Tamoksifenning aptekalardagi narxlari
TAMOKSIFEN EBEVE tabletkalari 20mg N30
|
|
2 ta dorixonada bor
|
369 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
TAMOKSIFEN(MAMOFEN 20) tabletkalari 20mg N100
|
|
1 ta dorixonada bor
|
134 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
TAMOKSIFEN-OZON tabletkalari 20mg N30
|
|
6 ta dorixonada bor
|
55 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
TAMOKSIFEN tabletkalari 10mg N30
|
|
34 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
84 000 so'mdan
Bron qilish
|
TAMOKSIFEN tabletkalari 20mg N30
|
|
26 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Tamoksifen ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TAMOKSIFEN
TAMOXIFEN
Preparatning savdo nomi: Tamoksifen
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tamoksifen sitrati
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 30,4 mg tamoksifen sitratini saqlaydi, bu 20 mg tamoksifenga ekvivalentdir;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kraxmal glikolyati, povidon (kollidon 25), mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, titan dioksidi, gipromelloza, makrogol 4000.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘linish chizig‘i bo‘lgan, bir xil oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: O‘smalarga qarshi va immunomodullovchi vositalar. Endokrin davolashda qo‘llaniladigan gormonal antagonistlar va o‘zaro bog‘langan antiestrogen vositalar, tamoksifen.
ATX kodi: L02BA01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Tamoksifen estrogenlarni mazkur gormonning sitoplazmatik reseptorlari bilan bog‘lanishini raqobat asosida ingibisiya qiladi va shu tarzda estrogen-sezuvchan to‘qimalarda hujayralarning bo‘linishini sekinlashtiradi. Masalan ko‘krak bezining metastatik rakida o‘sma to‘qimasida estrogenga reseptorlar mavjud bo‘lgan holda 50-60% hollarda, ayniqsa yumshoq to‘qimalarda yoki suyaklarda metastazalar sohasida to‘liq yoki qisman remissiya kuzatiladi. O‘smaning, xususan metastazalarning manfiy gormon-reseptor statusida ob‘ektiv remissiya faqat taxminan 10% hollarda kuzatiladi. Estrogen-musbat o‘smalari yoki aniqlanmagan reseptor statusli o‘smalari bo‘lgan ayollarda tamoksifen bilan ad‘yuvant davolash fonida residivlarning sezilarli darajada kam soni va 10 yillik yashovchanlikning ancha yuqori ko‘rsatkichlari kuzatilgan. Bunda 5 yillik davolash 1 yil yoki 2 yil davom etadigan davolashga nisbatan sezilarli darajada yaxshi ta‘sir ko‘rsatgan. Mazkur afzallik yoshga, menopauzaning mavjudligiga, tamoksifen dozasiga va qo‘shimcha kimyo terapiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Menopauzadan keyingi davrdagi ayollarda tamoksifen umumiy xolesterin darajasini va qonda LPNP darajalarini 10-20% ga pasayishini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, preparat menopauzadan keyingi davrdagi ayollarda suyakning mineral zichligi saqlanib turilishini ta‘minlaydi.
CYP2D6 izofermentining faolligi bo‘yicha polimorfizm tamoksifen bilan davolashda erishiladigan klinik ta‘sirdagi farqni keltirib chiqarishi mumkin. CYP2D6 bo‘yicha sekin metabolizm qiluvchilarda davolash samarasini pasayishi kuzatilishi mumkin. CYP2D6 bo‘yicha sekin metabolizm qiluvchilarni tamoksifen bilan davolash uchun ushbu ma‘lumotlarning ahamiyati to‘liq o‘rganilmagan.
Mavjud klinik ma‘lumotlar CYP2D6 nofunksionalligi alleli bo‘yicha gomozigot bo‘lgan menopauzadan keyingi davrdagi pasientlarda ko‘krak bezi rakini davolashda tamoksifenning davolash samarasini pasayishi kuzatilishi mumkin («Maxsus ko‘rsatmalar» va «Farmakokinetikasi» bo‘limlariga qarang).
Bolalar va o‘smirlar
Preparatni 12 oy davomida sutkada bir marta 20 mg dozada qabul qilgan va tadqiqot boshlanishiga qadar qindan qon ketishi haqida xabar bergan, Mak Kyun–Olbrayt sindromili 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan nazorat qilinmaydigan tadqiqotda ularning 62% da tadqiqotning dastlabki 6 oyi davomida va 33% da butun tadqiqot davomida qon ketishning yo‘qligi qayd etilgan. Bachadonning o‘rtacha hajmi 6 oylik davolashdan keyin kattalashib borgan va bir yillik tadqiqot yakuniga kelib ikki marta ortgan.
Ushbu ma‘lumotlar tamoksifenning farmakodinamik xususiyatlariga mos kelishiga qaramay, sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan. Bolalarda preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llanilishi xavfsizligi haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas; tamoksifenni uzoq vaqt davomida qo‘llanilishini o‘sishga, jinsiy jihatdan yetilishga va umumiy rivojlanishga ta‘siri o‘rganilmagan.
Farmakokinetikasi
Tamoksifen yaxshi so‘riladi. Bir martalik doza ichga qabul qilinganidan keyin zardobda maksimal konsentrasiyasiga 4–7 soat davomida erishiladi.
Tamoksifenning 98% i qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Qon plazmasidan yarim chiqarilishi yakuniy davrining o‘rtacha qiymati – 7 sutka. Tamoksifen ko‘proq CYP3A4 izofermenti bilan N-desmetil-tamoksifenga qadar va so‘ngra CYP2D6 izofermenti bilan boshqa faol metaboliti 4-gidroksi-N-desmetil-tamoksifen (endoksifen)ga qadar metabolizmga uchraydi.
CYP2D6 izofermenti faolligi past bo‘lgan pasientlarda endoksifen konsentrasiyasi CYP2D6 normal faollikda bo‘lgan pasientlarga nisbatan taxminan 75% ga past. CYP2D6 kuchli ingibitorlarini qabul qilish endoksifenning plazmadagi konsentrasiyasini taxminan o‘sha darajada pasayishiga imkon beradi.
N-desmetil-tamoksifen va boshqa metabolitlar dastlabki moddadagi kabi deyarli aynan shunday antiestrogen faolligiga ega. Tamoksifen va uning metabolitlari jigar, o‘pka, bosh miya, me‘da osti bezi, teri va suyaklarda to‘planadi. Yaqqol ifodalangan ichak-jigar resirkulyasiyasi oqibatida tamoksifen uzoq vaqt davomida davolashda zardobda to‘planadi. Har kuni 20–40 mg doza qabul qilinganida muvozanat holatiga kamida 4 haftadan so‘ng erishiladi.
Asosan metabolitlar ko‘rinishida najas massalari bilan chiqariladi.
Bolalar va o‘smirlarda
Preparatni 12 oygacha sutkada bir marta 20 mg dozada qabul qilgan, Mak Kyun–Olbrayt sindromili 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalarda yoshga bog‘liq bo‘lgan holda kattalarga nisbatan yosh ishtirokchilarda ekspozisiyani to 50% ga qadar klirensni pasayishi kuzatilgan.
Qo‘llanilishi
Ko‘krak bezi raki yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki davolashdan keyin ad‘yuvant davolashda.
Ko‘krak bezining metastazali rakida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ko‘pchilik hollarda tamoksifenning sutkalik dozasi 20 mg dan 40 mg gacha chegarasida bo‘ladi.
Odatda tamoksifenni 20 mg li dozasi yetarlicha samarador bo‘ladi. Ichga qabul qilinadi.
Tabletkalar ovqatlanish vaqtida butunligicha, yetarli miqdordagi suv (masalan bir stakan suv) bilan ichiladi.
Preparat bilan davolash odatda uzoq muddatli bo‘ladi va tajribali onkolog nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Musbat gormon-reseptor statusli erta bosqichdagi ko‘krak bezi rakini ad‘yuvant davolashda tavsiya etiladigan davolash davomiyligi kamida 5 yilni tashkil etadi. Tamoksifen bilan davolashning optimal davomiyligi hali o‘rganilmoqda. Tamoksifenni bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlar tamoksifenni farmakologik ta‘sir mexanizmidan (masalan, quyilishlar, qindan qon ketishlar, qindan ajralmalar, genital qichishish, shikastlangan sohada og‘riq) kelib chiqishi ham, umumiy tusda (masalan, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan dori ta‘sirini ko‘tara olmaslik, bosh og‘rig‘i, ongni xiralashishi, suyuqlikni ushlanib qolishi va alopesiya) bo‘lishi ham mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlar rivojlanishi tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1,000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10 000 va <1/1 000), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi aniqlanmagan (mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra tez-tezligini aniqlash mumkin emas).
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: tranzitor anemiya.
Tez-tez emas: leykopeniya, tranzitor trombositopeniya (odatda 80000 dan 90000/mkl gacha, va gohida undan kam ko‘rsatkichlar bilan).
Kam hollarda: agranulositoz, neytropeniya.
Juda kam hollarda: og‘ir neytropeniya, pansitopeniya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ongni xiralashishi, bosh og‘rig‘i, sensor buzilishlari (shu jumladan paresteziya va disgevziya).
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: katarakta natijasida ko‘rishni buzilishi (faqat qisman qaytuvchan), muguz pardasini xiralashishi (kam hollarda) va (yoki) retinopatiyalar. Katarakta rivojlanishi xavfi tamoksifen bilan davolash davomiyligi bilan oshib boradi.
Kam hollarda: ko‘rish nervining neyropatiyasi, ko‘rish nervining nevriti (uncha ko‘p bo‘lmagan hollarda ko‘rlik rivojlangan).
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: interstisial pnevmonit.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi.
Tez-tez: qusish, diareya, qabziyat.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: teri toshmasi (shu jumladan ko‘p shaklli eritema, Stivens–Djonson sindromi, bullyoz pemfigoidi haqidagi kam uchraydigan xabarlar).
Tez-tez: alopesiya, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish haqidagi kam uchraydigan xabarlar.
Kam hollarda: teri vaskuliti.
Juda kam hollarda: teri qizil yugurigi.
Sklet-mushaklar va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Tez-tez: mialgiya.
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: suyak metastazalari bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa davolashni boshlanishida giperkalsiemiya.
Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: suyuqlikning ushlanib qolinishi.
Tez-tez: qon zardobida trigliseridlar darajasini oshishi.
Juda kam hollarda: og‘ir gipertrigliseridemiya, gohida pankreatit bilan birga.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ishemik serebrovaskulyar buzilishlar, oyoqlarda tomir tortishishlari, tromboembolik buzilishlar, shu jumladan chuqur venalarning trombozi, mikrotomir trombozi va o‘pka tomirlari emboliyasi. Kimyo terapiyasi bilan birga qo‘llanganida tromboembolik buzilishlar xavfi oshadi.
Tez-tez emas: insult.
Umumiy buzilishlar va yuborilish joylaridagi buzilishlar
Juda tez-tez: tamoksifenni antiestrogen ta‘siri bilan qisman bog‘liq quyilishlar, charchoq.
Kam hollarda: davolash kursi boshlanishida tamoksifen bilan davolashga javoban suyaklarda va shikastlangan to‘qima sohasida og‘riq.
Jigar va safro yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: jigar fermentlari darajasini o‘zgarishi, jigarda yog‘ distrofiyasi.
Tez-tez emas: jigar sirrozi.
Juda kam hollarda: xolestaz, gepatit, sariqlik, gepatosellyulyar nekroz, gepatosellyulyar shikastlanishlar, og‘ir jigar yetishmovchiligi. Jigarning ayrim og‘irroq shikastlanishlari hollari o‘lim bilan yakun topgan.
Jinsiy organlar va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: qindan ajralmalar, premenopauzadagi ayollarda hayz siklining to hayz so‘ndirilishigacha bo‘lgan buzilishi, qindan qon ketishlar.
Tez-tez: vulva qichishishi, bachadon miomasini kattalashishi, proliferativ endometrial o‘zgarishlar (endometriyada yangi o‘smalar, endometriyada giperplaziya va poliplar hamda kam holda endometrioz).
Tez-tez emas: endometriya raki.
Zamonaviy ma‘lumotlar tamoksifen bilan davolash davomiyligi uzayib borishi bilan endometriya raki rivojlanishi xavfi tamoksifenni qabul qilmayotgan ayollarga nisbatan 2–4 marta oshishi haqida dalolat beradi.
Kam hollarda: tuxumdon kistalari, bachadon sarkomasi (asosan xavfli aralash myuller o‘smalari), vaginal poliplar.
Tug‘ma, oilaviy va irsiy buzilishlar
Kam hollarda: kechki teri porfiriyasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning ta‘sir etuvchi moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalariga ma‘lum yuqori sezuvchanlik.
- Bolalar va o‘smirlar.
- Homiladorlik.
- Emizish.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tamoksifen bilan davolash vaqtida gormonal preparatlarni va xususan estrogenni saqlaydigan preparatlarni (masalan oral kontraseptivlarni) qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki preparatlar samaradorligini o‘zaro kuchsizlantirilishi yuz berishi mumkin.
Tamoksifen va letrozol aromatazasi ingibitorini birgalikda qo‘llanilganida oxirgisining plazma konsentrasiyalari 37% ga pasaygan. Ad‘yuvant davolash sifatida tamoksifenni aromataza ingibitori bilan kombinasiyada qo‘llashda tamoksifen bilan monoterapiyaga taqqoslanganda samaradorlik oshishi aniqlanmagan.
Tamoksifen bilan davolash fonida antiagregant preparatlarini qo‘llash mumkin emas, chunki bu ehtimol qilingan trombositopenik fazasida qon ketishi rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Tamoksifenni kumarin qatori antikoagulyantlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi qon ivishi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini (protrombin vaqti uzayishini) keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bunday preparatlarni birgalikda qo‘llanilganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini (ayniqsa davolashni boshlanishida) sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur.
Tamoksifen bilan davolash fonida tromboembolik holatlar, shu jumladan chuqur venalar trombozi va o‘pka tomirlarining tromboemboliyasi yuz berishining tez-tezligi oshishi haqida ma‘lumotlar mavjud. Ushbu holatlarni yuz berish tez-tezligi kimyo terapiyasi birga qo‘llanilishi fonida oshadi.
Tamoksifen va uning asosiy metabolitlari R450 sitoxromi tizimi oksidazalarining kuchli ingibitorlari hisoblanadi. Tamoksifenni ushbu izofermentlar bilan faollashtiriladigan boshqa sitotoksik preparatlar (masalan, siklofosfamid) metabolizmiga va chiqarilishiga ta‘siri aniqlanmagan.
Ma‘lumki, odam organizmida tamoksifen metabolizmining asosiy yo‘li CYP3A4 izofermenti bilan katalizasiya qilinadigan demetillashdir. Adabiyotlarda ko‘rsatilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, CYP3A4 induktorlari (masalan, rifampisin) bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘sir qon plazmasida tamoksifen darajasini pasaytiradi. Mazkur kuzatuvning klinik ahamiyati noaniq.
Adabiyotlarda CYP2D6 ingibitorlari bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘sir natijasida endoksifenni (tamoksifenning eng faol metabolitlaridan birini) plazma konsentrasiyasi 65–75% ga pasayishi haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Bir qator tadqiqotlar davomida serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari guruhidagi ayrim antidepressantlar (masalan, paroksetin) bilan bir vaqtda buyurilganida tamoksifen samaradorligini pasayishi aniqlangan. CYP2D6 kuchli ingibitorlari (paroksetin, fluoksetin, xinidin, sinakalsetilibupropion kabi) bilan buyurilganida tamoksifen samaradorligini pasayishini istisno qilish mumkin emasligi tufayli, ularni birgalikda buyurilishidan imkon qadar tiyilish lozim («Maxsus ko‘rsatmalar» va «Farmakokinetikasi» bo‘limlariga qarang).
Bolalar va o‘smirlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siriga oid tadqiqotlar faqat kattalar ishtirokida o‘tkazilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Og‘ir trombositopeniya, leykopeniya yoki giperkalsiemiyada xavf va foydani individual baholash, shuningdek tibbiy nazorat talab qilinadi.
Tamoksifen bilan davolash vaqtida qon ko‘rsatkichlarini (ayniqsa trombositlarni), jigar faoliyatini va kalsiyning zardobdagi darajasini muntazam ravishda tekshirib borish zarur. Shuningdek trigliseridlar darajasini nazorat qilish ham maqsadga muvofiq.
Tamoksifen bilan davolash fonida endometriya raki va bachadon sarkomasi (asosan xavfli aralash myuller o‘smalari) rivojlanishining yuqori xavfi tufayli, menopauzadan keyingi davrda qindan barcha qon ketishlar, shuningdek premenopauzada nomuntazam hayz qon ketishlarining kelib chiqishi tabiatini aniqlashtirish talab qilinadi.
Asosiy rivojlanish mexanizmi noma‘lum bo‘lib, u tamoksifenning estrogenga o‘xshash ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ilgari bachadoni olib tashlanmagan pasientlar har yili endometriyada o‘zgarishlar rivojlanishiga doir ginekologiya ko‘rigidan o‘tishlari kerak. O‘smali metastazalari bo‘lgan pasientlarda takroriy ko‘riklar davrini shifokor belgilaydi.
Ko‘krak bezi raki yuzasidan tamoksifenni qabul qilayotgan premenopauzadagi ayollarda mazkur preparat hayzni so‘ndirishga qodir («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang).
Tamoksifen bilan davolashdan oldin oftalmologik tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Agar tamoksifen bilan davolash vaqtida ko‘rishni buzilishlari (katarakta va retinopatiya) yuzaga kelsa, darhol oftalmologik tekshiruvdan o‘tkazish zarur, chunki erta bosqichda aniqlangan ayrim buzilishlar davolash to‘xtatilganida bartaraf bo‘lishi mumkin.
Klinik tadqiqotlarda tamoksifen bilan davolash fonida boshqa organlarda (endometriyadan va kontralateral ko‘krak bezidan tashqarida) lokallashgan holda birlamchi o‘smalar rivojlanishining alohida hollari to‘g‘risida xabar berilgan. Preparatni qo‘llash bilan sabab bog‘lanishi aniqlanmagan, shu sababli ushbu ma‘lumotlarning klinik ahamiyati aniq emas.
Ko‘krak bezini mikrojarrohlik yo‘li bilan qayta tiklash keyinga qoldirilganida tamoksifen to‘qimalarning ko‘chirib o‘tkazilgan uchastkalarida mikrotomir asoratlari xavfini oshirishi mumkin.
CYP2D6 izofermenti bo‘yicha sekin metabolizm qiluvchilarda tamoksifenning eng muhim faol metabolitlaridan biri bo‘lgan endoksifenning ancha past plazma konsentrasiyalari kuzatiladi («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang).
CYP2D6 ingibitorlarini bir vaqtda buyurilishi endoksifenning faol metaboliti konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli tamoksifen bilan davolash o‘tkazilayotganda CYP2D6 kuchli ingibitorlarini (kakparoksetin, fluoksetin, xinidin, sinakalsetili bupropion kabi ingibitorlarni) bir vaqtda buyurilishidan imkon qadar tiyilish lozim.
Tamoksifen doping-testlarda musbat natijalarni berishi mumkin. Tamoksifenni doping preparat sifatida qo‘llanilganida salomatlik uchun salbiy ta‘sirni istisno qilish, shuningdek oqibatlarni oldindan bilish mumkin emas.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalarga ta‘siri haqida «Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang.
Preparat laktozani saqlaydi. Galaktoza ta‘sirini ko‘tara olmaslik, laktaz yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi sindromi kabi kam uchraydigan irsiy patologiyali pasientlar mazkur preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va emizish
Tamoksifenni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tajribasi yetarli emas. Ayollar tomonidan tamoksifen qabul qilinganidan keyin o‘z-o‘zidan yuz beradigan bola tashlashlar, tug‘ma nuqsonlar va homilani nobud bo‘lishi haqida kam sonli xabarlar olinganligiga qaramay sabab bog‘liqligi tasdiqlanmagan. Tamoksifenni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llash boshlanishidan oldin homiladorlik mavjudligini istisno qilish zarur.
Tamoksifen bilan davolash vaqtida ayollar homilador bo‘lishdan saqlanishi lozim.
Agar tamoksifen bilan davolash fonida yoki davolash tugaganidan keyin ikki oy davomida homiladorlik yuz bersa, ayollar homila uchun xavf ehtimoli borligi haqida bilishlari kerak.
Tamoksifen bilan davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin yana ikki oy davomida ayollar ishonchli nogormonal kontrasepsiya usullarini qo‘llashlari kerak («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Tamoksifen sutkada ikki marta 20 mg dozada laktasiyani so‘ndiradi. Laktasiya hatto davolash to‘xtatilganidan keyin ham tiklanmaydi. Bundan tashqari, tamoksifen ko‘krak sutiga singib o‘tishi noma‘lum. Shu sababli laktasiya davrida tamoksifenni qo‘llash mumkin emas. Agar tamoksifenni qo‘llash zarurati mavjud bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Premenopauzada bo‘lgan ayollarda tamoksifen hayzni so‘ndirishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir qilish ehtimoli kam. Shunga qaramay, tamoksifen bilan davolash fonida charchoq, ongning xiralashuvi va ko‘rishni buzilishi haqida xabar berilgan. Bunday simptomlari bo‘lgan pasientlar transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Odamda dozani oshirib yuborilishi haqida juda kam ma‘lum. Sutkada 160 mg/m2 va undan yuqori dozalari qo‘llanilganida EKG da o‘zgarishlar (QT intervalini uzayishi) kuzatilgan, sutkada 300 mg/m2 dozasi qo‘llanilganida esa neyrotoksiklik (tremor, giperrefleksiya, qadam tashlashning nobarqarorligi va bosh aylanishi) yuzaga kelgan.
Dozani oshirib yuborilishi nazariy jihatdan antiestrogen nojo‘ya ta‘sirlarning kuchayishini keltirib chiqarishi mumkin. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar dozani og‘ir darajada (davolash dozasiga nisbatan 100-200 marta) oshirib yuborilishi shuningdek estrogen ta‘sirlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Maxsus antidotlar mavjud emas, davolash simptomatik bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
PVX/PVDX/alyuminiyli folgadan tayyorlangan blisterda 10 ta tabletka joylangan. Karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga 3 blister joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari