Bioparoks ko'rsatmalar
ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
BIOPAROKS
BIOPAROX
nazal/oromukoz (og‘iz shilliq qavatiga) sprey, eritma
fuzafungin
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilovani oxirigacha diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi
- Ushbu ilova varaqani saqlab qo‘ying. U sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
- Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga yoki hamshiraga murojaat qiling.
- ushbu preparat shaxsan sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Agar ulardagi simptomlar siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
- Agar sizda har qanday noxush samaralar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada keltirilmagan har qanday nojo‘ya samaralarga taalluqlidir. 10-bo‘limga qarang.
- PREPARATNING SAVDO NOMI
Bioparoks.
- DORI SHAKLI
Nazal/oromukoz sprey, eritma.
- TA‘SIR ETUVCHI MODDANING NOMI
Fuzafungin.
- TARKIBI
Bioparoks nimalarni saqlaydi
- Faol modda – 100 ml eritmada 500 milligramm fuzafungin. Bir doza 25 mikrolitr eritma, ya‘ni 125 mg fuzafungin saqlaydi. 10 ml hajmli flakon 400 doza saqlaydi.
- Boshqa komponentlar: aromatik kompozisiya 14868, suvsiz etanol, saxarin, izopropilmiristat, norfluran (HFA 134a: gaz-propellent).
Bioparoks qanday ko‘rinishga ega va o‘ram tarkibi
Nazal/oromukozsprey, eritma.
Ikki polietilen uchlik bilan: bir uchlik og‘iz orqali ingalyasiya uchun (oq), ikkinchi uchlik burun orqali ingalyasiya uchun (sariq), 400 ingalyasion dozaga mo‘ljallangan, 10 ml eritma saqlovchi, klapan-dozatorli 25 mkl bosim ostidagi alyumin balloncha karton qutida.
- FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar. ATX kodi: R02AV03.
- FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Farmakodinamik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi
Yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan mahalliy antibiotik.
Farmakodinamik samarasi
Fuzafungin in-vitro sharoitda antimikrob ta‘sir etuvchi mahalliy antibiotikdir. Fuzafungin shuningdek yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ham ega. Fuzafungin bakterial rezistentlikni chaqirmaydi.
Klinik samaradorligi va havfsizligi
In-vitro sharoitdagi antimikrob ta‘siri in vivo sharoitida turli organizmlarga: A guruhi streptokokklari, pnevmokokklar, stafilokokklar, Neysseriya oilasining ayrim shtammlari, ayrim anaeroborganizmlar, oq kandida va pnevmoniya mikoplazmasiga nisbatan potensial ta‘siri borligini ko‘rsatadi.
- FARMAKOKINETIKASI
BIOPAROKS® asosan, halqumning og‘iz qismida va burun bo‘shlig‘ida cho‘kishi kuzatiladi. Plazmada fuzafunginning juda oz miqdori qisqa vaqt davomida aniqlanishi mumkin (aniqlangan cho‘qqi miqdori 1ng/ml), bu preparatning xavfsizligiga ta‘sir etmaydi.
- QO‘LLANILISHI
Fuzafungin antibiotik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. In vitro sharoitlarda fuzafungin antimikrob ta‘sir ko‘rsatadi, bu in vivo sharoitlarda turli mikroorganizmlarga potensial ta‘sir ko‘rsatishini taxmin qilishga imkon beradi. Preparat yuqori nafas yo‘llariga kira oladigan mikroskopik zarrachalardan tashkil topgan aerozol shakliga ega.
Bioparoks kattalar va 12 yosh va undan katta o‘smirlarda yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanish infeksiyalarini davolashda yallig‘lanishga qarshi va antibakterial vosita sifatida qo‘llanadi.
Asoratlardan saqlanish uchun shifokorning tavsiyalariga qat‘iy rioya qiling.
- QO‘LLASH USULI VA DOZALASH TARTIBI
Dozalash
Bioparoksni qabul qilishda shifokorning ko‘rsatmalariga doimo qat‘iy amal qiling. Agar Siz preparatni qabul qilishning to‘g‘riligiga shubha qilsangiz, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Shifokorning maxsus tavsiyalari bo‘lmasa, odatdagi doza kuniga 4 marta har bir burun yo‘liga 2 purkashni va og‘iz orqali 4 purkashni tashkil qiladi.
Maksimal uzoq muddatli samaraga erishish uchun dozalash tartibiga amal qilish kerak va davolash davomiyligi 810 kunni tashkil qilishi kerak (davolash pasientning holatini yaxshilanishini birinchi belgilaridanoq to‘xtatilmasligi kerak, chunki bu kasallikni qaytalanishiga olib kelishi mumkin). Davolash davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak.
Agar 3 kun davomida kasallik simptomlari yaxshilanmasa, yoki aksincha yomonlashsa, yoki nojo‘ya yoki odatdagi bo‘lmagan reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashi davom ettirish yuzasidan shifokoringiz bilan maslaxatlashing.
Qo‘llash usuli
Preparat og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga, halqumga va yuqori nafas yo‘llariga, shuningdek burunning shilliq qavatiga purkash uchun mo‘ljallangan. Dozalash tartibi kasallikning barcha turlari uchun bir xil. Preparat kattalar va 12 yoshdan va undan katta o‘smirlar tomonidan qo‘llanishi mumkin. Tayinlangan kunduzgi dozani muntazam yuborishga amal qilish uchun, pasient doimo o‘zi bilan Bioparoks ballonchasini olib yurishi kerak.
Preparatning har bir o‘rami burun orqali ingalyasiya qilish uchun foydalanishga tayyor bo‘lgan sariq uchlik (1), og‘iz orqali ingalyasiya qilish uchun oq uchlik (2) bilan Bioparoks ballonchasini, shuningdek preparatni gigienik himoyasini ta‘minlovchi Bioparoksni portativ olib yurilishi uchun plastmass o‘ramni saqlaydi (1-rasm). Ballonchani birinchi marta ishlatishdan oldin dozalovchi klapanni faollashtirish uchun uning asosiga 4 marta bosish kerak (2-rasm). Ballonchani uchligini yuqoriga qilib, uni katta va ko‘rsatkich barmoqlar orasida qisib, vertikal ravishda ushlash kerak. Uchliklarni har kuni dezinfeksiya qilish lozim.
Burun orqali (sariq uchlikdan foydalangan holda) purkash:
Preparatni ishlatishdan oldin burunni tozalang. So‘ngra sariq uchlikni burun yo‘liga kiriting (3-rasm). Ballonchaning asosiga yaxshilab bosing. Har gal purkaganda og‘iz yopiq holda bo‘lsin. Har bir burun yo‘liga ikki marta purkang.
Og‘iz orqali (oq uchlikdan foydalangan holda) purkash:
Burun orqali ingalyasiya uchun uchlikni ehtiyot bo‘lib burab yeching. Bioparoks ballonchasiga og‘iz orqali ingalyasiya uchun uchlikni kiydiring (4-rasm). Uni lablar orasida qattiq qisib, og‘izga kiriting (ballonchani 5-rasmda ko‘rsatilganidek ushlang). Keyin yaxshilab bosing va 4 ta purkashni amalga oshiring.
1-rasm 2-rasm 3-rasm 4-rasm 5-rasm
Agar Siz Bioparoksni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz preparatning bir yoki bir nechta dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, darhol har bir burun yo‘liga 2 marta purkashni va og‘izga 4 marta purkashni tavsiya qilinadi, keyinchalik odatdagi dozalar qabul qilinadi.
Agar Sizda ushbu preparatni ishlatish yuzasidan qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, o‘zingizning davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling.
- NOJO‘YA TA‘SIRI
Boshqa barcha dori preparatlari kabi, Bioparoks ham, garchi ular har bir pasientda bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Juda kam hollarda (10000 dan 1 pasientdan kamida yuz beradi), ayniqsa allergiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlarda allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Agar sizda quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalardan biri yuzaga kelsa, ushbu tibbiy preparatni qabul qilishni to‘xtating va shifokoringizga murojaat qiling:
- Anafilaktik shok (nafas olishni qiyinlashishi yoki bosh aylanishini chaqiruvchi jiddiy allergik reaksiyalar)
- Astmatik xurujlar, bronxospazm (qiyin yoki xushtaksimon nafas), hansirash, bo‘g‘ilishni chaqiruvchi hiqildoq mushaklarining spazmi, tomoqni shishib ketishi.
- Toshma, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi (to‘qimalarni, masalan, yuz, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, til yoki tomoqni tez shishi, bu nafas olishni qiyinlashishiga olib kelishi mumkin).
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar yengil og‘irlik darajasida bo‘ladi va odatda davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi. Ushbu reaksiyalar odatda mahalliy hisoblanadi va purkalgan joyida yuzaga keladi:
- Juda keng tarqalgan (10 dan 1 pasientdan ko‘prog‘ida yuz beradi): aksirish, ta‘m bilishni buzilishi, ko‘zlarni shishi.
- Tarqalgan (10 dan 1 pasientdan kamida yuz beradi): burun yoki tomoqni qurishi, tomoqni qichishishi, yo‘tal, ko‘ngilaynishi.
- Noma‘lum (mavjud ma‘lumotlarga asoslanib baholashning imkoni yo‘q): qusish.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar qilish
Agar preparatni qo‘llash fonida jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar yoki bu ilovada keltirilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar qayd etilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
- QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Bioparoksni quyidagilarda qabul qilmang
- agar sizda fuzafunginga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga allergiya bo‘lsa (4bo‘limda keltirilgan komponentlar);
- shuningdek, Bioparoksni 12 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda ham qo‘llash mumkin emas;
- agar sizda allergik reaksiyalarga va bronxospazmlarga moyillik bo‘lsa.
Agar Sizda shubha tug‘ilgan bo‘lsa, shifokor bilanmaslahatlashing.
- BOSHQA DORI PREPARATLARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI
Hozirgi paytda boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri xususida ma‘lumotlar yo‘q.
Agar siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz kerak bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering. Agar sizga og‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq va yuqori nafas yo‘llarida qo‘llash uchun boshqa dori preparatlarini buyurilgan bo‘lsa, siz Bioparoksni qabul qilayotganingiz haqida shifokorni xabardor qiling.
- MAXSUS KO‘RSATMALAR
Qabul qilishda maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik qoidalari
Bioparoksni qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Allergik reaksiyalar yuz berganida Bioparoksni qabul qilishni to‘xtating va shifokoringizga murojaat qiling. Bioparoksni takroran buyurish mumkin emas (“Nojo‘ya ta‘siri” 10-bo‘limga qarang).
Bioparoksni ishlatishda maxsus ehtiyotkorliklar
Bioparoksni uzoq vaqt qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu bakterial floraning muvozanatini buzishi mumkin.
Agar sizda bakterial infeksiyaning umumiy klinik alomatlari kuzatilsa, antibiotiklar bilan tizimli davolash buyurilishini qayta ko‘rib chiqish kerak.
Homiladorlik va emizish
Agar siz homilador yoki emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz har qanday preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yokifarmasevt bilan maslahatlashing.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish
Bioparoks avtomobilni yoki mashina qurilmalarini boshqarish qobiliyatiga hech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki ozgina ta‘sir qiladi.
Bioparoks etanol va propilenglikol saqlaydi
Bu dori preparati oz miqdorda, bir dozada 100 mg dan kam etanol (spirt) saqlaydi.
Bu dori preparati oz miqdorda propilenglikol (aromatik qo‘shimchaning bir qismi) saqlaydi, u terining ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.
- DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI
Agar Siz haddan tashqari katta dozani qabul qilgan bo‘lsangiz yoki bola preparatni behosdan qabul qilgan bo‘lsa, darhol shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Bioparoksning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida cheklangan ma‘lumotlar mavjud. Kuzatiladigan simptomlar qon aylanishini buzilishi, og‘izni uvishishi, bosh aylanishi, tomoqda og‘riqni kuchayishi va tomoqda qichishishni o‘z ichiga oladi.
Doza oshirib yuborilgan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Davolash keyinchalik kuzatuv bilan birga simptomatik bo‘lishi kerak.
- BIOPAROKSNI QANDAY SAQLASH KERAK
Preparatni bolalar olaolmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlansin.
Yopishtirilgan “EXP” yozuvida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach Bioparoks qabul qilinmasin.
30oC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Balloncha teshilmasin va olovga tashlanmasin.
- YAROQLILIK MUDDATI
2 yil.
- BERISH TARTIBI
Tibbiy preparat shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari