta buyuriladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan eliksir sutkada 3 marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

Kam hollarda – holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me‘da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi, bronxial astma.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash balham ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda 5 ml eliksirda 0,18 NB miqdorda sorbit mavjudligini hisobi bilan qo‘llash mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Kodelak® Bronxo s chabrisom preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Kodelak® Bronxo s chabresom preparatini emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lsa emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Preparat transport vositalari va turli mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor va harakat reaksiyalarining tezligini talab qiluvchi potensial xavfli boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.

Davolash: sun‘iy qusishni chaqirish, preparatni qabul qilishdan keyin birinchi 1-2 soatda me‘dani yuvish.

Chiqarilish shakli

100 yoki 200 ml dan to‘q shisha flakonlarda. Bir flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10 dori vositasi ОАО «Фармстандарт-УфаВИТА» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N100
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
KOMPLIVIT MAMA tabletkalari N30
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30
Narh: 29 400 so'mdan Batafsil
KOMPLIVIT tabletkalari N60
ARTROZAN inyeksiya uchun eritma 2,5ml 6mg/ml N10
KOMPLIVIT MAMA tabletkalari N60
KOMBILIPENTABS tabletkalari N15
KOMBILIPEN TABS tabletkalari N60
KOMBILIPEN TABS tabletkalari N30
Другие формы препарата
Kodelak bronxo eliksiri 100ml
Kodelak Neo tomchilari 20mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Россия
  • Faol modda: бутамирата цитрат ko'proq ko'rsatish
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9