Narxi 55 414 so'mdan / 28 tab. Dorixonalardan izlash

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Rozuless 10 tabletkalari 10mg N28

Retseptli preparat
Kategoriya: - Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi: - Hindiston
Qadoqda soni: - 28
Ishlab chiqaruvchi: - Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan 15.04.2016 da DV/X 01618/04/16 registratsion raqami bilan ro'yxatdan o'tgan
Narxi 55 414 so'mdan / 28 tab. Dorixonalardan izlash Toshkentning 50 ta dorixonasida topildi

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Rozuless 10 tabletkalari 10mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ROZULESS-5

ROZULESS-10

ROZULESS-20

ROSULESS-5

ROSULESS-10

ROSULESS-20

Preparatning savdo nomi: Rozuless-5; Rozuless-10; Rozuless-20

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rozuvastatin kalsiy

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg, 10 mg yoki 20 mg rozuvastatinga ekvivalent bo‘lgan rozuvastatin kalsiy;

yordamchi moddalar: laktoza DC-21, MCCP (PH-102), magniy gidroksidi, krospovidon, povidon, magniy stearati, sariq Instacoat A05D20747, Instacoat IC-S-5946 (jigarrang) temir (III) oksidi, Instacoat IC-S-6206 (pushti), titan dioksidi.

Ta‘rifi:

Rozuless 5 mg: sariq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomoni silliq, boshqa tomonida riskasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Rozuless 10 mg: qizg‘ish, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomoni silliq, boshqa tomonida riskasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Rozuless 20 mg: pushti, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomoni silliq, boshqa tomonida riskasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: statinlar guruhiga mansub bo‘lgan gipolipidemik vosita, GMG-KoA-reduktaza ingibitori.

ATX kodi: S10AA07

Farmakologik hususiyatlari

Rozuvastatin GMG-KoA-reduktazani selektiv va raqobatli ingibitori bo‘lib, 3-gidroks-3-metilglutaril koferment A ni sterollar, shu jumladan xolesterinning o‘tmishdoshi bo‘lgan mevalon kislotasiga aylantiradi. Rozuvastatin hujayralarning yuzasida PZLP-XL (past zichlikdagi lipoproteinlar – xolesterini) jigar reseptorlarining miqdorini oshirib, PZLP-XL qamrab olinishi va katabolizmini kuchaytiradi va jigarda JPZLP-XS (juda past zichlikdagi lipoproteinlar – xolesterini) sintezini susaytiradi, shuning uchun JPZLP-XS va PZLP-XS zarrachalarining umumiy miqdorini pasaytiradi. YUZLP-XS (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar – xolesterini) miqdorini oshiradi. Aterosklerotik blyashkalarning o‘lchamini kichraytiradi va qon tomirlar ichidagi bo‘shliqni kattalashtiradi. S-reaktiv oqsilning darajasini pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganidan so‘ng qon plazmasida rozuvastatinning Smax ga 5 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi ≈20% ni tashkil etadi. Rozuvastatin XS (xolesterin) birinchi sintezi va PZLP-XS klirensini joyi hisoblangan jigarda to‘planadi. Rozuvastatinni taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil etadi. Rozuvastatinning taxminan 90% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Cheklangan metabolizmga (≈10%) uchraydi. Rozuvastatinning aniqlangan asosiy metabolitlari N-desmetil va lakton metabolitlari hisoblanadi.

Rozuvastatinning dozasini taxminan 90% axlat bilan o‘zgarmagan holda (shu jumladan so‘rilgan va so‘rilmagan rozuvastatin), qolgan qismi – siydik bilan chiqariladi. Taxminan 5% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Plazmadan T1/2 taxminan 19 soatni tashkil etadi. T1/2 davomiyligi dozasi oshirilganida o‘zgarmaydi. Plazmadan geometrik o‘rtacha klirens qiymati soatiga taxminan ≈50 l ni (variasiya koeffisienti – 21,7% ni) tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

Giperxolesterinemiya – kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda birlamchi giperxolesterinemiya yoki aralash turdagi dislipidemiya (II b turi) ni davolash, parhezga qo‘shimcha sifatida, parhezga yoki boshqa dori vositalarsiz davolash usullariga (jismoniy mashqlar, tana vaznini kamaytirish) javob reaksiyasi yetarli darajada samarali bo‘lmaganida qo‘llanadi.

Gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiya, parhezga va lipidlarning miqdorini kamaytirishni boshqa usullariga (masalan, PZLP aferezi) yoki bunday davolashni o‘tkazish ilojisi bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.

Qon tomir kasalliklarini oldini olish. Yosh, AG (arterial gipertenziya), YUZLP-XS ning darajasini past bo‘lishi, S-reaktiv oqsilning darajasini yuqori bo‘lishi, chekish yoki oilaviy anamnezda YUIK (yurak ishemik kasalligi) ni erta rivojlanishi kabi havf omillarini borligidan dalolat beruvchi aterosklerotik yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarda jiddiy yurak-qon tomir buzilishlarini rivojlanish havfini kamaytirish uchun ko‘rsatilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatlanishdan qat‘iy nazar, ichga, chaynamasdan, suv bilan qabul qilinadi. Davolashni boshlashdan oldin pasient standart gipolipidemik parhezga rioya qilishi va davolanish vaqtida ham rioya qilishni davom ettirishi kerak. Preparatning dozasi davolash maqsadi va davolashga nisbatan javob reaksiyasiga qarab shaxsiy ravishda tanlanishi kerak. Preparatni qabul qilishni boshlayotgan pasientlar uchun, yoki boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorini qabul qilishdan rozuvastatinga o‘tayotgan pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg yoki 10 mg rozuvastatinni tashkil etishi kerak, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida dozasi 4 haftadan keyin oshirilishi mumkin. 2-4 haftalik davolashdan so‘ng va/yoki doza oshirilganida lipidlar almashinuvi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak (zarurat bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish.

Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – qandli diabet.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; kam hollarda – pankeratit.

Teri va teri hosilalari tomonidan: tez-tez emas – qichishish, toshma, eshakemi.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tez – mialgiya; kam hollarda – miopatiya (shu jumladan miozit) va rabdomioliz.

Tizimli buzilishlar: tez-tez – asteniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak naychalari faoliyatini izdan chiqish oqibatida rivojlangan, laborator tasdiqlangan proteinuriya.

Skelet mushaklari tomonidan: mialgiya, miopatiya (shu jumladan, miozit) va kam hollarda rabdomioliz.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qabul qilganda bo‘lgani kabi, transaminazalarning faolligini dozaga bog‘liq ravishda oshishi rozuvastatin qabul qilgan ba‘zi pasientlarda kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda – yengil darajada, simptomsiz kechuvchi va qaytuvchan hususiyatga ega bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Rozuvastatinga yoki preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;
  • jigar kasalligining faol bosqichi, shu jumladan zardobdagi transaminazalar faolligini barqaror oshishi;
  • buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam);
  • miopatiya;
  • bir vaqtda siklosporinni qabul qilish;
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quyidagi preparatlar rozuvastatin bilan majmuada qo‘llanganida salbiy o‘zaro ta‘sirlarga olib kelishi mumkin:

Antikoagulyantlar: varfarin – qon ketishini rivojlanish havfini oshadi;

Antigistamin vositalar: simetidin – endogen steroid gormonlarning pasayishi xavfini oshadi;

Immunodepressantlar: siklosporin – rabdomioliz va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi;

Zamburug‘larga qarshi vositalar: ketokonazol – rabdomioliz va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi;

Qo‘shimcha gipolipidemik vositalar: klofibrat, fenofibrat, gemfibrozil – nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi oshadi;

Nikotin kislotasi preparatlari: niasin, endurasin – rabdomioliz va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi;

OITV proteaza ingibitorlari: atazanavir, ritonavir, lopinavir, ritonavir – rabdomioliz va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi;

Diuretiklar: spironolakton – endogen steroid gormonlarni pasayishi xavfi oshadi.

Rozuvastatinni qabul qilish vaqtida jigarni shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida alkogol iste‘mol qilishni kamaytirish kerak.

Antasidlar (alyuminiy va magniy gidroksidlari) ni rozuvastatinni qabul qilgandan so‘ng ikki soat davomida qabul qilish mumkin emas.

Yurak glikozidlari: digoksin – digoksinning konsentrasiyasi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish vaqtida, ayniqsa preparatning dozasiga tuzatish kiritish vaqtida, har 2-4 hafta davomida lipidlarning darajasini monitoring qilish va zarurat bo‘lganida preparatning dozasini o‘zgartirish kerak. Davolash boshlanishidan oldin va davolash boshlangandan so‘ng 3 oydan keyin jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlash tavsiya etiladi. Agar qon zardobida jigar transaminazalarining faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish yoki dozasini kamaytirish kerak. Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatida giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda asosiy kasallikni davolashni preparat bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazish kerak. Rabdomiolizni rivojlanish xavf omillari mavjud bo‘lgan pasientlarda davolashdan kutilgan foyda va potensial xavf nisbatini ko‘rib chiqish va butun davolash kursi davomida klinik kuzatish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi faoliyat turlarini bajarishda (davolanish vaqtida bosh aylanishi rivojlanishi mumkin) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bir nechta sutkalik dozalar bir vaqtda qabul qilinganida rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi.

Davolash: spesifik davolash yo‘q, hayotiy muhim a‘zolar va tizimlarning faoliyatini tutib turish uchun simptomatik davolash o‘tkaziladi. Jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini va KFK (kreatininfosfokinaza) ning faolligini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar; 14 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkadan alyumin blisterda; 2 alyumin blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ATOSAR N tabletkalari 50mg/12,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
BETASTIN 24 tabletkalari 24mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Betagistin
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 67 700 so'mdan Batafsil
BETASTIN 16 tabletkalari 16mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Betagistin
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 38 400 so'mdan Batafsil
KORTEL N 40 tabletkalari 40mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Gidroxlorotiazid, Telmisartan
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 44 000 so'mdan Batafsil
KORTEL M 25 tabletkalari 40mg/25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metoprolol, Telmisartan
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 38 000 so'mdan Batafsil
RESPIKUR AT sirop 100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ambroksol, Gvayfenezin, Terbutalin
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 25 000 so'mdan Batafsil
ONTIK eritma dlya priema vnutr 2mg/5ml 30ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ondansetron
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 30 150 so'mdan Batafsil
SIRIGLOBIN sirop 200ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Folievaya kislota, Jeleza sulfat
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 40 050 so'mdan Batafsil
RESPIKUR tabletkalari N10
Narx: 15 900 so'mdan Batafsil
BETASTIN 8 tabletkalari 8mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Betagistin
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
ONTIK MD 4 tabletkalari 4mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ondansetron
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
RABEZ D kapsulalar 20 mg+30 mg 50 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Domperidon, Rabeprazol
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
SIRIMOL kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 47 400 so'mdan Batafsil
SIRIKAL tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 31 000 so'mdan Batafsil
SIRIKAL sirop 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 33 000 so'mdan Batafsil
Rozuless 5 tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 19 900 so'mdan Batafsil
Rozuless 20 tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 61 016 so'mdan Batafsil
PRAYD M 2 tabletkalari 2mg/500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
PANTOZ DSR kapsulalar 40 mg + 30 mg 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
MOKSIV tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 73 500 so'mdan Batafsil
LETROZ tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 143 000 so'mdan Batafsil
KORTEL A tabletkalari 40mg+5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
KORTEL 40 tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Narx: 43 900 so'mdan Batafsil
GABANERV tabletkalari 500mkg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
MOKSIV tabletkalari 400mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd