×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINOFLUIMUSIL sprey 10ml

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Ацетилцистеин, Туаминогептан
Ishlab chiqaruvchi:
- Zambon S.p.A.
Vakil:
- Orville Services LLP
ATX kodi:
- R01AB08
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 125 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
44 800 s`om dan
OTRIVIN sprey so vkusom mentola 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
SINUPRET draje N50 Bionorica SE Germaniya
78 000 s`om dan
KSILAZOL sprey 10ml 0,5mg/50mg N1 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
34 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RINOFLUIMUSIL sprey 10ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINOFLUIMUSIL®

RINOFLUIMUCIL®

 

Preparatning savdo nomi:  Rinofluimusil®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): asetilsistein, tuaminogeptan sulfati

Dori shakli: nazal sprey

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: asetilsistein – 1,0 g, tuaminogeptan sulfati – 0,5 g;

yordamchi moddalar: 0,01 g benzalkoniy xloridi, 0,75 g gipromelloza, 0,02 g dinatriy edetati, 0,3 g natriy digidrofosfati, 0,3 g natriy gidrofosfat dodekagidrati, 0,1 g ditiotretiol, 2,0 g 70% li sorbitol, 0,0188 g yalpiz aromatizatori, 0,31 g 96% li etanol, 0,36 g natriy gidroksidi, tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: deyarli rangsiz, tiniq o‘ziga xos yalpiz hidli, biroz oltingugurt hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antikongestiv vosita.

ATX kodi: R01AV08.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rinofluimusil® mukolitik, shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi asetilsistein shilliqning glikoproteidlarning disulfid bog‘larini uzish yo‘li bilan shilliq va yiringli-shilliq ajralmalarga suyultiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Asetilsistein shuningdek yallig‘lanishga qarshi (leykositlarning xemotaksisini tormozlaydi) va antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.

Tuaminogeptan sulfati, simpatomimetik amin bo‘lib, mahalliy qo‘llanganda qon tomirlarini toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shilliq qavatning shishi va giperemiyasini bartaraf qiladi.

Farmakokinetikasi

Tavsiya qilingan dozalarda mahalliy qo‘llanganida preparat so‘rilmaydi.

Qo‘llanilishi

Quyuq yiringli-shilliq sekretli o‘tkir va nimo‘tkir rinit, surunkali rinit, vazomotor rinit, sinusitda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat maxsus purkagich yordamida sprey ko‘rinishida burun bo‘shlig‘iga yuboriladi.

Kattalarga: spreyning 2 dozasi (klapanga 2 marta bosib) har bir burun yo‘liga kuniga 3-4 marta yuboriladi.

Bolalarga: spreyning 1 dozasi (klapanga 1 marta bosib) har bir burun yo‘liga kuniga 3-4 marta yuboriladi.

Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Shifokor bilan maslahatlashmasdan tavsiya qilingan dozalarni va davolash kursini oshirish mumkin emas.

 

Spreyni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

  1. Eritmali flakonning qalpoqchasini yeching.
  2. Purkagichning himoya qalpoqchasini yeching.
  3. Purkagichni flakonga biriktiring.
  4. Purkagichning qopqoqchasini yeching.
  5. Takroriy bosish bilan purkagichni faol holga keltiring.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda: allergik reaksiyalar, qo‘zg‘alish, yurakni urib ketishi, taxikardiya, tremor, arterial gipertenziya, siyishni tutilishi, burun, og‘iz va xalqumning shilliq qavatlarini qurishi, yog‘ bezlarini yallig‘lanishi yuz berishi mumkin.

Qon tomirlarini toraytiruvchi moddalarni saqlovchi dori vositalarni uzoq vaqt qabul qilish burun va burunning yondosh bo‘shliqlarining normal faoliyatini o‘zgartirishi mumkin, shuningdek preparatga ko‘nikish chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Rinofluimusil® ni preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlikda, yopiq burchakli glaukomada, tireotoksikozda qo‘llash mumkin emas. Preparatni trisiklik antidepressantlar va monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan davolanish vaqtida va davolash tugaganidan keyin 2 hafta davomida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: preparatni bolalarga (3 yoshgacha bo‘lgan), bronxial astmasi, arterial gipertenziyasi, stenokardiya III-IV funksional sinfi, tez-tez eestrasistoliyasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (davolash shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazilishi kerak).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Rinofluimusil MAO ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bilan nomutanosib, chunki oxirgilar simpatomimetik vositalarning ta‘sirini potensiyalaydi, va bu tuamingeptan bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Rinofluimusilni antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda antigipertenziv samara susayishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat nazal qo‘llash uchun.

Rinofluimusil® transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish imkoniyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida faqat ona taxmin qilinayotgan foyda, homila yoki go‘dak uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tuaminogeptan bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya samaralar (taxikardiya, tremor, xavotirlik, arterial bosimni oshishi, ko‘nikish) rivojlanishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Nazal sprey.

10 ml dan to‘q-sariq rangli shisha flakonda. 1 flakondan purkagich va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15 dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2,5 yil.

Flakon ochilganidan keyin ichidagisi 20 kun davomida ishlatilishi kerak.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINOFLUIMUSIL sprey 10ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINOFLUIMUSIL sprey 10ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINOFLUIMUSIL sprey 10ml dori vositasi Zambon S.p.A. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINOFLUIMUSIL sprey 10ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINOFLUIMUSIL sprey 10ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9