Apteka.uz
SavatKirish

Ginoflor

- Ginoflor qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ginoflorning tarkibi
- Ginoflor ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ginoflor narxi Toshkent dorixonalarida

Ginoflor haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — antibiotiklar yoki boshqa kimyoterapevtik vositalar bilan mahalliy va/yoki tizimli davolashdan keyin Lactobacillus acidophilus florasini tiklash; — postmenopauzada estrogenga bog'liq atrofik vaginitlar, sh.j. o'rinbosar gormonal terapiya bilan birga; — bakterial vaginoz.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — estrogenlarga bog‘liq xavfli o‘smalar, shu jumladan sut bezlari, bachadon va qin o‘smalari (tashxis qo‘yilgan, anamnezda va ularga shubha qilinganda); — endometrioz (shubha qilingan yoki tashxis qo‘yilgan); — qindan noaniq etiologiyali qon ketishlar; — qizlarda jinsiy hayot boshlanguniga qadar qo‘llash; — davolanmagan endometriy giperplaziyasi; — preparatga yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

Tarkibi

  • atsidofil laktobakteriyalar* (liofilizat) 50 mg estriol 30 mkg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, natriy karboksimetilkraxmal, natriy digidrofosfat * kamida 100 mln. yashovchan bakteriyalar

Farmakokinetikasi

Preparat qinga yuborilganda liofilizatsiyalangan bakteriyalar va estriol ajralib chiqadi. Ginoflor E dan estriolning so‘rilishi postmenopauzadagi ayollarda o‘rganilgan. Preparat qayta qo‘llanilgandan so‘ng uning plazmadagi konsentratsiyasi endogen bog‘lanmagan estriol konsentratsiyasiga mos keladi. Ginoflor E bilan davolash jarayonida (kuniga 1 marta) vaginal tabletkalar qo‘llanilgandan so‘ng 12-kundan keyin qon plazmasida bog‘lanmagan estriolning maksimal konsentratsiyasi dastlabkisidan farq qilmaydi, bu tizimli so‘rilish yo‘qligidan dalolat beradi. Preparatni qo‘llash qon plazmasida estron va estradiol konsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi, chunki estriol ularning metabolizmining yakuniy mahsuloti hisoblanadi.

Farmakologik ta'siri

Qin normal biotsenozini tiklash uchun preparat. Ginoflor E preparati tarkibiga kiruvchi ikkala faol substantsiya, estriol va Lactobacillus acidophilus laktobakteriyalari, qin normal biotsenozini saqlash fiziologik mexanizmida ishtirok etadi. Lactobacillus acidophilus - sog'lom ayol qinining dominant mikroorganizmlaridan biri bo'lib, patogen va shartli patogen mikroorganizmlarga nisbatan antagonistik faollikka ega. Estriol qisqa ta'sir etuvchi estrogen bo'lib, qin epiteliysiga himoyalovchi trofik ta'sir ko'rsatadi va ayol organizmiga tizimli ta'sir ko'rsatmaydi. Proliferatsiyalanuvchi etilgan qin epiteliysi o'zida laktobatsillalar faoliyati uchun zarur bo'lgan glikogenni to'playdi, ular o'z navbatida sut kislotasini ishlab chiqarib, qinning kislotali muhitini (pH 3.8-4.5) saqlab turadi, bu esa patogen mikroorganizmlarning kolonizatsiyasi va rivojlanishi uchun noqulay sharoitlar yaratadi. Sut kislotasidan tashqari, Lactobacillus acidophilus vodorod peroksidi va bakteriotsinlarni ishlab chiqaradi, ular ham patogen va shartli patogen mikroorganizmlarning rivojlanishini bostiradi. Fiziologik vaginal floraning o'zgarishi turli omillar ta'sirida sodir bo'ladi: antibakterial preparatlarni mahalliy yoki tizimli qo'llash, shu jumladan vaginal infektsiyalar, tizimli kasalliklar, gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida. Bunday hollarda laktobatsillalar soni sezilarli darajada kamayishi mumkin. Ginoflor E ni intravaginal qo'llash qin epiteliysi holatini yaxshilaydi va uning normal florasini tiklaydi. Vaginal tabletkalar tarkibida to'ldiruvchi sifatida mavjud bo'lgan laktoza ham laktobatsillalar tomonidan fermentatsiyalanib sut kislotasiga aylanishi mumkin. Vaginal epiteliy yupqalashadi va gormonal buzilishlarda ham shikastlanishi mumkin, shu sababli Ginoflor E postmenopauzada qo'llanilishi mumkin, uning mahalliy simptomlarini (qichishish, achishish, qin quruqligi, jinsiy aloqa paytidagi og'riq) susaytiradi, qin va uretra epiteliysi holatini normallashtirishga yordam beradi, distrofik yallig'lanish holatlari uchrash tezligini kamaytiradi. In vitro ko'rsatilishicha, Lactobacillus acidophilus bir necha soat ichida pH ning kerakli darajada pasayishiga olib keladi, estriol esa 6-12 kunlik davolash davomida qin epiteliysiga proliferativ trofik ta'sirni ta'minlaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Qinda achishish hissi bo'lishi mumkin; kamdan-kam hollarda - vulva va qinning qizarishi va qichishishi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilishi kuzatilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Vaginal tabletkalar

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Lactobacillus acidophilus ko‘plab antibakterial dori vositalariga (mahalliy yoki tizimli qo‘llaniladigan) sezgir. Bunday vositalar bilan yondosh davolash Ginoflor E samaradorligi kamayishiga olib kelishi mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Ginoflor preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Ginoflor haqida savollar

Ginoflor haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil