Ташкент
logo
SavatKirish

Vitamin E Zentiva

- Vitamin E Zentiva qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitamin E Zentivaning tarkibi
- Vitamin E Zentiva ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitamin E Zentiva narxi Toshkent dorixonalarida

Vitamin E Zentiva qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITAMIN Ye ZENTIVA

VITAMIN E ZENTIVA

 

Qayd etish raqami: B-250-95 №27295 (Vitamin Ye 100 mg)

                                    B-250-95 №39296 (Vitamin Ye 200, 400 mg)

Preparatning savdo nomi: Vitamin Ye ZENTIVA

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): tokoferol asetati

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

100 mg kapsulalar:

Faol modda: alfa-tokoferol asetati – 100,000 mg;

Yordamchi moddalar: kungaboqar moyi – 7,500 mg;

Kapsulaning qobig‘i: jelatin – 49,380 mg, gliserol 85 % – 27,460 mg, metilparagidroksibenzoat – 0,049 mg, puns bo‘yovchisi [Ponso 4R] (Ye 124) – 0,220 mg, tozalangan suv – 32,898 mg.

200 mg kapsulalar:

Faol modda: alfa-tokoferol asetati – 200,000 mg;

Yordamchi moddalar: kungaboqar moyi – 15,000 mg;

Kapsulaning qobig‘i: jelatin – 71,824 mg, gliserol 85 % – 39,934 mg, metilparagidroksibenzoat – 0,072 mg, puns bo‘yovchisi [Ponso 4R] (Ye 124) – 0,319 mg, tozalangan suv – 47,851 mg.

400 mg kapsulalar:

Faol modda: alfa-tokoferola asetati – 400,000 mg;

Yordamchi moddalar: kungaboqar moyi – 30,000 mg;

Kapsulaning qobig‘i: jelatin – 112,225 mg, gliserol 85 % – 62,397 mg,

metilparagidroksibenzoat – 0,112 mg, puns bo‘yovchisi [Ponso 4R] (Ye 124) – 0,499 mg, tozalangan suv – 74,768 mg

Ta‘rifi: tiniq, och sariq moy bilan to‘ldirilgan qizil rangli, oval kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin

ATX kodi: A11NA03

 

Farmakologik xususiyatlari

Biologik faol tokoferollar hujayra nafasining oraliq birikmalarini molekulalarining funksional guruhlarini oksidlanishdan himoya qiladi. Faol tokoferollar organizmda oksidlanib semixinonlar hosil qiladi va tokoferollargacha yana qaytariladi.

Agar tokoferollar inson organizmida yetarli miqdorda bo‘lsa, ular beqaror mediatorlar va hujayra nafasi metabolitlarini oksidlanishdan himoya qiladi.

Patologik sharoitlarda hujayra metabolizmi darajasida ular oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida bufer vazifasini bajaradi.

Ye vitamini (alfa-tokoferol), tokoferollar ichida eng samaralisi bo‘lib, odam organizmida hujayra antioksidanti va kislorodning erkin radikallarini bog‘lovchi modda sifatida ta‘sir qiladi.

Ye vitamini antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi, gem va oqsillarning biosintezida, hujayralar proliferasiyasida va to‘qimalar metabolizmini boshqa muhim jarayonlarida ishtirok etadi, eritrositlar gemolizini oldini oladi.

Biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek qon tomirlar devorini mustahkamligi uchun zarurdir. Tabiiy antioksidant hisoblanadi, lipidlarni erkin radikallar tomonidan oksidlanishini tormozlaydi.

Fagositozni faollashtiradi va eritrositlarni normal rezistentligini saqlab turish uchun ishlatiladi.

Katta dozalarda trombositlarning agregasiyasini oldini oladi.

 

Farmakokinetikasi

12-barmoq ichakdan so‘rilishi (o‘t kislotalarining tuzlari, yog‘larni bo‘lishi, me‘da osti bezini normal faoliyat ko‘rsatishi zarur) – 20-40% so‘riladi. Dozasi oshirilganida so‘rilish darajasi pasayadi.

Maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – 4 soat. Barcha a‘zo va to‘qimalarda, ayniqsa yog‘ to‘qimasida to‘planadi. Oz miqdorda yo‘ldosh orqali o‘tadi: onaning qonidagi konsentrasiyasini 20-30% homila qoniga o‘tadi. Ko‘krak sutiga o‘tadi. Ekskresiyasi asosan me‘da-ichak yo‘llari orqali, o‘t bilan 90% dan ko‘proq qismi, 6% dan kamroq qismi buyraklar orqali glyukuronidlar va boshqa metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Ichga qabul qilinganida Ye vitamini me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Maksimal konsentrasiyaga 4-8 soatdan keyin erishiladi va 24 soat davomida saqlanadi. Preparat asosan safro bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Ye vitamini gipovitaminozini oldini olish va davolash (shu jumladan, skelet-mushak tizimini degenerativ va proliferativ o‘zgarishlari bilan kechuvchi, hususan, mushak distrofiyasi, amiotrofik yon skleroz (majmuaviy davolash tarkibida) bilan kechuvchi Ye vitaminini gipovitaminozida); surunkali gepatit (majmuaviy davolash tarkibida); og‘ir kasalliklar, jarohatlar, operasiyalardan keyingi rekonvalessensiya holatlari; og‘ir jismoniy yuklamalar; hayz ko‘rish siklini buzilishlarida (hayz ko‘rish siklining buzilishlarini gormonal davolashda majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat qo‘llanilishi faqatgina katta yoshdagi bemorlar uchun mo‘ljallangan.

Ye vitamini gipovitaminozini davolash

100 mg kapsulalar sutkada 1 martadan gipovitaminozning belgilari yo‘q bo‘lguniga qadar qabul qilinadi.

Suyak-mushak tizimini degenerativ va proliferativ o‘zgarishlari, xususan mushak distrofiyasi, yon amiotrofik skleroz bilan kechuvchi Ye vitamini gipovitaminozi (majmuaviy davolash tarkibida)

100 mg kapsulalar kuniga 1 martadan 1-2 oy davomida qabul qilinadi.

Surunkali gepatit bilan kechuvchi Ye vitamini gipovitaminozi (majmuaviy davolash tarkibida)

100 mg kapsulalar sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Og‘ir kasalliklardan, jarohatlar, operasiyalardan keyingi rekonvolessensiya holatlarida Ye vitamini gipovitaminozi

100 mg kapsulalar sutkada 1 marta 1-2 xafta davomida qabul qilinadi.

Jismoniy yuklamalar oshganida Ye vitamini gipovitaminozi

100 mg kapsulalar sutkada 1 marta jismoniy yuklamalar oshgan vaqtda qabul qilinadi.

Hayz ko‘rish siklini buzilishlari bilan kechuvchi Ye vitamini gipovitaminozi (hayz ko‘rish siklini buzilishi gormon bilan davolashda majmuaviy davolash tarkibida)

300-400 mg dan kunora bosqichma-bosqich, hayz ko‘rish siklini 17-kunidan boshlab oxirgi kunigacha (hayz ko‘rish siklini birinchi kunidan oldin) qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida preparatning nojo‘ya samaralari kuzatilmaydi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

allergik reaksiyalar.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

diareya, ko‘ngil aynashi, gastralgiya.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishalr:

giperkreatininuriya, kreatinfosfokinaza faolligini oshishi, qon zardobida xolesterin miqdorini oshishi.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:

tromboflebitlar, o‘pka arteriyasini tromboemboliyasi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, o‘tkir miokard infarkti, bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Og‘ir kardiosklerozi bo‘lgan bemorlarda, miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda, tromboemboliyalarni rivojlanish xavfi oshganida; K vitaminini yetishmovchiligi keltirib chiqargan gipoprotrombinemiya Ye vitaminini 400 XB dan yuqori dozada qo‘llanganida og‘irlashishi mumkin (1mg = 1,21 XB).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishiga qarshi preparatlar, yurak glikozidlarining samarasini kuchaytiradi.

Tutqanog‘i bor bemorlarda tutqanoqqa qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi (ularning qonida lipidlarning perekisli oksidlanish mahsulotlarini miqdori yuqori bo‘ladi).

Temirni yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyojni oshiradi.

Ye vitaminini sutkada 400 XB dan yuqori dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandion hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llash, gipoprotrombinemiya rivojlanishi va qon ketishi xavfini oshiradi.

Agar Ye vitamining dozasi sutkada 400 XB dan yuqori bo‘lsa, antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun, Ye vitaminini saqlovchi boshqa vitamin komplekslarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Ye vitaminini yuqori dozalarda buyurish, organizmda A vitamini tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.

Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar Ye vitamining so‘rilishini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Allopesiya bilan shikastlangan joylardagi tug‘ma bullyoz epidermolizda, oq soch o‘sa boshlashi mumkin.

Organizmda gipoprotrombinemiyani chaqiruvchi K vitaminini yetishmovchiligi Ye vitaminini katta dozalarda (sutkasiga 400 HB) qo‘llanganida oshishi mumkin. Agar Ye vitaminining dozasi sutkada 400 HB dan oshsa, antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Dozani oshirib yuborishni oldini olish uchun Ye vitaminini saqlovchi boshqa vitaminlar kompleksini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik va emizish davrida preparat faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

VITAMIN Ye ZENTIVA preparatining kapsulalarini qabul qilish transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: Ye vitaminining yuqori dozalari (sutkada 400-800 mg uzoq vaqt davomida) ko‘rishni buzilishi, diareya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kuchli toliqish, xushdan ketish, bullyoz epidermolizda alopesiya sohalarida oq sochlarni o‘sib chiqishini keltirib chiqarishi mumkin.

Juda yuqori dozalar (800 mg dan ortiq dozasi uzoq vaqt davomida) K vitamini yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon ketishi havfini chaqirishi mumkin; ular qalqonsimon bezi gormonlarining metabolizmini buzishi va sezuvchan pasientlarda tromboflebit va tromboemboliyalar xavfini oshirishi mumkin.

Davolash: simptomatik, preparatni bekor qilish, glyukokortikosteroidlarni buyurish kerak.

Chiqarilish shakli

100 mg, 200 mg li kapsulalar: 30 ta kapsuladan to‘q rangli shisha flakonlarda.

400 mg li kapsulalar: 20 yoki 30 ta kapsuladan to‘q rangli shisha flakonlarda.

Har bir flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitamin E Zentiva savollari

Vitamin E Zentiva fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil