Ташкент
logo
SavatKirish

Atsellbiya

Atsellbiya chiqarish shakllari

ASELLBIYA konsentrat 10ml 10mg/ml N2
ASELLBIYA konsentrat 10ml 10mg/ml N2
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ZAO «BIOKAD»
- Atsellbiya qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Atsellbiyaning tarkibi
- Atsellbiya ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Atsellbiya narxi Toshkent dorixonalarida

Atsellbiya qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASELLBIYA®

ATSELLBIYA®

 

Ushbu dori vositasini qabul qilish/qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

Bu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat eting.

Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan, uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki u ularda Sizdagiga o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham ularga zarar yetkazishi mumkin.

 

Preparatning savdo nomi: Asellbiya®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rituksimab (rituximab)

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

Tarkibi:

1 ml konsentrat quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: rituksimab – 10,0 mg;

yordamchi moddalar: natriy sitrati digidrati – 7,35 mg, polisorbat-80 – 0,70 mg, natriy xloridi – 9,00 mg, xlorid kislotasi – rN 6,5 gacha, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi va immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita – monoklonal antitelalar.

ATX kodi: L01XC02

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Asellbiya® preparatining faol komponenti bo‘lib CD20 transmembran antigeni bilan spesifik bog‘lanadigan sichqon/odam ximer monoklonal antitelasi – rituksimab hisoblanadi. Bu antigen pre-V-limfositlar va yetilgan V-limfositlarda joylashadi, lekin gemopoetik o‘zak xujayralari, pro-V-xujayralar, normal plazmatik xujayralar, boshqa to‘qimalar xujayralarida bo‘lmaydi va V-xujayrali nojodjkin limfomalarida 95% dan ko‘p holatlarda ekspressiyaga uchramaydi. CD20 xujayrasida ekspressiyaga uchragan antitela bilan bog‘langandan keyin internalizasiyaga uchramaydi va xujayra membranasidan xujayradan tashqari bo‘shliqqa tushmay qo‘yadi. CD20 erkin antigen ko‘rinishida plazmada aylanib yurmaydi va shuning uchun antitela bilan bog‘lanish uchun raqobatlashmaydi.

Rituksimab V-limfositlarda CD20 antigeni bilan bog‘lanadi va V-xujayralar lizisiga olib keluvchi immunologik reaksiyalarni inisiasiya qiladi. Xujayra lizisining bo‘lishi mumkin bo‘lgan mexanizmlari komplementga bog‘liq sitotoksiklik, antitelaga bog‘liq xujayraviy sitotoksiklik va apoptoz induksiyani o‘z ichiga oladi. Rituksimab in vitro sharoitda odam V-xujayrali limfomasi qatorini ayrim ximioterapevtik preparatlarning sitotoksik ta‘siriga sezuvchanligini oshiradi.

Preparatni birinchi marta yuborgandan keyin periferik qondagi V-xujayralar soni normadan pastga kamayadi va gematologik xavfli kasalliklari bo‘lgan pasientlarda 6 oydan keyin tiklanishni boshlaydi, davolash yakunlangandan 12 oydan keyin normal ko‘rsatkichlarga erishadi, lekin V-xujayralarning sonini tiklanish davri uzoqroq bo‘lishi mumkin.

Revmatoid artriti bo‘lgan pasientlarda V-xujayralar sonini kamayishi davomiyligi o‘zgaruvchan bo‘ladi, ko‘pchilik pasientlarda ularning soni to‘liq tiklanguncha keyingi davolash buyuriladi. Kam sonli pasientlarda V-xujayralar sonini uzoq vaqt kamayishi kuzatiladi (preparatning oxirgi dozasidan keyin ikki va undan ko‘proq yil davomida).

Poliangiit va mikroskopik poliangiit bilan kechuvchi granulematozi bo‘lgan pasientlarda CD19-musbat V-xujayralar sonini 10 xujayra/mkl dan pastroqqa kamayishi rituksimabning birinchi ikkita infuziyasidan keyin kuzatiladi va ko‘pchilik pasientlarda bu darajada 6 oy davomida saqlanadi.

Nojodjkin limfomasi bo‘lgan 1,1% tekshirilgan bemorlarda va revmatoid artriti bo‘lgan 10% tekshirilgan bemorlarda antiximer antitelalar aniqlangan. Tekshirilgan bemorlarda sichqonlarga qarshi antitelalar aniqlanmagan.

Farmakokinetikasi

Noxodjkin limfomasi

Monoterapiya ko‘rinishida yoki SNOR (siklofosfamid, doksorubisin, vinkristin, prednizolon) sxemasi bo‘yicha ximioterapiya bilan majmuada rituksimab bir marta yoki ko‘p marta yuborilganda noxodjkin limfomasi bo‘lgan pasientlarda populyasion farmakokinetik tahlil natijalari bo‘yicha nospesifik klirensi (CL1), spesifik klirensi (CL2) (ehtimol, V-xujayralar yoki o‘sma yuklamasi bilan bog‘liq) va plazmada taqsimlanish xajmi (V1) muvofiq ravishda kuniga 0,14 l, kuniga 0,59 l va 2,7 l ni tashkil qilgan. Terminal yarim chiqarilish davrining (T1/2) medianasi 22 kunni tashkil etadi. CD19-musbat xujayralarning dastlabki darajasi va o‘sma o‘chog‘ining o‘lchami 4 hafta davomida haftada 1 marta 375 mg/m2 dozada vena ichiga yuboriladigan rituksimabning CL2 ga ta‘sir ko‘rsatadi. CD19-musbat xujayralarning soni yuqoriroq va o‘sma o‘chog‘ining o‘lchami kattaroq pasientlarda CL2 ko‘rsatkichi yuqoriroq bo‘ladi. O‘sma o‘chog‘ining o‘lchami va CD19-musbat xujayralarning darajasi muvofiqlashtirilgandan keyin ham CL2 ko‘rsatkichining individual o‘zgaruvchanligi saqlanadi. V1 ning nisbatan yuqori bo‘lmagan ko‘rsatkichlari tana yuzasining maydoni (1,53-2,32 m2) va SNOR sxemasi bo‘yicha ximioterapiyaga bog‘liq va muvofiq ravishda 27,1% va 19,0% ni tashkil etadi. Bemorning yoshi, jinsi, irqiy mansubligi, JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) shkalasi bo‘yicha umumiy holati rituksimabning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Shunday qilib, yuqorida sanab o‘tilgan omillarga qarab rituksimabning dozasiga tuzatish kiritish farmakokinetik variabellikka ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

O‘rtacha maksimal konsentrasiya (Smax) har bir infuziyadan keyin oshadi: birinchi infuziyadan keyin 243 mkg/ml, to‘rtinchi infuziyadan keyin – 486 mkg/ml, sakkinchi infuziyadan keyin esa – 550 mkg/ml ni tashkil qiladi. Preparatning maksimal va minimal konsentrasiyalari CD19-musbat xujayralarning dastlabki darajasi va o‘sma yuklamasi bilan teskari proporsionaldir. Samarali davolaganda preparatning muvozanat konsentrasiyasining medianasi yuqori bo‘ladi. O‘smaning gistologik A kichik tipiga (IWF tasnifi) nisbatan V, S va D kichik tipi bo‘lgan pasientlarda muvozanat konsentrasiyasining medianasi yuqori bo‘ladi. Oxirgi infuziyadan keyin 3-6 oy davomida organizmda rituksimabning izlarini aniqlash mumkin.

SNOR ximioterapiyaning 6 sikli bilan majmuada rituksimabning (375 mg/m2 dan 6 infuziya) farmakokinetik profili monoterapiyadagiga o‘xshash bo‘lgan.

Xavflilik darajasi past bo‘lgan noxodjkin limfomasi bo‘lgan bemorlarda rituksimabning farmakokinetikasini shaxsiy qiyosiy o‘rganishning ma‘lumotlari bo‘yicha “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon ko‘rsatkichi
16170,57 (mkg/ml)*soat. Maksimal konsentrasiyasi Smax 172,19 mkg/ml, unga erishish vaqti esa – 31,17 soatga teng bo‘lgan. Yarim chiqarilish davri 49,60 soatni tashkil etadi.

Surunkali limfoleykoz

500 mg/m2 dozada rituksimabning beshinchi infuziyasidan keyin o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi (Smax) 408 mkg/ml ni tashkil etadi.

Revmatoid artrit

Ikki haftalik tanaffus bilan 1000 mg dan ikkita v/i infuziyadan keyin rituksimabning Smax 369 mkg/ml, o‘rtacha T1/2 – 19,2-20,8 kun, o‘rtacha tizimli klirensi – sutkada 0,23 l va muvozanat xolatidagi taqsimlanish xajmi – 4,6 l ni tashkil qilgan. Birinchi infuziyaga nisbatan ikkinchi infuziya o‘tkazilgandan keyin o‘rtacha Smax 16% ga yuqori bo‘lgan. Takroriy davolash kursi o‘tkazilgandan keyin rituksimabning farmakokinetik ko‘rsatkichlari birinchi davolash kursiga o‘xshash bo‘lgan.

Poliangiit (Vegener granulematozi) va mikroskopik poliangiit bilan kechuvchi granulematoz

Populyasion farmakokinetik tahlil natijalariga ko‘ra hafta 1 marta 375 mg/m2 dozada rituksimabning to‘rt infuziyasidan keyin T1/2 medianasi – 23 kun, o‘rtacha klirensi – sutkada 0,313 l ni va taqsimlanish hajmi – 4,5 l ni tashkil qilgan. Poliangiit va mikroskopik poliangiit bilan kechuvchi granulematozda rituksimabning farmakokinetik ko‘rsatkichlari revmatoid artritdagiga o‘xshash bo‘lgan.

Pasientlarning alohida guruhlaridagi farmakokinetikasi

Jins: ayollarga nisbatan erkaklarda tana yuzasiga maydoniga to‘g‘rilash bilan rituksimabning taqsimlanish xajmi va klirensi yuqoriroq, rituksimabning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar: buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi farmakokinetik ma‘lumotlari yo‘q.

Qo‘llanilishi

Noxodjkin limfomasi

  • Xavfsizlik darajasi past yoki follikulyar V-xujayrali, CD20-musbat qaytalanuvchi yoki ximio-chidamli noxodjkin limfomasi.
  • Avval davolanmagan pasientlarda ximioterapiya bilan majmuada III-IV bosqichdagi follikulyar limfoma.
  • Induksion davolashga javobdan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida follikulyar limfoma.
  • SNOR sxemasi bo‘yicha ximioterapiya bilan majmuada CD20-musbat diffuz V-yirik xujayrali noxodjkin limfomasi.

Surunkali limfoleykoz

  • Avval standart davolanmagan pasientlarda ximioterapiya bilan majmuada surunkali limfoleykoz.
  • Ximioterapiya bilan majmuadaqaytalanuvchi yoki ximio-chidamlisurunkali limfoleykoz.

Revmatoid artrit

  • Kattalarda o‘zlashtiraolmaslik yoki o‘sma nekrozi omili (O‘NO-a) birini yoki ko‘proq ingibitori o‘z ichiga oluvchi davolashning tegishli tartibiga noadekvat javobda metotreksat bilan majmuada o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir darajadagi revmatoid artrit (faol shakli), shu jumladan rentgenologik tasdiqlangan bo‘g‘imlarning destruksiyasini tormozlash uchun.

Poliangiit (Vegener granulematozi) va mikroskopik poliangiit bilan kechuvchi granulematoz

  • Glyukokortikosteroidlar bilan majmuada poliangiit (Vegener granulematozi) va mikroskopik poliangiit bilan kechuvchi faol granulematozning og‘ir shakllarini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Eritmani tayyorlash va saqlash qoidalari

Asellbiya® preparatining kerakli miqdori aseptik sharoitda tortiladi va infuziya uchun natriy xloridining 0,9% li eritmasi yoki dekstrozaning 5% li eritmasini (eritmalar steril va apirogen bo‘lishi kerak) saqlovchi infuzion flakon (paket) da hisoblangan konsentrasiyagacha (1-4 mg/ml) suyultiriladi. Aralashtirish uchun ko‘pik hosil bo‘lishini oldini olish uchun flakon (paket) ehtiyotkorlik bilan aylantiriladi. Yuborishdan oldin eritmani yot zarrachalar mavjudligi yoki rangini o‘zgarishi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi kerak.

Shifokor eritmani tayyorlash, tayyor eritmani saqlash sharoiti va uni ishlatishgacha saqlash vaqtiga javob beradi.

Asellbiya® preparati konservant saqlamaganligi tufayli, tayyorlangan eritmani darhol ishlatish kerak.

Tayyorlangan infuzion eritma xona haroratida 12 soat davomida yoki 2°S dan 8°S gacha haroratda 24 soatgacha fizik va kimyoviy jihatdan barqaror.

Asellbiya® preparatining tayyorlangan eritmasi faqat vena ichiga, tomchilab, alohida kateter orqali yuboriladi! Preparatni oqim bilan yoki bolyus yuborish mumkin emas!

Birinchi infuziyaning tavsiya etilgan tezligi soatiga 50 mg ni tashkil etadi, keyinchalik uni soatiga 400 mg maksimal tezlikkagacha yetkazib har 30 minutda soatiga 50 mg ga oshirish mumkin. Keyingi infuziyalarni soatiga 100 mg tezlikda boshlash mumkin va
400 mg maksimal tezlikkagacha yetkazib har 30 minutda soatiga 100 mg ga oshirish mumkin.

Davolash jarayonida dozaga tuzatish kiritish

Asellbiya® preparatining dozasini kamaytirish tavsiya etilmaydi. Agar Asellbiya® preparati ximioterapiya bilan majmuada yuborilayotgan bo‘lsa, ximioterapevtik preparatlarning dozasini standart tavsiyalarga muvofiq kamaytiriladi.

Standart dozalash tartibi

Xavf darajasi past bo‘lgan yoki follikulyar noxodjkin limfomasi

Asellbiya® preparatining har bir infuziyasidan oldin premedikasiya o‘tkazish kerak (analgetik/antipiretik, masalan, parastetamol; antigistamin preparati, masalan, difengidramin). Agar Asellbiya® glyukokortikosteroidlar saqlovchi ximioterapiya bilan majmuada qo‘llanilmasa, unda premedikasiya tarkibiga glyukokortikosteroidlar qo‘shiladi.

Birlamchi davolash:

  • katta bemorlardagi monoterapiya: 4 hafta davomida haftada 1 marta 375 mg/m2;
  • har qanday sxema bo‘yicha ximioterapiya bilan majmuada: quyidagi davr davomida davolashning komponenti sifatida glyukokortikosteroidni vena ichiga yuborilgandan keyin ximioterapiya siklining birinchi kuni 375 mg/m2:
    • R-CVP (rituksimab, siklofosfamid, vinkristin, prednizolon) sxemasida 8 sikl (sikl: 21 kun);
    • R-MCP (rituksimab, mitoksantron, xlorambusil, prednizolon) sxemasida 8 sikl (sikl: 28 kun);
    • R-SNOR (rituksimab, siklofosfamid, doksorubisin, vinkristin, prednizolon)sxemasida 8 sikl (sikl: 21 kun); 4 sikl davomida to‘liq remissiyaga erishilgan hollarda 6 sikllar bilan chegaralanish mumkin;
    • R-CNVP-Interferon(rituksimab, siklofosfamid, doksorubisin, tenipozid, prednizolon+interferon) sxemasida 6 sikl (sikl: 21 kun).

Qaytalangan holatlarda takroran qo‘llash (davolashning birinchi kursiga javob bergan pasientlarda): 4 hafta davomida haftada 1 marta 375 mg/m2.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash (induksion davolashga javobdan keyin):

  • avval davolanmagan pasientlarda: 2 oyda 1 marta 375 mg/m2, ko‘pi bilan 2 yil (12 infuziya). Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida rituksimab bilan davolashni to‘xtatish kerak;
  • qaytalanuvchi va ximio-chidamli limfomada: 3 oyda 1 marta 375 mg/m2, ko‘pi bilan 2 yil. Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida Asellbiya® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Diffuz V-yirik xujayrali noxodjkin limfomasi

Asellbiya® preparatining har bir infuziyasidan oldin premedikasiya o‘tkazish kerak (analgetik/antipiretik, masalan, parastetamol; antigistamin preparati, masalan, difengidramin). Agar Asellbiya® glyukokortikosteroidlar saqlovchi ximioterapiya bilan majmuada qo‘llanilmasa, unda premedikasiya tarkibiga glyukokortikosteroidlar qo‘shiladi.

SNOR sxemasi bo‘yicha ximioterapiya bilan majmuada: glyukokortikosteroidni vena ichiga yuborilgandan keyin ximioterapiyaning har siklining birinchi kuni 375 mg/m2. SNOR sxemasining boshqa komponentlari (siklofosfamid, doksorubisin va vinkristin) Asellbiya® preparati yuborilgandan keyin yuboriladi.

Surunkali limfoleykoz

Asellbiya® preparatining har bir infuziyasidan oldin premedikasiya o‘tkazish kerak (analgetik/antipiretik, masalan, parastetamol; antigistamin preparati, masalan, difengidramin). Agar Asellbiya® glyukokortikosteroidlar saqlovchi ximioterapiya bilan majmuada qo‘llanilmasa, unda premedikasiya tarkibiga glyukokortikosteroidlar qo‘shiladi.

Ximioterapiya bilan majmuada (avval standart davolanmagan pasientlarda va qaytalanuvchi/ximio-chidamli limfoleykozda): siklning birinchi kuni 375 mg/m2, keyinchalik har bir keyingi siklning birinchi kuni 500 375 mg/m2, 6 sikllar. Ximioterapiyani Asellbiya® preparati yuborilgandan keyin o‘tkaziladi.

O‘sma lizisi sindromi paydo bo‘lishi xavfini kamaytirish uchun davolashni boshlashdan 48 soat oldin adekvat gidratasiya va urikostatiklarni profilaktik yuborishni ta‘minlash tavsiya etiladi. Surunkali limfoleykozi va limfositlar darajasi >25*109/l bo‘lgan pasientlarda o‘tkir infuzion reaksiyalar va/yoki sitokinlarni ajralib chiqishi sindromining tez-tezligi va og‘irlik darajasini kamaytirish uchun rituksimab infuziyasidan 1 soat oldin 100 mg dozada prednizon/prednizolonni vena ichiga yuborish tavsiya etiladi.

Revmatoid artrit

Asellbiya® preparatining har bir infuziyasidan oldin premedikasiya o‘tkazish kerak (analgetik/antipiretik, masalan, parastetamol; antigistamin preparati, masalan, difengidramin). Bundan tashqari, infuzion reaksiyalarning tez-tezligi va og‘irlik darajasini kamaytirish uchun glyukokortikosteroidlar bilan premedikasiya o‘tkazish kerak. Pasientlar Asellbiya® preparatining har bir infuziyasini boshlashdan 30 minut oldin 100 mg metilprednizolonni vena ichiga qabul qilishlari kerak.

Birlamchi davolash: 2 haftada 1 marta 1000 mg vena ichiga, tomchilab, sekin yuboriladi, kurs – 2 infuziya.

Takroran qo‘llash: davolashning takroriy kurslari zaruriyatini avvalgi kursdan 24 haftadan keyin baholash tavsiya etiladi. Kasallikni qoldiq faolligi yoki kasallikning faolligi DAS28-ECHT (28 bo‘g‘im va eritrositlarni cho‘kish tezligi bo‘yicha kasallikning faollik indeksi) bo‘yicha 2,6 balldan yuqori bo‘lganda takroran qo‘llanadi. Takroriy kurslar avvalgi kursdan keyin kamida 16 haftadan keyin buyurilishi mumkin.

Takroran qo‘llanilganda tavsiya etiladigan dozalash tartibi: 2 haftada 1 marta 1000 mg, kurs – 2 infuziya.

Revmatoid artriti bo‘lgan pasientlarda keyingi infuziyalarning tezligini oshirishning muqobil sxemasi

Agar pasientda Asellbiya® preparatini yuborganda jiddiy infuzion reaksiyalar kuzatilmagan bo‘lsa, 4 mg/ml (250 ml eritma) konsentrasiyagacha suyultirilgan Asellbiya® preparatining keyingi infuziyalarini o‘tkazishning muqobil vaqti 120 minutni tashkil etadi:

Birinchi 30 minut davomida preparat soatiga 250 mg, keyingi 90 minutda – soatiga 600 mg tezlikda yuboriladi.

Yaxshi o‘zlashtirilgan holatlarda shuningdek keyingi infuziyalar va kurslarda 120 minut davomiylikdagi infuziyalarni o‘tkazishni tavsiya etish mumkin.

Klinik ahamiyatli yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan aritmiyalar, shuningdek anamnezida biologik preparatlarni, shu jumladan rituksimabni yuborishga jiddiy infuzion reaksiyalar bo‘lgan pasientlarda keyingi infuziyalarning tezligini oshirishning muqobil sxemasini qo‘llash mumkin emas.

Poliangiit (Vegener granulematozi) va mikroskopik poliangiit bilan kechuvchi granulematoz

Asellbiya® preparatining har bir infuziyasidan oldin premedikasiya o‘tkazish kerak (analgetik/antipiretik, masalan, parastetamol; antigistamin preparati, masalan, difengidramin).

Tavsiya etilgan dozalash tartibi:

  • Glyukokortikosteroidlar bilan davolashni Asellbiya® preparatining birinchi infuziyasigacha 2 hafta davomida yoki bevosita Asellbiya® preparatining birinchi infuziyasining kuni boshlash tavsiya etiladi: 1 kundan 3 kungacha davomiylikda kuniga 1000 mg dozada metilprednizolon (v/i), keyinchalik to‘liq bekor qilguncha dozani asta-sekin pasaytirish bilan (dozani kamaytirish jadalligi aniq klinik holat bilan aniqlanadi) kuniga 1 mg/kg (lekin kuniga 80 mg dan yuqori emas) peroral prednizolon. Peroral glyukokortikosteroid bilan davolash Asellbiya® preparatini qo‘llash vaqtida va qo‘llash yakunlangandan keyin davom ettirish mumkin;
  • Asellbiya® – 4 hafta davomida, haftada 1 marta 375 mg/m2.

Birinchi infuziyaning tavsiya etilgan tezligi soatiga 50 mg ni tashkil etadi, keyinchalik uni soatiga 400 mg maksimal tezlikkagacha yetkazib har 30 minutda soatiga 50 mg ga oshirish mumkin.

Keyingi infuziyalarni soatiga 100 mg tezlikda boshlash mumkin va 400 mg maksimal tezlikkagacha yetkazib har 30 minutda soatiga 100 mg ga oshirish mumkin.

Poliangiit (Vegener granulematozi) va mikroskopik poliangiit bilan kechuvchi granulematozi bo‘lgan pasientlarda Asellbiya® preparati bilan davolash vaqtida va qo‘llash yakunlangandan keyin pnevmosist pnevmoniya (Pneumocystis jiroveci chaqirgan)profilaktikasini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Alohida holatlarda dozalash

Keksalar

65 yoshdan oshgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligini aniqlash uchun quyidagi mezonlar qo‘llanadi: juda tez-tez ≥10%, tez-tez ≥1% – <10%, tez-tez emas ≥0,1% – <1%.

Preparatni onkogematologik kasalliklarda qo‘llash tajribasi

Xavf darajasi past bo‘lgan yoki follikulyar noxodjkin limfomasni davolashda rituksimab – monoterapiya/samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash

Nojo‘ya reaksiyalar haqida xabarlar monoterapiyadan keyin 12 oy davomida va rituksimab bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashdan keyin 1 oygacha kelib tushgan.

Infeksion va parazitar kasalliklar: juda tez-tez – bakterial va virusli infeksiyalar; tez-tez – nafas yo‘llari infeksiyalari*, pnevmoniya*, sepsis, o‘rab oluvchi gerpes*, tana haroratini oshishi bilan kechuvchi infeksiyalar*, zamburug‘li infeksiyalar, noma‘lum etiologiyali infeksiyalar.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – leykopeniya, neytropeniya; tez-tez – trombositopeniya, anemiya; tez-tez emas – limfoadenopatiya, qon ivishini buzilishlari, tranzitor parsial aplastik anemiya, gemolitik anemiya.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez – rinit, bronxospazm, yo‘tal, respirator kasalliklar, hansirash, ko‘krak qafasida og‘riq; tez-tez emas – gipoksiya, o‘pka faoliyatini buzilishi, obliterasiyalovchi bronxiolit, bronxial astma.

Immun tizimi tomonidan: juda tez-tez – angionevrotik shish; tez-tez – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: tez-tez – giperglikemiya, tana vaznini kamayishi, periferik shish, yuzni shishi, LDG faolligini oshishi, gipokalsiemiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, asteniya; tez-tez –o‘sma o‘chog‘ida og‘riq, grippsimon sindrom, qizib ketish hissi, holsizlik; tez-tez emas – in‘eksiya joyida og‘riq.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi; tez-tez – qusish, diareya, dispepsiya, ishtahani yo‘qligi, disfagiya, stomatit, qabziyat, qorinda og‘riq, tomoqda qichishish; tez-tez emas – qorinni kattalashishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – arterial bosimni pasayishi, arterial bosimni oshishi, ortostatik gipotenziya, taxikardiya, aritmiya, bo‘lmachalar xilpillashi*, kardial patologiya*; tez-tez emas – chap qorinchali yurak yetishmovchiligi*, qorinchalar va qorinchalar usti taxikardiyasi*, bradikardiya, miokard ishemiyasi*, stenokardiya*.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh aylanishi, paresteziya, gipesteziya, uyquni buzilishi, xavotirlik hissi, qo‘zg‘alish, vazodilatasiya; tez-tez emas – ta‘mni buzilishi.

Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas – asabiylik, depressiya.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez – mialgiya, artralgiya, mushak gipertonusi, belda og‘riq, bo‘yin sohasida og‘riq, og‘riq.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – qichishish, toshma; tez-tez – eshakemi, tunda ko‘p terlash, terlash, alopesiya*.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez – ko‘z yoshi ajralishini buzilishi, kon‘yunktivit.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labiring buzilishlari: tez-tez – quloqlarda og‘riq va shovqin.

Laborator va instrumental tekshiruvlar: juda tez-tez – Gsinfiga mansub immunoglobulinlar (IgG)darajasini pasayishi.

* – tez-tezlik faqat Rak milliy institutining (NCI-CTC)toksiklik mezonlariga muvofiq ≥3 og‘irlik darajasidagi nojo‘ya reaksiyalar uchun ko‘rsatilgan.

Noxodjkin limfomasida va surunkali limfoleykozda ximioterapiya (R-CHOP, R-CVP, R-FC)bilan majmuada rituksimab

Quyida monoterapiya/samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda kuzatiladigan va/yoki yuqori tez-tezlikda uchraydigan nojo‘ya reaksiyalarga qo‘shimcha og‘ir nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan.

Infeksion va parazitar kasalliklar: juda tez-tez – bronxit; tez-tez – o‘tkir bronxit, sinusit, V gepatiti* (V gepatiti virusini reaktivasiyasi va birlamchi infeksiya).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – neytropeniya**, febril neytropeniya, trombositopeniya; tez-tez – pansitopeniya, granulositopeniya.

Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – alopesiya; tez-tez – teri kasalliklari.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez – toliqish, qaltirash.

* – tez-tezlik R-FC sxemasi bo‘yicha qaytalanuvchi/ximio-chidamli surunkali limfoleykozni davolashdagi kuzatuvlar asosida ko‘rsatilgan.

** – davomli va/yoki kechiktirilgan neytropeniya avval davolanmagan pasientlarda yoki qaytalanuvchi/ximio-chidamli surunkali limfoleykozi bo‘lgan pasientlarda R-FC sxemasi bo‘yicha davolash yakunlangandan keyin kuzatilgan.

Quyida nazorat guruhiga nisbatan rituksimab bilan davolaganda bir xil (yoki kamroq) tez-tezlikda uchragan noxush ko‘rinishlar keltirilgan: gematotoksiklik, neytropenik infeksiyalar, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, septik shok, o‘pka superinfeksiyalari, implantatlar infeksiyalari, stafilokokk septisemiya, burundan shilliq ajralmalar, o‘pka shishi, yurak yetishmovchiligi, sezuvchanlikni buzilishi, venoz tromboz, shu jumladan qo‘l-oyoqlarning chuqur venalari trombozi, oyoqlarni shishi, chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishi, tana haroratini oshishi, umumiy holatni yomonlashishi, yiqilishlar, bakteriemiya, poliorgan yetishmovchilik, qandli diabetni dekompensasiyasi.

MSR, CHVP-IFN sxemalari bo‘yicha ximioterapiya bilan majmuada rituksimabning xavfsizlik profili tegishli populyasiyalarda preparatni CVP, CHOP yoki FC bilan majmuasidan farq qilmaydi.

Infuzion reaksiyalar

Rituksimab bilan monoterapiya (4 hafta davomida)

50% ko‘proq pasientlarda infuzion reaksiyalarga o‘xshash ko‘rinishlar kuzatilgan, ko‘proq – birinchi infuziyada. Infuzion reaksiyalar isitma, qaltirash, xolsizlik, hansirash, ko‘ngil aynishi, toshma, qizib ketish hissi, arterial bosimni pasayishi,isitma, toshma, eshakemi, tilni ta‘sirlanishi hissi yoki hiqildoqni shishi (angionevrotik shish), rinit, qusish, o‘sma o‘chog‘ida og‘riq, bosh og‘rig‘i, bronxospazmni o‘z ichiga oladi. O‘sma lizisi sindromi belgilari rivojlanishi haqida xabar berilgan.

Quyidagi sxemalar bo‘yicha ximioterapiya bilan majmuada rituksimab: noxodjkin limfomasida R-CVP; diffuz V-yirik xujayrali noxodjkin limfomasida R-SNOR; surunkali limfoleykozda R-FC

Rituksimab infuziyasi vaqtida yoki infuziyasidan keyin 24 soat davomida 3 va 4 og‘irlik darajasidagi infuzion reaksiyalar 12% bemorlarda ximioterapiyaning birinchi sikli vaqtida kuzatilgan. Infuzion reaksiyalarning tez-tezligi har bir keyingi siklda kamaygan va ximioterapiyaning 8-chi sikliga kelib infuzion reaksiyalarning tez-tezligi 1% dan kam

Sotuvi

Atsellbiya savollari

Atsellbiya fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil