Apteka.uz
SavatKirish

GLUTION

GLUTION chiqarilish shakllari

GLUTION poroshok 600mg N10
GLUTION poroshok 600mg N10
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratorio Farmaceutico C.T. S.r.L., Italiya proizvedeno: Lisapharma S.p.a.
•49 ta dorixonada bor
Narxi
416 800 so'm dan
- GLUTION qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- GLUTIONning tarkibi
- GLUTION ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- GLUTION narxi Toshkent dorixonalarida

GLUTION haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Farmakodinamikasi

Glution xujayralarda keng tarqalgan cpetsifik funktsiyaga ega tripeptid xisoblanib, bir kator biologik jarayonlarda ishtirok etadi va detoksifikatsiyalashda muxim rol' uynaydi, xujayralarni ksenobiotiklar,erkin radikallar va nurlanishning zararli ta'siridan ximoya kiladi. Glutationning tarkibiga glitsin, tsistein va glyutamin kislotasi kiradi.

Glutation – kuchli gepatoprotektor, antioksidant, immunomodulyator va detoksikantdir.

Glution immunitet va gemopoetik tizimlarga foydali ta'sir kursatadi, organizmni toksinlardan tozalashga, shuningdek jigar xujayralarini salbiy omillar (toksinlar, spirtli ichimliklar, antibiotiklar) ta'siridan ximoya kiladi. Erkin radikallar  va organizmni antioksidant sistemasi immun reaktsiyalarining barcha boskichlarida katnashadi va immun tizimi reaktsiyalarini, sharoitga karab cheklash yoki ragbatlantirishga ishtirok etadi .

Glutation in'ektsiyalari bir kator kasalliklarni kompleks davolashda va profilaktika maksadlarda kullaniladi.

 Glutation katta miqdorda jigarda, eritrotsitlarda va buyrak usti bezlarida bo'ladi. Glutationning kimyoviy qaytarilgan shakli ayrim fermentlarni faollashtiradi.

Glutation oqsillarning sul'fgidril va disul'fid guruhlariga ta'sir qiluvchi og'ir metallarning ionlari bilan bog'lanib, ularni zararsizlantiradi.

Glutation moddalar almashinuvida vodorod tashuvchi sifatida ishtirok etadi.

Glutation inson organizmidagi eng kuchli biologik antioksidant xisoblanadi, ammo  chala tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdori ancha kam buladi , va patologik jaraen rivojlanish davomida , glutatiton yetishmuvchiligi kuchayib boradi. Yangi tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdorining yetishmasligi, upka xujayralarini oksidlovchi stressdan ximoyalovchi kompensatsion mexanizmdir.

Kam miqdorda kimyoviy qaytarilgan glutation saqlovchi eritrotsitlar nisbatan oson parchalanadi.

Glutation uglevodlar almashinuvi uchun zarur, lipid almashinuviga ta'sir ko'rsatadi, aterosklerozni rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, qarishni sekinlashtiradi. Kandli diabet bilan ogrigan bemorlarda glutation peroksid birikmalarini tiklanishida va erkin radikallarni zararsizlantirishga karatilgan maxsus reaktsyalarni amalga oshirishi aniklandi. Glutation tanqisligi nerv tizimida aks etib, fikrlash jarayonlarini, koordinatsiyani buzilishlariga olib keladi va tremorni paydo bo'lishining sababchisi hisoblanadi.

Ta'kidlash kerakki, xomiladorlik paytidagi turli gestatsion asoratlar tufayli, platsentar glutation sistemalarida sezilarli uzgarishlar yuzaga keladi. Bu uz navbatida kompensator-adaptiv reaktsiyalar keltirib chikarib  preeklamsiya va surunkali fetoplatsentar yetishmovchiligi kabi noxush xolatlar kelib chikishini oldini oladi.

Klinik tatkikodlarda kursatildiki, tuxumdon kartsinomasi, me'da kartsinomasi va kolorektal saratonni davolash uchun utkaziladigan kimyoviy terapiyadan oldin yuboriladigan  glutation infuziyasi , surunkali buyrak yetishmovchiligini  kelib chikishini oldini oladi , tsisplatin va oksilaplatin bilan davolash davomida nerv sistemasini zaxarlanishdan ximoya kilishi isbotlangan va bu zaruriyat tugilganda yukori kumulyativ dozalarga erishish imkonini beradi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Glutationni embriofetal rivojlanish uchun toksik emas, lekin homilador ayollarga preparatni faqat juda zarur hollarda va shifokorning bevosita kuzatuvi ostida qabul qilish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Mushak ichiga qo'llanganida preparatni ampuladagi erituvchi bilan yaxshilab eritish kerak. Olingan eritma tiniq va rangsiz bo'lishi kerak.

Vena ichiga qo'llanganida preparatni berilgan erituvchida (in'ektsiya uchun suv) eritish va asta-sekin yuborish yoki kamida 20 ml infuziya uchun steril eritma qo'shish va asta-sekin tomchilab yuborish kerak.

Homiiladorlik va emizish

Glutationni embriofetal rivojlanish uchun toksik emas, lekin homilador ayollarga preparatni faqat juda zarur hollarda va shifokorning bevosita kuzatuvi ostida qabul qilish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Yaroqlilik muddati saqlash sharoitiga rioya qilinganda, shikastlanmagan o'ramda bo'lgan preparatlarga taalluqlidir.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Glutationning boshqa preparatlar bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Onkologiya: Radio va radiatsion terapiya vaktida ionlashtiruvchi ta'sirlardan ximoya kilish uchun 50-200 ml natriy xlorid eritmasida 600-1200mg yeritib ,sekin astalik bilan vena ichiga nurli terapiya boshlashdan 15 minut oldin. 

Ximioterapiya (tsisplatin, oksalaplatin va bosh) davomida neyronlarni, yurak xujayralarini, nefronlarni ximoya kilish maksadida 1200mg glutionni 50-200 ml fiziologik eritmaga eritgan xolda asta sekinlik bilan 15 minut oldin kullanaladi.

Kasallikning yengil shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo'li bilan sutkada 1 flakondandan (600 mg  glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Og'ir shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga, asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo'li bilan sutkada 2 flakondan (1200 mg  glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Preparatni qo'llash bo'yicha muvofiq tushuntirishlarni olish uchun patsientlarni shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilishi tavsiya etiladi.

Sotish shartlari

Retsept bo'yicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

faol modda: kimyoviy qaytarilgan glutation 600 mg

yordamchi modda: natriy gidroksidi

erituvchi ampulalari: 4 ml in'ektsiya uchun suyuqlik

Сhiqarilish shakli va o'rami

10 flakondan 600 mg qaytarilgan glutationning liofilizatsiya qilingan kukuni, va 4 ml erituvchisi bo'lgan 10 ampula kontur uyali o'ramda, qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Dori shakli

vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 600 mg/4 ml.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, shuningdek teri toshmasi aniqlangan, ular preparatni qo'llash to'xtatilganidan keyin o'tib ketadi.

Ma'lumot varaqasida saqlanuvchi yo'riqnomalarni o'rganish nojo'ya reaktsiyalar xavfini qisqartiradi.

Shifokorga har qanday nojo'ya rektsiyalar paydo bo'lishi to'g'risida, xatto agar ular yo'riqnomada ta'riflanmagan bo'lsa ham, xabar berish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GLUTION preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

GLUTION narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
428 700 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
500 000 so'm
Bron qilish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
416 800 so'm
Buyurtma berish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
525 000 so'm
Buyurtma berish

GLUTION o'xshash dorilari

GLUTION haqida savollar

GLUTION haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil