Endoksanning aptekalardagi narxlari
ENDOKSAN tabletkalari 50mg N100
|
|
2 ta dorixonada bor
|
650 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Endoksan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ENDOKSAN
ENDOXAN
Preparatning savdo nomi: Endoksan
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siklofosfamid.
Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
Endoksan 200 mg bir flakonida quyidagilar saqlanadi:
faol ingredient sifatida 213,8 mg siklofosfamid monogidrati (bu 200 mg suvsiz siklofosfamidga ekvivalent).
Ta‘rifi: oq rangli kristall kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita
ATX kodi: L01AA01.
Farmakologik xususiyatlari
Siklofosfamid oksazafosforinlar guruhiga mansub bo‘lgan va kimyoviy jihatdan azotli iprit bilan bog‘langan sitostatik preparat hisoblanadi. Siklofosfamid in vitro sharoitida faol emas va jigarda mikrosomal fermentlari tomonidan o‘zining aldofosfamid tautomeri bilan muvozanatda bo‘ladigan 4-gidroksisiklofosfamidga faollashadi. Siklofosfamidning sitotoksik ta‘siri, uning alkil guruhi bilan birikadigan metabolitlari va DNK o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirga asoslangan. Bu alkil guruhini birikishi DNK zanjirini uzilishiga hamda bog‘lanishiga va DNK-oqsil kesishgan birikmalarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Hujayra siklida, G2 fazasi orqali o‘tishi sekinlashadi.
Sitotoksik ta‘siri hujayra sikli fazasi uchun spesifik hisoblanadi, ammo hujayra siklini o‘zi uchun spesifik hisoblanmaydi.
Kesishgan rezistentlikni, ayniqsa ifosfamid kabi, tuzilishi jihatdan yaqin bo‘lgan sitostatiklarda, shuningdek boshqa alkil guruhini biriktiruvchi agentlarda, istisno qilish mumkin emas.
Farmakokinetikasi
Siklofosfamid me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Odamda, nishonlangan siklofosfamidni vena ichiga bir marta yuborish, plazmada siklofosfamid va uning metabolitlari konsentrasiyasini butunlay pasayishi bilan 24 soat davomida amalga oshadi, garchi uning sezilarli darajasi plazmada 72 soat davomida saqlanib turishi mumkin. Siklofosfamid in vitro sharoitlarda faol emas va tirik organizmda faollashadi.
Siklofosfamidni qon zardobidan o‘rtacha yarim chiqarilish davri kattalar uchun 7 soat va bolalar uchun 4 soatni tashkil etadi.
Siklofosfamid va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Siklofosfamidning dozalari vena ichiga va peroral qo‘llanganidan so‘ng qondagi ko‘rsatkichlari bioekvivalentdir.
Qo‘llanilishi
Endoksan sxema bo‘yicha, kimyoterapiya bilan majmuada yoki monoterapiya sifatida quyidagi holatlarda qo‘llanadi:
Leykemiyalarda: o‘tkir yoki surunkali limfositar va mieloid leykemiyalar.
Xavfli limfomalarda: Xodjkin kasalligi, noxodjkin limfomasi, plazmositoma.
Metastazlangan va metastazlanmagan xavfli qattiq o‘smalar: tuxumdonlar raki, urug‘donlar raki, sut bezi raki, o‘pkani mayda hujayrali raki, neyroblastoma, Yuing sarkomasi.
Zo‘rayib boruvchi “autoimmun kasallik”: masalan, revmatoid artrit, psoriatik artrit, tizimli qizil yugurik, sklerodermiya, tizimli vaskulitlar (masalan, neyrotik sindrom bilan birga kechuvchi), glomerulonefritning ma‘lum bir turlari (masalan, nefrotik sindrom bilan kechuvchi), gravis miasteniyasi, autoimmun gemolitik anemiya, sovuq agglyutinin (Agglutinin) kasalligi.
A‘zolar ko‘chirib o‘tkazilganida immunosupressiv davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Endoksan faqat tajribali onkologlar tomonidan yuborilishi kerak.
Preparatning dozasi har bir pasient uchun individual ravishda moslashtirilishi kerak.
Agar boshqa dozalash tartibi ko‘rib chiqilmagan bo‘lsa, u holda quyidagicha dozalash tavsiya etiladi:
- kattalar va bolalarni uzluksiz ravishda davolash uchun – kuniga tana vazniga 3 mg/kg dan 6 mg/kg gacha bo‘lgan dozada (bu 1 m2 tana yuzasiga 120 dan 240 mg/m2 gacha bo‘lgan dozaga to‘g‘ri keladi) yuboriladi.
- tanaffus bilan davolash uchun – tana vazniga 10 mg/kg dan 15 mg/kg gacha bo‘lgan doza (bu 1 m2 tana yuzasiga 400 dan 600 mg/m2 gacha bo‘lgan dozaga ekvivalent) 2 kundan 5 kungacha bo‘lgan intervallar bilan yuboriladi.
- preparatning yuqori dozalari, masalan, tana vazniga 20 mg/kg dan 40 mg/kg gacha bo‘lgan doza (bu 1 m2 tana yuzasiga 800 dan 1600 mg/m2 gacha bo‘lgan dozaga ekvivalent) va yanada yuqori dozalarda (masalan, suyak ko‘migi transplantasiyasidan oldin kondisiyaga keltirish uchun) tanaffus bilan davolash uchun 21 kundan 28 kungacha bo‘lgan interval bilan yuboriladi.
Eritmani tayyorlanishi
In‘eksiya uchun eritmani tayyorlash uchun, fiziologik eritmaning muvofiq hajmi quruq moddaga qo‘shiladi:
Endoksan, flakon | 200 mg |
Quruq moddaga ekvivalent | 213,8 mg |
Suvsiz siklofosfamid | 200 mg |
Fiziologik eritma | 10 ml |
Erituvchi qo‘shilganidan so‘ng flakon yaxshilab chayqatilganida ichidagi modda oson eriydi. Agar modda darhol va butunlay erimay qolsa, flakonni bir necha minut davomida turgani afzal.
Eritma vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan, uni asosan infuziya yo‘li bilan yuborish kerak. Vena ichiga qisqa vaqt davomida yuborish uchun endoksanning tayyorlangan eritmasi umumiy hajmi masalan, 500 ml gacha bo‘lgan Ringer eritmasi, tuzli eritma yoki dekstroza eritmasiga qo‘shiladi.
Infuziyaning davomiyligi eritmani hajmiga qarab, 30 minutdan 2 soatgacha davom etishi mumkin.
Preparatning dozasi bo‘yicha tavsiyalar siklofosfamid bilan monoterapiya sifatida davolanganda asosan qo‘llash uchun beriladi. Toksikligi o‘xshash boshqa sitostatiklar bilan birga qo‘llanganida dozani pasaytirish yoki davolash intervalini uzaytirish kerak bo‘lishi mumkin.
Qon hosil bo‘lishini susayishi bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini pasaytirish bo‘yicha tavsiyalar
Leykositlarni miqdori (ml) | Trombositlarni miqdori (ml) | Dozasi |
>4000 | > 100000 | Rejalashtirilgan dozaning 100% |
4000-2500 | 100000-50000 | Rejalashtirilgan dozaning 50% |
<2500 | < 50000 | Qiymatlar normallashmagunicha yoki boshqa qaror qabul qilinmagunicha, dozani nazorat qilish |
Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar
Og‘ir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligida dozani pasaytirish talab etiladi. 100 ml qon zardobida bilirubinning miqdori 3,1 dan 5 mg gacha bo‘lganida dozani 25% ga pasaytirish va kalavalar filtrasiyasi tezligi minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida dozani 50% ga pasaytirish tavsiya etiladi. Siklofosfamid dializ hususiyatiga ega.
Davolash davomiyligi va davolashlar o‘rtasidagi intervallar ko‘rsatmalarga, qo‘llanadigan majmuaviy kimyoterapiya jadvaliga, pasientning umumiy holatiga, laborator ko‘rsatkichlarga va qon hujayralari miqdorini tiklanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Gidratasiyaning adekvatligiga, shuningdek UROMITEXAN uroprotektorini qo‘llashga e‘tibor berish kerak.
Preparatni qo‘llash va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Endoksan preparatini tayyorlash va yuboriladigan sohaga ishlov berish hamisha sitotoksik vositalarni qo‘llashdagi havfsizlik qoidalariga muvofiq ravishda o‘tkazilishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Endoksan bilan davolanadigan pasientlar, ko‘pchilik hollarda qaytuvchan bo‘lgan, quyidagi dozaga bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralarni boshdan kechirishlari mumkin:
Qon va suyak ko‘migi
Qabul qilingan dozaga qarab, turli darajadagi mielosupressiya, shu jumladan leykopeniya, trombositopeniya va anemiya kuzatilishi mumkin. Odatda isitma bilan yoki isitmasiz kechuvchi va ikkilamchi infeksiyani rivojlanish xavfi (ba‘zida hayotga xavf tug‘diruvchi) bilan kechuvchi leykopeniya, va qon ketishini yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan trombositopeniyani kutish mumkin. Leykositlar va trombositlarning miqdorini pasayishi, odatda davolashning 1- va 2-haftasida kuzatiladi. Tiklanishi odatda davolash boshlanganidan so‘ng 3-haftadan 4-haftagacha bo‘lgan vaqt davomida amalga oshadi. Anemiya odatda bir necha davolash sikli o‘tmagunicha, davolanish vaqtida rivojlanmaydi. Yanada og‘irroq darajadagi mielosupressiyani rivojlanishini oldindan kimyoterapiya va/yoki radioterapiya kursini o‘tkazgan pasientlarda va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kutish kerak.
Boshqa mielosupressiv vositalar bilan majmuaviy davolash preparatning dozasiga tuzatish kiritishni talab etishi mumkin. Iltimos, sitostatik vositalarning dozalarini pasaytirish uchun, davolash siklini boshida qon tahlili natijalarini hisobga olgan holda sitostatiklarning dozalariga tuzatish kiritish bo‘yicha muvofiq jadvallarga murojaat qiling.
Me‘da-ichak yo‘llari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan, ko‘ngil aynishi va qusish kabi nojo‘ya samaralar dozaga bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar hisoblanadi. O‘rtacha darajadagi, hatto og‘ir darajagacha bo‘lgan shakllari taxminan 50% bemorlarda kuzatiladi. Anoreksiya, diareya, qabziyat va shilliq qavatlarni yallig‘lanish holatlari (mukozit), stomatitdan yaralar hosil bo‘lgunigacha bo‘lgan asoratlar kamroq darajada rivojlanadi. Gemorragik kolit rivojlanganligi yuzasidan ayrim xabarlar bo‘lgan.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari kasalliklari
Siydik bilan chiqarilgandan so‘ng, siklofosfamidning metabolitlari efferent siydik chiqarish yo‘llarida va ayniqsa qovuqda o‘zgarishlarni chaqiradi. Gemorragik sistit, gematuriya va makrogematuriya endoksanning dozasiga bog‘liq bo‘lgan eng keng tarqalgan asoratlar hisoblanadi va davolashni to‘xtatish talab etiladi. Oldindan mavjud bo‘lgan nobakterial sistit ikkilamchi bakterial infeksiyaga o‘tishi mumkin. O‘limga olib kelgan gemorragik sistit yuzasidan ayrim xabarlar berilgan. Shuningdek, qovuq devorini shishi, suburetral qon ketishi, qovuq devorini fibrozi bilan kechuvchi interstisial yallig‘lanishlar va sklerozni rivojlanish ehtimoli kuzatilgan.
Katta dozalari qo‘llanganidan so‘ng, buyraklarni shikastlanishi (xususan, anamnezida buyraklar faoliyati buzilgan bo‘lsa) kam kuzatiladigan nojo‘ya samara hisoblanadi.
Eslatma:
UROMITEXAN bilan davolash yoki kuchli gidratasiya ushbu urotoksik nojo‘ya samaralarning rivojlanish chastotasi va og‘irligini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin.
Jinsiy yo‘llari
O‘zining alkil guruhini biriktiruvchi ta‘sir mexanizmi tufayli, siklofosfamid, taxminlarga ko‘ra, spermatogenezni, azoospermiya yoki turg‘un oligospermiyaga olib keluvchi qisman qaytmas buzilishlarini chaqirishi mumkin. Ovulyasiyani, ba‘zida qaytmas xarakterga ega bo‘lgan hamda amenoreyaga va ayollar jinsiy gormonlarining darajasini pasayishiga olib keluvchi buzilishlari kam kuzatiladi.
Jigar
Jigar faoliyatini buzilish hollari haqida kam xabarlar berilgan, ular muvofiq laborator sinamalarning natijalarini (SGOT, SGPT, gamma-GT, ishqoriy fosfataza va bilirubin) oshishi bilan namoyon bo‘lgan.
Venalarni obliterasiyalovchi engdoarteriiti (VOE) siklofosfamidning yuqori dozalarini busulfan bilan majmuada yoki suyak ko‘migini allogen transplantasiyasi davomida umumiy nurlanish bilan majmuada olgan pasientlarning taxminan 15-50% da kuzatiladi. Boshqa tomondan, VOE kam hollarda faqat siklofosfamidning yuqori dozalarini (boshqa preparatlar bilan majmuada emas) qabul qilayotgan, aplastik anemiya bilan xastalangan bemorlarda kuzatiladi. Sindrom odatda transplantasiyadan keyin 1-3 hafta davomida rivojlanadi va tana vaznini keskin oshishi, gepatomegaliya, assit va giperbilirubinemiya bilan xarakterlanadi. Shuningdek jigar ensefalopatiyasi ham rivojlanishi mumkin.
Jigar faoliyatini oldindan mavjud bo‘lgan buzilishlari, kimyoterapiyaning yuqori dozalari bilan bir vaqtda dori vositalari bilan gepatotoksik davolash, va ayniqsa alkil guruhini biriktiruvchi vosita busulfan davolashga sabab bo‘luvchi eelement hisoblanganida, VOE rivojlanishiga olib keladigan ma‘lum havf omillari hisoblanadi.
Yurak-qon tomir va nafas tizimlari
Ayrim hollarda pnevmoniya, surunkali interstisial o‘pka fibroziga olib keluvchi interstisial pnevmoniya rivojlanishi mumkin.
Sitostatik vositalar tomonidan chaqirilgan va ayniqsa siklofosfamidning yuqori dozalari (tana vazniga 120-240 mg/kg) yuborilganidan so‘ng aritmiya, EKG dagi o‘zgarishlar va yurakning chap qorinchasini zarb hajmini (CHQZH) o‘zgarishlari bilan namoyon bo‘luvchi ikkilamchi kardiomiopatiyani rivojlanganligi haqida xabarlar berilgan. Bundan tashqari, siklofosfamidning kardiotoksik ta‘siri, yurak sohasi oldindan nur bilan davolangan pasientlarda va antrasiklik yoki pentostatin preparatlari bilan davolangan pasientlarda oshishi mumkinligi yuzasidan dalillar bor. Bunda elektrolitlarni muntazam nazorat qilish kerakligini inobatga oling va yurak kasalligi allaqachon mavjud bo‘lgan pasientlarga alohida ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.
Ikkilamchi o‘smalar
Butun sitotoksik davolash kabi, siklofosfamid bilan davolash ham o‘zini ketidan qoldiq ko‘rinishlari sifatida ikkilamchi o‘smalar va ularning o‘tmishdoshlarini rivojlanish xavfiga olib keladi. Siydik yo‘llari raki, shuningdek o‘tkir leykozga qisman olib keluvchi mielodisplastik o‘zgarishlarni rivojlanish xavfi oshadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, UROMITEXAN preparatini muvofiq ravishda qo‘llash orqali qovuq rakini rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirish mumkinligidan dalolat beradi.
Boshqa nojo‘ya samaralar
Sochlarni to‘kilishi tez-tez kuzatiladigan, umuman olganda qaytuvchan nojo‘ya samara hisoblanadi. Shuningdek kaftlar, tirnoqlar va tovonlarni pigmentli o‘zgarish hollari haqida xabarlar berilgan:
- Giponatriemiya va suvni tutilishi bilan kechuvchi AGNSS (antidiuretik gormonni noadekvat sekresiyasi sindromi, Shvars-Bartter sindromi);
- Teri va shilliq qavatlarni yallig‘lanishi;
- Isitma bilan kechuvchi, ayrim hollarda shokka olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari;
- Ko‘rishni vaqtinchalik xiralashishi va bosh aylanishi hurujlari;
- Ayrim hollarda o‘tkir pankreatit rivojlanishi mumkin;
- Juda kam hollarda (< 0,01%) og‘ir darajadagi reaksiyalar, masalan, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz xaqida xabarlar berilgan.
Izoh:
Tromboemboliya, qonni qon-tomirlar ichida disseminasiyalangan ivishi (DVS-sindrom) yoki gemolitik uremik sindrom (GUS) kabi ma‘lum bir asoratlar mavjud, ular shuningdek yashirin kasalliklar tomonidan ham chaqirilishi mumkin, ammo ba‘zida endoksandan iborat bo‘lgan kimyoterapiyada yuqori chastota bilan rivojlanishi mumkin.
Qusishga qarshi vositalar o‘z vaqtida qo‘llash va og‘iz bo‘shlig‘ini sinchkov gigienasiga e‘tibor berish kerak.
Davolanish vaqtida muntazam qon tahlili ko‘rsatilgan: boshlang‘ich davolashda 5-7 kunlik interval bilan, leykositlarning miqdori < 3000/mm3 gacha pasayganida 2 kunlik interval bilan tahlil qilish ko‘rsatilgan, har kuni tahlil qilish ham mumkin. Uzoq muddat davolanganda odatda tekshirishni har ikki haftada o‘tkazish yetarlidir. Siydik cho‘kmasida eritrositlarni borligiga muntazam ravishda tekshirish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Quyidagi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Endoksanni qo‘llash mumkin emas:
- siklofosfamidga ma‘lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- suyak ko‘migi faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari (ayniqsa, sitostatik vositalar bilan va/yoki nur bilan oldindan davolangan pasientlarda).
- qovuqni yallig‘lanishi (sistit);
- siydikni oqib chiqishida to‘siqlar bo‘lganida;
- faol infeksiyalarda qo‘llash mumkin emas.
- homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash uchun alohida tavsiyalarga qarang.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sulfonilmochevina ta‘sirida qonda glyukozaning miqdori pasayishi mumkin, shuningdek allopurinol yoki gidroxlortiazid bilan bir vaqtda qo‘llanganida mielosupressiv ta‘siri ham pasayishi mumkin.
Fenobarbital, fenitoin, benzodiazepinlar yoki xloralgidrat bilan oldindan yoki bir vaqtda davolash jigarning mikrosomal fermentlarini induksiya bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Siklofosfamid immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatishi sababli, pasientni har qanday vaksinalarga javob reaksiyasini pasayishini kutish mumkin; faollashtirilgan vaksinalarni in‘eksiya qilish vaksina keltirib chiqargan infeksiyalar bilan kechishi mumkin.
Agar bir vaqtning o‘zida qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (masalan, suksinilxolin galogenid) qo‘llanayotgan bo‘lsa, uzoq muddatli apnoe psevdoxolinesterazaning konsentrasiyasini pasayishi natijasi bo‘lishi mumkin.
Xloramfenikolni bir vaqtda qo‘llash siklofosfamidning yarim parchalanish davrini uzayishiga va metabolizmini sekinlashishiga olib keladi.
Antrasiklin va pentostatin bilan davolash siklofosfamidning potensial kardiotoksikligini kuchaytirishi mumkin. Kardiotoksik samarasini kuchayishi yurak sohasi radioterapiyasidan keyin ham yuz berishi mumkin.
Indometasinni bir vaqtda yuborishni juda ehtiyotkorlik bilan bajarilishi kerak, chunki o‘tkir suvli intoksikasiya holati yuzasidan xabar berilgan.
Umuman olganda, siklofosfamid bilan davolanayotgan pasientlar alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Greypfrut mevasi tarkibida siklofosfamidning faolligini va shu bilan uning samaradorligini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan birikma saqlaganligi sababli, pasient greypfrutlarni iste‘mol qilishi yoki sharbatini ichishi mumkin emas.
Nomutanosibligi
Eritmalarning tarkibida benzil spirti siklofosfamidning barqarorligini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin efferent siydik chiqarish yo‘llaridagi har qanday to‘siqlarni, sistit, infeksiyalar va elektrolitlar disbalansini bartaraf qilish yoki to‘g‘rilash kerak.
Umuman olganda, endoksan va barcha boshqa sitostatiklarni kuchsizlangan va keksa yoshdagi bemorlarda, shuningdek ilgari nur bilan davolangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Immun tizimi sust bo‘lgan pasientlar, masalan, qandli diabet, surunkali jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarni ham sinchiklab kuzatish talab etiladi.
Agar endoksan bilan davolanish vaqtida mikro- yoki makrogematuriya bilan bog‘liq bo‘lgan sistit rivojlansa, endoksan-terapiya ular normallashgunicha to‘xtatilishi kerak.
Davolanish vaqtida leykositlar nazoratini muntazam ravishda o‘tkazish kerak: davolash boshlanganida 5-7 kunlik interval bilan, va agar ko‘rsatkich 3000/mm3 dan kamaysa, har 2 kunda o‘tkazilishi kerak. Ma‘lum bir holatlarda har kuni nazorat o‘tkazish kerak bo‘lishi mumkin. Agar uzoq muddatli davolash kursini o‘tsa, har ikki haftada nazorat o‘tkazish odatda yetarli hisoblanadi. Agar mielosupressiyaning belgilari aniq namoyon bo‘lsa, eritrositlar va trombositlarning miqdorini tekshirish tavsiya etiladi. Shuningdek siydikdagi cho‘kma eritrositlarni borligiga muntazam ravishda tekshirilishi kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Siklofosfamid bilan davolanish erkaklar va ayollarda genotip anomaliyalarini chaqirishi mumkin.
Vital ko‘rsatmalarda homiladorlikni birinchi uch oyligi vaqtida homilani olib tashlashga nisbatan tibbiy maslahatlar juda muhimdir.
Homiladorlikni birinchi uch oyligidan so‘ng, agar davolashni to‘xtatish mumkin bo‘lmasa, pasient ayol homiladorlikni davom etishini hohlasa, kimyoterapiya pasientga ahamiyatsiz, ammo kuzatilishi mumkin bo‘lgan teratogen asoratlarni rivojlanish xavfi yuzasidan axbarot berilgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Davolanish vaqtida ayol homilador bo‘lishi mumkin emas. Agar davolanish vaqtida u homilador bo‘lib qolsa, u mediko-genetik maslahat olishi kerak.
Siklofosfamid ona sutiga o‘tganligi sababli, onalar davolanish vaqtida bolani emizishlari mumkin emas.
Erkaklar endoksan bilan davolanishdan oldin spermani saqlanishi yuzasidan axborot olgan bo‘lishlari kerak.
Kimyoterapiya tugaganidan so‘ng erkaklar va ayollarda kontrasepsiyani davomiyligi asosiy kasallikning prognoziga va ota-onani homilador bo‘lish hohishining intensivligiga bog‘liq.
Transport vositalarini boshqarish va mashinadan foydalanish qobiliyatiga ta‘siri
Siklofosfamidni yuborishda, qon aylanishini yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngil aynishi, qusish kabi nojo‘ya samaralarni rivojlanishi mumkinligi sababli, shifokor pasientni yo‘l harakatida ishtirok etishi yoki mashinalarni boshqarish qobiliyati yuzasidan o‘zi individual ravishda qaror qabul qilishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Siklofosfamidga qarshi aniq antidotni borligi ma‘lum emasligi tufayli, har safar uni qo‘llaganda ehtiyotkorilkka rioya qilish kerak. Siklofosfamid dializ yordamida organizmda chiqarilishi mumkin. Shuning uchun zudlik bilan gemodializ o‘tkazish o‘z joniga qasd qilish yoki bexosdan dozasi oshirib yuborilgan hollarda ko‘rsatilgan. Minutiga 78 ml qonni tozalaydigan dializ dializatda metabolizmga uchramagan siklofosfamidning konsentrasiyasi bo‘yicha hisoblangan (normal buyrak orqali tozalanish minutiga taxminan 5-11 ml ni tashkil etadi). Ikkinchi ishchi guruhi minutiga 194 ml ko‘rsatkich yuzasidan xabar bergan. 6 soatlik dializdan so‘ng, siklofosfamidning yuborilgan dozasini 72% dializatda aniqlangan. Dozasi oshirib yuborilganida barcha nojo‘ya reaksiyalar ichida mielosupressiyani, asosan leykopeniyani kutish mumkin. Mielosupressiyaning og‘irligi va davomiyligi dozani oshirib yuborilish darajasiga bog‘liq. Qonni tez-tez tahlil qilish va pasientni kuzatish muhim hisoblanadi. Agar neytropeniya rivojlansa, infeksiyani oldini olish uchun e‘tibor berish kerak, va infeksiyalar antibiotiklar yoramida davolanishi kerak. Agar trombositopeniya rivojlansa, zarurat bo‘lganida trombositlar o‘zgartirilishi kerak.
Biron-bir urotoksik ta‘sirlardan saqlanish uchun, UROMITEXAN (mesna) yordamida sistitni oldini olish juda muhimdir.
Izoh:
Agar siklofosfamid in‘eksiya qilinganida bexosdan paravenoz yuborilsa, u holda odatda to‘qimalarni sitotoksik shikastlanish xavfi yo‘q, chunki jigarda siklofosfamidni biofaollashuvi amalga oshmagunicha shikastlanish xavfi kutilmaydi.
Shunday bo‘lsa ham, paravazasiya rivojlanganida yuborishni zudlik bilan to‘xtatish va kanyula yordamida paravazasiyani to‘xtatish, va ushbu sohani fiziologik eritma bilan ho‘llash va tizimning turg‘unligini ta‘minlash kerak.
Saqlash sharoiti
Endoksan +25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanishi kerak.
Tayyor eritma tayyorlangandan so‘ng 24 soat davomida ishlatilishi kerak (+8oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanmasin).
Transportirovka vaqtida yoki endoksan in‘eksiya uchun flakonlarda saqlanganida, haroratning ta‘siri siklofosfamid faol ingredientning erishiga olib kelishi mumkin.
Erigan moddani saqlagan flakonlarni intakt faol ingredient saqlagan flakonlardan vizual ravishda oson farqlash mumkin: erigan siklofosfamid tiniq yoki sarg‘ish qovushqoq suyuqlik bo‘lib hisoblanadi (odatda shikastlangan flakonlarda bog‘langan holatda yoki tomchilar ko‘rinishida bo‘ladi). Ichidagi modda erigan flakonlarni ishlatmang.
Chiqarilish shakli
Oq kristall kukun kulrang tiqin, qopqoqcha bilan berkitilgan sig‘imi 20 ml li rangsiz tiniq shisha flakonlarda (I tipi yoki III tipi, YeF); quyisi – alyuminiy, yuqorisi – ko‘k. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari