Avastin
Avastin chiqarish shakllari
Avastin qo'llanmasi
AVASTIN® (AVASTIN®)
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Qayd etish raqami
Savdo nomi
Avastin®
Xalqaro patentlanmagan nomi
Bevasizumab
Dori shakli
Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: bevasizumab – 100 mg (flakondagi konsentrasiyasi 100 mg/4 ml)/ 400 mg (flakondagi konsentrasiyasi 400 mg/16 ml);
yordamchi moddalar: α,α-tregaloza digidrati – 240,0/960,0 mg, natriy digidrofosfati monogidrati – 23,2/92,8 mg, suvsiz natriy gidrofosfati – 4,8/19,2 mg, polisorbat 20 – 1,6/6,4 mg, in‘eksiya uchun suv 4,0/16,0 ml gacha.
Ta‘rifi
Rangsiz yoki och-jigarrang rangli tiniq yoki tovlanuvchi suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘smalarga qarshi vosita, monoklonal antitelalar.
ATX kodi [L01XC07]
Farmakologik ta‘siri
Farmakodinamikasi
Avastin® (bevasizumab) – qon tomirlarining endoteliyini o‘sishining biologik faol omili (vascular endothelial growth factor – VEGF) bilan selektiv bog‘lanuvchi va uni neytrallovchi rekombinant giperximer odamnikiga yaqinlashtirilgan – gumanizasiyalangan monoklonal antiteladir. Avastin® endotelial xujayralar yuzasida qon tomirlari endoteliysi o‘sish omilini uning reseptorlari (Flt-1, KDR) bilan bog‘lanishini ingibisiya qiladi, bu o‘smaning vaskulyarizasiyasini pasayishi va o‘sishini susayishiga olib keladi.
Bevasizumab VEGF bilan bog‘lanuvchi, sichqon giperximer antitelasi sohasi bilan komplementarlikni belgilovchi to‘liq odam karkas sohalarini saqlaydi. Bevasizumabni ekspressiya uchun tizimda, xitoy olmaxoni tuxumdonlarining xujayralari bilan namoyon bo‘lgan rekombinant DNK texnologiyasi bo‘yicha olinadi. Bevasizumab 214 aminokislotalardan tashkil topgan va 149000 dalton molekulyar og‘irlikka ega.
Bevasizumabni yuborish kasallikning metastatik rivojlanishini susayishiga va odamning turli o‘smalarida, shu jumladan chambar ichak, sut bezi, me‘da osti bezi va prostata bezi raklarida mikrotomir o‘tkazuvchanligini pasayishiga olib keladi.
Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari
Avastin® preparatining kanserogen va mutagen potensiali o‘rganilmagan.
Avastin® preparati hayvonlarga yuborilganida embriotoksik va teratogen ta‘siri kuzatilgan.
Ochiq o‘sish sohasi bo‘lgan faol o‘suvchi hayvonlarda Avastin® preparatini qo‘llanishi tog‘ay plastinasining displaziyasi bilan birga kechgan.
Farmakokinetikasi
Avastin® preparatining farmakokinetikasi yirik o‘smalari bo‘lgan pasientlarga turli dozalarda (0,1-10 mg/kg har hafta; 3-20 mg/kg har 2 yoki 3 haftada; 5 mg/kg har 2 haftada yoki 15 mg/kg har 3 haftada) vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin o‘rganilgan.
Bevasizumabning farmakokinetikasi boshqa antitelalar kabi ikki kamerali model bilan ta‘riflanadi. Avastin® preparatini taqsimlanishi past klirensi, markaziy kamerada taqsimlanish hajmining pastligi (Vc) va yarim chiqarilish davrining davomiyligi bilan xarakterlanadi, bu 2-3 haftada 1 marta yuborilganida plazmada preparatning kerakli terapevtik konsentrasiyalarini tutib turishni ta‘minlash imkonini beradi.
Bevasizumabning klirensi pasientning yoshiga bog‘liq emas.
Populyasiyalar orasida o‘tqazilgan farmakokinetik meta-tahlil ma‘lumotlari bo‘yicha, tahlilga tana vazni qiritilganda irqqa bog‘liq yoki yoshga bog‘liq (kreatinin klirensi va pasientni yoshi orasida korrelyasiyasi yo‘q (o‘rtacha yosh – 59 yosh, 5 va 95 foizi – 37 va 76 yosh)) bevasizumabni farmakokinetikasida ahamiyatli farq yo‘q.
Albumin va o‘sma massasining o‘rtacha ko‘rsatkichili pasientlarga nisbatan bevasizumabning klirensi, albuminning miqdori past bo‘lgan pasientlarda 30% ga yuqori va o‘sma massasi katta bo‘lgan pasientlarda 7% ga yuqori.
Taqsimlanishi
Vc ayollar va erkaklarda muvofiq ravishda 2,73 l va 3,28 l ni tashkil qiladi, bu immunoglobulinlarning G sinfi (IgG) ni boshqa ko‘pchilik monoklonal antitelalarning taqsimlanish hajmiga mos keladi. Bevasizumab o‘smalarga qarshi boshqa preparatlar bilan buyurilganida periferik kamerada taqsimlanish hajmi (Vr) ayollar va erkaklarda muvofiq ravishda 1,69 l va 2,35 l ni tashkil qiladi. Tana vaznining hisobi bilan doza to‘g‘rilanganidan keyin Vc erkaklarda ayollarga nisbatan 20% ga ortiq.
Metabolizmi
125I-bevasizumab bir marta vena ichiga yuborilganidan keyin metabolik xarakteristikalari VEGF bilan bog‘lanmaydigan tabiiy IgG molekulasi xarakteristikasiga o‘xshash. Bevasizumabning metabolizmi va chiqarilishi endogen IgG ning metabolizmi va chiqarilishiga mos keladi, buyrak va jigar orqali emas, balki organizmning hamma xujayralarida, shu jumladan, endotelial xujayralarda proteolitik katabolizmi yo‘li bilan amalga oshiriladi. IgG ni FcRn-reseptorlar bilan bog‘lanishi uni xujayraviy metabolizmdan himoya qiladi va uzoq muddatli yarim chiqarilish davrini ta‘minlaydi.
Chiqarilishi
Bevasizumabning haftada 1,5 dan 10 mg/kg gacha bo‘lgan oraliqdagi dozalardagi farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega.
Bevasizumabning klirensi ayollarda sutkada 0,188 l ni va erkaklarda sutkada 0,220 l ni tashkil qiladi.
Tana vaznining hisobga olib dozaga tuzatish kiritishdan keyin erkaklarda bevasizumabning klirensi ayollarga nisbatan 17% ga ortiq bo‘lgan. Ikki kamerali modelga muvofiq yarim chiqarilish davri ayollarda 18 kun, erkaklarda – 20 kunni tashkil qiladi.
Alohida guruh pasientlardagi farmakokinetikasi
Keksa yoshli pasientlar (65 yoshdan oshgan)
Bevasizumabning farmakokinetikasida yoshga bog‘liq ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalar va o‘smirlarda bevasizumabning farmakokinetikasini cheklangan ma‘lumotlari mavjud.
Mavjud ma‘lumotlar solid o‘smalari bo‘lgan bolalarda, o‘smirlarda va kattalarda bevasizumabning taqsimlanish hajmi va klirensi orasida farqning yo‘qligidan dalolat beradi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, chunki buyraklar bevasizumabning metabolizmi va chiqarilishining asosiy a‘zolari emas.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, chunki jigar bevasizumabning metabolizmi va chiqarilishining asosiy a‘zosi emas.
Qo‘llanilishi
Metastatik kolorektal raki:
- ftorpirimidin hosilalari asosidagi ximioterapiya bilan majmuada.
Sut bezining mahalliy qaytalanuvchi yoki metastatik raki:
- paklitaksel bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.
O‘pkaning tarqalgan, operasiya yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan, metastatik yoki qaytalanuvchi yassi xujayrali bo‘lmagan, mayda xujayrali bo‘lmagan raki:
- platina preparatlari asosidagi ximioterapiyaga qo‘shimcha birinchi qator davolash sifatida.
- EGFR (epidermal o‘sish omili) genida faollashtirilgan mutasiya bo‘lgan o‘pkaning tarqalgan, operasiya yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan, metastatik yoki qaytalanuvchi yassi xujayrali bo‘lmagan va mayda hujayrali bo‘lmagan rakida erlotinib bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.
Tarqalgan va/yoki metastatik buyrak-xujayrali raki:
- alfa-2a interferon bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.
Glioblastoma (Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifi bo‘yicha IV darajali xavfli glioma):
- ilk bor aniklangan glioblastomasi bo‘lgan pasientlarda nur bilan davolash va temozolomid bilan majmuada
- monoterapiyada yoki glioblastomani qaytalanishi yoki kasallikni rivojlanishida irinotekan bilan majmuada.
Tuxumdon, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi raki:
- tuxumdonlar, bachadon naylarining tarqalgan (Xalqaro akusher-ginekologlar federasiyasi (FIGO) tasnifi bo‘yicha IIIB, IIIC va IV bosqichi) epitelial raki va qorin pardaning birlamchi rakida karboplatin va paklitaksel bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.
- avval bevasizumab yoki VEGF ning boshqa ingibitorlari bilan davolanmagan pasientlarda platina preparatlariga qaytalanuvchi sezuvchanligi bo‘lgan tuxumdonlar, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi rakida karboplatin va gemsitabin bilan majmuada.
- ilgari kimyoterapiyaning ko‘pi bilan ikkita tartibini qabul qilgan pasientlarda platina preparatlariga qaytalanuvchi sezuvchanligi bo‘lgan tuxumdonlar, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi rakida paklitaksel, yoki topotekan, yoki pegilir liposomal doksorubisin bilan majmuada.
Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi qaytalanuvchi yoki metastatik raki:
- paklitaksel va sisplatin bilan yoki paklitaksel yoki topotekan bilan majmuada.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bevasizumab yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga, xitoy og‘maxonining tuxumdoni xujayralari asosidagi preparatlar yoki boshqa rekombinant odam yoki odam antitelalariga yaqin preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, buyrak va jigar yetishmovchiligi (qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) da qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Anamnezdagi arterial tromboemboliyalarda; qandli diabetda; 65 yoshdan oshganlarda; tug‘ma gemorragik diatez va orttirilgan koagulopatiyalarda; Avastin® preparati bilan davolashdan avval tromboemboliyani davolash uchun antikoagulyantlarning to‘liq dozasini qabul qilishda; klinik ahamiyatli yurak-qon tomir kasalliklarida (yurak ishemik kasalligi yoki anamnezdagi dimlangan yurak yetishmovchiligi); arterial gipertenziyada; venoz tromboemboliyada; yaralarni bitishida; qon ketishlar/qon tupurishlarda; anamnezdagi me‘da-ichak perforasiyalarida; qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromida; neytropeniyalar; proteinuriyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Avastin® faqat vena ichiga tomchilab yuboriladi; preparatni vena ichiga oqim bilan yuborish mumkin emas!
Avastin® intravitreal yuborish uchun mo‘ljallanmagan.
Avastin® dekstroza eritmalari bilan farmasevtik nomutanosib.
Avastin® preparatining kerakli miqdori talab qilingan hajmgacha aseptika qoidalariga rioya qilingan holda natriy xloridining 0,9% eritmasi bilan suyultiriladi. Tayyorlangan eritmada bevasizumabning konsentrasiyasi 1,4-16,5 mg/ml oralig‘ida bo‘lishi kerak.
Preparatning boshlang‘ich dozasi vena ichiga infuziya ko‘rinishida 90 minut davomida yuboriladi. Agar birinchi infuziya yaxshi o‘zlashtirilsa, ikkinchi infuziyani 60 minut davomida amalga oshirish mumkin. Agar 60 minut davomida infuziya yaxshi o‘zlashtirilsa, keyingi hamma infuziyalarni 30 minut davomida amalga oshirish mumkin.
Noxush ko‘rinishlari tufayli bevasizumabning dozasini kamaytirish tavsiya qilinmaydi. Zarurati bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni butunlay yoki vaqtincha to‘xtatish kerak.
Standart dozalash tartibi
Metastatik kolorektal raki
Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lgunigacha Avastin® preparati bilan davolashni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Birinchi qator davolash sifatida: 5 mg/kg 2 haftada bir marta yoki 7,5 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli.
Ikkinchi qator davolash sifatida: avval Avastin® preparati bilan davolangan pasientlar kasallikni birinchi avj olishidan keyin ximioterapiya tartibini o‘zgartirish sharti bilan Avastin® preparati bilan davolashni davom ettirishi mumkin:
- 5 mg/kg 2 haftada bir marta yoki 7,5 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli Avastin® preparati o‘z ichiga olgan birinchi qator davolashdan keyin kasallikni avj olishida;
- 10 mg/kg 2 haftada bir marta yoki 15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli Avastin® preparati o‘z ichiga olmagan birinchi qator davolashdan keyin kasallikni avj olishida.
Sut bezining mahalliy qaytalanuvchi yoki metastatik raki (SBR)
10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli.
Kasallikning rivojlanish belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
O‘pkaning tarqalgan, operasiya yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan, metastatik yoki qaytalanuvchi yassi xujayrali bo‘lmagan, mayda xujayrali bo‘lmagan raki
- O‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakida platina preparatlari asosida ximiyaterapiya bilan majmuada birinchi qator davolashi.
Avastin® platina preparatlari asosidagi ximioterapiyaga (ximioterapiyaning maksimal davomiyligi 6 sikl) qo‘shimcha buyuriladi, so‘ngra Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida davom ettiriladi. Kasallikning rivojlanish belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Tavsiya qilingan dozalar:
- 7,5 mg/kg 3 haftada bir marta sisplatin asosidagi ximioterapiyaga qo‘shimcha vena ichiga infuziya ko‘rinishida;
- 15 mg/kg 3 haftada bir marta karboplatin asosidagi ximioterapiyaga qo‘shimcha vena ichiga infuziya ko‘rinishida.
- EGFR (epidermal o‘sish omili) genida faollashtirilgan mutasiya bo‘lgan o‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakida erlotinib bilan majmuada birinchi qator davolashi.
15 mg/kg 3 haftada bir marta erlotinib davolashga qo‘shimcha vena ichiga infuziya ko‘rinishida.
Kasallikning avj olish yoki muvofiq kelmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Pasientlarni tanlash va dozalar haqida ma‘lumotni erlotinibni to‘liq tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qarang.
Tarqalgan va/yoki metastatik buyrak-xujayrali raki
10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli.
Kasallikning rivojlanish belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Glioblastoma (JSST tasnifi bo‘yicha IV darajali xavfli glioma)
Ilk bor diagnostika qilingan kasallikda: 10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, nur bilan davolash va temozolamid bilan majmuada 6 xafta davomida qo‘llanadi. 4 haftalik tanaffusdan keyin Avastin® preparati bilan davolashni temozolomid bilan majmuada 2 haftada bir marta 10 mg/kg dozada qaytadan boshlanadi. Temozolamitd 4 xaftalik sikllar bilan buyuriladi, temozolamid bilan davolash davomiyligi – 6 siklgacha davom etadi. Keyin Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida 3 haftada bir marta 15mg/kg dozada davom ettiriladi.
Kasallikning avj olish yoki muvofiq kelmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Kasallikni qaytalanishida: 10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, uzoq muddat davomida qo‘llaniladi.
Kasallikning avj olishi yoki muvofik kelmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak
Tuxumdon, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi raki
Birinchi qator davolash sifatida: 15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida . Avastin® preparati karboplatin va paklitakselga (ximioterapiyaning maksimal davomiyligi 6 sikl) qo‘shimcha buyuriladi, so‘ngra Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida davom ettiriladi. Avastin® preparati bilan davolashning umumiy davomiyligi – 15 oy. Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Kasallikni qaytalanishida:
- platina preparatlariga sezuvchanlikda: 15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida karboplatin va paklitaksel bilan majmuada buyuriladi (6-10 sikl), so‘ngra Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida davom ettiriladi. Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
- platina preparatlariga rezistentlikda:
10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya kurinishida kuyidagi preparatlarining biri bilan majmuada: paklitaksel, topotekan bilan majmuada qo‘llanadi (topotekanni “har haftalik” yuborish tartibida-ya‘ni har 4 haftada 1,8 va 15-chi kunlari) yoki pegilir liposomal doksorubisin bilan majmuada kullaniladi
yoki
15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya kurinishida, har 3 haftada ketma-ket 5 kun davomida har kuni ko‘llanadigan topotekan bilan majmuada qo‘llanadi. Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi qaytalanuvchi yoki metastatik raki:
Tana vazniga 15 mg/kg dan 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya holida kimyoterapevtik vositalar: paklitaksel va sisplatin yoki paklitaksel hamda topotekan bilan majmuada yuboriladi.
Kasallikni zo‘rayib borish yoki kutilmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida Avastin preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Alohida guruh pasientlardagi dozalash tartibi
Bolalar va o‘smirlar
Bolalar va o‘smirlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avastin® preparatini 18 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas. Avastin® preparatini 18 yoshgacha qabul qilgan pasientlarda jah osteonekrozidan tashqari turli lokalizasiyali osteonekrozi kuzatilgan.
Keksa yoshli pasientlar (65 yoshdan oshgan)
65 yoshdan oshgan pasientlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Qo‘llash, muomala qilish va yo‘qotish bo‘yicha yo‘riqnomalar
Qo‘llash oldidan avval eritmani mexanik kiritmalar va rangini o‘zgarishiga ko‘zdan kechirish kerak.
Avastin® mikroblarga qarshi konservant saqlamaydi, shuning uchun tayyorlangan eritmaning sterilligini ta‘minlash va uni darhol ishlatish kerak. Agar preparat darhol ishlatilmasa, tayyorlangan eritmaning saqlash vaqti va sharoiti ishlatuvchining mas‘uliyati hisoblanadi. Agar eritish nazoratlangan va validasiyalangan aseptik sharoitlarda amalga oshirilgan bo‘lsa, tayyorlangan eritmani +2oS dan +8oS gacha bo‘lgan haroratda 24 soatgacha saqlash mumkin. Tayyorlangan eritmaning kimyoviy va fizik turg‘unligi natriy xloridining 0,9% eritmasida, +2oS dan +30oS gacha bo‘lgan haroratda 48 soat davomida saqlanadi. Flakonda qolgan ishlatilmagan preparat yo‘q qilinadi, chunki u konservantlar saqlamaydi.
Nojo‘ya ta‘siri
Eng jiddiy nojo‘ya ta‘sirlari: me‘da-ichak yo‘llarining perforasiyasi, qon quyilishlar, shu jumladan o‘pkadan qon ketishi/qon tupurish (o‘pkaning mayda bo‘lmagan xujayrali raki bo‘lgan pasientlarda ko‘proq kuzatiladi), arterial tromboemboliya.
Avastin® qabul qilgan pasientlarda ko‘proq kuzatilgan: arterial bosimni oshishi, holsizlik yoki asteniya, diareya va qorin og‘rig‘i. Arterial bosimni oshishi va proteinuriyani rivojlanishi, ehtimol dozaga bog‘liq xarakterga ega.
Quyida Rakning milliy instituti (NCI-CTC) tasnifi bo‘yicha Avastin® ni barcha ko‘rsatmalar bo‘yicha turli ximioterapevtik tartiblar bilan majmuada qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan og‘irlikning hamma darajalaridagi nojo‘ya reaksiyalari keltirilgan. Nojo‘ya reaksiyalarni ta‘riflash uchun quyidagi mezonlar ishlatiladi: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% – <10%), tez-tez emas (≥0,1% – <1%), kam (≥0,01% – <0,1%), va juda kam (<0,01%).
Noxush reaksiyalari paydo bo‘lish tez-tezligiga muvofiq ma‘lum toifaga kiritilgan. Bir toifa doirasida noxush reaksiyalar jiddiyligini pasayishi bo‘yicha keltirilgan. Sanab o‘tilgan noxush reaksiyalarning ba‘zilari ko‘proq ximioterapiyada kuzatiladi, biroq Avastin® preparati kimyoterapevtik preparatlar bilan majmuada qo‘llanganida ushbu reaksiyalarni namoyon bo‘lishi kuchayishi mumkin. Masalan, kapesitabin yoki polietilenglikol bilan birikkan liposomal doksorubisin bilan davolanganda kaft-tovon sindromi yoki paklitaksel yoki oksaliplatin bilan davolanganda periferik sensor neyropatiya, paklitaksel bilan davolanganda tirnoqlarni shikastlanishi yoki alopesiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – febril neytropeniya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya; tez-tez – anemiya, limfositopeniya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – periferik sensor neyropatiya, disgevziya, bosh og‘rig‘i, dizartriya; tez-tez – insult, sinkope, uyquchanlik.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – ko‘z kasalliklari, ko‘z yoshi oqishini ko‘payishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – arterial bosimni oshishi; tez-tez – surunkali yurak yetishmovchiligi, supraventrikulyar taxikardiya, arterial tromboemboliya, chuqur venalar trombozi, qon ketishlar, shu jumladan, o‘pkadan, bosh miya ichki qon ketishlari, shilliq qavat va teri tomonidan, me‘da-ichak yo‘llaridan va o‘smadan qon ketishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – hansirash, burundan qon ketishi, rinit; tez-tez – o‘pka arterial tromboemboliyasi (O‘ATE), gipoksiya.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – anoreksiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat, stomatit, rektal qon ketish; tez-tez – me‘da-ichak yo‘llarining perforasiyasi, ichakni tutilishi, obturasion ichak tutilishi, qin va to‘g‘ri ichak orasidagi oqma (qin va MIY orasida eng ko‘p kuzatiladigan oqma), gastrointestinal buzilishlar, to‘g‘ri ichakda og‘riq.
Reproduktiv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – tuxumdonlar faoliyatini yetishmovchiligi (3 oy va undan ko‘proq davom etuvchi amenoreya (follikulani rag‘batlantiruvchi gormonning (FSG) konsentrasiyasi ≥30 mXB/ml, zardobda odam beta xorionik gonadotropinini aniqlash bilan homiladorlikka sinama manfiy bo‘lganida)); tez-tez – kichik chanoq sohasida og‘riq.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – eksfoliativ dermatit, terining quruqligi, teri rangini o‘zgarishi; tez-tez – oyoq va qo‘l kaftlari sindromi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – artralgiya; tez-tez – mushak kuchsizligi, mialgiya, belda og‘riq.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – proteinuriya; tez-tez – siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari.
Mahalliy reaksiyalar: juda tez-tez – og‘riq, shu jumladan preparatni yuborish joyida.
Boshqalar: juda tez-tez – asteniya, yuqori charchoqlik, pireksiya, turli lokalizasiyali shilliq qavatni yallig‘lanishi; tana vaznini kamayishi, tez-tez – letargiya, tormozlanish, sepsis, abssess, sellyulit, ikkilamchi infeksiyalarni qo‘shilishi, degidratasiya.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan buzilishlar:
Giperglikemiya, gipokaliemiya, giponatriemiya, protrombin vaqtini uzayishi, xalqaro normallashgan nisbatni (XNN) oshishi.
Postregistrasion kuzatishlar
Tug‘ma, nasliy va genetik buzilishlar: homila rivojlanishini, bevasizumabni monoterapiyada yoki ma‘lum embriotoksik kimyoterapevtik preparatlar bilan majmuada olgan ayollarda kuzatilgan nuqsonlar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: gipertenziv ensefalopatiya (juda kam); qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromi (kam hollarda).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: klinik proteinuriya bilan namoyon bo‘luvchi buyrak trombotik mikroangiopatiyasi (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas).
Nafas a‘zolari tomonidan buzilishlar:
Burun to‘sig‘ining perforasiyasi (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas), o‘pka gipertenziyasi (yuzaga kelish tez-tezligi ma‘lum emas), disfoniya (tez-tez).
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: gastrointestinal yara (yuzaga kelish tez-tezligi ma‘lum emas).
Jigar va o‘t chiqaruvchi yo‘llar tomonidan buzilishlar: o‘t qopining perforasiyasi (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas).
Allergik va infuzion reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, infuzion reaksiyalar (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas); quyidagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishlar bilan bir vaqtda: hansirash/nafas olishni qiyinlashishi, oqib kelishlar/qizarish/toshma, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, kislorod bilan to‘yinishni pasayishi, ko‘krakda og‘riq, isitma va ko‘ngil aynishi/qusish.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: jag‘ning osteonekrozi (asosan yo‘ldosh bifosfonatlar bilan davolanayotgan yoki avval bifosfonatlar bilan davolangan pasientlarda). Avastin® preparatini qabul qilgan bolalarda boshqa lokalizasiyali osteonekroz hollari (kompaniya tomonidan homilik qilinmagan klinik tadqiqotlar doirasida bolalarda kuzatilgan osteonekroz hollari postregistrasion kuzatuvlarda aniqlangan bo‘lib, postregistrasion kuzatuvi bo‘limiga kiritilgan, chop qilingan ma‘lumotlarda STS (toksiklikni umumiy mezonlari) mezonlari bo‘yicha og‘irlik darajasi, xabarlarni uchrash bo‘lmasa ham tez-tezligi xaqida ham ma‘lumotlar aniqlangan bo‘lmagan).
Boshqalar: nekrozga olib keluvchi fassit, odatda, jarohatlarni bitishini buzilishi, me‘da-ichak yo‘llarini perforasiyasi yoki fistulani hosil bo‘lishi (kam holl
Avastin o'xshash dorilari
Avastin barcha rasmlari


Avastin savollari
O'smaga qarshi
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Avastin dori vositasi F.Hoffamann La-Roche Ltd tomonidan Shveytsariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.












