Kurosurf ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KUROSURF®
CUROSURF
Preparatning savdo nomi: Kurosurf®
Xalqaro patentlanmagan nomi: tabiiy fosfolipidlar.
Dori shakli: endotraxeal yuborish uchun suspenziya 80 mg/ml.
Tarkibi:
1,5 ml li 1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
Faol komponent: Alfa Poraktant – 120 mg.
Yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.
3,0 ml li 1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
Faol komponent: Alfa Poraktant – 240 mg.
Yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.
1 ml suspenziyaning tarkibi:
Faol modda: Alfa Poraktant – 80 mg (fosfolipidlarning umumiy miqdorini taxminan 74 mg ga muvofiq keladi).
Yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi:
Ishlab chiqarishdagi norma: oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan suspenziya.
Saqlashdagi norma: oqdan sariq rangligacha bo‘lgan suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi: Respirator tizim kasalliklarini davolash uchun boshqa vositalar. O‘pka surfaktantlari.
ATX kodi: R07AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
O‘pka surfaktanti alveolalarning ichki yuzasini qoplab turuvchi va o‘pkada sirt tarangligini pasaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, substansiyalar, asosan fosfolipidlar va spesifik proteinlarning aralashmasi hisoblanadi. Bu samara alveolalarni barqarorlashtirib, ekspirator fazasining oxirida alveolalarni yopishib qolishini bartaraf qiladi, butun nafas sikli davomida bir maromda ushlab turiladigan adekvat gaz almashinuviga yordam beradi. In vitro sharoitida Kurosurf minimal sirt tarangligini Wilhelmy uslubi bo‘yicha o‘lchanganda ≤4 mN/m gacha pasaytiradi. O‘pka surfaktantining har qanday sabablarga ko‘ra tanqisligi chala tug‘ilgan bolalarda respirator distress sindromi (RDS) yoki gialin qobig‘i kasalligi (GQK) nomi bilan yuritiladigan og‘ir respirator yetishmovchilikka olib keladi. RDS chala tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘tkir o‘limi va o‘tkir kasallanishi asosiy sababi hisoblanadi va u uzoq respirator va nevrologik asoratlarga olib kelishi mumkin. Kurosurf ekzogen surfaktantni endotraxeal yuborish yo‘li bilan o‘pkaning endogen surfaktanti tanqisligini to‘ldirish uchun ishlab chiqilgan. Kurosurfning sirt faolligi unga o‘pkada va havo-suyuqlik bo‘limlari yuzasida bir hil taqsimlanish imkonini beradi. Hayvonlarda chaqirilgan surfaktant tanqisligining turli modellarida Kurosurfning fiziologik va terapevtik samaralari ta‘riflangan. In vivo sharoitidagi bir nechta farmakodinamik tadqiqotlarda Kurosurf o‘pka komplaensini, o‘pkadagi gaz almashinuvini, chala tug‘ilgan quyonlarni yashab qolish ko‘rsatkichini yaxshilagan.
Gisterektomiya qilingan va darhol o‘ldirilgan chala tug‘ilgan quyonlarda Kurosurfni qo‘llash o‘pka hajmini sezilarni darajada oshishini chaqirgan.
Chala tug‘ilgan quyonlarda traxeal kateter orqali Kurosurfni yuborilgandan keyin kislorod bilan 100% ventilyasiya qilinishi o‘pkaning davriy xajmini va o‘pka-ko‘krak qafasi komplaensini nazorat guruhi hayvonlari bilan solishtirilganda ahamiyatli darajada oshishiga olib kelgan.
Farmakokinetikasi
Yangi tug‘ilgan quyonlarda endotraxeal yuborilgandan keyin Kurosurf yarim chiqarilish davri 67 soat atrofida bo‘lgan14S-nishonlangan dipalmitoil-fosfatidilxolin ko‘rinishida asosan o‘pkada ushlanib qolgan. Yuborilgandan keyin 48 soatdan so‘ng surfaktant lipidlarini faqat qoldiqlarigina o‘pkadan boshqa zardob va a‘zolarda aniqlanishi mumkin.
Kurosurfni to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsadli a‘zoga biofizik samaralar yuz beradigan alveola yuzasida yuboriladi. Katta va yangi tug‘ilgan quyonlarda 14S-DRRS ni (dipalmitoil-fosfatidil-xolin-Kurosurf) bir marta endotraxeal yuborilgandan keyin birinchi uch soatda radionishonlangan komponentning taxminan 50% tezda chiqarib tashlanadi. 24 soatdan keyin, yangi tug‘ilgan quyonlardagi 20% chiqarilishiga nisbatan, katta quyonlarning o‘pkasidan radionishonlangan DRRS ning taxminan 45%chiqariladi. Yangi tug‘ilgan quyonlarda Kurosurf-14S-DRRS alveolyar bo‘shliqdan o‘pkaning parenximasiga o‘tadi va keyin yana alveolaga chiqariladi, ayni paytda katta quyonlarda DRRS ning katta qismi bu siklni o‘tmaydi. O‘pkadan yarim chiqarilish davri katta quyonlarda 25 soatni va yangi tug‘ilgan quyonlarda 67 soatni tashkil qiladi. 14S-DRRS ning alveolyar makrofaglardagi konsentrasiyasi yangi tug‘ilgan va katta quyonlarning o‘pkasidagi konsentrasiyasini ≤2% ni tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan quyonlarni zardobi, jigari, buyraklari va miyasidagi 14S-DRRS ning 48 soatdan keyin aniqlanadigan miqdori, umumiy yuborilgan 14S-DRRS ning 0,32% dan 0,52% gachani tashkil qiladi. Kurosurf preparatida surfaktant bilan bog‘liq proteinlarning metabolik darajasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Odamlarda Kurosurfni so‘rilishi, biotransformasiyasi yoki chiqarilishini aniqlash uchun farmakokinetik tadqiqot o‘tkazilmagan. Kurosurfda fosfolipidlarni borligini baholash uchun klinika oldi tadqiqotlari o‘tkazilgan.
Qo‘llanilishi
Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromini (RDS) davolash. Homila pardalari yorilgandan keyin uzoq vaqt oralig‘idan (3 haftadan ortiq) so‘ng tug‘ilgan RDS bo‘lgan bolalar davolashga optimal javob bermaydi. Tug‘ilganida tana vazni 600 g dan kam bo‘lgan bolalarda dori vositasini qo‘llash tajribasi yo‘q. RDS rivojlanish xavfi yoki surfaktant tanqisligi ma‘lum bo‘lgan gestasion yoshi 24-31 haftalik chala tug‘ilgan bolalarda profilaktik qo‘llash uchun buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Shoshilinch terapiya
Tavsiya qilinadigan boshlang‘ich 100-200 mg/kg (1,25-2,5 ml/kg) dozani RDS tashxisi qo‘yilgandan keyin, iloji boricha tezroq bir martalik doza ko‘rinishida yuboriladi. Qo‘shimcha doza 100 mg/kg (1,25 ml/kg) 12 soatlik interval bilan yuboriladi; qo‘shimcha doza shuningdek, agar RDS ni sababchisi yangi tug‘ilgan bolalarda avj olmaydigan yoki og‘irlashuvirespirator holat hisoblansa (maksimal umumiy doza 300-400 mg/kg) ham qo‘llanadi.
Profilaktika
Bir martalik 100-200 mg/kg dozani tug‘ilgandan keyin iloji boricha tezroq (asosan birinchi 15 minut davomida) yuborish lozim. Keyinchalik birinchi dozadan keyin har 6-12 soatda 100 mg/kg yuboriladi, so‘ngra RDS ning doimiy davom etuvchi persistisiya belgilari bo‘lgan va o‘pka sun‘iy ventilyasiyasi holatida bo‘lgan bolalarda (maksimal umumiy doza 300-400 mg/kg) yuboriladi.
Qo‘llash usuli
Preparat faqat stasionar sharoitida, chala tug‘ilgan bolalarni davolash va reanimasiyasi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan shifokor tomonidan qo‘llanishi kerak. O‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasi holatida (O‘SV) bo‘lgan intubasiya qilingan bolalarda endotraxeal yuborishni yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ixtisoslashtirilgan bo‘limlarda yurak qisqarishlari sonini (YUQS) muntazam monitoringi, arterial qon tomir havzasida qislorodning konsentrasiyasini yoki qonni kislorod bilan ta‘minlanishini doimiy monitoringi bilan o‘tkaziladi. Kurosurf qo‘llashga tayyor preparat ko‘rinishida flakonlarda keltiriladi, uni sovutgichda 2-8oS bo‘lgan haroratda saqlanadi. Preparatni qo‘llashdan oldin xona haroratigacha isitiladi, masalan qo‘lda bir necha minut ushlab, ehtiyotkorlik bilan burab, chayqatmasdan bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha ilitiladi.
Flakondan Kurosurfni steril shpris bilan tortib olinadi.
Kurosurfni:
a. bolani O‘SV apparatidan chiqarib olib yuborish mumkin.
Bolani O‘SV apparatidan shu zahoti chiqarib olish va suspenziyani endotraxeal kateter orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri traxeyaning pastki qismiga 1,25 mg/kg dan 2,5 ml/kg gacha (100-
200 mg/kg) bir martalik bolyus ko‘rinishida yuborish kerak. Nafas beruvchi qopi yordamida taxminan bir minut davomida o‘pka ventilyasiyasi o‘tkaziladi, keyin bolani yana preparatni yuborishdan oldingi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, O‘SV apparatiga ulanadi. Zarurat bo‘lganida keyingi dozani (1,25 mg/kg) xuddi shunday tarzda; yoki
- bolani O‘SV apparatidan chiqarib olmasdan yuboriladi.
Suspenziyani 1,25 dan 2,5 ml/kg gacha (100-200 mg/kg) bo‘lgan dozada kateterning aspirasiya porti orqali va endotraxeal trubkadan o‘tkazib to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir martalik bolyus ko‘rinishida yuboriladi. Zarurat bo‘lganida keyingi dozani (1,2 ml/kg) xuddi shunday tarzda yuboriladi.
s. uchinchi yuborish yo‘li endotraxeal trubka orqali tug‘ruq zalida mexanik ventilyasiyani boshlashdan avval bunday hollarda ekstubasiyadan keyin nafas beruvchi qopcha yordamida bilan ventilyasiya qo‘llanadi va keyinchalik tug‘ruq zalida yoki kechroq yangi tug‘ilganlar uchun bo‘limga joylashtirilgandan keyin bir variant kabi SRAR ga o‘tiladi (Intubation SURfactant Extubation-INSRE).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Klinik tadqiqotlarda va postmarketing davrida kuzatiladigan noxush nojo‘ya samaralar quyidagi jadval sifatida tizim a‘zolarisinfi va namoyon bo‘lish tez-tezligiga muvofiq jamlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 va <1/10); tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 ga); kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000); juda kam hollarda (<1/10,000); no‘malum (mavjud ma‘lumotlar asosida baxolash mumkin emas).
Guruhlar bo‘yicha tizimlash | Nojo‘ya reaksiyalar | Tez-tezligi |
Infeksiyalar va invaziyalar | Sepsis | tez-tez emas |
Nerv tizimi buzilishlari | boshmiyaga qon quyilishi | tez-tez emas |
Yurak tomonidan buzilishlar | bradikardiya | kam hollarda |
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar | gipotenziya | kam hollarda |
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan | bronx o‘pka displaziya | kam hollarda |
pnevmotoraks | tez-tez emas | |
o‘pkadan qon ketishi | kam hollarda | |
giperoksiya | noma‘lum | |
chaqaloqlar sianozi | noma‘lum | |
apnoe | noma‘lum | |
Laboratoriya va instrumental tadqiqotlar natijalariga ta‘siri | kislorod bilan to‘yinishni pasayishi | kam hollarda |
EKG dagi o‘zgarishlar | noma‘lum | |
Jarohatlar, intoksikasiyalar va manipulyasiya asoratlari | endotraxeal intubasiya asoratlari | noma‘lum |
Apnoe va sepsis chaqaloqlarni rivojlanib yetilmaganligi oqibati bo‘lishi mumkin.
Kurosurf yuborilgandan keyin intrakranial qon quyilishi hollari o‘rtacha arterial qon bosimini pasayishi va arterial qon tomir havzasida oksigenasiyaning ilk cho‘qqisi (RaO2) bilan bog‘liq. Preparat yuborilgandan keyin darhol RaO2 ning yuqori cho‘qqisini, O‘SV apparatini ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish orqali bartaraf etish tavsiya qilinadi. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda Kurosurfni (boshqa surfaktantlar kabi) qabul qilgan bolalarda arterial yo‘lni ochiq qolish hollari sonini oshishiga biroz tendensiyani bo‘lishi kuzatilgan.
Kurosurfning oqsil komponentlariga nisbatan antitelalarni hosil bo‘lish holatlari kuzatilgan bo‘lib, hozirgi vaqtgacha bu holat klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda serebral qon ketishlar va serebral ishemiya holatlarini nisbatan ko‘proquchrash holatlari mavjud, o‘tkazilgan jadal davolanishga qaramay,periventikulyar leykomalyasiya va arterial yo‘lni ochiq qolishi va homila sirkulyasiyasini persistensiyasi kabi gemodinamik buzilishlar to‘g‘risida xabar qilingan. Bunday bolalarda shuningdek pnevmoniya va bakteriemiya (yoki septisemiya) kabi infeksiyalarni rivojlanishining yuqori xavfi mavjud.
Perinatal davrda tirishishlar bo‘lishi mumkin. Chala tug‘ilgan bolalarda shuningdek ko‘pincha gematologik va elektrolit buzilishlar rivojlanadi, ular kasallikni og‘irligi va mexanik ventilyasiyaga qarab chuqurlashishi mumkin. Muddatdan oldingi tug‘ruq asoratlari manzarasini kasallikni og‘irlashuvi va mexanik ventilyasiyani qo‘llanishi, qayta ventilyasiyani zarurati bilan bog‘liq quyidagi buzilishlar: pnevmotoraks, interstisial o‘pka emfizemasi va o‘pkadan qon ketishi to‘ldiradi. Va nihoyat kislorodni uzoq vaqt yuqori konsentrasiyalarda qo‘llash va mexanik ventilyasiya muddatdan oldin tug‘ruqlarda bronxo‘pka displaziyasini va retinopatiyani rivojlanishiga olib keladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatnining faol substansiyasiga yoki to‘ldiruvchilariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Spesifik qarshi ko‘rsatmalari noma‘lum.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kurosurf preparati bilan davolashni boshlashdan oldin bolaning umumiy holatini barqarorlashtirish kerak. Asidoz, gipotenziya, anemiya, gipoglikemiya va gipotermiyani muvofiqlashtirish tavsiya qilinadi.
Reflyuks hollarida Kurosurfni yuborishni to‘xtatish va zarurati bo‘lganida O‘SV apparatida cho‘qqi inspirator bosimini endotraxeal trubkani tozalash uchun zarur bo‘lgan darajagacha oshirish lozim.
Bolalarda shilliqni to‘planib qolish oqibatida endotraxeal trubkani tiqilib qolish hollarida preparatni yuborilganda yoki yuborgandan keyin darhol ventilyasiya sezilardi darajada yomonlashadi, bu preparatni yuborishdan oldin bolada o‘pkada shilliq sekresiyasi bo‘lganida yuz beradi. Preparatni yuborishdan oldin shilliqni so‘rib olinishi endotraxeal trubkani tiqilib qolish ehtimolini pasaytirishi mumkin. Endotraxeal trubkada obstruksiyani bartaraf etish mumkin bo‘lmagan hollarda trubkani darhol almashtirish zarur.
Preparat yuborilgandan keyin, hayot uchun xavf tug‘diruvchi sharoitdan tashqari hollarda, kamida 6 soat davomida traxeobronxial sekretni aspirasiyasini o‘tkazish tavsiya qilinmaydi.
Bradikardiya, arterial gipotenziya va qonni kislorod bilan to‘yinishini pasayishi hollari paydo bo‘lganda Kurosurfni yuborishni to‘xtatish va YUQS normallashtirish bo‘yicha zaruriy choralarni o‘tkazish kerak, undan keyin davolashni davom ettirish mumkin. Bolaning holati barqarorlashgandan keyin hayotiy muhim faoliyatlarni monitoringi zarur.
Kurosurfni qo‘llangandan keyin o‘pka komplaensi (ko‘krak kafasini hajmini oshishi) va oksigenasiya tezda muvofiqlashtirish yaxshilanishi mumkin, shuning uchun O‘SV apparati ko‘rsatkichlarini tezda talab qilinadi.
Alveolalarda gaz almashinuvini yaxshilanishi arterial tarmoqda kislorod konsentrasiyasini tezda oshishiga olib kelishi mumkin; shuning uchun giperoksiyadan saqlanish uchun yutiladigan kislorodning konsentrasiyasini tezda muvofiqlashtirish talab qilinadi. Qonda oksigenasiyani tegishli ko‘rsatkichlarini bir maromda ushlab turish uchun qonda davriy gaz tahliliga qo‘shimcha RaO2 yoki kislorod bilan to‘yinishini uzoq vaqt monitoring qilish tavsiya qilinadi.
Keyingi davolanish uchun bunday qurilmalar bo‘lgan bo‘limlarda uzoq vaqt nazal pozitiv bosimni (nCPAP)ishlatish mumkin.
Surfaktant qabul qiladigan bolalar infeksiyasi belgilarini borligicha sinchkov nazorat qilinishlari kerak. Infeksiyaning ilk belgilari paydo bo‘lganida bolaga antibiotiklar bilan muvofiq davolash buyurilishi kerak.
Kurosurf bilan davolanishga qoniqarsiz javob bo‘lgan hollarda yoki holatni tezda ortga qaytishida, preparatning keyingi dozasini qo‘llashdan oldin ochiq arterial yo‘l yoki o‘pkaning pnevmoniya kabi boshqa kasalliklariga o‘xshash organizmni yetilishi asoratlariga e‘tiborni qaratish tavsiya qilinadi.
Homila pardasi yorilgandan keyin uzoq vaqt o‘tgach (3 haftadan ko‘p) tug‘ilgan bolalar preparat bilan o‘rinbosar davolanishni yomon qabul qiladilar, bu esa o‘pka gipoplaziyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va ekzogen surfaktantga optimal javob namoyon etmasligi mumkin.
Preparatni yuborish RDS og‘irligini yoki uni paydo bo‘lishini pasaytirishi mumkin, ammo davolash o‘limni va muddatdan oldingi tug‘ruq bilan bog‘liq kasalliklarni to‘liq bartaraf qilishini taxmin qilish mumkin emas, chunki muddatdan oldin tug‘ilgan to‘liq yetuk bo‘lmagan bolalar boshqa asoratlarga uchrashi mumkin. Kurosurf qo‘llangandan keyin 2 dan 10 minutgacha davom etadigan miyaning elektrik faolligini tranzitor depressiya holatlari aniqlangan. Bu faqat bitta tekshirishda kuzatilgan bo‘lib, uning ta‘siri aniq emas.
Preparatni tug‘ruq zalida mos qurilmalar bo‘lganida profilaktik maqsadda qo‘llashni quyidagi tavsiyalarga muvofiq o‘tkazish lozim.
- 27 haftadan kichik gestasion yoshdagi deyarli hamma chaqaloqlarni profilaktika (tug‘ilgandan keyin 15 minut davomida) qilish tavsiya qilinadi.
- 26 va <30 haftadan katta gestasion yoshdagi chaqaloqlarda, agar tug‘ruq zalida intubasiyaga zarurat bo‘lsa va ona prenatal davrda kortikosteroidlarni qabul qilmagan bo‘lsa, profilaktika qilish tavsiya qilinadi:
- Kortikosteroidlarni prenatal davrda qo‘llanganda surfaktantni faqat RDS rivojlanganda qo‘llash lozim.
Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda xavf omillarini e‘tiborga olgan holda, profilaktika qilish shuningdek quyidagi omillar bo‘lganida: onada perinatal asfiksiya, qandli diabetni bo‘lishi, bolani erkak jinsida, RDS ga oilaviy moyillikni, kesarevo kesishi operasiyasi, ko‘p homilalik homiladorlikda ham profilaktika tavsiya etiladi. Muddatdan oldin tug‘ilishning qolgan hamma hollarida iloji boricha surfaktantni erta yoki hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha selektiv qo‘llash tavsiya qilinadi.
100-200 mg/kg dan boshqa boshlang‘ich dozalarni samaralar to‘g‘risida, har 12 soatda qo‘llashga nisbatdan tez-tez qo‘llanishi yoki Kurosurfni RDS tashxisi qo‘yilgandan keyin 15 soatdan so‘ng qo‘llanishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Kurosurfni muddatdan oldin tug‘ilgan og‘ir gipotenziyasi bo‘lgan bolalarda qo‘llanishi tekshirilmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha Kurosurf preparatini qo‘llanganda dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.
Shunga qaramay, dozani oshirib yuborilish hollarida va faqat aniq klinik ko‘rinishlarida (nafas, ventilyasiya yoki oksigenasiya tomonidan) mumkin qadar maksimal suspenziyani aspirasiyasini o‘tkazish kerak, bir maromda ushlab turuvchi tadbirlar, xususan suv-elektrolit muvozanatini bir maromda ushlab turishi lozim.
Chiqarilish shakli
Preparat 1,5 ml dan xlorbutilli tiqin bilan berkitilgan, alyumin qopqoq bilan yopilgan va plastik qopqoq bilan berkitilgan rangsiz shisha flakonda. Bir flakon penoplastli futlyarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Qorong‘i joyda, 2 dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
18 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Stasionar sharoitida maxsus klinikalarda qo‘llash uchun.
Chiqarish shakllari