Erol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
EROL®
AIROL®
Tretinoin
Sirtga qo‘llash uchun krem
Preparatni ishlatishni boshlashdan oldin mazkur yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
Yo‘riqnoma sizning davolanishingizga taalluqli muhim bo‘lgan ma‘lumotni o‘z ichiga oladi.
- Ushbu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u Sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
- Agar Sizda savollar tug‘ilsa, maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling.
- Ushbu preparat shaxsan Sizga yozib berilgan va uni boshqa pasientlarga tavsiya qilish kerak emas. Bu, hattoki, ularning kasallik simptomlari sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham, ularga zarar keltirishi mumkin.
- Agar sizda biror-bir nojo‘ya ta‘sir yoki mazkur yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan nojo‘ya ta‘sir paydo bo‘lsa, marhamat qilib davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling («Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar» bo‘limiga qarang).
Mazkur yo‘riqnomada quyidagilar keltirilgan:
- Erol® 0,05% li krem o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi.
- Erol® 0,05% li kremni ishlatishni boshlashdan oldin pasientlar uchun zarur bo‘lgan ma‘lumot
- Erol® 0,05% li kremni qanday ishlatish kerak.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
- Erol® 0,05% li kremni qanday saqlash kerak
- Qo‘shimcha ma‘lumot
- EROL® 0,05% LI KREM O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN ISHLATILADI
Erol® 0,05% li krem teriga faqat sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi. Faol modda sifatida tarkibida tretinoin saqlaydi. Tretinoin – bu retinoid (A vitaminining faol metaboliti) bo‘lib, u akneda teri teshikchalarini ochish (komedolitik) ta‘sirga ega, shuningdek qora nuqtalarni (komedonlarni) hosil bo‘lishini oldini olish xususiyatiga ham ega.
Erol® 0,05% li krem komedogen akne va papulopustullyar aknening o‘rtachadan to og‘ir bo‘lgan shakllaridaishlatiladi.
- EROL® 0,05% LI KREMNI ISHLATISHNI BOSHLASHDAN OLDIN PASIENTLAR UCHUN ZARUR BO‘LGAN MA‘LUMOT
Erol® 0,05% li kremni quyidagi hollarda ishlatmang:
- Agar Sizda tretinoinga yoki ushbu dori vositasining boshqa har qanday komponentiga allergiya bo‘lsa («Qo‘shimcha ma‘lumot» bo‘limiga qarang);
- Agar Siz quyidagi teri patologiyasi: rozasea, o‘tkir ekzema, o‘tkir teri yallig‘lanishi, ayniqsa og‘iz atrofida (perioral dermatit) bo‘lsa;
- Agar Siz homilador bo‘lsangizyoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz.
Maxsus ko‘rsatmalar va ogohlantirishlar
Erol® 0,05% li kremni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- Preparat ko‘zga, og‘izga, burun kataklariga va boshqa shilliq qavatlarga tushmaganligiga ishonch hosil qiling. Preparat shilliq qavatlar bilan ta‘sirlashgan taqdirda ta‘sirlashgan yuzani suv bilan yuvib tashlash tavsiya etilgan.
- Preparatni bir vaqtning o‘zida boshqa mahalliy qo‘llaniladigan preparatlar, ayniqsa pilling samarasiga ega bo‘lgan moddalar (tibbiy sovunlar yoki terini kuchli ravishda quritadigan kosmetika, tarkibida spirt bo‘lgan mahsulotlar, parfyumeriya vashu kabilar) bilan birga ishlatmang.
- Agar Siz o‘zingizni davolanish vaqtida ultrabinafsha nurlar (masalan, quyosh nurlari, quyosh lampalari, solyariy) ta‘siridan himoya qilishni istasangiz, Erol® 0,05% li kremdan foydalanish vaqtida maxsus himoyadan foydalaning.
Davolanish davomida terini shikastlanish ehtimolini oldini olish uchun Siz o‘zingizni quyosh nuri ta‘siridan iloji boricha asrashingiz va sun‘iy ultrabinafsha nurlar radiasiyasidan saqlanishingiz kerak. Agar Sizning ishingiz quyosh nurlarining uzoq muddatli ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lsa va agar irsiy moyillik tufayli, Siz quyosh nurlari ta‘siridan teri shikastlanishlariga moyil bo‘lsangiz yoki agar Siz nur ta‘siriga sezuvchan bo‘lsangiz, bu Siz uchun muhimdir.
Agar Siz quyosh ta‘sirida kuygan bo‘lsangiz, Erol® 0,05% li krem bilan davolanishdan oldin yarani bitishiga imkon berishingiz lozim.
Rentgen nurlanishi ta‘sirida Erol® 0,05% li krem terining shilinishi va qizarishini kuchaytirishi mumkinligini unutmaslik muhimdir.
Davolashni doimo teri tinch bo‘lgan holatda boshlash kerak.
- Terini kuchli ta‘sirlanishi hollarida surtishlar sonini kamaytirish uchun (masalan, ikki kunda bir marta bitta applikasiya) Siz o‘z shifokoringizni xabardor qilishingiz kerak.
- Ushbu dori vositasini shikastlangan teriga qo‘llamang.
- Ta‘sirlangan joyni tez-tez yuvishdan saqlaning. Ushbu joyni kuniga ikki martadan ko‘p yuvmaslik va yaxshilab quritish tavsiya etiladi.
Boshqa dori vositalari va Erol® 0,05% li kremdan foydalanish
Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilganbo‘lsangiz, iltimos o‘z shifokoringiz yoki farmasevtni ogohlantirib qo‘ying.
Sirtga qo‘llash uchun boshqa dori vositalarini bir vaqtda ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki juda kuchli teri reaksiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Kortikosteroidlar bilan uzoq muddatli davolash qora nuqtalarni (komedonlarni) paydo bo‘lishiga turtki berishi mumkinligi sababli, davolashni, agar bunga majbur qiluvchi sabab bo‘lmasa,Erol® 0,05% li kremni qo‘llagan hollarda birgalikda olib bormaslik kerak.
Homiladorlik
Ma‘lumki, oral tretinoin teratogen hisoblanadi. Insonlar uchun, ma‘lumotlar mahalliy qo‘llash bilan cheklanadi.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Erol® 0,05% li kremni ishlatmang.
Agar Siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Siz davolanishni taxmin qilinayotgan homiladorlikdan bir oy oldin to‘xtatishingiz kerak.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar potensial xavf haqida xabardor qilinishi va Erol® 0,05% li kremni qo‘llash vaqtida tegishli kontrasepsiya choralarini ko‘rishlari kerak.
Agar Siz davolash kursi davomida homilador ekanligizni aniqlagan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashni to‘xtating va darhol o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Emizish
Tretinoin ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma‘lum.
Erol® 0,05% li kremi emizish vaqtida ishlatilmasligi kerak.
Agar Sizga emizish vaqtida davolanish zarur bo‘lsa, bolani preparat bilan bevosita kontaktda bo‘lishini oldini olish uchun Erol® 0,05% li kremni ko‘krak qafasi sohasiga ishlatmang.
Har qanday preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlarni ishlatish
Erol® 0,05% li krem avtomobillarni boshqarish qobiliyatiga va murakkab mexanizmlarni ishlatishga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Erol® 0,05% li krem benzoy kislotasi va butilgidroksianizolni saqlaydi.
Ushbu dori vositasi benzoy kislotasi saqlaydi, u teri, ko‘z va shilliq qavatlarni biroz ta‘sirlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu dori vositasi butilgidroksianizol saqlaydi, u terini lokal ta‘sirlanishiga (masalan, kontaktli dermatitga) yoki ko‘z va shilliq qavatlarni ta‘sirlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
- EROL® 0,05% LI KREMNI QANDAY ISHLATISH KERAK
Preparatni doimo shifokor Sizga qanday tarzda buyurgan bo‘lsa, shunday aniqlikda ishlating. Agar Siz bunga ishonch hosil qilmasangiz, o‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan tekshirib ko‘ring.
Dozalash
Tavsiya etiladigan doza – surtish sohasi yaxshilab tozalanganidan va quritilganidan keyin, uyqudan oldin kuniga bitta applikasiya tavsiya etiladi. Yuqori darajada ta‘sirlanishi yuz bergan hollarda, Siz bu haqda shifokoringizni xabardor qilishingiz kerak, u surtishlar sonini (masalan, har ikki kunda bitta applikasiyagacha) qisqartirishi mumkin («Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar» bo‘limiga qarang).
Agar davolash vaqtida hech qanday mahalliy ta‘sirlanish kuzatilmasa, shifokoringiz surtishlar sonini kuniga ikki martagacha ko‘paytirishi mumkin.
Erol® 0,05% li krem shilliq qavatlar, ayniqsa ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparat lablarga va burun kataklariga juda yaqin joyga surtilmasligi kerak.
Davolash aynan o‘sha dozalarda 8 haftadan 12 haftagacha davom etishi kerak. Davolashning muvaffaqiyati ko‘pincha Sizning davolashda sobit bo‘lishingizga bog‘liq.
Sog‘ayishning birinchi belgilari komedonlar o‘rtacha kamaygan hollarda 3-5 haftadan keyin kutilishi mumkin.
Qo‘llash usuli
Terida qo‘llaniladi. Ichga yutilmasin.
Kremni qo‘l barmoqlari yordamida juda qilib surting. Losonni paxta momiqli yostiqcha bilan qo‘llang. Qo‘llanilganidan keyin qo‘llaringizni yaxshilab yuving.
Agar Siz Erol® 0,05% li kremni keragidan ortiq ishlatgan bo‘lsangiz
Preparatni juda ko‘pishlatish davolash natijalarini yaxshilamaydi, balki terining ta‘sirlanishiga olib kelishi mumkin.
Agar Siz Erol® 0,05% li kremni juda ko‘p ishlatgan bo‘lsangiz, bu to‘qimalarda suyuqlik to‘planishi (shishlarni hosil bo‘lishi) bilan birga terining o‘tkir yallig‘lanishiga (dermatitga) olib kelishi va terining namlanuvchi shikastlanishlarini (erroziyalarni) hosil bo‘lishiga, tarqalishiga (kuchayishiga) sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu holatda Erol® 0,05% li krem kamroq qo‘llanilishi yoki hatto davolash bir necha kunga to‘xtatib turilishi kerak. Bunday holatda simptomlar kamayadi.
Agar Siz Erol® 0,05% li kremni surtishni yoddan chiqargan bo‘lsangiz
Agar Siz preparatning dozasini jadval bo‘yicha qo‘llashni yoddan chiqargan bo‘lsangiz, Siz uni bir necha soat o‘tgach surtishingiz mumkin, ammo keyingi doza aniq bo‘lgan holat bundan mustasnodir. Siz qo‘llash sonini yoki surtiladigan modda miqdorini oshirmasligingiz kerak.
Agar Siz Erol® 0,05% li kremni ishlatishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Agar Siz davolashni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, buni o‘z shifokoringiz bilan muhokama qiling. Iltimos, davolashni maxsus maslahatlashuvsiz o‘zboshimchalik bilan to‘xtatib qo‘ymang, chunki Siz davolash muvaffaqiyatini xavf ostiga qo‘yishingiz mumkin.
Agar Sizda ushbu dori vositasini ishlatish bo‘yicha savollar bo‘lsa, o‘z shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.
- BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLAR
Barcha dori preparatlari kabi Erol® 0,05% li krem ham nojo‘ya ta‘sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Juda ham tez-tez yuzaga keladigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 insondan 1 tadan ko‘proq holatda yuzaga kelishi mumkin): Erol® 0,05% li krem surtilganidan keyin Siz issiqlik yoki achishishni sezishingiz mumkin. Davolashning birinchi haftasida terini qizarishi, qipiqlanishi va qurishi paydo bo‘lishi, va hatto akneni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin. Bu normal holatlar bo‘lib, ular preparatning samaradorligini namoyon etadi va odatda bir necha kun o‘tgach aralashuvlarsiz yo‘qolishi mumkin.
Terini yaqqol ifodalangan ta‘sirlanishi bo‘lsa, bu haqida o‘z shifokoringizni xabardor qilish lozim, shifokor teriga surtishlar sonini qisqartirishi (masalan, har ikki kunda bitta aplikasiya) mumkin.
Qichishishni yuz berishi tez-tezligi noma‘lum. Erol® 0,05% li krem teri rangini o‘zgartirishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlar bo‘yicha hisobot
Agar Sizda nojo‘ya ta‘sir, jumladan preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan har qanday yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelgan bo‘lsa, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar haqida +99893 380 80 75 telefon raqami bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar qilishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan hollarda Siz preparatning xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq axborot olishga yordam bergan bo‘lasiz.
- EROL® 0,05% LI KREMNI QANDAY SAQLASH KERAK
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati o‘ramda ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
30oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Agar Siz tuba shikastlanganligini sezgan bo‘lsangiz, Erol® 0,05% li kremdan foydalanilmasin.
Ochilganidan so‘ng 2 oydan keyin krem ishlatilmasin.
Preparatni oqava suvlarga oqizib yuborish va uy chiqindilari bilan birga joylashtirish mumkin emas. Qo‘llash uchun yaroqsiz bo‘lgan preparatdan xalos bo‘lish yo‘lini farmasevtdan aniqlab oling. Ushbu xatti-harakatlar atrof muhitni asrashga yordam beradi.
- QO‘SHIMCHA MA‘LUMOT
Erol® 0,05% li krem tarkibida quyidagilarni saqlaydi
Faol modda: tretinoin.
1 g krem tarkibida 0,5 (0,05%) mg tretinoin saqlaydi.
Chiqarish shakllari