×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Магния лактат дигидрат, пиридоксина гидрохлорид (витамин В6)
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Vakil:
- Sanofi
ATX kodi:
- A12
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 152 ta dorixonasida topildi

ico 36 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 қобиқ билан қопланган таблетка қуйидагиларни сақлайди:
Фаол моддалар: магний лактат дигидрати - 470 мг, пиридоксин гидрохлориди - 5 мг
Ёрдамчи моддалар: сахароза, оғир каолин, акация елими (Е414), карбомер, тальк (Е553), магний стеарати (Е572), карнауб муми (кукун) (Е903), титан диоксиди (171).
Таблеткадаги магний (Мг2+) нинг умумий миқдори 48 мг (1,97 ммоль) ни ташкил қилади.
Magniy asosan xujayra ichki kationi hisoblanadi. U neyronlarning qo'zg'aluvchanligini va qo'zg'alashni nerv-mushak bo'ylab o'tkazilishini pasaytiradi, Ko'pchilik fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy a'zolar va to'qimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak to'qimasida odam organizmidagi magniyning umumiy miqdorini yarmi saqlanadi.
Klinik aspektlari:
Zardobdagi magniyning darajalari:
- 12 va 17 mg/l gacha (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5-0,7 mmolь/l) orasida: magniyning o'rtacha tanqisligini ko'rsatadi
- 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki0,5 mmolь/l) –magniyning og'ir tanqisligini ko'rsatadi.
Tanqislik
- birlamchi, magniy metabolizmini tug'ma anomaliyasi tufayli bo'lishi mumkin (tug'ma surunkali gipomagniyemiya),
- quyidagilar ikkilamchi tufayli bo'lishi mumkin:
organizmga noadekvat tushishi (og'ir yetarli ovqatlanmaslik, alkogolizm, to'liq parenteral ovqatlanish),
me'da-ichakda so'rilishini buzilishlari (surunkali ich ketishi, me'da-ichak oqmasi, gipoparatiroidizm),
buyraklar miqyosida ortiqcha yo'qotilishi (buyrak naychalarning kasalliklari, jiddiy poliuriya, diuretiklarni suiste'mol qilish, surunkali piyelonefrit, birlamchi giperalьdosteronizm, sisplatin bilan davolanish) tufayli yuz berishi mumkin.
Piridoksin (V6 vitamini) ko'pchilik metabolik jarayonlarda, nerv tizimining metabolizmini boshqarilishida ishtirok etadi. V6 vitamini magniyni meьda-ichak yo'llaridan so'rilishini va uni xujayralarga kirishini yaxshilaydi.
- diareya
- abdominal og'riqlar
- teri reaktsiyalari
- allergik reaktsiyalar.
Quyida ta'riflangan simptomlar paydo bo'lgan xolda, iltimos, darxol O'zingizning davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!
Yo'ldosh kalьtsiy tanqisligida, qo'shimcha kalьtsiy yuborish boshlangunicha, magniyning tanqisligi bartaraf qilingan bo'lishi kerak.
Tabletkalarda saxaroza borligi tufayli, fruktozani o'zlashtiraolmaslikda, glyukoza yoki galaktozaning so'rilishini buzilishi sindromida yoki saxaraza-izomalьtaza tanqisligida preparatni qo'llash mumkin emas.

Magniyning og'ir tanqisligida va so'rilishini buzilishlarida, davolash vena ichiga yuborishdan boshlanishi kerak.
Ushbu dori vositasi magniy saqlaydi
Quyidagi simptomlarning ma'lum sonini majmuasi magniyning tanqisligidan dalolat berishi mumkin:
- Asabiylik, ta'sirchanlik, kuchsiz xavotirlik, o'tkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishi,
- Me'da-ichak spazmlari, yurakni tez-tez urishi (sog'lom yurakda) shaklidagi bezovtalik ko'rinishlari,
- Mushak tirishishlari, sanchilish hissi.
Magniyni buyurish bu simptomlarni yo'qotishga yordam berishi mumkin.
Agar bir oy davolashdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, ushbu preparat bilan monoterapiyani davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
Ushbu preparatni quyidagi hollarda qo'llash mumkin emas:
- Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik,
- Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo'lgan og'ir buyrak yetishmovchiligi.
Tabletkalarni katta stakan suv bilan birga qabul qilish kerak.
FAQAT KATTALAR VA 6 YoShDAN OShGAN BOLALAR UChUN
Kattalar: 2-3 qabulga bo'lingan sutkada 6-8 tabletkadan, ovqat qabul qilish vaqtida.
Bolalar: sutkada 10-30 mg/kg, ya'ni 6 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni taxminan 20 kg) 2-3 qabulga bo'lingan sutkada 4-6 tabletka, ovqatlanish vaqtida.
Odatda davolashning davomiyligi bir oyni tashkil qiladi.
Qondagi magniyning darajasi normallashganidan keyin davolashni to'xtatish kerak.
Homiladorlikning yetarli sonidagi klinik tajriba, hech qanday fetotoksik yoki rivojlanish nuqsonlarini chaqiruvchi ta'sirini aniqlamagan.
Zarurati bo'lganida magniy homiladorlikning har qanday bosqichida qo'llanishi mumkin.
Keng qamrovli tekshirishlar yo'qligiga qaramasdan, bor bo'lgan klinik tajriba umidli hisoblanadi.
TABLETKALAR KATTALAR VA 6 YoShDAN OShGAN BOLALAR UChUN MO'LJALLANGAN.
6 yoshdan kichik bolalar uchun mos keluvchi dori shakllari mavjud.
O'rtacha buyrak yetishmovchiligida, gipermagniyemiya bilan bog'liq bo'lgan xavfni oldini olish maqsadida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAGNE V6®

MAGNE B6®

 

Preparatning savdo nomi: Magne V6®.

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletkada quyidagilar saqlanadi

Tabletkaning yadrosi:

faol moddalar: magniy laktat digidrati* – 470 mg, piridoksin gidroxloridi – 5 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza115,6 mg, og‘ir kaolin – 40,0 mg, akasiya kamedi – 20,0 mg, karboksipolimetilen 934 – 10,0 mg, talk (magniy gidroksilati) – 42,7 mg, magniy stearati – 6.7 mg.

Tabletkaning qobig‘i:

akasiya kamedi – 3,615 mg, saxaroza – 214,969 mg, dioksid titani – 1,416 mg, talk (magniya gidrosilikat) – qoldiqlar, karnaub mumi (kukun) – qoldiqlar.

* – saqlash bo‘yicha 48 mg magniy (Mg++) ga 48 mg ekvivalent.

Ta‘rifi: oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan oval ikki yoqlama qavariq silliq yaltiroq yuzali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: magniy preparati.

Kod ATX: A11JB.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Magniy hayotiy muhim elementdir, u hujayralarning normal faoliyati uchun zarur bo‘lib, ko‘pgina moddalar almashinuvi reaksiyalarida ishtirok etadi.

Qisman, u nerv impulslarining o‘tkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Organizmga magniy ovqat bilan birga tushadi. Magniy yetishmovchiligi ovqatlanish tartibi buzilganda (parhez) yoki magniyga talab oshganda (yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda, stress, homiladorlik, diuretiklar qo‘llanilgan holatlarda) kuzatiladi.

Piridoksin (vitamin V6) ko‘pgina metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, u magniyning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini va hujayralarga kirishini yaxshilaydi.

Qon zardobidagi magniy miqdorlari:

– 12 va 17 mg/l orasida (0,5–0,7 mmol/l): magniyning o‘rtacha miqdordagi yetishmovchiligini ko‘rsatadi;

– 12 mg/l dan past (0,5 mmol/l): magniyning og‘ir tanqisligini ko‘rsatadi.

Farmakokinetika

Magniyning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi qabul qilingan dozadan 50% dan ko‘pini tashkil qiladi. Magniyni 99% organizmning xujayra ichida joylashgan. Taxminan 2/3 xujayra ichidagi magniy suyak to‘qimalarida taqsimlanadi, boshqa 1/3 esa silliq va ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimalarida joylashgan. Magniy asosan siydik orqali chiqariladi. Magniyni qabul qilingan dozasini kamida 1/3 siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Alohida yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan magniy tanqisligi, quyidagi belgilar bilan kechuvchi holatlar: yuqori ta‘sirchanlik, uyquni biroz buzilishi, me‘da-ichak spazmlari, yurakning tez urishi, tez charchash, mushaklarda og‘riq va sanchilish hissi kuzatilganda.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni butunligicha, bir stakan suv bilan ichish lozim.

Kattalar: sutkada 2-3 qabulga bo‘lingan 3-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida buyuriladi.

6 yoshdan oshgan bolalar (taxminan 20 kg vaznli):

sutkada 10-30 mg/kg, ya‘ni 6 yoshdan katta bolalar uchun (taxminan 20 kg vaznili) sutkada 2-3 qabulga bo‘lingan 2-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida buyuriladi.

Odatda davolanish davomiyligi bir oyni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda (<0.01%): allergik reaksiyalar, shu jumladan teri reaksiyalari;

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi noma‘lum (yuzaga chiqish tezligini baholash mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra mumkin emas): diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).
  • Fenilkentonuriya.
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
  • Nasliy galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning malabsorbsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli).
  • Bir vaqtda levodopa bilan qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang) mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (gipermagniemiya rivojlanish xavfi)

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar

Levodopa bilan: levodopa faolligi piridoksin yordamida ingibisiya qilinishi (agarda bu preparat aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa). Shuning uchun levodopa preparati aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birgalikda qabul qilinmasa, shu vaqtda istalgan miqdordagi piridoksinni qabul qilishdan saqlaning.

Tavsiya etilmaydigan majmualar

Fosfat yoki kalsiy tuzlarini saqlovchi dori vositalari bilan birga qabul qilingan magniyning ichak orqali so‘rilishini susaytiradi.

E‘tiborga olish kerak bo‘lgan majmualar

Tetrasiklinlarni ichga qabul qilish buyurilganda tetrasiklin va Magne V6® preparati orasida 3 soatlik intervalni saqlash lozim, chunki magniy preparatlari tetrasiklinlar so‘rilishini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tabletkalar faqat kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma‘lumot: qobiq bilan qoplangan tabletkalar yordamchi modda sifatida saxaroza saqlaydi.

Og‘ir darajadagi magniy tanqisligi yoki malabsorbsiya sindromi holatlarida davolanishni magniyni vena ichiga yuborish yo‘li bilan boshlash zarur.

Kalsiy va magniyning bir vaqtdagi tanqisligi holatida magniy tanqisligini kalsiy preparati va kalsiy saqlovchi ozuqaviy qo‘shimchalar qabul qilishdan avval to‘ldirish tavsiya etiladi.

Organizmda magniy tanqisligiga olib keluvchi surgi dori vositalarini, alkogolni tez-tez qo‘llash holatlarida, og‘ir jismoniy va ruhiy yuklamalar vaqtida magniyga muhtojlik ortib boradi.

Uzoq vaqt davomida (bir necha oy yoki ayrim holatlarda – yillar) piridoksinni yuqori dozalarda (kuniga 200 mg dan ko‘p) qabul qilish tufayli uvishish va proprioseptiv sezuvchanlikning buzilishi, oyoq-qo‘llarning distal qismlarida tremor va sekin-asta rivojlanuvchi sensor ataksiya (harakat koordinasiyasining buzilishi) kabi simptomlar bilan kechuvchi sensor aksonal neyropatiya rivojlanishi mumkin. Bu o‘zgarishlar asosan o‘tkinchi bo‘lib, vitamin V6 vitaminini qabul qilish to‘xtatilishi bilan o‘tib ketadi.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Yetarlicha miqdordagi homilador ayollarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar preparatning  homila rivojlanishidagi nuqsonlarni kelib chiqishiga nojo‘ya ta‘siri yoki fetotoksik ta‘sirini aniqlamadi.

Magne V6® preparati homiladorlik vaqtida faqat shifokorning tavsiyasi bilan zarur holatlarda qo‘llanilishi mumkin.

Emizish davri

Magniyning ko‘krak sutiga o‘tishini hisobga olib, preparatni qabul qilish zarurati bo‘lgan vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Transport vositalarini boshqarishga va boshqa potensial xavfli bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanishga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi. Alohida ko‘rsatmalar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlari

Buyrakning normal funksiyasida vaqtida magniyning ichga qabul qilinishi vaqtida dozaning oshirib yuborilishi toksik reaksiyalarning yuzaga kelishiga olib kelmaydi. Ammo buyrakning yetishmovchiligi holatida magniy bilan zaharlanish yuzaga kelishi mumkin. Dozaning oshirib yuborilgan belgilarining namoyon bo‘lishi magniyning qondagi konsentrasiyasiga bog‘liq: arterial bosimni pasayishi; ko‘ngil aynishi, qusish; markaziy tizimini susayishi, reflekslarni pasayishi; elektrokardiogrammada o‘zgarishlar kuzatilishi; nafasni susayishi, koma, yurak to‘xtab qolishi va nafasning falaji; anurik sindrom.

Davolash

Regidratasiya, kuchaytirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritoneal dializ muhim.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterlarda.

5 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 dori vositasi Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MAGNIKUM tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Магния лактат дигидрат, пиридоксина гидрохлорид (витамин В6) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
  • Vakil: Vantage International Canada Inc
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 8000 anti-xa me/0,8ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Enoksaparin natriya ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 750 000 so'mdan Batafsil
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 6000 anti-xa me/0,6ml N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Enoksaparin natriya ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 132 200 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MAGNE V6 eritma dlya priema vnutr 10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Aventis France, Франция произведено: Cooperation Pharmaceutique Francaise
  • Vakil: Sanofi
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9