Ташкент
logo
SavatKirish

Anti-bit

- Anti-bit qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Anti-bitning tarkibi
- Anti-bit ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Anti-bit narxi Toshkent dorixonalarida

Anti-bit qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANTI-BIT

ANTI-BIT

 

Preparatning savdo nomi: ANTI-BIT

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sumitrin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun eritma

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,408 g sumitrin (0,4%);

yordamchi moddalar: lauril natriy etil sulfati (Texapon N-28), kokos moyining nordon dietanol amidi (Comperlan KD), sorbin kislotasi, yog‘li-nordon etil polioli (Cetiol HE or Ercarel GLE), tozalangan suv.

Ta‘rifi: och-sariq, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: pedikulyozga qarshi vosita. piretrinning sintetik birikmasi.

ATX kodi: P03AX

Farmakologik xususiyatlari

Anti-Bit dori preparati ektoparazitlarga qarshi vosita bo‘lib, asosan pedikulyozda qo‘llanadi. Preparat tarkibidagi sumitrin (D-phenothrin) piretrum o‘simligi gulining ekstraktidan olingan piretrin birikmalarining sintetik hosilalaridan biridir. Issiqqonli hayvonlarga nisbatan zararsiz. Boshda va qov sohasida uchraydigan bitlarga (Pediculus humanis sapitis, Phthirus pubis – odamlarga toshmali terlama va qaytalovchi terlama kasalliklarini yuqtiruvchi parazitlar) va ularning tuxumiga nobud qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Teri orqali D-phenothrin ning tizimli so‘rilishi juda past. Sut emizuvchilarda D-phenothrin ni gidroliz va oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchrashi aniqlangan.

 

Qo‘llanilishi

Preparat pedikulyozda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

  • Sochlar suv bilan hullanadi, so‘ngra Anti-Bit eritmasi qo‘llanadi. Uch minut davomida sochlarning ildizlari uqalanadi.
  • Sochlar suv bilan yaxshilab yuviladi.
  • Anti-Bit eritmasi takror surtiladi va uch minutlik uqalash takrorlanadi.

Bunday qo‘llash ko‘pchilik hollarda sochlarni bitlar va sirkalardan tozalash uchun yetarli bo‘ladi. Shu bilan birga, sirkalarning to‘liq yo‘qotilganligiga ishonch hosil qilish uchun, ikki kundan keyin yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan preparatni yana bir marta qo‘llash tavsiya etiladi.

Ko‘rsatilgan qo‘llashdan keyin qolishi mumkin bo‘lgan o‘lik sirkalardan sochlarni tozalash maqsadida toza taroqni ishlatish tavsiya qilinadi.

Qov sohasida  bitlarini davolash, boshdagi davolash kabidir. Eritmani qov va chotning barcha sohasiga yaxshilab surtish kerak.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Pedikulyozi bo‘lgan bemorlarda juda kam hollarda qichishish, achishish, mahalliy shish yoki eritema paydo bo‘lishi mumkin. Bu simptomlar pedikulyozning oqibati bo‘lib, preparatni qo‘llash bilan bog‘liq emas. Anti-Bit teriga juda kam miqdorda so‘riladi, shuning uchun tizimli samaraga ega emas.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni piretrum ekstraktiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Agar preparatni qo‘llash vaqtida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lsa, unda davolashni to‘xtatish kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bolalar bog‘chalari, maktablar va boshqa muassasalarida pedikulez epidemiyasi hollarida, ehtiyotkorlik chorasi sifatida, bu davrda preparatni haftada bir marta qo‘llash tavsiya etiladi. Jamoat muassasalarida muolajani bajaruvchi shaxs qo‘lqop kiyishi kerak. Oila a‘zolaridan faqat birida bit paydo bo‘lganida, qolganlarining hammasi pedikulyozni oldini olish maqsadida preparatni qo‘llashlari kerak.

Anti-Bit davolovchi preparatini qo‘llashda preparatni ko‘zga va og‘izga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tasodifan tushgan hollarda ularni ko‘p miqdordagi suv bilan yaxshilab yuvish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda davolash, agar u faqat haqiqatda zarur bo‘lsa buyurilishi kerak. Emizishni vaqtinchalik to‘xtatish talab qilinadi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida xabar berilmagan.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Anti-Bitni ichga qo‘llash hollari ma‘lum emas. Preparatni ichga qo‘llash hollarida darhol me‘dani yuvish va simptomatik davolashni buyurish kerak.

 

Chiqarilish shakli

150 ml eritma sirtgi polipropilen qopqoqchasi bilan polietilen flakonda. 1 flakon, mayda tishli taroq va qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Preparatni 25°S  haroratda, original o‘ramida saqlash kerak.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Anti-bit savollari

Anti-bit fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil