×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OTRIVIN bolalar uchun burun tomchilari 10ml 0,05%

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Farmakoterapevtik guruh:
- Dekongestantlar va boshqa mahalliy qo'llash uchun vositalar. Simpatomimetiklar.
Faol modda:
ксилометазолина гидрохлорид
Vakil:
- GSK Consumer Healthcare S.A.
ATX kodi:
- R01AA07.
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 127 ta dorixonasida topildi

ico 22 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ksilometazolin gidroxloridi - 1 mg;

yordamchi moddalar: bir asosli natriy fosfati digidrati, ikki asosli natriy fosfati 12N2O, natriy xloridi, dinatriy edetati, benzalkoniy xloridi, metilgidroksipropiltsellyuloza 4000 mPa.s, sorbitol 70%, tozalangan suv.

Сhiqarilish shakli

Preparat 10 ml li tomizg'ich qopqoqli plastik flakonlarda saqlanadi. Flakon qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.



0,05% li burun tomchilari
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi - 1 mg; yordamchi moddalar: bir asosli natriy fosfati digidrati, ikki asosli natriy fosfati 12N2O, natriy xloridi, dinatriy edetati, benzalkoniy xloridi, metilgidroksipropiltsellyuloza 4000 mPa.s, sorbitol 70%, tozalangan suv.
Ksilometazolin simpatomimetik vosita bo'lib, burun shilliq qavatidagi alfa-adrenergik retseptorlarga ta'sir ko'rsatadi. Burunga qo'llanilganda burun shilliq qavatining qon tomirlarini toraytiradi, buning oqibatida, burun va burun-halqum shilliq qavatining shishini bartaraf etadi. Nafas olishni yengillashtiradi. Preparat tarkibiga yordamchi moddalar – sorbitol va metilgidroksipropiltsellyuloza kiradi, ular burun shilliq qavatining quruqligi simptomlarini kamaytirishga imkon beradi. Preparatning ta'siri bir necha minutdan keyin boshlanadi va 12 soat davom etadi. Otrivin dori vositasi kiprikchali epiteliy funktsiyasini buzmaydi.
Mahalliy qo'llanilganda ksilometazolinning plazmadagi kontsentratsiyasi past va uni aniqlash chegaralariga yaqin bo'ladi.
Noxush reaktsiyalar haqidagi ma'lumotlar tizim-a'zolar sinflari va uchrash tezligi bo'yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) va juda kam hollarda (<1/10000). Har bir guruh doirasida noxush reaktsiyalar jiddiylik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan. Immun tizimi tomonidan: juda kam – o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (toshma, qichishish, angionevrotik shish). Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i. Ko'risha'zolari tomonidan: juda kam – ko'rish qobiliyatining vaqtinchalik buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlari: juda kam – yurak qisqarishlari sonini nomuntazamligi yoki oshishi, gipertoniya, aritmiya. Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlari: tez-tez – burun shilliq qavatining quruqligi, noqulayligi, achishishi, medikamentoz rinit. Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlari: tez-tez – ko'ngil aynishi. Umumiy buzilishlar: tez-tez – qo'llangan joyda achishish. Ushbu ilova-varaqada sanab o'tilgan nojo'ya reaktsiyalar yoki ko'rsatib o'tilmagan reaktsiyalar paydo bo'lgan hollarda shifokorga murojaat etish zarur.
Retseptsiz.
Kelib chiqishi turli bo'lgan rinitlar. Burun bo'shliqlarining yallig'lanishida ajralgan sekretni oqib chiqishini yengillashtirish uchun. O'rta otitda yordamchi terapiya sifatida (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun). Rinoskopiya muolajasi o'tkazilishini yengillashtirish uchun qo'llaniladi.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yopiq burchakli glaukoma, atrofik rinit, quruq rinit, gipofizni transfenoidal yo'l bilan olib tashlash (miyaning qattiq pardasini ochish bilan kechadigan transnazal yoki transoral jarrohlik aralashuvlari)da qo'llash mumkin emas.
Monoaminoksidaza ingibitorlari. Ksilometazolin monoaminoksidaza ingibitorlarining ta'sirini kuchaytirishi va gipertonik krizga olib kelishi mumkin. Ksilometazolin oxirgi 14 kun davomida monoaminoksidaza ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarga tavsiya etilmaydi ("Ehtiyotkorlik choralari" ga qarang). Uch- yoki tetratsiklik antidepressantlar. Uch- yoki tetratsiklik antidepressantlarni simpatomimetik vositalar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki bu ksilometazolinning simpatomimetik ta'sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
30°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. O'rama idishda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.
Rangsizdan och-sariq rangligacha bo'lgan deyarli hidsiz tiniq eritma.
2 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar: dori vositasini faqat kattalarning kuzatuvi ostida qo'llash lozim. Odatda 1-2 tomchidan har bir burun yo'liga kuniga 1-3 marta tomiziladi. Preparatni kuniga 3 martadan ortiq qo'llash mumkin emas. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar: dori vositasini shifokorning tavsiyasiga binoan qo'llash zarur. 1 yoshdan kichik bolalar: dori vositasini qo'llash mumkin emas. Preparatni qo'llashdan oldin burun yo'llarini yaxshilab tozalash zarur. Boshni ozgina orqaga eging. Tomchilarni har bir burun yo'liga tomizing va tomchilar burun bo'shlig'ining xamma devorlariga tarqalishi uchun boshni shu holatda bir necha vaqt ushlang. Flakonni berkitishdan oldin, tomizg'ichni qo'llagandan keyin tozalang va quriting.
Ksilometazolinning mahalliy tarzda haddan ziyod qo'llanilishi yoki uni tasodifanichib yuborish simpatolitik ta'sirga; shu jumladan, markaziy nerv tizimi faoliyatining pasayishi (masalan, uyquchanlik, koma), gipertoniya yoki gipotoniya, taxikardiya va bradikardiyaga olib kelishi mumkin . Me'da – ichak yo'llarining belgilari ham paydo bo'lishi mumkin, masalan, ko'ngil aynishi va qusish. Boshqa belgilar – rangparlik, haddan tashqari terlash, gipotermiya, qorachiqni torayishi, nafasni susayishi kamayishi, ataksiya va xavotirlik. Tasodifiy dozaning oshirib yuborilishidan keyingi og'ir darajali simptom kuzatilmagan. Bitta yangi tug'ilgan (2 haftalik) chaqaloqda har bir burun yo'liga 0,1% eritmaning 1 tomchisini qo'llanilishi komaga olib kelgan. Kichik yoshli bolalarda preparatning 0,5 mg/kg gacha bo'lgan dozasini qo'llash klinik jihatdan tegishli belgilarni keltirib chiqarmadi. 0,5 mg/kg dan ortiq dozani qo'llash to'g'risida ma'lumot yo'qligi sababli og'ir darajali belgilar istisno qilinishi mumkin emas. Bunday hollarda, tajribali klinik shifokor yoki toksikologik axborot markazi bilan maslahatlashgandan so'ng va faollashtirilgan ko'mirning bitta dozasini qabul qilganidan keyin tibbiy nazoratni olib borish ko'rsatilgan. Maxsus antidot yo'q. Davolash – simptomatik; bradikardiya holatida atropindan foydalaning.
Homiladorlik. Otrivin preparatining tomirni toraytiruvchi xususiyatlari tufayli uni homiladorlik paytida qo'llash mumkin emas. Emizish. Ksilometazolinning ko'krak sutiga o'tish yoki o'tmasligi ma'lum emas. Emizish davrida Otrivin preparatidan faqat shifokor buyurganda qo'llash mumkin. Fertillik. Otrivinning fertillikka ta'sir qilishi haqida tegishli ma'lumotlar yo'q. Hayvonlar ustida nazoratli tadqiqotlarni amalga oshirish mumkin emas. Ksilometazolinning tizimli ta'sir qilish darajasi juda past bo'lgani sababli, uning fertillikka ta'sir qilish ehtimoli juda past.
Otrivin preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimani bilishingiz kerak. Agar sizda yurak kasalligi bo'lsa (masalan, QT intervalining uzayishi sindromi), ksilometazolinni qo'llashdan avval shifokor bilan maslahatlashing. Ksilometazolin qabul qilayotgan QT intervalining uzayishi sindromi bo'lgan bemorlarda og'ir qorinchalar aritmiyasi rivojlanishining yuqori xavfi bo'lishi mumkin. Quyidagi bemorlarga otrivinni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak: • arterial gipertoniya, yurak-qon tomirlar tizimining kasalliklari bilan • gipertireoz, qandli diabet, feoxromotsitoma bilan • prostata bezining gipertrofiyasi bilan • oxirgi 14 kun davomida monoaminoksidaza ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlar ("Dorilarning o'zaro ta'siri" ga qarang) • simpatomimetiklarga yuqori sezuvchanlik bilan, bu uyqusizlik, bosh aylanishi va boshqa alomatlar bilan namoyon bo'ladi. Otrivin preparatini, boshqa mahalliy tomirlarni toraytiruvchi vositalar singari, uzluksiz ravishda 1 haftadan ko'proq vaqt davomida qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki belgilari tumovga o'xshash bo'lgan, burun shilliq qavatining shishishi bilan kechadigan medikamentoz rinit rivojlanishi mumkin. Tavsiya etilgan dozadan oshirib yuborilmasin, ayniqsa bolalar va keksa bemorlarda. Bolalar uchun Otrivin 0,05% li burun tomchilarini 1 yoshdan kichik bolalarda qo'llash qarshi ko'rsatilgan. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda dori vositasini faqat shifokorning buyrug'iga binoan qo'llash zarur. 2 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarda dori vositasini faqat kattalarning kuzatuvi ostida qabul qilish lozim. Preparatning tarkibiga kiruvchi benzalkoniy xloridi, ayniqsa uzoq muddat qo'llanganda, burun bo'shlig'i shilliq qavatini ta'sirlanishi va shishiga olib kelishi mumkin. Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Ksilometazolinning uzoq muddat va yuqori dozalarda qo'llanilishida yurak-qon tomir ta'siriga ega bo'lgan ehtimoliy tizimli ta'sirlarni istisno qilib bo'lmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OTRIVIN bolalar uchun burun tomchilari 10ml 0,05% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OTRIVIN bolalar uchun burun tomchilari 10ml 0,05% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OTRIVIN bolalar uchun burun tomchilari 10ml 0,05% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NAFASOL burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
NAFASOL burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9