MIDZO
MIDZO chiqarilish shakllari

MIDZO haqida qo'llanma
Tarkibi
Ta’sir etuvchi modda:
Tsianamid – 60,0 mg;
Yordamchi moddalar:
Sorbin kislotasi – 0,2 mg, sirka kislotasi – 0,47 mg, natriy atsetati trigidrati – 0,47 mg, tozalangan suv – 1,0 ml gacha.
Farmakodinamikasi
Tsianamidning ta’siri etil spirti metabolizmida (modda almashinuvida) ishtirok etadigan atsetaldegiddegidrogenaza fermentining blokadasiga (faoliyatini to‘xtatishiga) asoslangan. Bu etil spirti metaboliti – atsetaldegid konsentratsiyasining oshishiga olib keladi. Atsetaldegid esa salbiy hissiyotlarni (yuzga qon oqib kelishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, hansirash va hokazolarni) keltirib chiqaradi.Bunday holatlar preparatni qabul qilgandan so‘ng alkogol iste’mol qilishni o‘ta yoqimsiz holga keltiradi. Natijada, spirtli ichimliklarning ta’mi va hidiga nisbatan shartli-reflektor jirkanish (nafrat) shakllanadi.
Farmakokinetikasi
Tsianamidning alkogolga nisbatan sensibilizatsiyalovchi (sezuvchanlikni oshiruvchi) ta’siri disulfiramga qaraganda ertaroq (taxminan 45-60 daqiqadan so‘ng) namoyon bo‘ladi va qisqaroq (taxminan 12 soat) davom etadi
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

