×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YUNIDON tabletkalari N100

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Парацетамол, Кофеин
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Lafz, ООО
ATX kodi:
- N02BE71
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NO SHPA tabletkalari 40mg N100 Хиноин Завод Фармац. и Хим.продуктов, ЗАО Vengriya
55 000 s`om dan
GEYe BARALGIN tabletkalari 300 mg+15 mg N100 God Gift Laboratory Pvt. Ltd. Hindiston
SEFEKON D suppozitorii 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
10 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YUNIDON tabletkalari N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

YUNIDON

UNIDON

 

Preparatning savdo nomi: Yunidon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Parasetamol, kofein

Chiqarilish shakli: plyonka qobiq bilan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Parasetamol – 650 mg, kofein – 55 mg.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kalsiy digidrofosfati, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoat, magniy stearati, gidroksipropilmetilsellyuloza, talk, aerosil, natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza.

Qobiq tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza, titan dioksidi, talk, izopropil spirti, metilenxlorid, kanakunjut moyi.

Ta‘rifi: Oq rangli, kapsulasimon shaklli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik-antipiretik.

ATX kodi: N02VE01

 

Farmakologik xususiyatlari

Parasetamol, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega. Parasetamolni ta‘siri asosan markaziy mexanizmga ega, prostaglandinlar sintezida qatnashuvchi siklooksigenaza fermentini qaytuvchan ingibisiya qiladi. Parasetamolni isitmani tushiruvchi ta‘siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan bog‘liq, buning natijasida qon-tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlik ajralib chiqishi kuchayadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri og‘riq sezuvchanligini bo‘sag‘asiga bevosita ta‘siri bilan chaqirilgan.

Kofein parasetamolning og‘riq qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi, shuningdek tetiklik hissini beradi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol me‘da-ichak yo‘llarida tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Parasetamol organizmning ko‘pchilik suyuq muhitlarida bir tekis taqsimlanadi va oqsillar bilan kuchsiz bog‘lanadi. Parasetamol faqat buyrak orqali bog‘langan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Kofein ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi va organizm bo‘ylab yaxshi tarqaladi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyaga bir soatdan so‘ng erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, mushaklar og‘rig‘i, menstrual og‘riq, mushak-skelet og‘riqlarni yo‘qotish uchun, shuningdek isitmada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar peroral qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun: 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 8 tabletka yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, terini qizarishi, terida nuqtali toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar. Kvinke shishi, xansirash, ko‘p terlash, arterial qon bosimini pasayishi (xatto shok holatigacha) ko‘rinishidagi giperreaktiv holatlar ta‘riflangan. Qon manzarasi o‘zgarishi mumkin – trombositopeniya, leykopeniya, ba‘zida agranulositoz, pansitopeniya, metgemoglobinemiya, anemiya. Allergik reaksiyalarga moyil shaxslarda bronxospazm kuzatilishi mumkin («aspirinli» astma). Odatdagi dozalarni juda uzoq muddat qabul qilish yoki juda yuqori dozalarni qabul qilish, jigar va buyrakning og‘ir shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Parasetamolga, kofeinga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda metoklopramid va domperidon qo‘llanilganda parasetamolning so‘rilish tezligi oshishi va xolestiramin bilan qo‘llanganda kamayishi mumkin. Varfarin va boshqa kumarinlarning antikoagulyant ta‘siri parasetamol davomli va muntazam qo‘llanganida qon ketishini oshishini xavfi bilan kuchayishi mumkin; preparat nomuntazam qabul qilinganida ko‘rsatiladigan samara ahamiyatsiz.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat buyrak va jigar faoliyatining jiddiy buzilishlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Dozaning oshirib yuborilishi havfi jigarning alkogolli nosirroz kasali holatida yuqori bo‘ladi. Preparatni qabul qilganda choy va kofeni haddan tashqari iste‘mol qilishdan saqlanish kerak. Buyurilgan dozani oshirish mumkin emas. Bir vaqtda tarkibida parasetamol saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish ma‘qul emasligidan bemorlar xabardor bo‘lishlari kerak. Simptomlarning uzoq vaqt davom etsa shifokorga murojaat qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. preparatni shifokorning tavsiyasidan tashqari homiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Parasetamol: Parasetamol 10 g yoki undan ko‘prok qabul qilinganida kattalarda jigarni shikastlashi mumkin. Uzoq vaqt karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampisin yoki jigar fermentlarini rag‘batlantiruvchi boshqa preparatlarni yoki muntazam alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilayotgan bemorlarda parasetamolni 5 g dan yoki undan ko‘proq qabul qilish jigarning shikastlashiga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborish simptomlari birinchi 24 soatda oqarish, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi, qorin bo‘shlig‘ida og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi.

Kofein: Kofeinning dozasi oshirib yuborilishini oqibati epigastral sohasida og‘riq, qusish, diurez, taxikardiya yoki yurak aritmiyasi, markaziy nerv tizimining ta‘sirlanishi bo‘lishi mumkin.

Kofeinning dozasi oshirib yuborilganida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

 

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.

Chiqarilishi shakli

4 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bilan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YUNIDON tabletkalari N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YUNIDON tabletkalari N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YUNIDON tabletkalari N100 dori vositasi Lafz, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YUNIDON tabletkalari N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YUNIDON tabletkalari N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEDINAK K tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
MEDINAK K tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
SOLPADEIN AKTIV tabletkalari N12
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN PLYUS tabletkalari 500mg/65mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
NASMORK TOTAL tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 8 300 so'mdan Batafsil
MEDINAK K tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 100 so'mdan Batafsil
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N50
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N10
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
vodorod perikisi eritma 50ml 3%
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
FUKORSIN eritma 25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1%
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1%
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 90ml 2,4%
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4%
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2%
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
vodorod perikisi eritma 100ml 3%
Narh: 1 391 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 50ml 2,4%
YUNIPAR MAKS tabletkalari N10
PARASETAMOL tabletkalari 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 1 385 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 200 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN kapsulalar 500 mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAFZ, ООО
Narh: 8 900 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN kapsulalar 250 mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAFZ, ООО
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
AMMIAK eritma 10ml 10%
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN sirop 40ml
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N10
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
XOLOSAS suyuqlik 90g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9