XOUP
XOUP chiqarilish shakllari
XOUP haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
BFQ tarkibiga kiruvchi komponentlarga individual chidamsizlikda;
preparatning barcha tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda;
prostata bezi adenomasida;
og‘ir yurak-qon tomir va buyrak kasalliklarida;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Qo‘llash usulidan chetga chiqilmasin.
Farmakologik ta'siri
Biologik faol qo‘shimcha «Xoup» - o‘simliklardan olingan preparat bo‘lib, erkaklarda jinsiy a'zolar funktsiyasi buzilishini tiklaydi, spermatogenezni oshiradi.
Ta'siri
jinsiy tizimning funktsiyalarini faollashtiradi;
erkaklarda jinsiy libidoni yaxshilaydi;
sperma shakllanishini yaxshilaydi;
sperma sifatini yaxshilaydi;
xolesterin miqdorini kamaytiradi;
jigar ish-faoliyatini yaxshilaydi;
siydik ajralishini me'yorlashtiradi;
o‘t pufagi faoliyatini yaxshilaydi;
ichak peristalьtikasini kuchaytiradi;
qon bosimini normallashtiradi;
umumiy tetiklantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Erkaklarda jinsiy quvvatsizlikni qayta tiklash uchun: 2 kapsuladan kuniga 2 mahal, ovqat qabul qilish vaqtida. Jinsiy quvvatsizlikni tiklash muddati-kamida 40-50 kun.
Erkaklarda salomatlikni qayta tiklash (bepushtlik) - birinchi 15 kun: 2 kapsuladan, kuniga 2 mahal, ovqat qabul qilish vaqtida. So‘ngra 3 kapsuladan kuniga 2 mahal. Qabul qilish muddati 70-90 kun.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












