Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Kategoriya: | - Nafas olish tizimi |
Ishlab chiqarilish joyi: | - Shveytsariya |
Faol modda: | omalizumab |
Количество в упаковке: | - 1 |
Ishlab chiqaruvchi: | - Novartis Pharma AG, Швейцария произведено: Novartis Pharma Stein AG |
ATX kodi: | - R03DX05 |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KSOLAR
XOLAIR®
Preparatning savdo nomi: Ksolar
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): omalizumab (omalizumab;)
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 75 mg yoki 150 mg omalizumab – odam rekombinant, monoklonal antitelalarini saqlaydi; eritilgan Ksolar 125 mg/ml omalizumab (0,6 ml da 75 mg yoki 1,2 ml da 150 mg);
yordamchi moddalar: L-gistidin gidroxloridi monogidrati, L-gistidin, saxaroza, polisorbat 20.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli liofilizatlangan kukun, eritilganidan so‘ng – tiniq, biroz toblanadigan, rangsiz yoki och jigarrang rangdan sariq ranggacha bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi.
Erituvchi: tiniq, rangsiz, hidsiz va ta‘msiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida tizimli qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi: R03DX05.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Omalizumab odamning immunoglobulin Ye (IgE) bilan selektiv bog‘lanadigan rekombinant DNK dan olingan odamning monoklonal antitelasi hisoblanadi. IgG1-kappa antitela IgE bilan bog‘lanadigan, sichqonning dastlabki antitelasining sohasi bilan komplementarlikni belgilaydigan odamning struktur asosini saqlaydi. Omalizumab IgE bilan bog‘lanadi va IgE ga juda o‘xshash bo‘lgan FCeRI – reseptori bilan bog‘lanishini oldini oladi va shu yo‘l orqali allergik zanjirni ishga soladigan erkin IgE ning miqdorini pasaytiradi.
Atopik kasalliklari bo‘lgan pasientlarni omalizumab bilan davolash bazofillarning FCeRI – reseptoriga ahamiyatli supressiv ta‘sir qilishiga olib kelgan. Bundan tashqari, Ksolar preparati qo‘llangan pasientlardan olingan bazofillar allergen bilan rag‘batlantirilgandan so‘ng In vitro sharoitlarida gistaminni ajralib chiqishi davolashdan oldin olingan qiymatlarga nisbatan taxminan 90% ga kam bo‘lgan.
Klinik tadqiqotlar vaqtida preparatning birinchi dozasi yuborilganidan so‘ng bir soat davomida qon zardobida erkin IgE ning darajasini dozaga bog‘liq pasayishi kuzatilgan, navbatdagi dozalarini yuborishlar o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida saqlanib turgan. Ksolar preparati bilan davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir yil o‘tgach IgE ning darajasi davolanishni boshidagi ko‘rsatkichlarga qaytgan, bunda dori preparati organizmdan chiqarilgandan so‘ng IgE ning darajasiga nisbatan qaytar reaksiyasi kuzatilmagan.
Klinik tajriba
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar
Davolash samaradorligini shifokor tomonidan umumiy baholash
Davolash samaradorligini umumiy baholash shifokor tomonidan bronxial astmani nazorat qilishning asosiy o‘lchami sifatida beshta tadqiqotlarda o‘tkazilgan. Shifokor MNCHT (maksimal nafas chiqarish tezligi), kunduzgi va tungi vaqtdagi simptomatikasi, birinchi yordam preparatlarni qo‘llash, spirometriya ma‘lumotlari va zo‘rayishini hisobga olish imkoniga ega bo‘lgan. Barcha beshta tadqiqotlarda Ksolar preparati qo‘llangan pasientlarning statistik ahamiyatli katta qismi plasebo guruhidagi pasientlarga nisbatan astmani ahamiyatli darajada yaxshilanishi yoki to‘liq nazorat qilishga erishilgan.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Ksolar preparatining havfsizligi va samaradorligini tasdiqlash bitta randomizasiyalangan, ikki tomonlama yashirin, plasebo nazoratli, ko‘p markazli tadqiqotda olingan (7 tadqiqot).
Klinik tadqiqotlarda zardobda erkin IgE ning darajasi birinchi in‘eksiyadan so‘ng birinchi soatdanoq dozaga proporsional ravishda pasaygan va navbatdagi dozalarni yuborishlar o‘rtasidagi davrda doimiy darajada bo‘lgan. Tavsiya etilgan dozasi qo‘llanganida zardobda erkin IgE ning darajasini o‘rtacha 96% dan ortiq qiymatni tashkil etgan. Zardobda umumiy IgE (ya‘ni bog‘langan va bog‘lanmagan) ning darajasi birinchi dozasi yuborilganidan so‘ng erkin IgE ga nisbatan eliminasiya tezligi sekin bo‘lgan omalizumab – IgE kompleksini hosil bo‘lishi tufayli oshgan. Birinchi dozasi yuborilganidan so‘ng 16-haftaga kelib, zardobdagi umumiy IgE ning o‘rtacha darajasi davolashdan oldin qayd etilgan darajasiga nisbatan 5 marta yuqori bo‘lgan. Ksolar preparatini yuborish to‘xtatilganidan so‘ng uning ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy IgE ning darajasini oshishi va erkin IgE ning darajasini pasayishi qaytar bo‘lgan. Umumiy IgE ning darajasi Ksolar preparati bilan davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir yilgacha vaqt davomida yuqori darajada qolgan.
Farmakokinetikasi
Omalizumabning ta‘siri allergik astmasi bo‘lgan kattalarda va o‘smirlarda o‘rganilgan.
So‘rilishi
Teri ostiga yuborilganidan so‘ng omalizumab 62% teng bo‘lgan o‘rtacha mutloq biokiraolishligi bilan so‘riladi. Astma bilan xastalangan kattalar va o‘smirlarga bir martalik dozasi teri ostiga yuborilganidan so‘ng omalizumab sekin so‘rilib, o‘rtacha 7-8 kundan keyin qon zardobida maksimal konsentrasiyasiga erishgan. Omalizumabning farmakokinetikasi 0,5 mg/kg dan yuqori dozalarda proporsional hisoblanadi. Omalizumab ko‘p marta yuborilganidan so‘ng muvozanatli holatda “zardobdagi konsentrasiya–vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon 0 kundan 14 kungacha birinchi dozasi yuborilgandan keyingi qiymatlarga nisbatan 6 marta yuqori bo‘lgan.
Taqsimlanishi
In vitro sharoitlarida omalizumab IgE bilan cheklangan o‘lchamga ega bo‘lgan komplekslarni hosil qiladi. Presipitasiya bo‘ladigan komplekslar, va molekulyar massasi 1 million daltondan yuqori bo‘lgan komplekslar in vitro va in vivo sharoitlarida aniqlanmagan. Teri ostiga yuborilganidan so‘ng taxminiy taqsimlanish hajmi 78±32 ml/kg ni tashkil etadi.
Chiqarilishi
Omalizumabning klirensi IgE ning ligandi – nishon IgE bilan maxsus bog‘lanishi va komplekslarni hosil qilishi orqali chiqarilishi kabi, IgG klirensi jarayonlariga jalb qilingan. IgG ni jigar eliminasiyasi retikuloendotelial tizimida va endoteliy hujayralarida parchalanishidan iborat. O‘zgarmagan IgG shuningdek safro bilan ham chiqariladi. Astma bilan xastalangan pasientlarda omalizumabning qon zardobidan yarim chiqarilish davri kuniga o‘rtacha 2,4±1,1 ml/kg umumiy klirensida o‘rtacha 26 kunni tashkil etgan. Bundan tashqari, tana vazni 2 marta oshganida taxminiy klirensi taxminan 2 marta oshgan.
Pasientlar populyasiyalarida xarakteristikasi
Yoshi, irqiy/etnik mansubligi, jinsi, tana vazni indeksi
Ksolar preparatining farmakokinetikasi populyasiyada demografik hususiyatlariga ta‘sirini baholash maqsadida tahlil qilingan. Ushbu cheklangan ma‘lumotlarni tahlil qilish yoshi (6-76 yosh), irqiy/etnik mansubligi, jinsi yoki tana vazni indeksiga qarab, dozasiga tuzatish kiritish talab etilmasligidan dalolat beradi.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar
Ksolar in vitro sharoitlarida havoda doimo mavjud bo‘lgan allergenga nisbatan reaktivlikka musbat teri sinamasi aniqlangan, o‘pka faoliyati sust bo‘lgan (jadallashtirilgan nafas chiqarish hajmi (JNCHH) <80%), shuningdek ingalyasion kortikosteroidlarning yuqori sutkalik dozalarini uzoq vaqt ta‘sir qiluvchi ingalyasion beta2-agonistlarga qo‘shib qo‘llashga qaramasdan, astmaning og‘ir darajadagi zo‘rayishlarini ko‘p martalik hujjatli tasdig‘iga ega bo‘lgan kunduzgi simptomlari tez-tez kuzatiladigan yoki tunda uyg‘onadigan o‘rtacha va og‘ir darajadagi vaqti-vaqti bilan avj oluvchi atopik astma bilan xastalangan pasientlarda astmani juda yaxshi nazorat qilishga erishish uchun qo‘shimcha davolash sifatida ko‘rsatilgan.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Ksolar in vitro sharoitlarida havoda doimo mavjud bo‘lgan allergenga nisbatan reaktivlikka musbat teri sinamasi aniqlangan, shuningdek ingalyasion kortikosteroidlarning yuqori sutkalik dozalarini uzoq vaqt ta‘sir qiluvchi ingalyasion beta2-agonistlarga qo‘shib qo‘llashga qaramasdan, astmaning og‘ir darajadagi zo‘rayishlarini asoratlari ko‘p martalik hujjatli tasdig‘iga ega bo‘lgan kunduzgi simptomlari tez-tez kuzatiladigan yoki tunda uyg‘onadigan o‘rtacha va og‘ir darajadagi vaqti-vaqti bilan avj oluvchi atopik astma bilan xastalangan pasientlarda astmani juda yaxshi nazorat qilishga erishish uchun qo‘shimcha davolash sifatida ko‘rsatilgan.
Ksolar preparatini qo‘llash mumkinligi faqat immunoglobulin Ye (IgE) ni tasdiqlangan konsentrasiyasi bilan ifodalangan bronxial astma bilan xastalangan pasientlar uchun ko‘rib chiqilishi kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ksolarni og‘ir darajadagi vaqti-vaqti bilan avj oluvchi astmani oldini olish va davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor buyurishi kerak. Ksolarning kerakli dozasi va qabul qilish tez-tezligi, davolashni boshlashdan oldin aniqlanadigan, Xalqaro Birliklar (XB) / ml o‘lchanadigan immunoglobulin IgE ning konsentrasiyasi, shuningdek pasientning tana vazniga (kg) qarab aniqlanadi. Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, dozani buyurish maqsadida, pasientda har qanday tijorat zardobini ishlatish yordamida umumiy IgE miqdorini tahlil qilish orqali aniqlangan IgE darajasi bo‘yicha ma‘lumotlar bo‘lishi kerak. Ko‘rsatkichlarga qarab, Ksolarning tavsiya etilgan dozasi 75-600 mg ni tashkil etadi. Ushbu dozani 1-4 marta yuborishga bo‘lish mumkin. IgE ning darajasi 76 XB/ml dan past bo‘lgan pasientlarda ijobiy samara ko‘rsatish ehtimoli kamroq bo‘lgan. Davolashni boshlashdan oldin shifokor, katta yoshdagi pasientlarda va o‘smirlarda IgE ning darajasi 76 XB/ml dan past va bolalarda (6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar) IgE ning darajasi 200 XB/ml dan past bo‘lishi in vitro sharoitlarda doimo mavjud bo‘lgan allergenga nisbatan shubha tug‘ilmagan reaktivlik (radioallergosorbent sinama [RAST]) kuzatilganiga ishonch hosil qilishi kerak.
Qayta hisoblash sxemasi 1-jadvalda, kattalar va bolalar (6 yoshdan katta) uchun dozani aniqlash sxemasi 2- va 3-jadvallarda keltirilgan.
Ksolar preparatini IgE ning darajasi va tana vazni dozalash bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan darajadan yuqori bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas. Tavsiya etilgan maksimal dozasi 600 mg omalizumabni tashkil etadi va har ikki haftada yuboriladi.
1-jadval. Dozani flakonlarning miqdori, in‘eksiyaning miqdori va har bir yuborishga mo‘ljallangan in‘eksiyaning umumiy hajmiga nisbatan qayta hisoblash
Dozasi (mg) | Flakonlar soni | In‘eksiyaning miqdori | In‘eksiyaning umumiy hajmi (ml) | |
75 mga | 150 mgb | |||
75 | 1c | 0 | 1 | 0,6 |
150 | 0 | 1 | 1 | 1,2 |
225 | 1c | 1 | 2 | 1,8 |
300 | 0 | 2 | 2 | 2,4 |
375 | 1c | 2 | 3 | 3,0 |
450 | 0 | 3 | 3 | 3,6 |
525 | 1c | 4 | 4 | 4,2 |
600 | 0 | 4 | 4 | 4,8 |
a 0,6 = bir flakondan (Ksolar 75 mg) tortib olingan maksimal hajmi.
b 1,2 = bir flakondan (Ksolar 150 mg) tortib olingan maksimal hajmi.
c yoki 150 mg flakondan 0,6 ml olinadi.
2-jadval. HAR 4 HAFTADA YUBORISH. Har 4 haftada teri ostiga in‘eksiya qilish yo‘li bilan yuboriladigan Ksolar preparatining dozasi (dozaga mg larda)
IgE ni dastlabki darajasi | Tana vazni (kg) | |||||||||
≥ 20-25 | > 25-30 | > 30-40 | > 40-50 | > 50-60 | > 60-70 | > 70-80 | > 80-90 | > 90-125 | > 125-150 | |
≥ 30-100 | 75 | 75 | 75 | 150 | 150 | 150 | 150 | 150 | 300 | 300 |
> 100-200 | 150 | 150 | 150 | 300 | 300 | 300 | 300 | 300 | ||
> 200-300 | 150 | 150 | 225 | 300 | 300 | |||||
> 300-400 | 225 | 225 | 300 | |||||||
> 400-500 | 225 | 300 | HAR 2 HAFTADA YUBORISH 3-jadvalga qarang | |||||||
> 500-600 | 300 | 300 | ||||||||
> 600-700 | 300 |
3-jadval. HAR 2 HAFTADA YUBORISH. Har 2 haftada teri ostiga in‘eksiya yo‘li bilan yuboriladigan Ksolar preparatining dozasi (dozaga mg larda).
IgE ni dastlabki darajasi | Tana vazni (kg) | ||||||||||
≥ 20-25 | > 25-30 | > 30-40 | > 40-50 | > 50-60 | > 60-70 | > 70-80 | > 80-90 | > 90-125 | > 125-150 | ||
≥ 30-100 | |||||||||||
> 100-200 | HAR 4 HAFTADA YUBORISH | 225 | 300 | ||||||||
> 200-300 | 2-jadvalga qarang | 225 | 225 | 225 | 300 | 375 | |||||
> 300-400 | 225 | 225 | 225 | 300 | 300 | 450 | 525 | ||||
> 400-500 | 225 | 225 | 300 | 300 | 375 | 375 | 525 | 600 | |||
> 500-600 | 225 | 300 | 300 | 375 | 450 | 450 | 600 | ||||
> 600-700 | 225 | 225 | 300 | 375 | 450 | 450 | 525 | ||||
> 700-800 | 225 | 225 | 300 | 375 | 450 | 450 | 525 | 600 | |||
> 800-900 | 225 | 225 | 300 | 375 | 450 | 525 | 600 | ||||
> 900-1000 | 225 | 300 | 375 | 450 | 525 | 600 | |||||
> 1000-1100 | 225 | 300 | 375 | 450 | 600 | YUBORILMASIN – dozalarni tavsiyasi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. | |||||
> 1100-1200 | 300 | 300 | 450 | 525 | 600 | ||||||
> 1200-1300 | 300 | 375 | 450 | 525 | |||||||
> 1300-1500 | 300 | 375 | 525 | 600 | |||||||
Yuborilishi
Faqat teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilmasin. In‘eksiya teri ostiga yelkaning deltasimon mushagi sohasiga amalga oshiriladi. Deltasimon mushak sohasiga yuborishga to‘sqinlik qiluvchi ma‘lum sabablar bo‘lsa, preparatni son sohasiga yuborish mumkin.
Ksolar preparatini mustaqil yuborish tajribasi cheklangan. Shu sababli preparatni tibbiy xodim yuborishi kerak.
Davolash davomiyligi, dozani nazorat qilish va dozaga tuzatish kiritish
Ksolar preparati bilan davolashni to‘xtatish ko‘pchilik hollarda erkin IgE ning darajasini qaytadan oshishiga va muvofiq simptomlarni rivojlanishiga olib keladi. Klinik tadqiqotlar kamida 12-16 hafta davomida qo‘llangan Ksolar preparati bilan davolashning samaradorligini tasdiqladi. Ksolar preparati bilan davolash boshlangandan so‘ng 16-haftaga kelib, navbatdagi in‘eksiyani yuborishdan oldin o‘tkazilgan davolashning samaradorligini aniqlash maqsadida pasientning holatini baholash kerak. Ksolar preparati bilan davolashni davom ettirish haqidagi masala bronxial astmani umumiy nazorat qilishga nisbatan, ahamiyatli o‘zgarishlarga erishilganligi haqidagi xulosalarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Umumiy IgE ning darajasi davolash davomida yuqori bo‘ladi va davolash tugaganidan so‘ng bir yil davomida yuqori darajada qoladi. Shunday qilib, Ksolar preparati bilan davolanish vaqtida preparatning kerakli dozasini aniqlash uchun IgE ning darajasini takroran aniqlash o‘tkazilmasligi mumkin. Tanaffusdan so‘ng kamida bir yil davom etadigan davolashga dozasini aniqlash dozasi birinchi marta aniqlanganida olingan IgE ning darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Agar Ksolar preparati bilan davolash bir yil avval to‘xtatilgan bo‘lsa, dozani tanlash maqsadida zardobdagi umumiy IgE ning darajasini takroran aniqlash kerak.
Tana vaznini ahamiyatli o‘zgarishlarida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi.
Keksalar (65 yosh va undan katta)
65 yoshdan oshgan pasientlarda Ksolar preparatini qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma‘lumotlar mavjud, biroq keksa yoshdagi pasientlar uchun kichikroq yoshdagi pasientlarga nisbatan preparatning dozalash bo‘yicha boshqacha yondoshiladi deb hisoblashga asos yo‘q.
Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Ksolar preparatining farmakokinetikasiga buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishini ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Klinik dozalarda omalizumabning klirensi asosan retikulo-endotelial tizimi (RET) ishtirokida amalga oshganligi sababli, uni buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarish ehtimoli kam. Garchi preparatning dozasiga tuzatish kiritish yuzasidan maxsus tavsiyalar bo‘lmasa-da, Ksolar preparatini bunday pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Qo‘llash bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar
Ksolar bir martalik flakonlarda taqdim etiladi va tarkibida antibakterial konservantlar saqlamaydi. Tayyor bo‘lgan mahsulotning kimyoviy va fizikaviy barqarorligi 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda 8 soat davomida va 30oS haroratda 4 soat davomida namoyish etilgan. Mikrobiologik nuqtai nazaridan, preparat tayyorlangan zahoti ishlatilishi kerak. Agar mahsulot tayyorlangan zahoti ishlatilmasa, u holda qo‘llash vaqtidagi saqlash muddati va qo‘llashdan oldingi saqlash muddati pasient yoki tibbiy xodimning javobgarligida qoladi va agar preparatni tayyorlash nazoratli va tekshirilgan aseptik sharoitlarda bajarilmagan bo‘lsa, saqlash muddati 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda 8 soatdan oshmasligi kerak.
Liofilizatlangan mahsulot 15-20 minut davomida eritiladi, ayrim hollarda bu jarayon davomliroq bo‘lishi mumkin. Butunlay erigan preparat tiniq yoki biroz xira bo‘ladi va flakonning devorida bir qancha mayda pufakchalar yoki ko‘pik bo‘lishi mumkin. Eritmaning konsistensiyasi qovushqoq bo‘lganligi sababli, hajmi 1,2 ml ni tashkil etgan tayyor eritmani butunlay tortib olish uchun sinchkovlik zarurdir.
Eritmani tayyorlash va yuborish qoidasi
Ta‘kidlash kerakki ba‘zi hollarda kukun to‘liq erishi uchun 20 minutdan ortiq vaqt talab etilishi mumkin. Bunday holatda eritmada ko‘zga ko‘rinadigan jelega o‘xshash zarrchalar yo‘qolmagunicha, 4-chi bosqichni takrorlash kerak.
Preparat butunlay eriganida eritma ko‘zga ko‘rinadigan jelesimon zarrchalarni saqlamasligi kerak. Odatda flakonning chetlarida mayda pufakchalar yoki ko‘pik bo‘lishi mumkin. Tayyorlangan eritma tiniq yoki biroz xira bo‘lishi kerak. Qattiq zarrachalar bo‘lganida eritmani ishlatish mumkin emas.
Flakonda 0,6 ml (75 mg) yoki 1,2 ml (150 mg) Ksolar preparati saqlanadi.
Utilizasiya qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari
Har qanday ishlatilmagan preparat yoki chiqindilar mahalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
4-jadvalda umumiy populyasiyada preparatning havfsizligini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida qayd etilgan, nojo‘ya reaksiyalar, a‘zolar tizimini tasnifi va uchrash tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya reaksiyalar ko‘rsatilgan. Nojo‘ya reaksiyalarni uchrash tez-tezligi bo‘yicha har bir guruhlarda nojo‘ya reaksiyalarning jiddiyligini kamayishi tartibida keltirilgan. Uchrash tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 – < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 – < 1/100) va kam hollarda (< 1/1000). Postmarketing kuzatishlar davrida olingan xabarlar yuzasidan nojo‘ya ko‘rinishlarni uchrash tez-tezligi noma‘lum sifatida ko‘rsatilgan (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
4-jadval. Nojo‘ya reaksiyalar
Teri va limfa tizimi tomonidan | |
Tez-tezligi noma‘lum | Og‘ir darajadagi trombositopeniya |
Nerv tizimi tomonidan | |
Tez-tez | Bosh og‘rig‘i * |
Tez-tez emas | Sinkope, paresteziya, uyquchanlik, bosh aylanishi |
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan | |
Tez-tez emas | Allergik bronxospazm, yo‘tal |
Kam hollarda | Xiqildoqni shishi, |
Tez-tezligi noma‘lum | Allergik granulematoz vaskulit (Cherga-Shtraus sindromi) |
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan | |
Tez-tez | Qorinning yuqori qismlarida og‘riq ** |
Kam hollarda | Dispepsiyani belgilari yoki simptomlari, diareya, ko‘ngil aynishi |
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan | |
Tez-tez emas | Yorug‘likka sezuvchanlik, eshakemi, toshma, qichishish |
Kam hollarda | Angionevrotik shish |
Tez-tezligi noma‘lum | Alopesiya |
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan | |
Tez-tezligi noma‘lum | Artralgiya, mialgiya, bo‘g‘imlarni shishi |
Infeksiyalar va invaziyalar | |
Tez-tez emas | Faringit |
Kam hollarda | Parazitar invaziyalar |
Qon-tomirlar tizimi tomonidan | |
Tez-tez emas | Postural gipotenziya, qizib ketish hissi |
Umumiy buzilishlar va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar | |
Juda tez-tez | Pireksiya ** |
Tez-tez | In‘eksiya qilingan joyda, shish, eritema, og‘riq, qichishish kabi reaksiyalar |
Tez-tez emas | Grippsimon kasalliklar, qo‘llarni shishi, tana vaznini oshishi, toliqish |
Immun tizimi tomonidan | |
Kam hollarda | Allergik reaksiyalar, boshqa jiddiy allergik holatlar; davolashning samaradorligini pasaytiruvchi antitelalarni ishlab chiqarilishi |
Tez-tezligi noma‘lum | Isitma va limfadenopatiyadan iborat bo‘lgan zardob kasalligi |
*: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda juda ko‘p kuzatiladi
**: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatiladi
Anafilaksiya
Post-marketing hisobotlarda, Ksolar preparati qo‘llanganida pasientlarda anafilaksiyani uchrash tez-tezligi 500000 dan ortiq pasientlarda preparatning ta‘siri baholanganida kuzatilgan anafilaktik reaksiyalarning umumiy miqdoridan 0,2% ni tashkil etgan.
Anamnezida omalizumabni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmagan anafilaksiya hollari Ksolar preparati qo‘llanganida anafilaksiyani havf omili bo‘lishi mumkin.
Havfli o‘smalar
Ksolar preparatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi klinik tadqiqotlar vaqtida kattalarda va 12 yosh va undan katta bolalarda, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarda havfli o‘smalarni umumiy kuzatilgan tez-tezligi nazorat guruhi uchun xabar berilgan tez-tezligi bilan bir xil bo‘lgan. Faol guruhda ham va nazorat guruhida ham rivojlanish tez-tezligi kam (< 1/100) bo‘lgan. Keyinchalik 5 yil davomida o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotda Ksolar preparati bilan davolangan 5007 pasientlar va Ksolar preparati bilan davolanmagan 2829 pasientlar solishtirilganda, yiliga 1000 pasientga birlamchi o‘smalarni rivojlanish tez-tezligi muvofiq ravishda 16,01 (yiliga 295/18426 pasient) va 19,07 (yiliga 190/9963 pasient) ni tashkil etgan, bu malignizasiyaning yuqori havfini namoyish etmaydi (ko‘rsatkichlarini nisbati 0,84, 95% ishonchli interval, 0,62-1,13). Ksolar preparatini qabul qilgan 4254 pasientlar va plasebo qabul qilgan 3178 pasientdan iborat bo‘lgan randomizasiyalangan, ikki tomonlama yashirin, plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlar tahlil qilinganida Ksolar preparati bilan davolash yiliga 1000 pasientga rivojlanish tez-tezligi asosida malignizasiyani rivojlanish havfini oshishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, bu Ksolar preparati bilan davolangan pasientlar uchun 4,14 (yiliga 14/3382 pasient) va plasebo qabul qilgan pasientlar uchun 4,45 (yiliga 11/2474 pasient) ni tashkil etgan (ko‘rsatkichlar nisbati 0,93, 95% ishonchli interval 0,39-2,27). Ksolar preparatini qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar dasturida malignizasiyani umumiy rivojlanish chastotasi umumiy populyasiya bilan bir xil bo‘lgan.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida havfli o‘smalarni rivojlanish hollari omalizumab guruhida kuzatilmagan: nazorat guruhida havfli o‘smaning yagona holati kuzatilgan.
Arterial tromboemboliya (ATE)
Nazoratli klinik tadqiqotlarda va uzoq vaqt davom etgan tadqiqotlarga asoslanib, ATE hollarini miqdoriy disbalansi kuzatiladi. ATE insult, tranzitor ishemik hurujlar, miokard infrakti, nostabil stenokardiya va yurak qon-tomir kasalliklari oqibatidagi o‘lim (shu jumladan, ma‘lum sabablarga ko‘ra o‘lim holati) dan iborat bo‘lgan. Nazoratli tadqiqotlarning yakuniy tahlilida yiliga 1000 pasientga ATE rivojlanish darajasi Ksolar preparati bilan davolangan guruhdagi pasientlar uchun 7,52 (yiliga 115/15286 pasient) va nazorat guruhida pasientlar uchun 5,12 (yiliga 51/9963 pasient) ni tashkil etgan. Mavjud bo‘lgan dastlabki kardiovaskulyar havf omillarini nazorat qilish bo‘yicha multivariant tahlilda havf koeffisienti 1,32 (95% ishonchli interval 0,91-1,91) ni tashkil etgan. Birlashgan klinik tadqiqotlar, shu jumladan davomiyligi 8 hafta va undan ortiq bo‘lgan barcha randomizasiyalangan, ikki tomonlama yashirin, plasebo nazoratli klinik tadqiqotlarning yangi tahlillarida yiliga 1000 pasientga ATE darajasi Ksolar guruhidagi uchun 2,69 (yiliga 5/1856 pasient) va plasebo guruhidagi pasientlar uchun 2,38 (4/1680) ni tashkil etgan (nisbiy ko‘rsatkich 1,13, 95% ishonch intervali 0,24-5,71).
Trombositlar
Klinik tadqiqotlar vaqtida bir qancha pasientlarda trombositlar sonini laborator ko‘rsatkichlarning normal diapazonini pastki chegarasidan pastligi aniqlangan. Hech bir holatda ushbu o‘zgarish qon ketish hurujlariga va gemoglobinning miqdorini pasayishiga olib kelmagan. Garchi postmarketing kuzatishlar vaqtida idiopatik trombositopeniya holatlari yuzasidan ayrim xabarlar olingan bo‘lsada, quyi primatlarda kuzatiladigan bunday vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi trombositopeniya hollari odamlarda (6 yoshdan katta pasientlar) kuzatilmagan.
Parazitar invaziyalar
Plasebo nazoratli tadqiqotlarda gelmintlar invaziyasini havfi doimo yuqori bo‘lgan pasientlarda omalizumabni qabul qilish fonida kasallikning darajasini ahamiyatsiz darajada miqdoriy jihatdan oshishi aniqlangan, bu statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lmagan. Invaziyani kechishi, og‘irligi va davolashga javobi o‘zgarmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta‘sir etuvchi moddasiga yoki har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Omalizumabning klirensida sitoxrom R450, eflyuks nasos va oqsillar bilan bog‘lanish mexanizmi ishtirok etmaydi, shu boisdan, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilish ehtimoli ahamiyatsiz hisoblanadi. Ksolar preparatini dori vositalari va vaksinalar bilan o‘zaro ta‘sir qilishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Odatda bronxial astmani davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalarni omalizumab bilan o‘zaro ta‘sir qilishini taxmin qilishga farmakologik asoslangan sabablar mavjud emas.
Klinik tadqiqotlar vaqtida Ksolar odatda ingalyasion va peroral kortikosteroidlar, qisqa va uzoq vaqt ta‘sir etuvchi ingalyasion beta-adrenoreseptorlar, leyotrienlarning modifikatorlari, teofillin va peroral antigistamin preparatlar bilan birga qo‘llangan. Bronxial astmani davolash uchun shunday keng qo‘llanadigan preparatlarning ta‘siri ostida Ksolarni qo‘llash havfsizligini o‘zgarish belgilari aniqlanmagan. Ksolar preparatini maxsus immunoterapiya (giposensibilizasiya qiluvchi terapiya) bilan birga qo‘llash yuzasidan cheklangan ma‘lumotlar bor.
Ksolar gelmint yoki boshqa parazitar invaziyalarni davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalarning samaradorligini bilvosita pasaytirishi mumkin.
Nomutanosibligi
Ksolar preparatini faqat in‘eksiya uchun suv bilan aralashtirish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Umumiy
Ksolar o‘tkir astma hurujlari, o‘tkir bronxospazm yoki astmatik statusni davolash uchun ko‘rsatilmagan.
IgE miqdorini yuqori sindromi yoki allergik bronx-o‘pka aspergillyozi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek anafilaktik reaksiyalarni, jumladan ovqat allergiyasi oqibatida rivojlangan reaksiyalarni oldini olish maqsadida Ksolar preparatini qo‘llash orqali tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ksolar bunday holatlarni davolash uchun qo‘llanilmaydi.
Autoimmun kasalliklari, immun komplekslari oqibatida rivojlangan holatlar, yoki buyrak yoki jigarni allaqachon mavjud bo‘lgan buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Ksolar preparatini qo‘llash orqali tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bunday pasientlarga Ksolarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Ksolar preparati bilan davolash boshlanganidan so‘ng tizimli yoki ingalyasion kortikosteroidlarni birdan to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Kortikosteroidlarning dozasini bevosita shifokorning nazorati ostida pasaytirish va zarurat bo‘lganida asta-sekin pasaytirish kerak.
Qandli diabet bilan xastalangan, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi, fruktozani o‘zlashtirolmaslik yoki saxaroza-izomaltaza sindromi bo‘lgan pasientlarni Ksolar 150 mg preparatining tarkibida 108 mg qand borligi yuzasidan ogohlantirish kerak.
Immun tizimi tomonidan
*I turdagi allergik reaksiyalar
Omalizumabni qabul qilish fonida I turdagi tizimli allergik reasiyalar, shu jumladan anafilaksiya va anafilaktik shok kuzatilishi mumkin; ular hatto uzoq muddat davolangandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Bu reaksiyalarning ko‘pchiligi Ksolar preparatining birinchi va navbatdagi in‘eksiyalaridan so‘ng 2 soat davomida rivojlanadi, ammo ba‘zida 2 soatdan keyin, ba‘zi hollarda in‘eksiya qilingandan so‘ng 24 soatdan keyin ham rivojlanadi. Shuning uchun Ksolar preparati yuborilganidan so‘ng anafilaktik reaksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar zudlik bilan qo‘llash uchun doimo bo‘lishi kerak. Bunday reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi va allergik reaksiya rivojlanganida zudlik bilan shifikorga murojaat qilish kerakligi yuzasidan pasientlarni ogohlantirish kerak.
Klinik tadqiqotlar vaqtida anafilaktik reaksiyalar kam rivojlangan.
Rekombinant DNK texnologiyasi yordamida olingan odamning barcha monoklonal antitelalari kabi, ayrim hollarda pasientlarda omalizumabga antitelalar shakllanishi mumkin.
*Zardob kasalligi
Zardob kasalligi va zardob kasalligiga o‘xshash reaksiyalar (III turdagi sekin allergik reaksiyalar) odamning monoklonal antitelalari, shu jumladan omalizumab qabul qilayotgan pasientlarda kam kuzatiladi. Taxminiy patofiziologik mexanizmi omalizumabga qarshi antitelalarni ishlab chiqarilishi sababli, immun komplekslarni shakllanishi va to‘planishidan iboratdir. Aniq boshlanish vaqti bo‘lib birinchi va navbatdagi in‘eksiyalar yuborilgandan so‘ng, shuningdek uzoq muddat davolangandan so‘ng 1-5 kuni hisoblanadi. Zardob kasalligini ko‘rsatuvchi simptomlar artrat / artralgiya, toshmalar (eshakemi yoki boshqa shakllari), isitma va limfoadenopatiya hisoblanadi. Ushbu buzilishlarni oldini olish va davolash uchun antigistamin preparatlar va kortikosteroidlar qo‘llaniladi, pasientlar esa har qanday shubha tug‘diradigan simptomlar haqida shifokorga xabar berishi kerak.
*Cherga-Shtraus sindromi va gipereozonofiliya sindromi
Og‘ir darajadagi astma bilan xastalangan pasientlarda kam hollarda tizimli gipereozinofiliya yoki allergik granulematoz vaskulit (Cherga-Shtraus sindromi) kuzatilishi mumkin; har ikkala holat odatda tizimli kortikostroidlar yordamida davolanadi.
Ayrim hollarda astmaga qarshi preparatlar, shu jumladan omalizumabni qabul qilayotgan pasientlarda tizimli eozinofiliya yoki vaskulit namoyon bo‘lishi yoki rivojlanishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar odatda qo‘llanayotgan peroral kortikosteroid preparatlarning dozalarini pasaytirish bilan bog‘liq. Bunday pasientlarni davolashda shifokor yaqqol eozinofiliya, vaskulitga o‘xshash toshmalar rivojlanishi, o‘pka simptomlarini yomonlashishi, paranazal sinuslarni patologiyasi, yurak asoratlari va/yoki neyropatiyalar rivojlanishi mumkinligini yodda tutish kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan immun buzilishlarning barcha og‘ir holatlarida omalizumabni qo‘llashni to‘xtatish xaqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak.
Parazitar (gelmint) invaziyalar
IgE ba‘zi gelmint invaziyalari chaqirgan immun javobida ishtirok etishi mumkin. Gelmint invaziyalarining havfi doimo yuqori bo‘lgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarda omalizumabni qabul qilish fonida invaziyalar tez-tezligini ahamiyatsiz darajada o‘sishini ko‘rsatdi, lekin invaziyaning xarakteri, og‘irligi va davolashga nisbatan javob reaksiyasi o‘zgarmasdan qolgan. Shunday invaziyalarni aniqlash uchun maxsus ishlab chiqarilgan umumiy klinik dasturda gelmint invaziyalari bilan kasallanish darajasi 1000 pasientga 1 va undan kam holat bo‘lgan. Biroq gelmint infeksiyalarini havfi yuqori bo‘lgan pasientlar, ayniqsa gelmint infeksiyalari endemik hisoblangan joylarda sayohat qilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar pasient tavsiya etilgan antigelmint davolashga javob reaksiyasi kuzatilmasa, Ksolar preparatini bekor qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda omalizumabni qo‘llash yuzasidan tegishli ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik, embrional / fetal rivojlanish, tug‘ruqlar va postnatal rivojlanishga nisbatan bevosita va bilvosita zararli ta‘siri aniqlanmagan. Omalizumab yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, uning homila uchun potensial zarari ma‘lum emas. Juda zarur bo‘lmasa, Ksolar preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llamaslik kerak.
Omalizumabni ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi ma‘lum emas. Ksolar preparati bilan davolanish vaqtida ayollar emizmasliklari kerak.
Reproduktiv faoliyatga ta‘siri
Odamning reproduktiv faoliyatiga omalizumabning ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar
Ksolar preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi yuzasidan ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish hususiyati
Ksolarni qabul qilayotgan pasientlarga, ularda bosh aylanishi, toliqish, xushni yo‘qotish holati yoki uyquchanlik rivojlanganida avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerakligi xaqida ma‘lumot berish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi yuzasidan xabarlar bo‘lmagan. Ksolarning maksimal o‘zlashtira olinadigan dozasi aniqlanmagan. Pasientlarga 4000 mg gacha bo‘lgan bir martalik dozasi yuborilishi dozani cheklaydigan toksiklikni namoyon qilmagan. Pasientga yuborilgan eng yuqori kumulyativ doza 20-haftalik davr davomida 44000 mg ni tashkil etgan, bunda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralarni chaqirmagan.
Chiqarilish shakli
Zangori (150 mg) yoki kulrang (75 mg) rangli plastik qopqoqlar yopilgan tiniq rangsiz shisha flakonlar №1.
In‘eksiya uchun suv 2 ml dan tiniq, rangsiz shisha ampulalarda, №1.
Saqlash sharoiti
2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Eritilganidan so‘ng eritma 2oS-8oS haroratda 8 soat davomida yoki xona haroratida
4 soat davomida barqaror bo‘ladi. Yorug‘likdan himoyalangan original o‘ramida saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.