×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Цефиксим
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Bonita Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- J01DD08
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KLAMOK tabletkalari 1000mg N10 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
45 000 s`om dan
SEFTRIAKSON SULBAKTAM poroshok 1,5g N1 ATM Sanita Pharma, ИП, OOO O'zbekiston
8 000 s`om dan
ULTRAZIDIM poroshok 1,0g Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VELOSEF 200, VELOSEF 400

WELOCEF 200, WELOCEF 400

 

Preparatning savdo nomi: Velosef 200, Velosef 400

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefiksim

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg yoki 400 mg suvsiz sefiksimga ekvivalent bo‘lgan sefiksim;

yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, natriy kroskarmelloza, titan dioksidi.

Ta‘rifi:

200 mg li doza: dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, tabletkalar.

400 mg li doza: oval shaklli (kaplet shaklidagi), deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, sindirish chizig‘i bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (sefalosporinlar).

ATX kodi: J01DD08

Farmakologik xususiyatlari

Sefiksim mikroorganizmlarning xujayra devorining asosiy struktur komponenti hisoblangan peptidoglikan hosil bo‘lishini ingibisiya qiladi. Sefiksim beta-laktamazalar ta‘siriga chidamli. Sefiksim ko‘pgina grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.

Boshqa sefalosporinlar kabi sefiksimning bakteriyalarga xujayra devori sintezini ingibisiya qilishdan iborat. Natijada beta-laktam mavjudligi tufayli penisillin va ayrim sefalosporinlarga chidamli ko‘pgina mikroorganizmlar sefiksimga sezgir. Sefiksim in vitro sharoitda ham va klinik infeksiyalarda ham quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pgina shtammlariga nisbatan faol bo‘lishi mumkin.

Grammusbat mikroorganizmlar:

Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae.

Grammanfiy mikroorganizmlar:

Haemophilus influenzae (beta-lacatamase musbat va manfiy shtammlar), Moraxella (Branhamella) catarrhalis (ularning ko‘pchiligi  – beta-lactamase musbat), Escherichia coli, Proteus mirabilis, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penicillinase- va non-penicillinase-shtammlari), Haemophilus parainfluenzae (beta-lactamase musbat va manfiy shtammlar), Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Pasteurella multicida, Providencia turlari, Salmonella turlari, Shigella turlari, Citrobacter amalonaticus, Citrobacter diversus, Serratia marscescens

Boshqa beta-laktam antibiotiklari kabi sefiksim bakteriya xujayrasining ichki devorida penisillin bog‘lovchi oqsillar bilan spesifik bog‘lanadi, natijada uni va bakterial devor sintezining so‘ngi bosqichini ingibisiya qiladi. Buning natijasida xujayra lizisi autolizin kabi enzimlar tomonidan bakteriya xujayrasini autolizini kabi amalga oshadi, ehtimol sefiksim autolizin ingibitori bilan o‘zaro ta‘sirlashadi.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilingandan keyin 40-50% (ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar) so‘riladi, lekin sefiksimni ovqat bilan qabul qilganda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 0,8 soatga uzayadi.

200 mg sefiksimni bir marta qabul qilganda plazmadagi maksimal konsentrasiyasi            2 mkg/ml (1 mkg/ml dan 4 mkg/ml gacha) va 400 sefiksimni bir marta qabul qilganda plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 3,7 mkg/ml (1,3 mkg/ml dan 7,7 mkg/ml gacha) ga erishadi. 200 mg yoki 400 mg bir martalik dozasi qabul qilgandan 2 soat va 8 soat orasida plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga erishadi.

Tabletka qabul qilingandan keyin sefiksimning plazmadagi darajasi (mkg/ ml)
Doza (mg) 1 soat 2 soat 4 soat 6 soat  8 soat 12 soat 24 soat
200 0,7 1,4 2 1,5 1 0,4 0,03
400 1,2 2,5 3,5 2,7 1,7 0,6 0,04

Qabul qilingan dozaning taxminan 50% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda sefiksim shuningdek qabul qilingan dozaning 10% ko‘prog‘i safro bilan ham chiqarishi aniqlangan. Sefiksim shuningdek taxminan 30% albuminlar fraksiyasi bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 65% ni tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda sefiksimni plazmadan yarim chiqarilish davri o‘rtacha 3-4 soatni tashkil qiladi va ayrim ko‘ngillilarda 9 soatgacha yetishi mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarda barqaror holatdagi AUCs ko‘rsatkichi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 40% yuqori.

O‘rtacha darajadagi buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga               20-40 ml) bo‘lgan pasientlarda zardobda sefiksimning yarim parchalanish davri 6,4 soatgacha oshadi. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga 5-20 ml) yarim parchalanish davri 11,5 soatgacha oshadi. Preparat gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida to‘liq chiqarilmaydi. Lekin tadqiqotlar 400 mg doza gemodializda bo‘lgan pasientlar kreatinin klirensi minutiga 21-60 ml ga sub‘ektlar kabi profilga ega ekanliklarini ko‘rsatgan. In vivo sharoitda sefiksimning metabolizmini hech qanday isbotlari yo‘q.

Orqa miya suyuqligida sefiksimning darajalari haqida adekvat ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llanilishi

Velosef 200, Velosef 400  tabletkalari sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • Escherichia coli, Proteus mirabilis chaqirgan siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari
  • Haemophilus influenzae (beta-laktam musbat va manfiy shtammlari), Moraxella (Branhamella) catarrhalis (ularning ko‘pchiligi beta-laktam musbat), S.pyogenes Pharyngitis &Tonsillitis, S. pyogenes chaqirgan o‘rta quloq infeksiyalari
  • Streptococcus Pyogenes chaqirgan faringitlar va tonzillitlar.

Izoh: S.Pyogenes ni davolashda, shu jumladan revmatik atakani oldini olishda tanlov preparati bo‘lib penisillin hisoblanadi. Sefiksim asosan Streptococcus pyogenes ni burun-halqumdan tarqalganida samarali, shunga qaramasdan revmatoid atakani oldini olish uchun Velosefning 200, Velosefning 400 samaradorligi haqida ma‘lumotlar mavjud emas.

  • Streptococcus pnevmoniya, Haemophilus influenzae (beta-laktamaza musbat va manfiy shtammlari) chaqirgan o‘tkir bronxitlar va surunkali bronxitni zo‘rayishi
  • Salmonella typhy chaqirgan asoratlanmagan multirezistent va xinolonga rezistent tifoz isitma
  • Neisseria gonorrhoeae (penisillaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari) chaqirgan asoratlanmagan gonoreyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar

Sefiksimning tavsiya etilgan dozasi sutkada bir marta 400 mg ni tashkil qiladi.

Asoratlanmagan multirezistent tifoz isitmada sefiksimning tavsiya etilgan dozasi sutkada tana vazniga 15-20 mg/kg 7-14 kun davomida va xinolonga rezistent tifoz isitmada – sutkada tana vazniga 20 mg/kg 7-14 kun davomida buyuriladi.

Asoratlanmagan servikal/uretral gonokokkli infeksiyalarni davolaganda sefiksimning tavsiya etilgan bir martalik dozasi 400 mg ni tashkil qiladi.

Bolalar

Tana vazni 50 kg dan ortiq yoki 12 yoshdan oshgan bolalar kattalar uchun tegishli dozada davolanishlari kerak.

Streptococcus pyogenes chaqirgan infeksiyalarni davolash sefiksimning terapevtik dozasini 10 kun davomida buyurishdan iborat.

Buyrak yetishmovchiligi

Velosefni 200, Velosefni 400 buyrak yetishmovchiligida buyurish mumkin:

  • Quyidagi kreatinin klirensida:
  • minutiga 60 ml dan ko‘p – normal doza va tartibda
  • minutiga 21-60 ml – standart dozaning 75% va dozalashning standart intervali;
  • minutiga 21 ml dan kam – standart dozaning 50% va dozalashning standart intervali.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Velosef 200, Velosef 400 odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Klinik tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalarning ko‘pchiligi yengil yoki chegaralangan bo‘lgan.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya sefiksimning yuqori dozalari qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Diareyaning og‘ir holatlari simptomlari paydo bo‘lganda sefiksimni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi. Ayrim sefalosporinlar tirishishlarni chaqirgan, doza kamayitirilmagan holatlar qisman buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan. Bu holat davolashni to‘xtatishni talab etadi. Quyidagilar kam hollarda kuzatilgan: ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.

Laboratoriya tahlillari tomonidan buzilishlar: leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, gemolitik anemiya. Buyrak va jigar faoliyatini o‘rtacha darajadagi o‘tuvchan buzilishlari kuzatilgan.

Jigar tomonidan buzilishlar: transaminazalar, ishqoriy fosfataza tomonidan o‘tuvchan buzilishlar va sariqlik.

Boshqa buzilishlar: jinsiy a‘zolarda qichishish va vaginit.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Velosefni 200, Velosefni 400 sefalosporinlarga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Diqqat.

Sefiksim bilan davolashni boshlashdan oldin pasientda sefalosporinlar, penisillinlarga yoki boshqa preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lganligini aniqlang.

Agar preparat penisillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga buyurilgan bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki adabiyotlarda beta laktam antibiotiklar orasida kesishgan o‘ta yuqori sezuvchanlik ta‘riflangan va penisillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarning 10% da kuzatilishi mumkin.

Sefiksimga allergik reaksiya simptomlari paydo bo‘lgan hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

O‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir darajadagi o‘tkir reaksiyalari shoshilinch tibbiy yordamni, shu jumladan suyuqlikni vena ichiga yuborish, antigistamin, kortikosteroid, pressor aminlarni vena ichiga yuborish va klinik ko‘rsatmalarga qarab sun‘iy ventilyasiyani talab etishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa sefalosporin antibiotiklari kabi sefipim protrombin vaqtini uzaytiradi, buni antikoagulyantlar bilan davolanayotgan pasientlarda e‘tiborga olish kerak.

Karbamazepin.

Bir vaqtda qo‘llanilganida sefipim karbamazepinning darajasini oshiradi. Plazmada karbamazepinning darajasini nazorat qilish kerak.

Varfarin va antikoagulyantlar.

Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida qon ketishining biron-bir klinik simptomlarisiz protrombin vaqtini uzayishi kuzatiladi.

Probenesid.

Bir vaqtda qo‘llanilganida sefiksimning buyrak klirensi va taqsimlanish xajmini kamayishi bilan plazmada probenesid va AUC oshadi.

Boshqa preparatlar.

Sefiksimni nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida plazmada preparatning konsentrasiyasini va egri chiziq ostidagi maydonni oshishi bilan sefiksimning biokiraolishligi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘rsatmalar bo‘lmaganida yoki profilaktik maqsadda sezgir bakteriyalar bo‘lganda pasientlarga Velosefni 200, Velosefni 400  buyurish maqsadga muvofiq emas, chunki bu preparatga rezistent bakteriyalar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Uzoq vaqt davolaganda rezistent mikroorganizmlarni rivojlanishi ehtimolini e‘tiborga olish kerak. Bunday hollarda davolash vaqtini pasientni nazorat qilish va superinfeksiya rivojlanishi oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, ambulator dializda bo‘lgan pasientlarda sefiksimning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Dializda bo‘lgan pasientlar nazoratda bo‘lishlari kerak.

Velosefni 200, Velosefni 400 anamnezida me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari, ayniqsa koliti bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Antibiotiklar bilan davolash vaqtida va davolagandan keyin soxtamembranoz kolit simptomlari kuzatilishi mumkin va pasientning hayotini og‘irlashtirishi mumkin.

Glyukozaga soxta musbat reaksiya Benedikt yoki Fexling eritmasida yoki mis eritmasida kuzatilishi mumkin, lekin enzimatik glyukoza oksidazaga asoslangan reaksiyada kuzatilmaydi.

Sefalosporin antibiotiklari bilan davolaganda bevosita Koomba tahlilida soxta ijobiy natija aniqlangan, buni Koomba tahlilini o‘tkazganda e‘tiborga olish kerak.

Velosef 200, Velosef 400 nitroprussid ishlatilganda siydikda ketonga soxta musbat reaksiya berishi mumkin, lekin nitroferrisianid ishlatilganda kuzatilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llanadi. Laktasiya davrida preparat bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari (ko‘pincha surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi): tirishishlar, ensefalopatiya, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi.

Davolash: gemodializ va tutib turuvchi davolash.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka Al/Al blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

36 oy.

Dorixonlardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30 dori vositasi Bonita Pharmaceuticals Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFTRI tabletkalari 200mg N10
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml
POLVEREN poroshok 60ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Spey Medical Pvt. Ltd, Индия произведено: Brawn Laboratories Ltd
  • Vakil: Spey Medical
Narh: 33 700 so'mdan Batafsil
SEFICHU 400 tabletkalari s fruktovim vkusom 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEF OD poroshok 30ml 100mg/5ml
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
SEF OD DS poroshok 30ml 200mg/5ml
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
SEFIVEL 100 DT tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acums Drugs Pharmaceuticals Ltd.
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
VELOSEF 200 tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bonita Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
SEFICHU 200 tabletkalari s fruktovim vkusom 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEF OD tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
SEF OD kapsulalar 400mg N5
Narh: 48 999 so'mdan Batafsil
SEYVSEF poroshok 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxim Pharmaceuticals Pvt. Ltd
LOPRAKS poroshok 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Exir Pharmaceutical Co.
BIMAKS poroshok 50ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayii ve Ticaret A.S.
Narh: 76 000 so'mdan Batafsil
YUNIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Cotec Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
YUNIKSIM kapsulalar 400mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Cotec Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
SEFRAZ poroshok 30g 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
PIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 40 800 so'mdan Batafsil
OPTIKSIM 50 poroshok 2g 50-2,5 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
SUPRAKS granuli 30g 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Saudiya Arabistoni / Iordaniya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Джазира Фармасьютикал Индастриз/Хикма Фармасьютика
SUPRAKS SOLYUTAB tabletkalari 400mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С
SUPRAKS kapsulalar 400mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Saudiya Arabistoni / Iordaniya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Джазира Фармасьютикал Индастриз/Хикма Фармасьютика
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LEVOFLOKSA 250 tabletkalari 250mg N30
VELOSEF 200 tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bonita Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
BONTRAM kapsulalar 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Bonita Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9