Apteka.uz
SavatKirish

KARBOPLATIN

KARBOPLATIN chiqarilish shakllari

KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml
Retseptli
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 450mg 10mg/ml
Retseptli
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 450mg 10mg/ml
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 150mg 10mg/ml
Retseptli
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 150mg 10mg/ml
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 50mg 10mg/ml
Retseptli
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 50mg 10mg/ml
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 45ml 450mg/45ml
Retseptli
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 45ml 450mg/45ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
KARBOPLATIN konsentrat 60 ml 600 mg/60 ml N1
Retseptli
KARBOPLATIN konsentrat 60 ml 600 mg/60 ml N1
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Accord Healthcare Irl Ltd., Irlandiya proizvedeno: Accord Healthcare Limited
KARBOPLATIN konsentrat 45 ml 450 mg/45 ml N1
Retseptli
KARBOPLATIN konsentrat 45 ml 450 mg/45 ml N1
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Accord Healthcare Irl Ltd., Irlandiya proizvedeno: Accord Healthcare Limited
KARBOPLATIN konsentrat 15 ml 150 mg/15 ml N1
Retseptli
KARBOPLATIN konsentrat 15 ml 150 mg/15 ml N1
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Accord Healthcare Irl Ltd., Irlandiya proizvedeno: Accord Healthcare Limited
- KARBOPLATIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- KARBOPLATINning tarkibi
- KARBOPLATIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- KARBOPLATIN narxi Toshkent dorixonalarida

KARBOPLATIN haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlarida;
yaqqol miyelosupressiyada;
ko'p qon ketganida;
homiladorlik va emizish davrida;
karboplatinga yoki boshqa platina saqlovchi birikmalarga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo'llash mumkin emas.

Farmakokinetikasi

Karboplatin vena ichiga infuziya ko'rinishida 1 soat davomida bir marta yuborilganidan so'ng plazmada umumiy va erkin (ulьtrafilьtratsiyaga uchraydigan) platinining kontsentratsiyasi birinchi tartib kinetikaning ikki fazali modeliga muvofiq ravishda pasayadi. Erkin platinaning boshlang'ich T1/2 taxminan 1-2 soatni tashkil etadi, terminal T1/2 esa 3-6 soatga teng; umumiy platinaning boshlang'ich T1/2 erkin platinaning boshlang'ich T1/2 ga yaqinligi bilan xarakterlanadi, biroq uning terminal T1/2 uzoqroq (taxminan 24 soat) davom etadi. Preparatning dozasi to'rt kun davomida ketma-ket takroran yuborilganida plazmada platinaning to'planishi kuzatilmaydi. Preparatning dozasi yuborilganidan so'ng 24 soat o'tgach plazmada platinaning 85% dan ortiq qismi oqsillar bilan bog'langan holatda bo'ladi.
Karboplatin asosan buyraklar orqali chiqariladi va yuborilgan dozasining taxminan 30% o'zgarmagan holda chiqariladi. KK minutiga 60 ml ga teng yoki undan ortiq bo'lgan patsiyentlarda preparatning yuborilgan dozasini taxminan 65% va 70% yuborilgandan so'ng muvofiq 12 va 24 soat davomida chiqariladi. Karboplatin kalavalar filьtratsiyasi orqali deyarli butunlay chiqarilganligi sababli, karboplatinning juda kam kontsentratsiyasigina buyrak naychalarida mavjud bo'ladi, bu ehtimol, preparatning nefrotoksik potentsiali sisplatinga nisbatan katta emasligidan dalolat beradi.

Farmakologik ta'siri

Karboplatin og'ir metall – platinadan tarkib topgan noorganik kompleks birikmadir.
Ushbu preparatning asosiy ta'sir mexanizmi DNK ga bog'lanishi bilan ifodalanadi, natijada asosan DNK spirallari ichida tizilmalar hosil qiladi, bu DNK strukturasini o'zgartiradi va uning sintezini bostiradi deb taxmin qilinadi. Bu samara hujayra siklining fazasidan qat'iy nazar namoyon bo'ladi. Karboplatinning gidratatsiyasi sisplatinning gidratatsiyasiga nisbatan sekinroq yuz beradi, natijada preparatning faol shakli (shakllari) hosil bo'ladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Karboplatinning dozasi oshirib yuborilganida qo'llanadigan maxsus antidotlar mavjud emas. Dozasi oshirib yuborilganida yuqorida sanab o'tilgan yaqqol rivojlangan nojo'ya reaktsiyalarni kutish kerak. Preparat yuborilganidan so'ng birinchi 3 soatda gemodializ o'tkazish mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Karboplatini sitotoksik preparatlarni qo'llash tajribasiga ega bo'lgan shifokorning nazorati ostida yuborish kerak. Karboplatin bilan davolanish vaqtida, ayniqsa preparatning yuqori dozalari qo'llanganida bo'lishi mumkin nojo'ya samaralarni doimo nazorat qilish shart. Preparatni tayyorlash va yuborish uchun alyuminiy saqlovchi ignalar, shpritslar, kateterlar va infuzion sistemalarni qo'llash mumkin emas. Alyuminiy karboplatin bilan reaktsiyaga kirishib, cho'kma hosil bo'lishi yoki preparatning faolligini yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Patsiyentlarda periferik qonning shaklli elementlarini muntazam ravishda (masalan, haftada bir marta) hisoblash va buyrak faoliyatini (eng sezgir ko'rsatkich bo'lib KK hisoblanadi) nazorat qilish kerak. Ayniqsa, ilgari sisplatin bilan davolangan patsiyentlar va 65 yoshdan oshgan patsiyentlarni vaqti-vaqti bilan nevrologik ko'ruvdan o'tkazish tavsiya etiladi. Karboplatin kumulyativ ototoksik samaralarni chaqirishi mumkin. Audiografik tekshirishlarni davolashni boshlashdan oldin va davolanish vaqtida yoki eshitishni buzilish simptomlari paydo bo'lganida o'tkazish kerak. Eshitish faoliyati klinik jihatdan ahamiyatli darajada buzilganida preparatning dozasini o'zgartirish yoki davolashni to'xtatish talab etilishi mumkin. Karboplatin bilan davolanish vaqtida va davolash tugaganidan so'ng 3 oy davomida ayollar va erkaklar ishonchli kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Preparat bexosdan ko'zlarga tushganida zudlik bilan katta miqdordagi suv yoki natriy xlorid eritmasi bilan yuvish kerak. Preparat teriga tushganida preparat tekkan joyni zudlik bilan katta miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Preparat nafas yo'llariga yoki og'izga tushganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi Qo'llash mumkin bo'lmagan holat: homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Karboplatin nur bilan davolash yoki boshqa miyelosupressiv preparatlar bilan majmuada qo'llash gematologik toksiklikni rivojlanish havfini oshirishi mumkin.
Karboplatinni aminoglikozidlar, shuningdek boshqa nefrotoksik preparatlar bilan birga qo'llash nefrotoksik va/yoki ototoksik samaralarning rivojlanish havfini oshirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

  • Karboplatin ham monoterapiya ko'rinishida, ham o'smalarga qarshi boshqa preparatlar bilan birga qo'llanishi mumkin. Preparat vena ichiga quyidagi dozalash tartiblarida yuboriladi:

  • 1 m2 tana yuzasiga 300-400 mg dan vena ichiga tomchilab 15-60 minut davomida yoki 24-soatlik infuziya ko'rinishida;

  • 1 m2 tana yuzasiga 100 mg dan vena ichiga tomchilab 15-60 minut davomida har kuni 5 kun mobaynida yuboriladi.

  • Karboplatin 1 mm3 qon hajmida kamida 100000 trombotsit hujayralari va 1 mm3 qon hajmida kamida 1500 neytrofil hujayralari bo'lganida kamida 4 haftalik interval bilan takroran yuboriladi.

  • Karboplatinni qo'llashdan oldin yoki keyin suyuqlik yuborish, shuningdek jadallashtirilgan diurez talab etilmaydi.

  • Suyak ko'migi yoki buyrak faoliyatining holatiga qarab karboplatinning terapevtik dozasiga quyidagi tarzda tuzatish kiritilishi mumkin:

  • o'rtacha yoki og'ir darajadagi gematologik toksiklik simtomlari (ya'ni trombotsitlar va neytrofil leykotsitlarning miqdori muvofiq ravishda 50000 va 500/mm3 dan kam bo'lganida) kuzatilgan patsiyentlar uchun preparatning dozasini – monoterapiya holatlarida ham, majmuaviy davolash sxemalarida ham – 25% ga kamaytirish mumkinligini ko'rib chiqish kerak;

  • buyrak faoliyatini buzilish simptomlari (KK < 60 ml/min) bo'lgan patsiyentlarda karboplatinning toksik samaralarini rivojlanish havfi oshadi, shuning uchun karboplatinning dozasini quyidagi tarzda kamaytirish kerak:


Креатинин клиренси (мл/мин)

Карбоплатининг тавсия этилган дозаси (мг/м2)

41-59

250

16-40

200

Masalan, ilgari miyelosupressiv davolash kurslari o'tkazilgan va/yoki 65 yoshdan oshgan patsiyentlar kabi havf omillari bo'lganida preparatning dozasini 20-25% ga kamaytirish tavsiya etiladi; shuningdek agar patsiyent ilgari sisplatin kabi nefrotoksik preparatlar bilan davolangan bo'lsa, karboplatinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.

Karboplatin eritmasini qo'llashdan oldin unda mexanik kiritmalar va rangini o'zgarganligini aniqlash maqsadida vizual nazorat qilish kerak. Karboplatinni bevosita qo'llashdan oldin uning kontsentratsiyasi 1-0,5 mg/ml ga yetgunicha fiziologik eritmada yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultirish kerak – infuziya eritma tayyorlangan so'ng ko'pi bilan 24 soat o'tgach bajarilishi kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda qo'llanishi

Masalan, 65 yoshdan oshgan patsiyentlar kabi havf omillari bo'lganida preparatning dozasini 20-25% ga kamaytirish tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KARBOPLATIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

KARBOPLATIN haqida savollar

KARBOPLATIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil