Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Bebi

- Vitrum Bebi qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Bebining tarkibi
- Vitrum Bebi ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Bebi narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Bebi qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM® BEBI

VITRUM® BABY

 

Preparatning savdo nomi: Vitrum® bebi

Dori shakli: chaynaladigan tabletkalar.

Tarkibi.

Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Betakaroten 900 mkg1)
Kolekalsiferol (D3 vitamini) 5 mkg2)
d-alfa Tokoferol asetati (Ye vitamini) 4,5 mg3)
Askorbin kislotasi (S vitamini) 60 mg
Tiamin mononitrati (V1 vitamini) 0,7 mg
Riboflavin (V2 vitamini) 0,8 mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 1 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini) 1,1 mkg
Nikotinamid 10 mg
Biotin 20 mkg
Folat kislotasi 150 mkg
Pantoten kislotasiga qayta hisoblaganda kalsiy panotenati 3 mg
Fitomenadion (K1 vitamini) 10 mkg
Kalsiyga qayta hisoblaganda kalsiy karbonati 100 mg
Magniyga qayta hisoblaganda magniy oksidi 40 mg
Temirga qayta hisoblaganda temir fumarati 9 mg
Misga qayta hisoblaganda mis oksidi 1 mg
Ruxga qayta hisoblaganda rux oksidi 10 mg
Marganesga qayta hisoblaganda marganes sulfati 1 mg
Xromga qayta hisoblaganda xrom xelat aminokislota tuzi 20 mkg
Molibdenga qayta hisoblaganda natriy molibdati 20 mkg
Selenga qayta hisoblaganda natriy selenati 25 mkg
Fosforga qayta hisoblaganda kalsiy gidroksid fosfati 20 mg
Yodga qayta hisoblaganda kaliy yodidi 80 mkg

1)900 mkg betakaroten 1500 XB betakarotenga muvofiq

2) – 5 mkg kolekalsiferol 200 XB D3 Vitaminiga muvofiq

3) – 4,5 mg d-alfa Tokoferol asetati 6 XB Ye Vitaminiga muvofiq

Yordamchi moddalar:

sorbitol – 235,38 mg, paxta moyi – 40,00 mg, maltodekstrin – 23,40 mg, apelsin sharbati – 20,00 mg, guarali kamedi (Ye 412) – 20,00 mg, kolloid kremniy dioksidi – 12,00 mg, magniy stearati – 5,00 mg, kurkumin bo‘yovchisi (Ye 100) – 2,5 mg, karmin qizil bo‘yovchisi (Ye120) – 2,5 mg, fransuz vanili xushbo‘yi – 3,75 mg, sukraloza – 1,30 mg, tabiiy fransuz vanili xushbo‘yi – 1,25 mg.

Ta‘rifi: och-kulrangdan to zarg‘aldoq kulranggacha rangli, birmuncha och va to‘q dog‘lari bo‘lgan, yengil meva – vanil ta‘mi va xidili, hayvonlar shaklidagi chaynaladigan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Polivitamin vosita + Minerallar.

ATS kodi: [A11AA04]

Farmakologik xususiyatlari

Bolaning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga bo‘lgan kundalik ehtiyojiga mvofiq keluvchi 13 vitamin va 11 mineralning muvozanatlangan kompleksidir. Organizmning himoya kuchlarini oshirishga, bolalarning sog‘lom o‘sishiga va jismoniy rivojlanishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

3-5 yoshli bolalarda preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlar yoki mineral moddalarining yetishmovchiligini oldini olish:

– bolalarda jadal o‘sish va rivojlanish davrida;

– o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davrida;

– muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanishda;

– yuqori jismoniy va emosional yuklamalarda.

Qo‘llash usuli va dozalari

3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan. Ichga, ovqatdan keyin, tabletka chaynab qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish kursi – 2-3 oy. Takroriy kurslar shifokor tavsiyasi bo‘yicha.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Siydik to‘q-sariq rangga bo‘yalishi (bu xavfli emas, chunki preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi bilan bog‘liq), ahlat to‘q rangga bo‘yalishi (bu xavfli emas, chunki preparatning tarkibida temir bo‘lganligi bilan bog‘liq) mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi, Vilson-Konovalov kasalligi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun A, Ye, D vitaminlar va temir saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan dozalar oshirilmasin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir buyurish, me‘dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Chaynaladigan tabletkalar.

30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalar burab yopiladigan himoyalovchi folgasi bo‘lgan qopqoqchali va folgali himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, rangli varaqa bilan ta‘minlangan karton qutilarga joylashtiriladi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 10-30oS haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum Bebi savollari

Vitrum Bebi fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil